UK-4. Jamoada va ma'lum vazifani bajarishga yo‘naltirilgan guruhda ishlash,
hamkasblar, rahbarlar va mijozlar bilan samimiy, xushmuomala va samarali
muloqot qilish;
UK-5. Ta'lim olgan tilida fikrini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qilish;
UK-6. Umuminsoniy fazilatlarga ega bo‘lish, o‘z millatini va vatanini sevish, u
bilan faxrlanish, milliy urf-odatlar, qadriyatlarni hurmat qilish;
UK-7. Professional vazifalarni samarali bajarish uchun zarur bo‘ladigan
ma'lumotlarni qidirish;
UK-8. Kasbiy faoliyatida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini qo‘llash;
UK-9. Kasbga doir hujjatlar bilan ishlash;
UK-10. Kasbiy faoliyatda xavfsizlik texnikasi va mehnat muhofazasi qoidalariga
amal qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
UK-11. Sanoat va nosanoat tashkilotlarda vujudga keladigan chiqindilarni
atrof-muhitga zarar yetkazmaslik choralarini koʻrish va utilizatsiya qilish;
UK-12. Sohaga oid ekologik madaniyatga rioya qilgan holda faoliyat olib
borish.
Dostları ilə paylaş: