Turmush darajasi – bu jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanish darajasi, qondirilganlik miqyosi va ularni qoniqtirish uchun yaratilgan imkoniyatlarni aks ettiruvchi kompleks ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir. “Turmush darajasi” tushunchasi va ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlar tizimini rivojlantirishda BMT sezilarli hissa qo’shdi. 1960-yilda BMTningu ishchi guruhi global miqyosda turmush darajasini aniqlash va o’lchash tamoyillari haqida hisobot tayyorladi. Bu keng qamrovli tizimni yaratish yo’lidagi dastlabki qadam edi. BMTning xalqaro statistika sohasidagi turmush darajasi ko’rsatkichlarining oxirgi versiyasi 1978-yilda ishlab chiqarilgan va 12 ta asosiy yo’nalishni qamrab olgan BMTning Bosh assambleyasida 2000-yilda “Mingyillik rivojlanish dasturi” qabul qilingan. 2015-yilda tasdiqlangan “2030-yilgacha mo’ljallangan Barqaror rivojlanish maqsadlari dasturi” bevosita dunyo mamlakatlari aholisini iqtisodiy-ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va ekologiya buzilishining oldini olgan holda aholining salomatligini asrashga qaratilgan muhim tadbirlar sirasiga kiradi Uy xo’jaliklarida o’tkaziladigan tanlama kuzatuvlar respublikamizning barcha hududlarini qamrab olgan holda, yiliga jami 10 000ta uy xo’jaligida o’tkaziladi Bunda 120dan ortiq mutaxassis tomonidan bevosita oila a’zolari bilan suhbatlashish orqali ma’lumotlar olinadi 2020-yilning dastlabki hisob kitoblariga ko’ra, aholi umumiy daromadlari tarkibida ishlab chiqarishdan kelgan tushumlar ulushi 71,5 foizni, shundan 69,3 foizi mehnat faoliyatidan olingan, 2,1 foizi shaxsiy iste’mol uchun ishlab chiqarilgan shaxsiy xizmatlardan olingan daromadlarni tashkil etgan Rivojlangan mamlakatlarda ish haqi aholi jami daromadining 60-80%ini tashkil etadi, ya’ni ularning me’yoriy hayot faoliyatini ta’minlash asosi bo’lib xizmat qiladi Agar MDH mamlakatlarining aholi daromadlari tarkibini ko’radigan bo’lsak, yollanma ishchilarning ish haqi sifatida olgan daromadlari Armaniston, Belarus, Qozog’iston, Rossiya Federatsiyasida 55dan 69%gacha bo’lsa, Qirg’izistonda 40% atrofida, O’zbekistonda 28,8%ni tashkil etadi Mol-mulkdan kelgan tushumlar 3%ni, transfertlardan olingan daromadlar 25,5%ga teng bo’lgan.2020-yilning yanvar-dekabr oylarida mamlakatimizda doimiy aholining o‘rtacha yillik soni 34 232,1 ming kishini tashkil etgan. Shu davrda aholi umumiy daromadlari hajmi 401,5 trillion so’mni va o'tgan yilning mos davriga nisbatan real o’sishi 2,6%ga oshgan. Aholi jon boshiga o’rtacha umumiy daromadlar esa 11,7mln so’m, real o’sishi 0.7%ga teng bo’lgan. Agar 2020-yil yanvar-noyabr oyidagi ko’rsatkichlarni 2000-yil ma’lumotlari bilan taqqoslaydigan bo’lsak, oziq-ovqat mahsulotlariga sarflangan xarajatlar 61,4%dan 48,1%ga kamayganini, nooziq-ovqat mahsulotlariga – 25,8%dan 32,8%ga, xizmatlarga – 12,8%dan 19,1%ga oshganligini ko’rishimiz mumkin. Aholining shaxsiy avtomobil bilan ta’minlanganlik darajasi 2020-yil yakuniga kelib har 100 xonadonga 48taga yetdi. Har 100 xonadonga to’g’ri kelgan televizorlar soni 161tani tashkil etib, 2000-yilga nisbatan 1,8martaga oshgan. Konditsionerlar – 34dona, 2000-yilga nisbatan o’sish – 3,1barobar, elektr changyutgichlar – 59dona, o’sish 2barobar, kir yuvish mashinalari – 80dona, o’sish 1,2 barobarga tengligini ko’rsatyapti 2000-yil yakunlariga ko’ra, 100ta uy xo’jaligiga to’g’ri kelgan shaxsiy kompyuterlar 56donani, 2000-yilda 0.2dona bo’lsa, 2000-2020-yillar mobaynida uyali aloqa telefonlari bilan ta’minlanganligi 15,8barobarga oshdi. 100xonadonga 285tadan ya’ni bir xonadonga 2,9tadan uyali aloqa telefonlari to’g’ri keldi Turmush darajasi ko’rsatkichlari:
Umumiy Xususiy Ijtimoiy-madaniy xizmat ko’rsatish darajasi Xususiy ko’rsatkichlar: Ijtimoiy ta’minot Iste’mol darajasi va usullari Mehnat sharoitlari Turar-joy ta’minoti va maishiy qulayliklar Bolalarni tarbiyalash sharoitlari Umumiy ko’rsatkichlar: Iste’mol fondi Milliy boyliklar iste’mol fondi Milliy daromad 1. Umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar(yalpi mahsulot, iste'mol fondi,turmush qiymati infeksi)
2. Aholi daromadlari.
3. Aholi iste'mol va xarajatlar.
4. Aholining pul xarajatlar.
5. Jamg‘arilgan mol-mulklar va turar-joylar.
6. Aholining ijtimoiy tabaqalanishi.
7. Aholining kam ta'minlangan tabaqalari.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlariga muvofiqlashtirilgan quyidagi yangi ko‘rsatkichlar tizimi mavjud:
E’tiboringiz uchun rahmat