” yo‘nalishi 204-guruh talabasi



Yüklə 71,16 Kb.
səhifə4/11
tarix03.05.2023
ölçüsü71,16 Kb.
#106579
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Hol va uning o‘zbek tilshunosligidagi tadqiqi

7. Shart holi nima qilsa(-m , -ng, -k , -ngiz) so‘rog‘iga javob bo‘ladi va bir harakatning bajarilishi uchun shart bo‘lgan ish-harakatni bildiradi: Eksang o‘rasan. Qaytarish sharti bilan oldi.
8. To‘siqsizlik holi nima qilsa (-m, -ng, -k , -ngiz) ham//-da? so‘roqlariga javob bo‘lib, bir ish-harakatning bajari­lishi uchun to‘siq bo‘la olmaydigan ish-harakatni bildiradi va shart fе’li+ham//-da), ravishdosh, sifatdosh+bilan ko‘makchisi, qaramay, qaramasdan so‘zlari qatnashgan qurilma orqali ifodalanadi: Chaqirilmasa ham qatnashdi. Kichik bo‘lgani bilan ancha og‘ir edi. Shoshganiga qaramay kutib turdi.
Gap bo‘laklarining joylashish tartibi
O‘zbek tilida gap bo‘laklarining tartibi, asosan, erkin. Ularning o‘rnini almashtirish odatda grammatik holatni o‘zgartirmaydi. Masalan: Oppoq bulutlar qishloq ustidan shoshilmay, tog`ga qarab o‘tib ketadi. (S.Ahmad). - Qishloq ustidan oppoq bulutlar shoshilmay o‘tib ketadi tog`ga qarab. - O‘tib ketadi shoshilmay tog`ga qarab oppoq bulutlar qishloq ustidan. – Shoshilmay o‘tib ketadi qishoq ustidan tog`ga qarab oppoq bulutlar. 
Mazkur gaplarda gap bo‘laklarining o‘rinlarini almashtirish grammatik holatni o‘zgartirmagan, ammo gap mazmuniga ma’lum darajada ta’sir etgan, negaki har gal boshqa-boshqa gap bo‘laklariga odatdagidan ko‘proq ahamiyat berilgan. Lekin, shunga qaramay, gap bo‘laklari ma’lum bir normativ tartibda joylashish xususiyatiga ega.
O‘zbek tilida ega, odatda, gap boshida, kesim gapning oxirida keladi. Ikkinchi darajali bo‘laklar esa ega va kesim orasida joylashadi. Bunday tartib, asosan, darak gaplarda bo‘lib, u to‘g‘ri yoki normativ tartib deyiladi.
Har bir gap bo‘lagiga nisbatan tartib quyidagicha bo‘ladi:
I. Ega, odatda, gap boshida keladi: Kishilar mirishkor raisni qarsaklar bilan olqishladilar. (Y.Shukurov).
Yoyiq gaplarda ega ba’zan kesim oldida ham kelishi mumkin: Uning yigirmataga yaqin qo‘y-echkisi borligini ko‘p odam bilar edi. (P.Qodirov).
Ba’zan ega gapning oxirida ham keladi: G‘o‘za umriga zavol-ku u. (J.Abdullaxonov).
II. Kesim odatda gapning oxirida keladi: Bog‘da yetti-sakkiz tup mevali daraxt, ikki chinor, ikki tup mirzaterak o‘sgan edi. (J.Abdullaxonov).
She’riyatda, shiorlarda kesim gapning boshida ham keladi:
Intilar borliqni inson
Barkamol etmoq uchun.
Ne ajab, insonni borliq
Barkamol etgan emas.
(E.Vohidov.)

Yüklə 71,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin