Mavzu: bozor iqtisodiyoti jarayonlarni modellashtirish



Yüklə 136,29 Kb.
səhifə1/7
tarix24.10.2023
ölçüsü136,29 Kb.
#160168
  1   2   3   4   5   6   7
15 BOZOR IQTISODIYOTI JARAYONLARNI MODELLASHTIRISH


MAVZU: BOZOR IQTISODIYOTI JARAYONLARNI MODELLASHTIRISH


Bozor iqtisodiyoti modellari — bozor iqtisodiyotining turlari. Bozor iqtisodiyoti modellari m.ning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga xos boʻlgan aralash iqtisodiyot, ijtimoiy bozor xoʻjaligi va korporativ iqtisodiyot koʻrinishlari mavjud.
Aralash iqtisodiyot modeli — bozor iqtisodiyotining yuksak mehnat unumi, neʼmatlar toʻkinchiligini taʼminlaydigan, eng mukammal texnologiya va yuqori malakali ish kuchiga ega boʻlgan turi. Bu modedda mulkiy xilmaxillik mavjud boʻladi; xususiy mulkning individual va hissabay shakllari ustuvorlik qiladi, davlat va nodavlat mulki, iqtisodiyotning davlat va nodavlat sektorlari taraqqiy etadi. Yirik, oʻrta va kichik biznes muvozanatli holatda rivojlanadi. Bozor munosabatlari bilan birgalikda nobozor munosabatlari ham mavjud boʻladi. Bu esa sahovat va xayrehson ishlarining keng rivojlanishiga zamin yaratadi, raqobat bilan birgalikda hamkorlik aloqalari yuzaga keladi. Iqtisodiyotni boshqarishda bozor mexanizmi bilan bir qatorda davlat mexanizmi ham qoʻllanadi. Mazkur modelga ommaviy farovonlik xos boʻlsada, ijtimoiy tafovutlar cheklanmaydi, davlat daromadlarni qayta taqsimlashda faol ishtirok etmaydi, bu vazifalarni bozor mexanizmi bajaradi. Aralash iqtisodiyot modeli AQSH, Angliya, Fransiyada mavjud.
Ijtimoiy bozor xoʻjaligi modeli — yuksak texnologiyaga va inson omilining kuchiga tayanib yuqori mehnat unumdorligini, umuman, bozorning toʻkin boʻlishini taʼminlaydi. Iqtisodiyoti bu modelga tayangan mamlakatda bozor xoʻjaligi tabiiytarixiy rivoj topadi, ishlab chiqarish bozor talablariga javoban ish olib boradi, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi minimal darajada saqdanib qoladi, iqtisodiyot bozor kuchlari taʼsirida tartiblanadi va toʻla erkinlashgan boʻladi. Mazkur model "iqtisodiy tartib" modeli hisoblanadi. Bozordagi faoliyat tartibqoidalarini qonunlar belgilaydi, iqtisodiyot bozor mexanizmiga buysunadi, davlat iqtisodiyotning oliy xekami sifatida faoliyat koʻrsatadi, lekin oʻzi bu jarayonda qatnashmaydi. Bu modelda iqtisodiyotning davlat sektoridan koʻra xususiy sektoriga koʻproq eʼtibor beriladi. Iqtisodiyotning ijtimoiy yoʻnalishini bozorning oʻzi belgilaydi. Har bir iqgisodiyot subʼyekti bozor qoidasiga koʻra ishlab topgan daromadini oladi, davlat daromadlarning taqsimlanishiga kamdankam aralashadi, lekin daromadlarni shakllantirishda bozor tamoyillariga rioya etilishini, bozor mexanizmining belgilangan tartibda faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi. Ijtimoiy bozor xujaligi modeli Germaniya, Shvesiya va boshqa mamlakatlarda mavjud.
Korporativ iqtisodiyot modeli — korporativ manfaatlar va korporativ hamjihatlikka asoslangan bozor iqtisodiyoti boʻlib, ilgʻor texnologiya, yetuk ish kuchidan foydalanib mehnat unumdorligi va aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytiradi. Asosiy eʼtibor korporativguruhiy manfaatlarga qaratiladi, iqtisodiyot korporatsiyalar orqali boshqariladi. Korporatsiyalar aksiyador jamiyatlar tarzidagi turli sanoat, savdo, transport, qurilish sohasidagi birlashmalarga aylanadi, ularning baʼzilari hatto transmilliy korporatsiyalar darajasigacha oʻsib, xalqaro ahamiyat kasb etadi. Korporatsiyalar ishlab chiqarishning asosiy sohalarini qamrab oladi, ularning xorijiy shoxobchalari ham koʻpayib boradi. Xususiy mulkning korporativ shakli ustuvorlik qiladi. Korporativ iqtisodiyot modelida korporatsiya manfaatlari birinchi oʻringa qoʻyiladi, individual manfaatlarga faqat korporatsiya doirasida erishiladi va shu doirada i. t., texnikloyiha ishlari ham olib boriladi. Muammolarning korporatsiya doirasida hal etilishi korporatsiyaga sadoqat, korporativ vatanparvarlik hissiyotini tarbiyalaydi. Korporatsiya xodimlar uchun yuksak turmush darajasini kafolatlaydi, xodimlar esa bunga javoban ishlab chiqarish samaradorligining yuqori boʻlishini taʼminlaydilar. Korporatsiya xodimlarning oila aʼzolarini ham ish bilan taʼminlashni, qarilikda yaxshi pensiya va bir yoʻla katta summada mukofotlar berishni zimmasiga oladi. Xodimlar bilan menejerlar oʻrtasida inoqlik boʻladi. Bunday choratadbirlar ijtimoiy hamjihatlikni taʼminlab, ish tashlash va boshqa noroziliklarga oʻrin qoldirmaydi. Bozor iqtisodiyotining korporativ modelida iqtisodiyotning korporativ sektori xalq xoʻjaligining tayanchi hisoblanadi, ammo iqtisodiyotning ikkilamchi va yetakchi boʻlmagan sohalarida nokorporativ sektor ham saqpanib qoladi. Korporativ modelda ham kichik biznes mavjud, ammo uning mustaqilligi juda chegaralanadi, u deyarli korporatsiya izmida boʻladi, uning buyurtmalarini bajaradi. Bozor iqtisodiyoti modellari korporatsiya doirasiga tortilmaydi. Korporativ iqtisodiyot ustuvor boʻlgan mamlakatlarga Yaponiya misol boʻla oladi. Hozirgi zamon jahon xo’jaligi rivojining muhim tamoyili milliy xo’jaliklarning baynalminallashuvi, shu asosda jahon xo’jaligi va avvalo jahon bozorining shakllanishi va rivojlanishidan iborat. Bu insoniyat taraqqiyoti uchun ijobiy bo’lgan jarayonga yetmish yildan ortiq davr davomida dunyoning ikki qarama-qarshi ijtimoiy-siyosiy tizimiga bo’linganligi qarshi ta’sir ko’rsatib keldi. Hozir yangi davr boshlandi, dunyoning iqtisodiy rivojlanishi va shunga mos ravishda O’zbekiston bilan jahon hamjamiyati mamlakatlari o’rtasidagi aloqalarning butunlay yangi imkoniyatlari vujudga keldi.
O’zbekiston va jahon hamjamiyati mamlakatlari o’rtasidagi har tomonlama aloqalarning kengayishi va chuqurlashuvi har ikki tomon uchun iqtisodiy va siyosiy jihatdan foydali hisoblanadi. Shu bilan birga, har bir mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi, uning milliy xo’jaligi ko’p darajada nafaqat bu mamlakatning ichki imkoniyatlari bilan, balki uning xalqaro ijtimoiy mehnat taqsimotida qatnashish darajasi va miqyosi, butun insoniyat resurslari bilan aniqlanadi.
Bu holatlar jahon xo’jaligi aloqalari va milliy xo’jaliklarning iqtisodiy rivojlanish muammolarini alohida tahlil qilishni taqozo etadi. Shunga ko’ra ushbu bobda jahon xo’jaligining tarkib topishi, bunda ishlab chiqarishning baynalminallashuvi va globallashuv jarayonlarining o’rni, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari, jahon infratuzilmasining rivojlanishi, jahon xo’jaligi aloqalarini xalqaro tartibga solish masalalari bayon etiladi.
Hozirgi davrda jahon iqtisodiy rivojlanishining eng muhim o’ziga xos xususiyatlaridan biri – turli mamlakatlar va xo’jalik mintaqalari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikning o’sib borishi hisoblanadi.
Jahon xo’jaligi uzoq davrlar mobaynida shakllanib va rivojlanib keldi. Ye.F.Borisov jahon xo’jaligi shakllanishining to’rtta bosqichini ajratib ko’rsatadi:

Yüklə 136,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin