«Mikroiqtisodiyot» fanini o’qitishdan asosiy maqsad – talabalarda iqtisodiy sub‘ektlarning bozordagi xatti-harakati va ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish hamda firma foydasini maksimallashtiruvchi ishlab chiqarish xajmini tanlash bo’yicha nazariy va amaliy tushunchalarni hosil qilishdan iboratdir. «Mikroiqtisodiyot» kursini o’rganishning quyidagi asosiy vazifalari mavjud: bozor iqtisodiyoti qonunlari va bozor sub‘ektlarining har- xil bozor
tuzilmalaridagi harakat faoliyati hamda ularning faoliyatiga ta‘sir qiluvchi omillarni o’rganish; bozordagi talab va taklif to’g’risidagi statistik ma‘lumotlar asosida bozorni
taxlil kilish va xulosalar chikarish; davlatning bozor iqtisodiyotiga aralashuvi oqibatlarini tahlil qilish asosida
xulosalar chiqarish; iste‘molchining bozordagi xatti-harakati va ishlab chiqaruvchi firmalarning
iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanish yo‗llarini; Bozor muvozanatining o’zgarishi va unga ta‘sir qiluvchi omillarni tadqiq
qilish; Elastiklik nazariyasining amalda qo’llanilishini va soliq yukining
taqsimlanishini tahlil qilish; Bozor sharoiti o’zgarishi oqibatlarini prognoz qilish va baholash
Fanning mazmuni, maqsadi va vazifalari Resurslarning cheklanganligi. Cheklangan resurslarni taqsimlash. Resurslarni taqsimlashda narxning ahamiyati. Muvozanat narxning shakllanishi. Bozor va uning vazifasi. Bozor bilan bog‗liq bo‗lmagan faoliyat. Mulkka egalik qilish. Bozor almashuvining asosiy sharti. Operatsiya harajatlari. Fanning mazmuni, vazifalari, predmeti.
Iqtisodiy ehtiyoj tushunchasi. Iqtisodiy ne‘matlar va ularning xususiyatlari. O‗rnini bosuvchi ne‘matlar. To‗ldiruvchi ne‘matlar. Iqtisodiy resurslar va ularning turlari. Tadbirkorlik qobiliyati tushunchasi. Alternativ harajatlar va ularni aniqlash. 8 Qaytarilmaydigan harajatlarning vujudga kelishi. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning ahamiyati. Ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig‗i. Ne‘matlarni bir-biri bilan almashtirish (transformatsiya) koeffitsiyenti. Pozitiv va normativ tahlil. Tovarlar oqimi modeli. Buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot. Bozor iqtisodiyoti
“Mikroiqtisodiyot” fani korxonalar, firmalar va shu kabi mamlakat xalq xo’jaligining quyi bo’g’inidagi ob’ektlar faoliyatiga taalluqli fan bo’lganligi uchun, u shu korxonalarda cheklangan resurslardan maqsadga muvofiq tarzda foydalangan holda kishilar ehtiyoji uchun zarur bo’lgan moddiy ne’matlarni ko’paytirishni tashkil etishda muhim rol o’ynaydi.
Korxonalar mavjud cheklangan imkoniyatlar sharoitida o’z faoliyatlari yo’nalishlarini belgilashda 3 ta asosiy vazifani hal qilishlariga to’g’ri keladi. Birinchidan, nima ishlab chiqarishi; ikkinchidan, qanday ishlab chiqarishi; uchinchidan, kimga va qancha ishlab chiqarishi lozimligini aniqlashi lozim.
Xulosa qilib aytish mumkinki, “Mikroiqtisodiyot” fani mamlakat xalq xo’jaligini asosiy bo’g’ini bo’lgan korxonalar faoliyatini tartibga solishda, rivojlantirishda, mamlakat milliy boyligini ko’paytirishda, bozor iqtisodiyoti qonuniyatlarini ishlab chiqarishga tadbiq qilishda, mavjud iqtisodiy muammolarni bartaraf etishda muhim rol o’ynaydi.
Mikroiqtisodiyot (yunoncha “mikro” kichik) so’zidan olingan bo’lib, iqtisodiyotning dastlabki hal qiluvchi bo’g’ini bo’lgan firma, korxona, mikrofirma, turli xil xalq xo’jaligi sohalaridagi xizmat ishlarini bajaruvchi xo’jalik va tashkilotlarda bozor qonunlari ta’sirida sodir bo’ladigan iqtisodiy jarayonlar , hodisalarni, ularni namoyon bo’lish shart sharoitlarini, oqibatlarini tahlil qiladi va xulosalar yasaydi.
Fanni o’rganishdan maqsad - talabalarda zamonaviy bozor iqtisodiyotining ishlashi va rivojlanishining ham nazariy, ham amaliy tomonlarini o’rgatishdan iborat. U xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bozor sharoitida harakatini tahlil etadi, iqtisodiyotda vujudga keladigan amaliy muammolrni yechish yo’larini bartaraf etishda qo’l keladi.
Fanning vazifasi - noyob ishlab chiqarish resurslarini, iste’mol tovarlarini bozor sharoitida taqsimlash tamoyillarini o’rgatish, talab va taklif nazariyasiini korxona faoliyatidagi ahamiyati to’g’risida tushuncha berish, raqobatlashgan va raqobatlashmagan bozorlar to’g’risida hamda ularda narxni shakllanishi bo’yicha bilimga ega bo’lish, bozor strukturasi sharoitida firmalarning harakatini tahlil etish, davlatni bozor iqtisodiyotiga aralashuvi va buning oqibatlari to’g’risida tushunchaga ega bo’lish.
“Mikroiqtisodiyot” fani barcha iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog’langan holda amal qiluvchi fan bo’lib, tarmoq iqtisodiyotiga taalluqli bo’lgan fanlar bilan ham aloqada bo’ladi.Bular jumlasiga: “Sanoat iqtisodiyoti”, “Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti”, “Fermer xo’jaliklari iqtisodiyoti” kabi fanlarni kiritish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |