“
Talqin va tadqiqotlar
”
ilmiy-uslubiy jurnali
№15
51
MATEMATIKA DARSLARIDA TARIXIY MATERIALLARDAN
FOYDALANISH AFZALLIKLARI
Ergasheva Nigora Erkinbayevna
Namangan vilоyati Mingbuloq tumani 38-umumiy о’rta ta’lim maktabi
Matematika fani о’qituvchisi
Sharofiddinova Muxlisa Baxtiyor qizi
Namangan vilоyati Mingbuloq tumani 38-umumiy о’rta ta’lim maktabi
Matematika fani о’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7515865
Annotatsiya:
Ushbu maqolada matematik olimlarning yaratgan kashfiyotlari
haqida ilmiy-g’oyaviy ma‘lumotlari O'zbek xalqining buyuk mutafakkirlarining uzoq
o'tmishdayoq olib borgan tadqiqotlari va amalga oshirgan kashfiyotlari haqida
ma’lumot berilgan.
Kalit so’zlar:
milliy
qadryatlar, ajdodlar merosi, sonlar xossalari,
pedagogik
ijodkorlik, pedagogik g’oyalar
“Matemateka hamma aniq fanlarga asos. Bu fanni yaxshi bilgan bola aqlli, keng
tafakkurli bo‘lib o‘sadi, istalgan sohada muvaffaqiyatli ishlab ketadi. ”
Shavkat Mirziyoyev
Hozirgi yoshlar o’z xalqining jonkuyari bo’lishi, milliy qadriyatlarimizni chuqur
bilgan, o’zlashtirgan, ularni qadrlaydigan bo’lishi kerak. Asrlar davomida
ajdodlarimizning aqlu-zakovati bilan yuzaga kelgan milliy qadriyatlar inson
shaxsining har tomonlama kamol topishida yetakchi omildir. Shunday ekan,
hozirgi
zamon kishisi, xususan, yosh avlodning milliy tushunchasini, ongini boyitib borish
katta ahamiyatga ega. Ota-bobolarimiz tomonidan yaratilgan ilmiy boyliklar xalqimiz
tomonidan ko’z qorachig‘idek saqlanmoqda va o’rganilmoqda.
O’sib kelayotgan yosh avlod - maktab o’quvchilarini
mana shu asarlar bilan
tanishtirish ularning dunyoqarashini kengaytiradi, bilim saviyasini yuksaltiradi.
Matematika mashg’ulotlarida sonlarning xossalarini o’rganishdan tashqari,
ayrim
matematik olimlarning hayoti bilan ham tanishtirib boriladi. Bu suhbatlar davomida
albatta ularning yaratgan kashfiyotlari haqida ilmiy-g’oyaviy ma‘lumotlar beriladi.
O’qituvchi o’z imkoniyatiga qarab tinglovchilarni xalq ichidan yetishib chiqqan
olimlarning fikrlari va ma‘rifatparvar g’oyalari bilan ularning fanga bo’lgan qo’shgan
hissalari, matematikaga doir ishlari
bilan tanishtirib borsa, o’quvchilarning fanga
qiziqishi ortadi hamda vatanparvarlik dunyoqarashi ham shakllana boradi.
O'zbek xalqining buyuk mutafakkirlari ham uzoq o'tmishdayoq olib brogan