# k undoshiga to‘g‘ri tavsif berilgan javobni toping.
+ til orqa, portlovchi, jarangsiz undosh tovush
- til oldi, portlovchi, jarangsiz undosh tovush
- til orqa, sirg‘aluvchi, jarangsiz undosh tovush
- chuqur til orqa, sirg‘aluvchi, jarangsiz undosh tovush
# 1) barcha; 2) texnika; 3) direksiya; 4) kimdir; 5) kitob. Berilgan
so‘zlarning qaysi birida urg‘u birinchi bo‘g‘inga tushadi?
+ 1, 2, 4
- 2, 3, 4
- 1, 2, 3
- 1, 3, 5
# Kitob haqida qo‘shilmasida urg‘u qaysi bo‘g‘inga tushadi?
+ kitob so‘zining oxirgi bo‘g‘iniga
- haqida so‘zining oxirgi bo‘g‘iniga
- haqida so‘zining birinchi bo‘g‘iniga
- kitob va haqida so‘zlarining oxirgi bo‘g‘iniga
# Qaysi so‘zda til undoshi lab undoshi sifatida talaffuz qilinadi?
+ manmanlik
- qamchin
- ingichka
- tartib
# Undosh tovushlar tovush paychalarining ishtirokiga ko‘ra qanday turlarga
bo‘linadi?
+ jarangli undoshlar, jarangsiz undoshlar
- portlovchilar, sirg‘aluvchilar
- lab undoshlari, til yoki til-tish undoshlari
- sof undoshlar, bo‘g‘iz undoshlari
# Undoshlar qaysi xususiyatiga ko‘ra jarangli va jarangsiz undoshlarga
ajratiladi?
+ tovush paychalarining ishtirokiga ko‘ra
- paydo bo‘lish o‘rniga ko‘ra
- aytilish usuliga ko‘ra
- labning ishtirokiga ko‘ra
# Og‘zaki nutqning tovush tizimini o‘rganuvchi bo‘lim …
+ fonetika
- grafika
- orfografiya
- orfoepiya
# 1) manba; 2) yonma-yon; 3) tandir; 4) qalampir; 5) tanbal; 6) yonbosh.
Ushbu so‘zlarning qaysi birida talaffuzda tovush o‘zgarishi yuz beradi?
+ 1, 2, 5, 6
- 1, 3, 4, 6
- 2, 3, 4, 5
- 3, 4, 5, 6
# Men kecha uydan keldim. Ushbu gapda mantiqiy urg‘u ostiga chizilgan
Dostları ilə paylaş: |