" tasdiqlayman"



Yüklə 15,49 Kb.
səhifə1/2
tarix05.04.2023
ölçüsü15,49 Kb.
#93708
  1   2
18 мавзу 18.01.2023 мурожаатлар


TASDIQLAYMAN”
Viloyat IIB JXX YHXB boshligʻi podpolkovnik
B.E.Masharipov
2023-yil “ ” yanvar

Viloyat IIB YHXB va uning quyi tizimlaridagi xodimlari bilan xizmat, jangovor va axloqiy-psixologik tayyorgarlik mashgʻuolotlari boʻyicha




REJA KONSPEKT


MAVZU: Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentyabr kungi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi qonuni.


Ushbu Qonunning maqsadi va qoʻllanilish sohasi Ushbu Qonunning maqsadi davlat organlari va davlat muassasalariga (bundan buyon matnda davlat organlari deb yuritiladi), shuningdek ularning mansabdor shaxslariga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari (bundan buyon matnda murojaatlar deb yuritiladi) sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ushbu Qonunning amal qilishi davlat ishtirokidagi tashkilotlarga va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) nisbatan ham tatbiq etiladi. Ushbu Qonunning amal qilishi: Oldingi tahrirga qarang. koʻrib chiqish tartibi maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi, fuqarolik protsessual, jinoyatprotsessual, jinoyat-ijroiya, iqtisodiy protsessual qonun hujjatlari va boshqa qonunlar bilan belgilangan murojaatlarga; (1-moddaning uchinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvarrdagi OʻRQ-463-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son — 2018-yil 1-apreldan kuchga kiradi) davlat organlarining, shuningdek ular tarkibiy boʻlinmalarining oʻzaro yozishmalariga nisbatan tatbiq etilmaydi. 2-modda. Murojaatlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari Murojaatlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. LexUZ sharhi Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisida namunaviy nizom”, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-yanvardagi 7-son qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisida namunaviy nizom”, Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 30-dekabrdagi 311-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Davlat notarial idoralarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”. 3-modda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: ariza — huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimos bayon etilgan murojaat; taklif — davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarni oʻz ichiga olgan murojaat; shikoyat — buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi talab bayon etilgan murojaat; elektron murojaat — belgilangan tartibda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida berilgan, shu jumladan davlat organining, tashkilotning rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan murojaat, real vaqt rejimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda berilgan ogʻzaki murojaatlar bundan mustasno; takroriy murojaat — ayni bir jismoniy yoki yuridik shaxsdan kelib tushgan, uning avvalgi murojaati yuzasidan qabul qilingan qaror ustidan shikoyat qilinayotgan yoki boshqacha tarzda norozilik bildirilayotgan, shuningdek, agar takroriy murojaat kelib tushgan paytga kelib qonun hujjatlarida belgilangan koʻrib chiqish muddati tugagan boʻlsa, ilgarigi murojaati oʻz vaqtida koʻrib chiqilmaganligi toʻgʻrisida xabar qilinayotgan murojaat; anonim murojaat — jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yoki yuridik shaxsning toʻliq nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilmagan yoxud ular haqida yolgʻon maʼlumotlar koʻrsatilgan murojaat, shuningdek uni identifikatsiya qilish imkoniyatini bermaydigan elektron murojaat yoxud imzo bilan tasdiqlanmagan yozma murojaat; murojaatning dublikati — ayni bir jismoniy yoki yuridik shaxs murojaatining koʻchirma nusxasi; ommaviy qabul — davlat organi rahbarining yoki bu borada vakolat berilgan mansabdor shaxsining jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari bilan ommaviy uchrashuvlarida murojaatlarni qabul qilishga doir harakati; videokonferensaloqa — uzoqda joylashgan bir nechta abonentlarning real vaqt rejimida audio- va videoaxborot almashish imkoniyati bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda interaktiv hamkorlik qilishi; davlat ishtirokidagi tashkilot — ustav fondida davlat ulushi mavjud boʻlgan tijorat tashkiloti yoxud toʻliq yoki qisman davlat organi tomonidan tashkil etilgan yoki taʼsis etilgan notijorat tashkiloti. 4-modda. Murojaatlarni koʻrib chiqishning asosiy prinsiplari Murojaatlarni koʻrib chiqishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: qonuniylik; murojaatlarni oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqish; murojaatlarga nisbatan talablarning bir xilligi; jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi; murojaatlarni koʻrib chiqishda byurokratizm va sansalorlikka yoʻl qoʻyilmasligi; murojaatlarni koʻrib chiqishda davlat organlari, tashkilotlar va ular mansabdor shaxslari faoliyatining shaffofligi. 5-modda. Murojaatlarning shakllari va turlari Murojaatlar ogʻzaki, yozma yoxud elektron shaklda boʻlishi mumkin. Arizalar, takliflar va shikoyatlar murojaatlarning turlari hisoblanadi. Murojaatlar, ularning shakli va turidan qatʼi nazar, bir xil ahamiyatga ega boʻladi. 6-modda. Murojaatlarga qoʻyiladigan talablar Jismoniy shaxsning murojaatida jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Yuridik shaxsning murojaatida yuridik shaxsning toʻliq nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Jismoniy va yuridik shaxsning murojaatida davlat organining, tashkilotning aniq nomi, murojaat yuborilayotgan mansabdor shaxsning lavozimi va (yoki) familiyasi (ismi, otasining ismi) koʻrsatilgan, shuningdek murojaatning mohiyati bayon etilgan boʻlishi kerak. Murojaatlarda murojaat etuvchilarning elektron pochta manzili, aloqa telefonlari va fakslari raqamlari koʻrsatilishi mumkin. Murojaatlar davlat tilida va boshqa tillarda berilishi mumkin.
Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish, agar ularning shunday xususiyatga ega boʻlgan avvalgi murojaati boʻyicha qaror qabul qilingan va bu haqda ularga ushbu Qonunda belgilangan tartibda xabar qilingan boʻlsa, rad etilishi mumkin. 9-modda. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish tartibi Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish davlat organining, tashkilotning rahbari yoki boshqa mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshiriladi. Buning uchun davlat organlarida, tashkilotlarda maxsus tarkibiy boʻlinmalar tashkil etilishi mumkin, qabul uchun masʼul boʻlgan mansabdor shaxslar belgilanadi. Davlat organlarining rahbarlari yoki bu borada vakolat berilgan boshqa mansabdor shaxslari tomonidan jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining sayyor shaxsiy qabullari, shuningdek ommaviy qabullar tashkil etilishi mumkin. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish belgilangan kun va soatlarda, qabul qilish jadvaliga muvofiq oʻtkaziladi.
Qabul qilish jadvali va uni oʻtkazish vaqti, joyi hamda qabulga oldindan yozilish toʻgʻrisidagi axborot, qabul qilish tartibi ularni davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilish, shuningdek ularning maʼmuriy binosida hamma kirishi mumkin boʻlgan joylardagi stendlarga yoki boshqa texnik vositalarga joylashtirish orqali manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkaziladi. Jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining sayyor shaxsiy qabullari, shuningdek ommaviy qabullar, zarur boʻlgan hollarda, qabul qilish jadvallaridan tashqari oʻtkazilishi mumkin.

Yüklə 15,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin