Reja: Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi. Ishlab chiqarish omillari va ularning


Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni



Yüklə 2,79 Mb.
səhifə3/5
tarix20.11.2023
ölçüsü2,79 Mb.
#166525
1   2   3   4   5
Asadov Samandar (2)

Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni
Ishlab chiqarish jarayoni - bu insonlarning o’z iste‘mollari uchun zarur bo’lgan moddiy va nomoddiy ne‘matlarni ishlab chiqarishga yo’naltirilgan maqsadga muvofiq bo’lgan faoliyatlar majmuasidir. Ishlab chiqarish bu kishilarning real mehnat faoliyatidir.
    • Ishlab chiqarish moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalariga bo’linadi. Moddiy ishlab chiqarish sohalariga (sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish va boshqalar) zaruriy moddiy ne‘matlar yaratiladi, xizmat ko’rsatish sohalarida esa turli xil ma‘naviy ne‘matlar yaratiladi (ta‘lim, sog’liqni saqlash, sport, turizm va h ). Bu sohalar bir-biri bilan uzviy bog’langan holda rivojlanadi. Masalan, O’zbekistonda 2007 yilda ishlab chiqarilgan tovarlar qiymati yalpi ichki mahsulotda 13529,4 mlrd yoki 48,0 foiz, ko’rsatilgan xizmatlar qiymati 11979,1 mlrd yoki 42,5 foizni tashkil etgan edi. Sof soliqlar esa 2677,7 mlrd so’m yoki 9,5 foiz bo’lgan edi.

Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari
Ma‘lumki, ishlab chiqarish ijtimoiy bo’lib, barcha resurslar harakatga keltiriladi, natijada juda kup turdagi tovarlar va xizmatlar yaratiladi, ularni barcha massasi yalpi ijtimoiy mahsulotni hosil qiladi.
Jami tovarlar va xizmatlar, ya‘ni milliy mahsulotning yil davomidagi yig’indisi mamlakat bo’yicha ishlab chiqarishning umumiy natijasi deyiladi. Mamlakatda yil davomida yaratilgan milliy mahsulot natural jihatdan uch qismdan iborat bo’ladi: ishlab chiqarish vositalari, iste‘mol buyumlari va turli xildagi xizmatlardan iborat.
Yaratilgan mahsulot qiymat jihatdan ham uch qismdan iborat bo’ladi.
1. Ishlab chiqarish jarayonida iste‘mol qilingan ishlab chiqarish vositalar qiymatining mahsulotga utgan qismi (S);
2. Yangidan vujudga keltirilgan mahsulotning mulkdorlar, tadbirkorlar, va jamiyat uchun ishlab chiqarilgan qo’shimcha mahsulot qiymati (J);
3. Yangidan yaratilgan mahsulotning bir qismi, ishchilarga tegishli qismi zaruriy mahsulot qiymati (Ya) dan iboratdir.

Yüklə 2,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin