# Qaysi qatorda ng tovushi ishtirok etgan so‘zlar berilgan?
+ shudring, yengil, dengiz
- singil, menga, ko‘ngil
- kongress, yanga, shtanga
- kenglik, ingramoq, tungi
# Gapirmasinmi? Ushbu so‘zda urg‘u qaysi bo‘g‘inga tushadi?
+ ikkinchi bo‘g‘inga
- uchinchi bo‘g‘inga
- to‘rtinchi bo‘g‘inga
- beshinchi bo‘g‘inga
# Quyidagi so‘zlardan qaysilarida tutuq belgisi unlining cho‘ziqroq aytilishini
ifodalash uchun qo‘yiladi?1) ma...no; 2) san...at; 3) mo‘...tadil; 4) in...om; 5)
shu...la.
+1, 5
-1, 2, 3, 4, 5
-1, 3, 5
- 2, 4
# Quyidagi so‘zlardan qaysilarida tutuq belgisi unlini undoshdan ajratib
talaffuz etilishini ifodalash uchun qo‘yiladi? 1) qat...iy; 2) da...vo; 3)
mo‘...jiza; 4) sur...at; 5) e...lon.
+ 1, 4
- 2, 3, 5
-1, 3, 4, 5
- 2, 5
# Qator undoshli so‘zlar berilgan javobni belgilang.
+ stol, do‘st, daraxt
- traktor, paxta, chaqqon
- ikki, million, metal
- paxta, nimcha, o‘simlik
# Kitobni qadrlamoq kerak, bu tafakkur darsiga izzat-ehtirom bilan qadam
qo‘ymoq lozim.Ushbu gapda qo‘sh va qator undoshli so‘zlar miqdorini
aniqlang.
+ 2 ta qo‘sh undosh, 2 ta qator undoshli so‘z
- 1 ta qo‘sh undosh, 2 ta qator undoshli so‘z
- 2 ta qo‘sh undosh, 3 ta qator undoshli so‘z
- 2 ta qo‘sh undosh, 4 ta qator undoshli so‘z
# Qaysi harf til oldi, portlovchi, jarangsiz undoshni ifodalaydi?
+ ch
- sh
- j
- k
# Shudring so‘zi tarkibida qanday undosh til tovushlari mavjud?
+ 3 ta til oldi, 1 ta til orqa
undoshlari
- 4 ta til oldi, 1 ta til orqa undoshlari
- 4 ta til oldi, 1 ta til o‘rta undoshlari
- 3 ta til oldi, 1 ta til o‘rta undoshlari