Ў збекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 2,25 Mb.
səhifə47/109
tarix19.12.2023
ölçüsü2,25 Mb.
#185065
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   109
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

Turlararo raqobatlilik
Populatsiyalar va ularning individlari orasida ozuqa (ovqat), yorug'lik, issiqlik, maydon yoki yotoq joylari uchun doimo kurash bo'lib turadi. U yoki bu joyda yashaydigan ikkita tur bir xil trofik (ozuqa) darajada bo'lsa (bir xil ovqatlansa), ular orasidagi oziqlanish uchun kurash (konkurensiya) kuchli bo'ladi, natijada, bir tur ikkinchi tumi asta-sekin siqib chiqarishi mumkin. Masalan, o'zimizda ekilgan bedazorlarda bir necha yil begona o'tlarga qarshi kurashilmasa, sekin-asta begona o'tlar bedani siqib chiqaradi, uning o'sishiga to'sqinlik qiladi. Yoki ekilgan g'o'za begona o'tlardan tozalanmasa, ular orasida yomg'lik, namlik, ozuqa uchun kurash bo'lib, g'o'zaning o'sishi, rivojlanishi va hosildorligini keskin kamaytirib yuboradi. Got/zening 1934-yilda infuzoriyalar bilan olib boFgan tajribalarga murojaat qilsak, ya’ni ikkita infuzoriya turi bir xil sharoitda parvarish qilin- ganda bir turi (Paramecium auretia) raqobatbardosh bo'lib, ikkinchi turdan (Paramecium Saudadum) asta-sekin ustun kela boshlagan va oxirgi turning soni kamayib 20 kundan keyin mutlaqo yo'qolib ketgan.
Gauze asoslagan bu prinsip, ya’ni konkurent (raqobatlik) yo'qolish prinsipi keyinchalik hayvonlarda o'tkazilgan boshqa xil tajribalarda ham o'z isbotini topdi. Xuddi shunday konkurentlik bclgilari yuqorida keltiril- gan misolimizdagidek o'simliklar populatsiyalarida ham uchraydi.
Raqobatlik oqibatlari turli xil bo'ladi. Turlararo raqobatlilik shu ikki tur o'rtasidagi muvofiqlikni tiklaydi yoki ular orasidagi kurash keskin borsa, unda bir populatsiya turlarini ikkinchi bir popopulatsiya turlari bilan almashtirishga olib kelishi mumkin yoki bir tur yo'qolib uning o'mini ik- kinchisi egallaydi yoki bo'lmasa raqobatda bo'lgan turlarning biri boshqa yashash joyiga ko'chishi yoki boshqa xil ozuqa bilan oziqlanishiga o'tishi mumkin. O'simliklar o'rtasidagi raqobatlilik darajasini Dj.L.Xarper (1961, 1962, 1963) Sebarganing ikki turi misolida o'rganib isbotlab berdi.
Trifolium repens tez o'sib maksimal barg hosil kiluvchi tur, ikkinchisi trifolium fragiferumning barg dastasi uzun bo'lib, uning barglari asosan poyaning uchida joylashadi. Shu sababli ham bu tur tez o'suvchi T.repens ga nisbatan yuqori yarusni oson egallab oladi va quyoshdan to'liq foydala- nadi.
Ikki tur aralashtirib ekilganda har biri ikkinchisining o'sishiga to'sqinlik qiladi, biroq ikkala tur ham hayot siklini tugallab urug‘ hosil qi- lishga ulguradilar. Lekin maydonda har ikkala turning zichligi past dara- jada bo'ladi.
Ko'rinib turibdiki, ikki tur orasida raqobatlik kurash keskin bo'lib tursa ham ular morfologik belgilari va maksimal o'sish davrlaridagi farq qiluvchi xususiyatlari bilan bemalol birga yashash imkoniyatiga egadirlar. Xarper 1961-yilda ana shu tajribalarga asoslanib ushbu xulosaga keladi:
Ikki tur orasida quyidagi mexanizmlar mavjud bo‘lgan taqdirda ular birga yashash imkoniyatiga ega bo‘ ladiIan

  1. har xil ozuqa bilan oziqlansalar (misol, dukkaklilar va dukkakli bo'lmagan turlar);

  2. hayvonlaming yeyishiga turlarning har xil sezgirlik darajasi mavjud bo'lganda;

  3. har xil toksik moddalarga turlarning turlicha ta’sirchanligi ku- zatilganda;

  4. yorug'lik, suv va shu kabi omillapga turlarning ijobiy ta’siri mavjud bo'lganda.




Yüklə 2,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin