1. Qo‘llanilish sohasi
Mazkur malaka talabi Apparat va dasturiy ta’minot sozlovchisi kasbi bo‘yicha
kadrlar tayyorlashning zaruriy bilimlar mazmuni va kasbiy kompetensiyasiga
qo‘yiladigan talablarni va pirovard maqsadlarini, shuningdek ta’lim oluvchilarning
o‘quv yuklamalari hajmi va standart talablarini bajarilishi nazoratini belgilaydi.
Malaka talabi ta’lim oluvchilarning kasbiy tayyorgarligi sifati va kasbiy
kompetensiyasini baholashda hamda ta’lim muassasalarini attestatsiyadan
o‘tkazishda asosiy mezon hisoblanadi. Mazkur talablarning bajarilishi professional
ta’lim muassasalarining bitiruvchilariga professional ta’limning tegishli darajasini
olganligi to‘g‘risida davlat namunasidagi hujjat berilishi uchun asos hisoblanadi.
Malaka talabi ta’limni boshqarish davlat organlari va ta’lim faoliyati sub’ektlari
tomonidan, idoraviy bo‘ysunuvi va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, tadbiq
etilishi majburiydir.
Ushbu malaka talabi
Apparat va dasturiy ta’minot sozlovchisi kasbi
ning
professional standarti va tarmoq tarif-malaka ma’lumotnomalari asosida ishlab
chiqildi.
Dostları ilə paylaş: