Uxlashdan avval zo'riqib aqliy mehnat talab yetadigan ishlarni bajarish, xayajonli uyinlar uynash, televizor ko'rish tavsiya etilmaydi.
Kun tartibida uj quning o‘rni va ahamiyati katta. Bola uxlashidan 2- 2,5 soat oldin ovqatlanishi kerak. Kechki ovqatdan so‘ng sof havoda bir oz sayr qilishi, kiyimlariga qarashi lozim
Boshlang'ich sinf o'quvchilari kechki soat 8 va 9 larda, yuqori sinf o'quvchilari kechki soat 10 da uyquga yotishi kerak. O'rin toza bo'lishi, juda yumshoq bo'lmasligi lozim. Xona harorati 18-20°C bo'lishi, qishda fortochkani ochib qo'yish kerak.
Har kuni bir vaqtda ovqatlanishi shart, shunda ovqatlanish vaqti yaqinlashganda ishtaha paydo bo'ladi, ovqat tez va yaxshi hazm bo'ladi.
Bolaning bir kunlik yeydigan ovqati organizmida sarflangan energiyani qoplashi kerak.
Kun tartibini tuzishdagi prinsiplarni aniqlash.
Ertalabki badan tarbiya nerv sistemasi tonusini oshirib, ichki organlar, ayniqsa yurak-tomir sistemasi ishini yaxshilab, bolani tetiklashtiradi va ancha irodali bo‘lishiga yordam beradi. Ertalabki badan tarbiyani uyqudan uyg'ongandan 10-15 daqiqa o‘tgach, yaxshi shimollatilgan xonada o‘tkazish kerak. Gimnastikaning davomiyligi 10-20 daqiqadan ortmasligi avval yengil mashqlarni bajarib, asta-sekin nagruzkani ortira borish lozim. Mashg'ulotdan so4ng tomir urishi bir oz tezlashadi, bu normal fiziologik holat bo4lib, birmuncha vaqtdan so4ng normaga
qaytadi.
Kuni uzaytirilgan sinf bolalari uchun taxminiy kun tartibi:
8.30-9.00 — Bolalarning yig‘ilishi. Ertalabki girnnastika. 9.00-9.35 — Ertalabki birinchi dars.
9.35-9.55 — Birinchi tauaffus (serharakat o‘yinlar). 9.55-10.30 — Ikkinchi dars.
10.30-10.50 — Ikkinchi tanaffus, issiq ovqat bilan nonushta. 10.50-11.25 — Uchinchi dars.
11.25-12.25 — Dinamik mashg‘ulotlar (uyushgan, serharakat o‘yin1ar, sayr, kiyimni o‘zgartirib olish uchun vaqt).
12.25-13.00 — To rtinchi dars. 13.00-13.30 — Tushlik.
I 3.30-15.4fi — Uyqu.
15.30-15.45 — O‘rinni yig‘ishtirish, yuvinish.
1 5.4 5-16. 20 — Bolalar ning qiz iqis higa qara b o t kaz iladi ga n mashg‘u1ot1ar. Osoyishta o‘yinlar.
16.20-16.40 — Kechki tushlik.
16.40- l b.00 — Toza havoda sayr qilish, serharakat o‘yinlar o‘ynash. Shanba kuni o‘qilmaydi.
Talabalar kun tartibini belgilashda ular zimmasiga tushadigan umumiy og‘ir1ik, ularning yoslii va bajarish qobiliyatini hisobga olish lozim. Shunda organizmda dinaniik stereotip yuzaga kelib, hosil bo‘lgan shartli refleks tufayli ish bajarish qobiliyatini asta-sekin fiziologik sharoitda oshirish mumkin bo‘1adi. Dinamik stereotip o‘smirlarda o‘z-o‘zidan shakllanniaydi, bu ish bajarishni takomillashtirish unga o‘rganish va ko‘nikish natijasida yuzaga keladi.
Kasb-hunar kollej talabalarining o'quv kuni 6 soatni tashkil qilib, agar ishlab chiqarish mashg'ulotlari ma’lum kunlarda o'tkazilsa, dars soat 8 dan boshlanishi kerak. Nazariy va amaliy mashg'ulotlar kun davomida almashib qo'yilishi, ma’lum kunlarda faqat nazariy, m a’lum
kunlarda faqat amaliy mashg'ulotlar o'tishga nisbatan fiziologik jihatdan to'g'ri hisoblanadi.