Ў з б е к и с т о н д а в л а т с т а н д а р т и


 Bitiruvchining kasbiy faoliyat obyektlari



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/17
tarix01.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#170983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
MT 30610201-Apparat va dasturiy ta\'minot sozlovchisi

3.2. Bitiruvchining kasbiy faoliyat obyektlari: 
3.2.1. Apparat va dasturiy ta’minot sozlovchisi bo‘yicha: 
-
shaxsiy kompyuterlar uchun apparat va dasturiy ta’minot, serverlar;
-
periferik uskunalar;
-
mobil qurilmalarning dasturiy ta’minoti; 
-
kompyuter tarmoqlari
-
multimedia qurilmalari; 
-
lokal va global kompyuter tarmoqlarining axborot resurslari. 
3.3. 30610201 - Apparat va dasturiy ta’minot sozlovchisi kasbi bo‘yicha 
ta’lim oluvchi qo‘yidagi faoliyat turlariga tayyorlanadi: 
3.3.1. Apparat va dasturiy ta'minot sozlovchisi kvalifikasiyasi bo‘yicha: 
-
Shaxsiy kompyuterlar, serverlar, periferiya qurilmalari va ofis jihozlariga 
texnik xizmat ko‘rsatish; 
-
Shaxsiy kompyuterlar, serverlarning apparat va dasturiy ta'minotni o‘rnatish,
ta'mirlash va modernizasiyasi; 
-
Mobil qurilmalarga xizmat ko’rsatish; 
-
Kompyuter tarmoqlariga xizmat ko’rsatish. 
4. Ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining umumiy va kasbiy 
kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar 
4.1. 30610201 - Apparat va dasturiy ta'minot sozlovchisi kasbi bitiruvchilari 
umumiy kompetensiyasiga qo‘yiladigan talablar:
PTM bitiruvchisi quyidagi umumiy kompetensiyalarga ega bo‘lishi kerak: 
UK-1. Kasbiy faoliyat doirasida vujudga keladigan turli masalalar yechimini 
topish usullarini tanlay olish;
UK-2. Rahbar tomonidan belgilangan maqsadga erishish uchun jamoada ishlay 
olish; 
UK-3. O‘zining kasbiy malakasini va shaxsiy kamolotini takomillashtirib borish; 


UK-4. Jamoada va ma'lum vazifani bajarishga yo‘naltirilgan guruhda ishlash, 
hamkasblar, rahbarlar va mijozlar bilan samimiy, xushmuomala va samarali 
muloqot qilish; 
UK-5. Ta'lim olgan tilida fikrini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qilish; 
UK-6. Umuminsoniy fazilatlarga ega bo‘lish, o‘z millatini va vatanini sevish, u 
bilan faxrlanish, milliy urf-odatlar, qadriyatlarni hurmat qilish; 
UK-7. Professional vazifalarni samarali bajarish uchun zarur bo‘ladigan 
ma'lumotlarni qidirish; 
UK-8. Kasbiy faoliyatida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini qo‘llash; 
UK-9. Kasbga doir hujjatlar bilan ishlash; 
UK-10. Kasbiy faoliyatda xavfsizlik texnikasi va mehnat muhofazasi qoidalariga 
amal qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish; 
UK-11. Sanoat va nosanoat tashkilotlarda vujudga keladigan chiqindilarni 
atrof-muhitga zarar yetkazmaslik choralarini koʻrish va utilizatsiya qilish; 
UK-12. Sohaga oid ekologik madaniyatga rioya qilgan holda faoliyat olib 
borish. 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin