Ta'lim tashkiloti faoliyatini tashkil etishning nazariy asoslari mundarija



Yüklə 169,5 Kb.
səhifə1/10
tarix04.01.2023
ölçüsü169,5 Kb.
#78455
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ta\'lim tashkiloti faoliyatini tashkil etishning nazariy asoslari



Ta'lim tashkiloti faoliyatini tashkil etishning nazariy asoslari
MUNDARIJA
I.Kirish…………………………………………………………….……………3
II.Asosiy qism
I bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil qilishning nazariy asoslari.
1.1.Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga ruxsat berish tartibi to’g’risidagi nizom………………………………………………………………….6


1.2.Maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etishning maqdsad va vazifalari……………………………………………………………………………22
I bob bo’yicha xulosa……………………………………………………….25


II Bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga rahbarlik qilish.


2.1. Maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalarni qabul qilishning tartibi……..26


2.2. Maktabgacha ta’lim tashkiloti mudirasi ish faoliyati……………………..36
II bob bo’yicha xulosa……………………………………………………….41


III.bob Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida pedagogik jarayonni tashkil etish.
3.1 MTTda bolalar hayotini tashkil etish …………...............................42
3.2 Bolalar faoliyatida ta`lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirish va rahbarlik qilish………………………………………….........................................................43
3.3 Kunning birinchi va ikkinchi yarmida bolalar hayotini tashkil etish ………………………………………..............................................48
III bob bo’yicha xulosa……………………………………………………….51


III.Umumiy xulosa va tavsiyalar ……………………..……..……….…….52
IV.Adabiyotlar ro’yxati………………………………………..………….…54









KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy majlisga murojaatnomasida “Birinchidan, bola dunyoga kelganidan boshlab, unda aynan maktabgacha boʻlgan yoshda aqliy faollik oshadi, axloqiy-estetik va jismoniy xislatlar shakllanadi. Shu bois ham kelgusi yillarda maktabgacha taʼlim sohasini rivojlantirish borasidagi strategik maqsadimiz – bogʻcha yoshidagi har bir bolani ushbu taʼlim yoʻnalishi bilan toʻliq qamrab olish uchun zarur sharoitlarni yaratishdan iborat.Kelgusi yil yakuni bilan maktabgacha taʼlim qamrovini 65 foizga, 2023-yil oxirida esa 75 foizga yetkazishimiz kerak. Bu ishlarga byudjetdan 600 milliard soʻm subsidiya berish hisobidan qoʻshimcha ravishda 2 mingta nodavlat bogʻcha tashkil etilib, xususiy sektor ulushi 25 foizga yetkaziladi.Shuningdek, 2021-yilda maktabga tayyorlashning bepul tizimi bilan 560 ming nafar 6 yoshli bolalar yoki ularning 82 foizi qamrab olinadi. Uzoq qishloqlarda maktabgacha taʼlimning muqobil shakllari yanada kengaytiriladi. Bunda YUNISEF hamda Jahon banki bilan hamkorlikda imkoniyati cheklangan bolalar uchun maktabgacha taʼlimni uyda berish modeli ham yoʻlga qoʻyiladi.” deyilgan.
Maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalarni qabul qilish tegishli tibbiy xulosa asosida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalarni qabul qilish va ularni chiqarish tartibi Maktabgacha ta’lim tashkilotining ustavi bilan belgilanadi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti guruhlaridagi bolalar soni davlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun belgilangan me’yordan ortiq bo’lmasligi kerak.Maktabgacha ta’lim tashkilotida o’quv yili joriy yilning 2-sentyabridan boshlanadi va keying yilning 1-iyunida tugallanadi. Ushbu davr oralig’ida sog’lomlashtirish davri davom ettiriladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar, ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar (keyingi o’rinlarda ota-onalar deb ataladi), pedagog xodimlar, vasiylik kengashi a’zolari ta’lim-tarbiya jarayonining qatnashchilarfi hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvhcisi, va xodimlari o’rtasidagi munosabatlar o’zro hamkorlik, bolaning shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiy xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida olib boriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida tegishli pedagogic ma’lumotga ega bo’lgan shaxslar pedagogic faoliyatga qo’yilmaydi. Maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagoglari va boshqa xodimlari bilan mehnat shartnomalari tuzish va ularni bekor qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarining huquq va imtiyozlari qonun hujjatalrida, ushbu muassasaning ustavida, shuningdek mehnat shartnomasida belgilanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarish va faoliyatini nazorat qilish. Maktabgacha ta’lim tashkilotini muassis gtomonidan tayinlanadigan rahbar boshqaradi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri lavozimiga qo’yiladigan malaka talablariga muvofiq bo’lishi kerak. Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini nazorat qilish muassis tominidan, shuningdek, qonun hujjjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tomonidan maktabgacha ta’limga qo’yladigan davlat talablari va ta’lim-tarbiya dasturlarining bajarilishini nazorat qilish ushbu sohadagi vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi nizomga muvofiq:
davlat-xususiy sherikchilikning oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini moddiy-texnik va uslubiy jihatdan ta’minlash shakli asosida tashkil etilgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati uchun litsenziya olish talab etilmaydi;
12 nafargacha bolani tarbiyalashni nazarda tutuvchi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini moddiy-texnik va uslubiy jihatdan ta’minlash shaklidagi davlat-xususiy sherikchilik loyihasi qishloq joydagi xususiy sherikning tashabbusi bilan, tanlov o‘tkazilmay va taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganish asosida, ular bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish orqali amalga oshiriladi;
davlat-xususiy sherikchilik to‘g‘risida bitim tuman (shahar) hokimligi tomonidan taklif etiladigan ruxsat xususiy sherik tomonidan qabul qilingan kundan boshlab qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kuchga kiradi.
4.O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirilgan.

Yüklə 169,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin