Tanglay suyagi
Tanglay suyagi
(os palatinum)
juft bo'lib, ko'z kosasi, burun bo'shlig'i,
og'iz bo'shlig'i va qanot-tanglay chuqurchasini hosil qilishda ishtirok etadi. U
bir-biriga to'g'ri burchak hosil qilib birikkan gorizontal va perpendikular
plastinkalardan iborat.
Gorizontal plastinka
(lamina horizontalis)
old tomondan yuqori jag'ning
tanglay o'simtasi bilan, medial tomondan esa qarama-qarshi plastinka bilan
o'rta chok hosil qilib birikadi va qattiq tanglayni
(palatum osseum)
vujudga
keltiradi. Uning orqa chekkasi silliq va erkin bo'lib, ko'ndalangiga bukilgan;
og'iz bo'shlig'iga qaragan pastki yuzasi
(facies palatina)
g'adir-budir, burun
bo'shlig'iga qaragan yuzasi
(facies nasalis)
silliq. Gorizontal plastinkaning
medial chekkasida joylashgan dimog' suyagi birikadigan burun qirrasi
(crista
nasalis)
orqa burun o'simtasiga
(spina nasalis posterior)
o'tib ketadi.
Perpendikular plastinka
(lamina perpendicularis)
burun bo'shlig'ining
lateral devorini hosil qilishda ishtirok etadi. Uning lateral yuzasida katta tanglay
egati
(sulcus palatinus major)
joylashgan. Bu egat yuqori jag' va ponasimon
suyak qanotsimon o'simtasidagi egatlar bilan birga katta tanglay kanalini
(canalis palatinus major)
hosil qilib, katta tanglay teshigi
(foramen
palatinum majus)
bo'lib ochiladi. Gorizontal plastinkaning medial yuzasida
ikkita gorizontal: o'rta burun chig'anog'i birikadigan yuqorigi g'alvirsimon
qirra
(crista ethmoidalis)
va pastki burun chig'anog'i birikadigan pastki
chig'anoq qirrasi
(crista conhalis)
bor. Tanglay suyagida uchta o'simtalar
tafovut qilinadi: piramidal, ko'z kosasi va ponasimon.
Piram idal o'sim ta
(p rocessus pyram idalis)
tanglay suyagining
perpendikular va gorizontal plastinkalari birikadigan joydan orqaga, pastga va
lateral tomonga chiqib, ponasimon suyak qanotsimon o‘simtasining lateral
va medial plastinkalari orasiga kiradi. Uning ichidan kichik tanglay kanallari
(canales palatines minores)
o'tib, kichik tanglay teshiklari
(foramina
palatina minora)
bo‘lib ochiladi.
Ko‘z kosasi o'simtasi
(processus orbitalis)
oldinga va lateral yo'nalib,
ko'z kosasining pastki devorini hosil qilishda ishtirok etadi.
Ponasimon o'simta
(processus sphenoidalis)
orqaga va medial tomonga
yo'naladi va ponasimon suyak tanasini pastki yuzasiga birikadi. Ko'z kosasi
o'simtasi bilan ponasimon o'simta o'rtasida ponasimon-tanglay o'ymasi
(incisura sphenopalatina),
ponasimon suyak bilan qo'shilganida ponasimon-
tanglay teshigini
(foramen sphenopalatinum)
hosil qiladi.
Yangi tug'ilgan chaqaloq tanglay suyagining perpendikular plastinkasi
qisqa va keng, gorizontal plastinkasi ingichka va qalin, o'simtalari yaxshi
rivojlangan. Erta bolalik davrida perpendikular plastinka bo'yiga o'sadi. Uning
ichki yuzasida chig'anoq qirrasi yaxshi bilinadi, tashqi tomonida tanglay
egati chuqurlashadi. Keyinchalik suyak bir tekis o'sib, bolalikning ikkinchi
davri oxirlarida tuzilishi kattalamikiga o'xshab qoladi.
Pastki burun chig'anog'i
(concha nasalis inferior)
juft, yupqa
cho'zinchoq bukilgan plastinka shaklidagi suyak. Uning tanasini ichki yuzasi
ko'tarilgan, tashqi yuzasi botiq. Yuqori chekkasi bilan yuqori jag' va tanglay
suyagining chig'anoq qirrasiga birikadi. Uning yuqori chekkasida ko'z yoshi,
yuqori jag' va g'alvirsimon o'simtalari bor. Pastki chekkasi erkin bo'lib,
tashqariga buralgan. Uning ko'z yoshi o'simtasi
(processus lacrimalis)
yuqoriga ko'tarilib, ko'z yoshi suyagiga birikadi. Yuqori jag' o'simtasi
(processus maxillaris)
suyakning yuqori chekkasini tashqi tomonidan
boshlanib pastga yo'nalib yuqori jag' bo'shlig'i teshigini qisman yopadi.
G'alvirsimon o'simtasi
(processus ethm oidalis)
yuqoriga yo'nalib,
g'alvirsimon suyakning ilmoqsimon o'simtasiga birikadi.
Pastki burun chig'anog'i yangi tug'ilgan chaqaloqda hali suyaklanib
bo'lmagan, uning o'simtalari tog'aydan iborat. Bola hayoti davomida bir
tekis o'sib, uning o'simtalari suyaklanadi. Bolalikning ikkinchi davrida o'sishi
tezlashib, bola 13 yoshga kiiganida tuzilishi kattalamikiga o'xshab qoladi.
Pastki jag* suyagi
Pastki jag' suyagi
(mandibula,
32-rasm) kalladagi birdan-bir harakatchan
toq suyak bo'lib, chakka suyaklari bilan chakka-pastki jag' bo'g'imini hosil qiladi
Unda gorizontal joylashgan tanasi va vertikal yo'nalgan ikkita shoxi tafovut qilinadi
Suyak tanasi
(corpus mandibulae)
taqasimon shaklda bo'lib, ichki va tashqi
yuzalari tafovut qilinadi. Pastki jag' suyagining tanasi qalinlashgan asosi
(basis
mandibulae)
va tishlar joylashadigan alveolar qism
(pars alveolaris)
dan
iborat. Alveolar ravoqda 16 ta tish katakchalari
(alveoli dentaKs)
va katakchalararo
to'siqlar
(septa mteralveolazia)
bor. Uning tashqi tomonida alveola bo'rtmalari
(juga alveolaria)
joylashgan. Suyak tanasining oldingi qismida o'rta chiziqda engak
do‘mbqg‘i (protuberantia mentabs)
ko'rinadi. Undan orqaroqda qon tomir
va nervlar o'tadigan engak teshigi
(foramen mentale)
bo‘lib, uning
orqasddan boshlangan qiyshiq chiziq
(linea obliqua)
yuqoriga va orqaga
yo'nalib, tojsimon o‘simtaniiig asosida
tugaydi
Tananing ichki yuzasini o‘rta
qismi dan engak o'simtasi
(spina
m entalis)
chiqadi. Uning yon
32-rasm. Pastki jag‘.
1
-processus condylaris;
tomonida pastki jag‘ asosida ikki
2-processus coronoideus; 3-protuberantia men-
■
, ,
«
.
.
_
talis; 4-for mentale; 5-linea obliqua; 6-linea
qorinll mushak chuqurchasi (fossa
mylohyoidea; 7-tuberositas masseterica; 8-col-
dlgastnca), ustki chekkasining lkkl
lum mandibulae; 9-tuberositas pterygoidea.
tom onida esa til osti bezi
chuqurchasi
(fovea sublingualis)
joylashgan. Uning ostidan boshlangan jag'-
til osti chizig'i
(linea mylohyoidea)
yuqoriga qiya yo'nalib tananing orqa uchiga
boradi. Uning ostida jag' tishlari sohasida jag' osti bezi chuqurchasi
(fovea
submandibularis)
ko'rinadi.
Pastki jag' suyagining shoxi
(ramus mandibulae)
tanasi bilan o'tmas burchak
(angulus mandibulae)
hosil qilib birikadi. Unda oldingi, orqa chekkalari va
ichki, tashqi yuzalari tafovut qilinadi. Uning tashqi yuzasida chaynov bo'rtmasi
(tuberositas masseterica),
ichki yuzasida qanotsimon bo'rtma
(tuberositas
pterygoidea)
bo'lib, ularga shu nomdagi mushaklar birikadi.
Suyak shoxi ikki: oldingi tojsimon o'simta
(processus coronoideus)
va orqa bo'g'im o'simtasi
(processus condylaris)
hosil qilib tugaydi. Ulaming
o'rtasida pastki jag' o'ymasi
(incisura mandibulae)
bor. Bo'g'im o'simtasida
suyak boshchasi
(caput m andibulae)
va toraygan bo'yni
(collum
mandibulae),
bo'yinning oldingi yuzasida qanotsimon chuqurcha
(fovea
pterygoidea)
joylashgan. Suyak shoxining ichki yuzasida tilcha
(lingula
m an d ib u lae)
bilan chegaralangan pastki jag ' teshigi
(fo ra m en
mandibulae)
bo'lib, u pastki jag' kanaliga
(canalis mandibnlae)
davom
etadi.
Yangi tug'ilgan chaqaloqning pastki jag' suyagi o'zaro biriktiruvchi
to'qimali qatlam vositasida ajralgan ikki bo'lakdan iborat. Pastki jag' tanasining
asosi yaxshi takomillashmagan bo'lib, unda tish kurtaklari ko'rinadi. Engak
osti do'ngi va o'simtasi yo'q. Tananing alveolar qismi yaxshi bilinmaydi.
Pastki jag'ning tanasi shoxi bilan 140-150° burchak hosil qilib qo'shiladi.
Bo'g'im o'simtasi kam rivojlangan, bo'yni qisqa va yo'g'on. Qisqa boshchasi
tog'aydan iborat ko'ndalangiga cho'zilgan.
Tojsimon o'simtasi nisbatan yaxshi rivojlangan, pastki jag' o'ymasi keng.
Emizikli davrda suyak tez o'sadi, uning tanasi va shoxi kattalashadi. Bu davrda
pastki jag'ning ikkala bo'lagi o'zaro qo'shilib bitta suyakni hosil qiladi. Kurak
tishlar chiqishi hisobiga alveolar o'simtaning oldingi qismi o'sadi. Pastki jag'
o'simtalari va bo'yni uzayadi, ammo relyefi hali aniq bo'lmaydi. Erta bolalik
davrida suyakning tanasi kattalashadi, burchagi 125—130° ga kamayadi.
Bolalikning ikkinchi davrida pastki jag‘ suyagining tashqi relyefi yaxshi bilinadi
va kattalamikiga o'xshab qoladi. 20 yoshlarda suyak tanasi va shoxi o'rtasidagi
burchak to'g'ri burchakka yaqinlashadi va shoxi vertikal joylashadi.
Til osti suyagi
(os hyoideum)
bo'yinda pastki jag' suyagi bilan hiqildoq
o'rtasida joylashgan; uning tanasi, katta va kichik shoxlari tafovut qilinadi.
Suyak tanasi
(corpus)
bukilgan plastinka shaklida bolib old tomoni
ko'tarilgan, orqasi botiq. Tananing o'ng va chap tomonidan yuqoriga va
orqaga yo'nalgan katta shoxlar
(cornua majora)
boshlanadi. Kichik shoxlari
(cornua minora)
esa tanadan yuqoriga va orqaga qarab chiqadi.
Yangi tug'ilgan chaqaloqda til osti suyagi kattalamikiga o'xshash bo'ladi.
Bolalikning birinchi va ikkinchi davrlarida suyak ancha sezilarli o'sib, balog'at
davrida uning kichik shoxlarida suyak nuqtasi paydo bo'lib, uning qismlari
o'zaro 25-30 yoshlarda qo'shiladi.
Butun kalla
Kallaning miya qismi uning qopqog'i va tubi yoki asosidan tashkil topgan.
Ular o'rtasidagi chegara tashqi ensa bo'rtig'idan boshlanib, yuqori ensa chizig'i
bo'ylab so'rg'ichsimon o'simta asosiga, undan tashqi eshituv yo'li ustidan
yonoq ravog'i va ko'z kosasi usti qirrasi bo'ylab peshona burun chokigacha
boradigan shartli chiziqdan iborat.
Kalla qopqog'ining
(calvaria)
peshona, ensa va chakka suyaklarining
palla qismlari, tepa suyaklari, ponasimon suyak katta qanotini lateral bo'laklari
hosil qiladi. Uning tashqi yuzasida tepa suyaklarining sagittal chekkalari o'rtasida
sagittal chok
(sutura sagittalis)
joylashgan. Frontal sathda peshona suyagi
serbar qismi bilan tepa suyaklari o'rtasida esa tojsimon chok
(sutura coronalis)
o'tsa, tepa suyaklari bilan ensa suyagi serbar qismi o'rtasida lambdasimon
chok
(sutura lambdoidea)
yotadi. Kalla qopqog'ining ikki yon yuzasida tepa
suyagining tangasimon chekkasi bilan chakka suyagi pallasi o'rtasida tangasimon
chok
(sutura squomosa)
bor.
Kalla qopqog'ining ichki yuzasida yuqoridagi choklardan tashqari bosh
miya pushtalarining botishidan hosil bo'lgan barmoq izlari, arteriya va vena
egatlari
(sulci arteriosi et venosi)
bor.
Kalla asosida ham tashqi va ichki yuza tafovut qilinadi.
Kalla asosining tashqi yuzasi
(basis cranii externa,
33-rasm) uch
qismga bo'linadi. Uning oldingi qismi yuqori jag' suyagining alveolar o'simtasi
va qattiq tanglaydan hosil bo'ladi. Bu qismda o'rta va ko'ndalang tanglay
choklari
(sutura palatina mediana et transversa),
keskich kanal, katta va
kichik tanglay kanallari joylashgan.
Kalla asosining o'rta qismi qattiq tanglayning orqa chekkasidan katta
teshikning oldingi chekkasigacha davom etadi. Bu sohada cho'zinchoq, qinali,
yirtiq teshik
(foramen lacerum),
pastki jag' chuqurchasi, bo'g'im do'mbog'i,
33-rasm. Kalla asosining tashqi yuzasi. 1-maxilla; 2-processus palatinus; 3-sutura palatina
mediana; 4-lamina horizontalis ossis palatini; 5-choanae; 6-arcus zygomaticus; 7-lamina me
dialis processus pterygoidei; 8-lamina lateralis processus pterygoidei; 9-for. ovale; 10-for. spi-
nosum; 11-for. lacerum; 12-for. caroticum externum; 13-processus styloideus; 14-for. jugu-
lare; 15-condylus occipitalis; 16-processus mastoideus; 17-os occipitale; 18-os temporale;
19- os parietaie; 20-os sphenoidale; 21-os palatinum; 22-os zygomaticum; 23-maxilla.
tashqi uyqu tirqishi, mushak-nay kanali
(canalis musculotubarius)
, bo'yinturuq
chuqurchasi va teshigi, halqum bo'rtig'i, bigizsimon o'simta, bigizsimon-
so'rg'ichsimon teshik, tashqi eshituv yo'li joylashgan.
Kalla tashqi asosining orqa qismi katta teshikning oldingi chekkasidan
yuqori ensa chizig'igacha boradi. Unda bo'g'im bo'rtig'i, bo'rtiq chuqurchasi
va teshigi, til osti nervi kanali, so'g'ichsimon o'simta, so'rg'ichsimon o'yma,
ensa arteriyasi egati, tashqi ensa bo'rtig'i, yuqori va pastki ensa chiziqlari
joylashgan.
Yangi tug'ilgan chaqaloqning qattiq tanglayi uch suyakdan: keskich
suyak, yuqori jag' suyagining tanglay o'simtasi va tanglay suyagining gorizontal
plastinkasidan hosil bo'lgan. Ularda tanglay yassi, katta va yuzasi silliq. Bir
yoshda tanglay gumbazi paydo bo'la boshlaydi va bolalikning ikkinchi davrida
relyefi kattalamikiga o'xshab qoladi.
Kalla tashqi asosining o'rta va orqa qismlarini hosil qiluvchi suyaklar alohida
qismlardan iborat. Pastki jag' chuquri yassi, unda bo'g'im bo'rtig'i va
so'rg'ichsimon o'simtalar, ensa chiziqlari yo'q. Bolalikning ikkinchi davrida
kallaning tashqi asosi kattalamikiga o'xshagan bo'lib, faqat ponasimon suyak
tanasi ensa suyagi bilan birikmagan. Ular asosan 16 yoshdan keyin birikadi.
Kalla asosining ichki yuzasi
(basis cranii interna,
34-rasm) bosh
miyaning pastki yuzasi relyefiga mos tekis bo'lmagan yuzaga ega. U uchta:
oldingi, o'rta va orqa kalla chuqurchasiga bo'linadi.
Oldingi kalla chuqurchasi
(fossa cranii anterior)
peshona suyagining
ko'z kosasi qismi, ponasimon suyakning kichik qanotlari va g'alvirsimon
suyakning g'alvirsimon plastinkasidan hosil bo'lgan. Bu chuqurchada miya
tepachalari va barmoq izlari, xo'roz toji, ko'r teshik va peshona qirrasi bor.
O'rta kalla chuqurchasi
(fossa cranii media)
ponasimon suyak tanasi va
katta qanotlari, chakka suyagi piramidasining oldingi yuzasi va pallasidan hosil
bo'lgan.Undaturk egari, gipofiz chuqurchasi, ko'ruv nervi kesishmasi egati,
ko'ruv kanali, uyqu arteriyasi egati, koz kosasining yuqori tirqishi
(fissura
orbitalis superior),
yumaloq, cho'zinchoq, qirrali va yirtiq teshik
(foramen
lacerum),
uch shoxli nerv botiqligi, katta, kichik toshsimon nervlar egati
va tirqishi, nog'ora bo'shlig'i tomi va ravoqsimon tepalik joylashgan.
34-rasm . Kalla asosining ichki ynzasi. 1-crista galli; 2-pars orbitalis ossis frontalis;
3-canalis opticus; 4-fossa hypophysialis; 5-for. rotundum ; 6-for. ovale; 7-for. spinosum;
8-for. lacerum; 9-porus acusticus intem us; 10-for. jugulare; 11-canalis n.hypoglossis;
12-pyramis; 13-crista occipitalis interna; 14-sulcus transversus; 15-sulcus sigmoideus.
I :
6
7
8
<;
10
Orqa kalla chuqurchasi
(fossa cranii posterior)
eng chuquri bo'lib, uni
chakka suyagi piramidasining orqa yuzasi, ponasimon suyak tanasining orqa
yuzasi va ensa suyagi hosil qiladi. Unda katta teshik, nishab, ichki ensa qirrasi,
ichki esliituv yo‘li, bo'yinturuq teshigi, til osti nerv kanali va sigmasimon
vena egati bor.
Yangi tug'ilgan chaqaloqning kalla asosini ichki yuzasida oldingi kalla
chuqurchasi nisbatan keng va qisqa; tubi yassi, ko'r teshik katta; barmoq
izlari va yirtiq teshik yo'q. Katta qanotlar tanasi bilan birikmagan.
Orqa kalla chuqurchasi yassi, qiyalik gorizontal joylashgan. Xochsimon
tepalik yaxshi bilinmaydi. Erta bolalik davrida oldingi kalla chuqurchasi bo'yiga,
o'rta va orqa chuqurchalar bo'yiga va eniga kattalashadi.
Oldingi chuqurchada metopik chok bitib, o'mida peshona qirrasi paydo
bo'ladi. Orqa kalla chuqurchasida xochsimon tepalik tuzilishi tugallanadi.
Bolalikning birinchi davrida oldingi kalla chuqurchasi ko'proq ko'ndalangiga,
o'rta va orqa chuqurchalar esa bir tekis o'sadi. Suyaklar relyefi kuchayib, choklar
aniqlashadi, ko'r teshik bekila boshlaydi. Qiyalik uzayib vertikal holatga o'tadi.
Ensa suyagi qismlari bir-biri bilan qo'shiladi. Bolalikning ikkinchi davrida kalla
chuqurchalari ko'proq eniga o'sadi. Suyaklar relyefi kuchayadi.
K allaning yuz qism i
Kallaning yuz qismini oldingi yuzasida ko'z kosasi, burun bo'shlig'i,
yon yuzasida chakka, chakka osti va qanot-tanglay chuqurchalari joylashgan.
Ko'z kosasi
(orbita)
bir juft bo'lib, to'rt tomonli piramida shaklida.
Uning asosi tashqariga va oldinga qaragan bo'lib, ko'z kosasiga kirishni
(aditus
orbitae)
hosil qiladi. Uchi orqaga va ichkariga yo'nalgan, undan ko'ruv
nervi kanali
(canalis opticus)
o'tadi. Ko'z kosasining to'rtta: ustki, pastki,
ichki va tashqi devori bor.
Ustki devori
(paries superior)
gorizontal joylashgan bo'lib, biroz
qavariq va silliq. Uni peshona suyagining ko'z kosasi qismi va ponasimon
suyakning kichik qanotlari hosil qiladi. Bu devor bilan lateral devor o’rtasida
ko'z yoshi bezi chuqurchasi
(fossa glandulae lacrimalis)
joylashgan.
Ustki devoming medial chekkasida g'altak chuqurchasi, uning yonida ko'pincha
g'altak o'simtasi uchraydi.
Medial devori
(paries medialis)
sagittal joylashgan. Uni yuqori jag'
suyagining peshona o'simtasi, ko'z yoshi suyagi, g'alvirsimon suyakning
ko'z plastinkasi, ponasimon suyak tanasi va peshona suyagining ko'z kosasi
qismi hosil qiladi. Bu devoming oldingi qismida ko'z yoshi qopi chuqurchasi
(fossa saccus lacrimalis)
joylashgan. Pastga tomon bu chuqurcha burun-
ko'z yoshi kanaliga
(canalis nasolacrimalis)
o'tadi va pastki burun yo'liga
ochiladi. Ko'z yoshi xaltasi chuqurchasidan orqaroqda medial devoming
yuqori qismida ikkita: oldingi g'alvirsimon teshik
(foramen ethmoidale
anterius)
va orqa g'alvirsimon teshik
(foramen etbmoidale posterius)
bo'lib, ulardan shu nomdagi qon tomir va nervlar o'tadi.
Pastki devori
(paries inferior)
yuqori jag' suyagining ko'z kosasi yuzasi,
yonoq suyagi va tanglay suyagining ko‘z kosasi o‘simtasidan hosil bo'lgan.
Bu devorda ko‘z kosasi osti egati
(sulcus infraorbitalis)
joylashgan. Bu egat
yuqori jag' suyagining oldingi yuzasiga ochiladigan shu nomdagi kanalgacha
davom etadi.
Lateral devori
(paries lateralis)
ponasimon suyak katta qanotining ko‘z
kosasi yuzasi, yonoq suyagining peshona o'simtasi va peshona suyagining
yonoq o'simtasidan hosil bo'ladi. Bu devorda yonoq-ko'z kosasi teshigi
(foramen zygom aticoorbitale)
bor. Ko'z kosasining lateral va ustki
devorlari o'rtasida ko'z kosasining yuqori tirqishi
(fissura orbitalis superior)
bo'lib, u o'rta kalla chuqurchasiga ochiladi. Lateral va pastki devor o'rtasida
ko'z kosasining pastki tirqishi
(fissura orbitalis inferior)
ko'rinadi, u
qanot-tanglay va chakka osti chuqurchalariga ochiladi.
Yangi tug'ilgan chaqaloqning ko'z kosasi (35-rasm) uning yuz skeleti
yaxshi rivojlanmagani uchun nisbatan katta. Uning hajmi 6 sm3, kirish
qismi cho'zinchoq shaklda. Ko'z kosasining ichki devori yaxshi rivojlanmagani
uchun u uch qirrali prizma shaklida. Emizikli davrda ko'z kosasining kirish
qismi suyaklari bir tekis o'smaydi, natijada uning ko'ndalang va vertikal
o'lchamlari tenglashib doira shaklini oladi. Ko'z kosasi bo'shlig'i esa
konussimon shaklga ega bo'ladi.
Erta bolalik davrida uning kirish qismi cho'zinchoq shaklida bo'lsa, bolalikning
birinchi davrida to'rtburchak shaklni oladi. Bolalikning ikkinchi davrida esa shakli
35-rasm. Chaqaloqning kalla suyagi. Old tomondan ko‘rinishi. 1-sym physis m en-
talis;
2-tubercuium mentale; 3-for.mentale; 4-maxilla; 5-angulus mandibulae; 6-fossa can-
ina; 7-for.zygomaticofaciale; 8-os zygomaticum; 9-pais squomosa ossis temporalis; 10-orbi-
ta; 11-incisura supraorbitalis; 12-os parietale; 13-burun usti liqildog'i; 14-fonticulus anterior;
15-metopik chok; 16-tuber frontale; 17-os nasale; 18-os lacrimale; 19-fissuia orbitalis supe
rior, 20-processus zygomaticus os frontale; 21-fissura orbitalis inferior; 22-apertura piriformis;
23-for. infiaorbitale; 24-septum nasi; 25-spina nasalis anterior; 26-alveoli dentales.
kattalamikiga o'xshab qoladi.
Burun bo'shlig'i
Dostları ilə paylaş: |