⚡️ Talabalar to‘lagan kontrakt pulidan 12% qaytarib olish huquqiga ega!
✅ Soliq chegirmasini olish uchun to‘lov quyidagilar hisobidan amalga oshirilganda taqdim etiladi:
🔹 o‘z mablag‘lari;
🔹 jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari;
🔹 yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lari (ssudalar).
⚠️ To‘lov ish haqidan emas, mustaqil amalga oshirilganda yillik daromad to‘g‘risidagi deklarasiyani topshirgan holda soliq chegirmasidan foydalanish mumkin.
📝 Soliq chegirmasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlash uchun quyidagilar taqdim etiladi:
🔹to‘lovli-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma nusxasi;
🔹 bank bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;
🔹OTM hisob raqamiga pul mustaqil to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
🔹pasport nusxasi va talabaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi nusxasi.
🌐 Manba: Soliq Kodeksi 378 - modda. 16 - bandi.
Bizdan uzoqlashmang...
👀Bizni kuzatishda davom eting!
🇸🇱@BuxDU_5tashabbus |📲Rasmiy kanali
OBUNA BO‘LING:
Dostları ilə paylaş: |