“
Talqin va tadqiqotlar
”
ilmiy-uslubiy jurnali
№14
86
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIKA FANIDAN SINFDAN
TASHQARI MASHG‘ULOTLARNI TASHKIL ETISH
Elmurodova Rohila Axmedovna
Toshkent viloyati Angren shahar 6-maktab
Boshlang'ich sinf o'qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7450773
Annotatsiya:
Matematikadan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar deganda
o‘quvchilarning matematik bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish maqsadida
tashkil qilingan mashg‘ulotlatlarni tushunamiz. Matematikadan o‘tkaziladigan
sinfdan tashqari ishlarning mazmuni dars mashg‘ulotlarida egallangan bilimlarni
kengaytirish va chuqurlashtirishda qaratilgan bo‘lishi kerak.
Kalit so`zlar:
Boshlang`ich sinf, matematika, mashg`ulot, misol, sinf, bilim,
o‘quvchi, natija.
Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar deganda ko‘pincha yuqori sinflar nazarda
tutiladi. Lekin ilg‘or tajribalarning tasdiqlashicha, boshlang‘ich sinflarda ham sinfdan
tashqari turli – tuman formalarda mashg‘ulotlar olib borishning potensial
imkoniyatlari mavjud. Bu imkoniyatlardan foydalanish o‘qitishda boshlang‘ich va
yuqori sinflar uzviyligini ta’minlaydi. Boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni
olib borishda o‘quvchilarning nutq madaniyatini va matematik tafakkurini
shakllantirishga kompleks holda yondashish talab qilinadi. Yosh avlodni hozirgi
zamon fani bilan qurollantirish orqali ularning aqliy jihatdan maksimal darajada
rivojlanishlariga erishish umumta’lim – tayanch maktablar oldida turgan eng muhim
vazifalardan biridir. Bu vazifani hal etishda sinfdan tashqari ishlarning o‘rni benihoya
katta. Sinfdan tashqari ishning asosiy maqsadi o‘quvchilardagi fanga bo‘lgan
qiziqishni rivojlantirish, ularni darsda olgan bilimlarini to‘ldiruvchi matematik bilim,
malaka va ko‘nikmalar bilan qurollantirishdan foydalanish mumkin. Sinfdan tashqari
ishlar O‘quvchilarning matematik bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirish,
murakkab misol va masalalarni yechishni mashq qilish, matematikaning hayot bilan
bog‘liq bo‘lgan tomonlarini ochadigan va dasturga kirmagan ba’zi savollar bilan
tanishtirishni maqsad qilib oladi.
Sinfdan tashqari ishlarning quyidagi turlari mavjud:matematika to‘garagi,
matematika ertaligi, matematikadan fakultativ mashg‘ulotlar, matematik matbuot,
matematik viktorina va olimpiadalar.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar quyidagi yo‘nalishlarda olib borilishi
mumkin.
a) ommaviy ishlar; (musobaqalar, ko‘rik tanlovlar, kechalar, ertakliklar,
Dostları ilə paylaş: |