Sog‘liqning qadriyat sifatidagi ahamiyati. Sog‘lom turmush tarzining qadriyatli jihatlari.
Shu o‘rinda estetik tarbiyaga tahdidning uchinchi jihati haqida fikr bildirish va bu borada alohida ta’kidlash shart bo‘lgan bir necha mulohazalar bor. Ular orasida insonning estetik tarbiyasiga ta’sir etishning psixologik jihatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Buni ong osti hodisasi orqali izoxlash mumkin.
1. Sezgilar. Aytish mumkinki, mana shu 5 ta sezgi ilg‘amagan narsani ong osti ilg‘ash qobiliyatiga ega. Uzluksiz jarayonni tuyg‘ular hotiraga uzluksiz yozadi. Ammo biz ularning hammasini ajrata olmaymiz. Zero kamalakda millionlab, balki cheksiz miqdordagi rang bo‘lishiga qaramay bizlar ulardan faqatgina 7 tasinigina ajrata olamiz xolos.
2. Kuzatish. Bu borada reklama va uning estetik tabiatini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Shuning uchun ham mahsulot reklamalari odamlar gavjum bo‘ladigan joylar (bozorlar, ko‘chalar va hokazo)ga o‘rnatiladiki, bunda bevosita kuzatish muhim omilga aylanishi bejiz emas. Ayni paytda mahsulotga bo‘lgan qiziqish reklamada ko‘rsatilgan shaxsga ixlos tufayli ortadi.
3. Tashviqot. Ongosti tashviqotga tabiiy xolda eshitilmaydigan ovozlar orqali ta’sir qilishni kiritish mumkin. Supermarket, kafe-bar, bozor hamda ko‘ngilochar maskanlarda qo‘yiladigan musiqalarda ham haridorlarni chorlash maqsadi ko‘zlanadi.
4. Yashirin kadr orqali ta’sir qilish. Insonning ong osti xislariga yashirin ta’sir qilish xususan 25-kadr ko‘pchilik davlatlar tomonidan ta’qib ostiga olingan. Mutaxassislarning fikricha bu turdagi tashviqot har doim ham yaxshi yo‘lda ishlatilavermasdan, aksar shum niyatli insonlarga qo‘l kelishi mumkin. Misol uchun kino yoki seriallarda, “Agar bir insonga davomli ravishda “Qo‘shningni o‘ldir!” shaklidagi yashirin kadr bilan ta’sir qilinsa, u hech ikkilanmasdan qotillikka qo‘l urishi mumkin ekanligini tibbiyot psixologiyasi isbotlab berdi.
Endi ikki og‘iz so‘z “ommaviy madaniyat” haqida. Uning kelib chiqishi, ta’siri, tahdidi borasida mazkur anjuman ishtirokchilarining barchasi habardor, desam yanglishmagan bo‘laman. Lekin, bir narsaga g‘oyatda tahdidli, u ham bo‘lsa, ommaviy madaniyat insonni “qiyofasiz” oqimning bir qismiga aylantirib qo‘yishidadir. Bu illat aksariyat xollarda haqiqat, go‘zallik, ezgulik singari muqaddas tushunchalarni umumiste’molchilik ehtiyoji bilan bog‘lab, iste’mol va tovar sifatida haridorgir bo‘lishiga qaratilgan maqsadni targ‘ib qiladi. Bu esa pirovardida “bozor adabiyoti”, “bozor san’ati” degan ma’naviyatga tahdid soluvchi hodisalarning “gullab-yashnashi” uchun imkon yaratadi. Bugun turli arzonbaho ishqiy yoki detektiv sarguzashtlarning bozori chaqqon. Didsiz, saviyasiz, “millati”ning tayini yo‘q “badiiy” filmlar ham ko‘payib ketgan. “Bozor san’ati” deganda, birinchi navbatda, anashunaqa filmlar va bayram sahnalarida qarsillatib aytiladigan yangroq ashulalar esga tushadi.