6. 30610201- Apparat va dasturiy ta’minot sozlovchisi kasbining o‘quv
yuklamasi.
6.1.
30610201- Apparat va dasturiy ta’minot sozlovchisi kasbining o‘quv
muddati 2-yil, o‘quv davri 80 haftani tashkil etadi.
6.2.
30610201- Apparat va dasturiy ta’minot sozlovchisi kasbining namunaviy
va ishchi o‘quv rejasini
ishlab chiqishda bloklar, fan (modul)lar nomini saqlagan
holda ajratilgan vaqtni quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan
chegarada kamaytirish va
ko‘paytirish imkoniyati beriladi.
6.3. Fan bloklariga ajratilgan chegara.
Umumta’lim fanlar
44-47 foiz
Umumkasbiy va maxsus fanlar (
ta’lim muassasasi
ixtiyoridagi soat bilan)
20-25 foiz
O‘quv amaliyotlari
13-18 foiz
Ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyoti
10-13 foiz
Davlat attestatsiyasi
1-3 foiz
O‘quv yilida ta’til vaqtining umumiy hajmi 10-14 hafta etib belgilanadi.
7. 30610201-Apparat va dasturiy ta'minot sozlovchisi kasbining ta’lim
dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchilarga qo‘yilgan talablarni baholash.
7.1.
30610201-Apparat va dasturiy ta'minot sozlovchisi kasbining malaka
talabi MSKO ning 3-darajasiga mos kadrlarni tayyorlash huquqi mavjud bo‘lgan
ta'lim muassasalarida qo‘llash majburiy hisoblanadi.
7.2.
30610201-Apparat va dasturiy ta'minot sozlovchisi kasbining ta'lim
dasturini o‘zlashtirish uchun PTMlari tegishligi bo‘yicha fan xonalari, laboratoriya
xonalari va o‘quv amaliyot xonalari hamda poligonlar bilan ta'minlangan bo‘lishi
kerak.
Fanlarning amaliy mashg‘ulotlari va O‘quv amaliyotlari
ishlab chiqarish
korxonalar yoki boshqa ta'lim muassasalarida olib boriladigan PTM larida amaliyot
xonalari va poligonlar talab qilinmaydi.
7.3.
30610201-Apparat va dasturiy ta'minot sozlovchisi kasbi bo‘yicha ta'lim
dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchilarning sifatini baholash quyidagi yo‘nalishlarda
amalga oshiriladi:
- fan (modul)ni o‘zlashtirish darajasini baholash;
- kasbni o‘zlashtirish darajasini baholash.
7.4. Professional ta’lim o‘quvchilarining bilim saviyasi, ko‘nikma va
malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi to‘g‘risidagi
nizom talablari asosida
fanni o‘zlashtirishi baholanadi.
7.5. Professional ta’limi muassasalarida yakuniy davlat attestatsiya-sini
o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom talablari asosida kasbni o‘zlashti-rish
darajasi
baholanadi va quyidagi kasbiy kompetensiyalarini baholash indikatorlaridan
foydalanadi.
Dostları ilə paylaş: