5.2. Fikr (mulohaza) tushunchasi. Fikrning inkori Fikrlash(mulohaza yuritish) va uning tahlilini matematik mantiq kursi o`rganadi. Mantiq fikrlash usullarining tahlilidan iboratdir. Matematik mantiq esa mantiq ob'ektlarini matematik usulda tekshiradigan fandir. Matematik mantiqda fikr (mulohaza) boshlang’ich tushuncha bo’lib, u ta'riflanmaydi. Uni rost yoki yolg’onligi bir qiymatli aniqlanadigan darak gap deb tushunamiz.
Misollar. 1. Tekislikda berilgan ikkita turli nuqtadan bitta va faqat bitta to’g’ri chiziq o’tadi;
2. Oxirgi raqami 0 yoki 5 bilan tugaydigan butun sonlar 5 ga bo’linadi;
3. Toshkent O’zbekistonning poytaxti;
4. 16 natural son to’la kvadrat emas;
5. 2>5.
Bu keltirilgan fikrlardan faqat birinchi uchtasi rost bo’lib, qolgan ikkitasi yolg’ondir.
O’zbek tilidagi hamma fikrlarni A, B, C, ..., A1, B1, C1, ... yoki a, b, c, ..., a1, b1, c1, ... indeksli yoki indekssiz lotin harflari bilan belgilaymiz.
Agar A fikr bo’lsa, u faqat rost yoki yolg’on fikrlardan bittasigina bo’lishi mumkin. Agar A fikr rost bo’lsa, unga 1 ni, yolg’on bo’lsa 0 ni mos qo’yamiz. 0 va 1 larni A fikrning rostlik qiymatlari deymiz.
Shunday fikrlar borki, ularni bir nechta tarkibiy qismlarga ajratish mumkin. Masalan, "p natural son tub yoki murakkab sondir" fikrni "p natural son tub", "p natural son murakkab" ikkita tashkil etuvchi fikrlarga ajratish mumkin. "Tub sonlar to’plami cheksiz to’plamdir" yoki "Sardorbek kinoga bordi" fikrlarini yuqoridagi kabi tashkil etuvchi fikrlarga ajratish mumkin emas.
1-ta`rif. Agar A fikrni ikkitadan kam bo’lmagan tashkil etuvchi fikrlarga ajratish mumkin bo’lmasa, u holda A ni elementar (sodda) fikr deyiladi, aks holda A ni murakkab fikr deyiladi.
Yuqorida keltirilgan misollardan birinchisi murakkab, keyingi ikkitasi esa elementar fikrlar. Matematik mantiqda "emas", "va", "yoki", "agar ... bo’lsa, u holda .... bo’ladi", "... bo’lgan holda va faqat shu holda ... bo’ladi" terminlar orqali elementar fikrlardan murakkab fikrlar, murakkab fikrlardan yana ham murakkabroq fikrlar hosil qilinadi va bu prosessni fikrlar ustida mantiq amallarni bajarish deyiladi. Eslatilgan terminlarni mantiq, bog’lovchilar, propozitsional yoki mantiq amallar deyilib, ularni mos ravishda "inkor", "kon'yunksiya", "diz'yunksiya", "implikatsiya" va "ekvivalentsiya" deb ataladi.
Matematik mantiqning fikrlarni va fikrlar ustidagi amallarni o’rganadigan bo`limini fikrlar algebrasi deyiladi.
A
A
1
0
0
1
1 - jadval
2-ta`rif. Afikrning inkori deb, A rost bo’lganda yolg’on va yolg'on bo’lganda rost bo’ladigan yangi fikrga aytiladi hamda A (yoki ) ko’rinishda belgilanadi va uni A emas deb o’qiladi.
1. - jadvalni inkor amalining rostlik jadvali deyiladi.
Misol. A - "Toshkent O’zbekistonning poytaxti", u holda A - "Toshkent O’zbekistonning poytaxti emas" degan fikrdan iborat bo’ladi.
Ba'zan fikrning inkorini "emas" mantiq bog’lovchi bilan bir xil ma'noga ega bo’lgan terminlar orqali ham ifodalanadi. Masalan, A - "Sardorbek bugun maktabga bordi" fikrning inkori A -"Sardorbek bugun maktabga bormadi", A - "Sardorbek bugun maktabga borgani yo’q" kabi ifodalash mumkin.
Savollar 1. Tushunchaning hajmi va mazmuni qanday aniqlanadi?
2. Ob'ektni ta'riflash deganda nima tushuniladi?
3. Fikr qanday ta’riflanadi?
4. Qanday fikrlarga elementar (sodda) fikr deyiladi?
5. Fikrning inkori qanday ta'riflanadi?