№15 54
bolaklar sоni 16 8 7 = 8 135 ga teng. Hamma mulk 135 qismdan ibоrat deb, оnasi 16
bolakni, eri 24 bolakni, har bir qizi 32 bolakdan оlishini tоpamiz. Birinchi vasiyat
qilingan mablag esa 15 qism boladi.
O’quvchilarga qo’shish va ayirishni o’rgatishda tarixiy materiallardan
foydalanish usullari: O’rta osiyolik bir guruh matematiklar qo’shishni birinchi amal
hisoblaydilar. Uning mohiyati va bajarilish usulini tushuntiradilar. Ayirish amalini
esa qo‘shishning teskarisi deb hisoblaydilar. Nasriddin Tusiy qo‗shish va ayirish
amallariga quyidagicha ta‘rif beradi:"Qo’shish biror sonning birliklari ustiga ikkinchi
sonning birliklarini orttirishdir. Qo’shish amali qo’shiluvchilarning yig’indisini
topish demakdir. Ayirish katta sonni kichik son qadar kamaytirishdir. Berilgan ikki
sonning farqini topish ayirish amali deyiladi." Ko’paytirish va bo’lishni o’rganishda
tarixiy materiallardan foydalanish usullari. O’rta Osiyo matematiklari, masalan
Xorazmiy, Tusiy, Nishopuriy, Koshiy, Ali Kuvosiy va boshqalar ko‘paytirish amaliga
tashqi ko’rinishdan qisman farq qiluvchi mazmun jihatidan esa bir xil bo’lgan ikki xil
ta‘rif beradilar. Nasriddin Tusiy ko’paytirish hamma vaqt ikki son orqali bajarilishini
uqtirib va bulardan birini ko‘payuvchi /mazrub/, ikkinchisini ko‘paytiruvchi /magzub
fixi/ nomi bilan atab, shunday ta‘rif beradi: ko‘paytirish butun sonlarni qo‘shish
amalidir, ya‘ni ko’payuvchini ko’paytuvchining birligi qadar takrorlab qo’shishdir.
Tusiy o‘z ta‘rifining mazmunini tushuntirish uchun bir xonali sonlarni
ko‘paytirishga misollar keltiradi. Masalan: 3 ni 4 ga ko‗paytirish-bu 3 ni 4 marta
yoki 4 ni 3 marta takrorlab qo‗shish. 3x4=3+3+3+3=12 yoki 3x4=4+4+4=12
ekanligini so’z bilan tushuntiradi.
Xulosa sifatida shuni aytish joiz, mana shunday tarixiy ma’lumotlardan
o’qituvchi dars jarayonida mavzu bilan bog’liq hikoyalarni so’zlab berish orqali
o’quvchida matematika faniga bo’lgan qiziqishning ortishiga sabab bo’ladi. Ota-
bobolarimizdan qolgan ilmiy merosni chuqur o'rganib, uni ta’lim va
tarbiyajarayoniga tatbiq etish har bir ma’naviyatli va ijod- kor mutaxassisning
muqaddas burchidir.