Hol ega kabi gap kesimidagi kesimlik shakllari (Pm)ning ma`noviy xususiyatini muayyanlashtiruvchi, aniqlashtiruvchi bo‘lak. Hol gap bo‘laklari qatorida kesim, egadan keyin turuvchi bo‘lakdir. Holning tuzilishiga ko‘ra turlari:
1) holning so‘z bilan ifodalanishi: Rustamjon halloslab voqeani aytib berdi. Qay holda voqeani aytib berdi? Halloslab voqeani aytib berdi. Holat(tarz) holining bir so‘z bilan ifodalanishiga misol.
2) holning so‘z birikmasi bilan ifodalanishi: Ustoz talabalar bilan do‘stlarcha salomlashib suhbatlashdi. Qay holda suhbatlashdi? Do‘stlarcha salomlashib suhbatlashdi.
O‘shanda ertasiga u dadasining o‘rtog`iga konni ko‘rsatadigan bo‘ldi. Qachon konni ko‘rsatadigan bo‘ldi? O‘shanda ertasiga ko‘rsatadigan bo‘ldi – payt holi. Quyoshli kuz ertasi juda chiroyli edi. Yo‘l bo‘yidagi qayrag`ochlarning shapaloqdek-shapaloqdek qizg`ish barglari oyoq ostida shitirlaydi, ko‘lmak suvlar jimirlaydi. Tog` shabadasi Shodasoyning sovuq shovqinini daralarga taratmoqda, uzoqda qorli cho‘qqilar quyoshga o‘chakishgandek yilt-yilt charaqlaydi, kungay yonbag`irlarda saf tortgan archalar qorayib ko‘rinadi.
Holning ma’no turlari, ularning shakllari va ichki ma’nolarini quyidagi jadvalda ko‘ring:
№
Holning ma’no turlari
Izohi
So‘rog‘i
Shakllar
Misollar
1.
Ravish holi
Fe’l kesimdan anglashilgan harakatning qay tarzda bajarilishini ifodalaydi.