0 mavzu: Qadriyatlar falsafasi (aksiologiya) – sоat. Reja


Oilaning qadriyatga doir jihatlari



Yüklə 49,53 Kb.
səhifə4/6
tarix07.01.2024
ölçüsü49,53 Kb.
#208637
1   2   3   4   5   6
JV2Zr6ykHeJYA7jfLZ9xVzlRmMzp4Q9OqxjxTVJ6

Oilaning qadriyatga doir jihatlari.

Oilani fuqarolik jamiyatining, davlatning eng muhim hujayrasi deyishadi. Сhunki, har bir jamiyat a’zosi, bo‘lajak fuqaroning tarbiyasi oiladan boshlanadi. Oila uchjihatni: o‘zining bevosita ko‘rinishi bo‘lmish nikohni; oilaviy mulk va anjomlar hamda ular haqidagi g‘amxo‘rlikni; bolalar tarbiyasini o‘z ichiga oladi. Nikoh va muhabbat. Awwalo, nikoh haqida to‘xtalib o‘taylik. Qonunga binoan nikoh tuzish shartlaridan eng m uhim lari — nikohga kiruvchilarning o‘zaro roziligi va ularning nikoh yoshiga yetganliklari. Bizda yigitlar uchun — 18, qizlar uchun — 17 nikoh yoshlari qilib belgilangan. Bu — masalaning huquqiy tomoni. Uning ikkinchi — axloqiy tomoni ham borki, u muhabbat bilan bog‘liq. Nikoh tuzishdan awal ikki yosh orasida goh ochiq sevgi — muntazam uchrashuvlar, ahdu paymonlar qilish yoki orqavarotdan bir-birini yoqtirish hollari bo'lishi mumkin. Har ikkala holda ham rozilik o‘zgarmas shart hisoblanadi.Ba’zan, qadimda Sharq xalqlarida, shu jumladan, o‘zbeklarda qizning yoki yigitning roziligisiz to ‘y qilib yubora berishgan, ota-onalar kelishishsa — bas, degan fikrlami uchratadi kishi. Ayniqsa, bunday gaplar sho‘rolar davrida tinimsiz takrorlanar edi. Vaholanki, bunday hoi kam bo‘lgan, uni musulmonchilik inkor etadi. Rivoyat qilishlaricha, Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom uylariga sovchi kelganida, qizlari Fotimadan doimo rozilik so‘raganlar va rad javobi olganlar. Faqat Hazrat Ali sovchi qo‘yganlarida, Bibi Fotima rozilik berganlar. Demak, farzandning roziligini olish bizga Payg‘ambarimizdan qolgan sunnat. Hozirgi kunda ham ko‘pgina yoshlarimiz sovchi orqali turmush quradilar. Odatda sovchi kelib ketgach, yigit bilan qiz uchrashtiriladi, ikkalasi bir-birini ma’qul ko‘rsagina fotiha qilinib, to‘y taraddudi ko‘riladi. Juda ko‘p hollarda bunday yoshlar o‘rtasida keyinchalik haqiqiy muhabbat shakllanadi. Abdulla Qodiriy «0‘tgan kunlar» romanida tasvirlagan Otabek bilan Kumush o'rtasidagi sevgini buning mumtoz namunasi desa bo‘ladi. Ochiglini aytish kerakki, muhabbatning ham o‘z darajasi bor: Layli bilan M ajnunning muhabbati hamma sevishganlarga ham nasib etavermaydi. Bunday romantik-sururiy sevgi real hayotda kamdan kam uchraydi. Buning ustiga, oilaviy muhabbat ma’lum ma’noda salobatli, ko‘proq yashirin tarzda namoyon bo'ladi.


Oilaning asosi bo‘lmish nikoh - ezgu maqsadga yo‘naltirilgan, zimmasiga zurriyot qoldirishdek yuksak mas’uliyat yuklangan sevgi, sevishning ijtimoiylashgan ko‘rinishi. Biroq sevgi-muhabbat faqat erkinlikda namoyon bo‘ladi. Shu jihatni nazarda tutadigan bo lsak, nikohni, ma’lum ma’noda, an’analar, urf-odatlar va e’tiqodlarga moslashtirilgan sevgining yashash sharti deyish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, nikoh zaruriyatga aylangan erkinlikdir. Shu bois nikohga kirayotgan har bir kimsa bundan buyon о z erkining boshqa bir erk bilan kelishib yashashini, ixtiyoriy tarzda cheklanib, nisbiylashgan holda mavjud bo‘lishini anglab yetmog'i lozim. Bundan tashqari nikoh о z mohiyatiga ko‘ra axloqiy hodisa. Unda ehtiroslar axloqqa bo ysundiriladi. Oddiy birga yashashda esa tabiiy ehtiyojni qondirish birinchi o‘rinda turadi, nikohda u ikkinchi darajali mavqe egallaydi.Keyingi paytlarda nikoh bilan muhabbatning о zaro chiqishmasligi haqida G ‘arb mutafakkirlari tez-tez yozadigan bo'lib qolganlar. Chunonchi, Erix Fromm, industrial jamiyatda muhabbat kamdan kam uchraydigan hodisa ekanini, nikohning asosida boshqa — moliyaviy, siyosiy, iqtisodiy sabablar yotishini ta’kidlaydi. Umuman, G arb olamida bunday hodisa anchadan buyon mavjud.
Oilaviy muhit. Oilaning mustahkam bolishi, oila a’zolarining axloqiylik darajasi undagi muhitga bog'liq. Qaysi oilada sog‘lom muhit, hukm sursa, uning ravnaqi, baxtliligi ta’minlangan bo‘ladi. Sog‘lom muhit deganda biz faqat oilada insonparvarlik, vatanparvarlik, ziyolilik, halollik, rostgo'ylik kabi tamoyillar va me’yorlarga amal qilinishinigina emas, balki uning eskicha an’anaviylik yoki yangicha zamonaviyligini ham tushunishimiz lozim. Zero aynan ana shu ikki xil turmush tarzi oila kelajagi bilan bog‘liq.Eskicha an’anaviy oila kiyinishda, yeb-ichishda, kasb-u korda
zamonaviy oiladan farq qilmaydi. U ham halol, hamma qatori zamonaviy sharoitda yashaydi. Faqat u o‘zining «o‘zbekchiligi», ajdodlarining an’anaviy ma’naviy qadriyatlarini «unutmagani» bilan faxrlanadi. Hamma gap shundaki, bunday oila asosiy kuchi va imkoniyatlaridan ana shu faxrlanish hissiga erishish uchun foydalanadi: an’anaviy o‘zbekona to‘y kechasida, nikoh bazmida artistlarga «gaplashilgan» va «qistirilgan» millionlar hisobiga bemalol bitta bolalar bog‘chasi qursa bo‘ladi. Ayniqsa og‘zini qimirlatib turish bilan (fonogramma orqali) harom pul topayotgan «artist»laming qudag‘aylarni (ayol qudalami) raqsga tushishga da’vat qilishini borib turgan odobsizlik: ortiqcha pul yig‘ib berish uchun bechora qaynonalar yangi kelin va kuyov oldida o‘yinga tushadilar.




  1. Yüklə 49,53 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin