0 ‘z b e k is t 0n respublikasi oliy уа 0 ‘rta m axsus ta’lim vazirligi


(p a rs lumbodorsalis;  6-m.  serratus  posterior  a s c e n d e n s )   k o 'k r a k



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/63
tarix13.04.2017
ölçüsü4,47 Mb.
#13873
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   63

(p a rs

lumbodorsalis;  6-m.  serratus  posterior 

a s c e n d e n s )  

k o 'k r a k

infenor. 

. . .  

.

um urtqalarining  qirrali  о  sim tasi  va



qirrali  o'simta  usti  boylamidan  boshlanib, 

spina  scapulae 

ga  birikadi. 

Mushakning  yuqori  tutamlari  pastga  va  lateral  tomonga,  o'rta  tutamlari 

ko'ndalangiga,  pastki tutamlari esa yuqoriga va lateral tomonga yo'naladi. 

Faoliyati: ikki tomonlama qisqarsa, kurakni bir-biriga yaqinlashtiradi. Yuqori 

tutamlari qisqarsa, kurak yuqoriga ko'tarilib pastki burchagi oldinga va tashqariga 

suriladi, pastki tutamlari qisqarsa, kurakni pastga tomon tortadi. Innervatsiyasi: 

n.accessorius,  plexus  cervicalis 

(C1[I [V).

2. 

Orqaning serbar mushagi 



(m. latissimus dorsi) 

uchburchak shaklidagi 

yassi,  serbar mushak bo'lib,  orqaning  pastki  qismini  qoplaydi.  Bu  mushak 

pastki oltita ko'krak va barcha bel umurtqalarining qirrali o'simtalaridan, pastki 

to'rtta qovurg'a burchagi hamda yonbosh suyagining tashqi qirrasidan boshlanadi. 

Mushak tolalari yuqoriga va tashqariga yo'nalib torayadi va yelka suyagining 

kichik bo'rtig'i qirrasiga birikadi.  Faoliyati: qo'lni orqaga, pastga tortib tanaga 

yaqinlashtiradi va pronatsiya qiladi. Innervatsiyasi: 



n.thorocodorsalis.

Ikkinchi qavatda:



1.

Kurakni ko'taruvchi mushak 



(m.levator scapulae) 

to'rtta yuqori bo'yin 

umurtqalari ko'ndalang o'simtasining orqa do'mbog'idan boshlanib pastga 

tomon yo'naladi va kurakning ichki chekkasiga yuqori burchagi bilan kurak



o'simtasi oralig'ida birikadi.  Faoliyati: kurakni yuqoriga ko'taradi va umurtqa 

pog'onasiga yaqinlashtiradi.  Innervatsiyasi: 



n. dorsalis scapulae.

2. 


Kichik va  katta  rombsimon  mushaklar 

(mm.  rhomboidei  minor  et 

major). 

Kichik mushak VII bo'yin va I ko'krak umurtqasi, katta mushak esa 

II—V  ko'krak umurtqalarining  qirrali  o'simtalaridan boshlanadi.  Mushak 

tolalari yuqoridan pastga va lateral tomonga yo'nalib, kurakning ichki qirrasiga 

birikadi.  Faoliyati: kurakni umurtqa pog'onasiga yaqinlashtiradi va yuqoriga 

tortadi.  Innervatsiyasi: 



n. dorsalis scapulae.

Orqaning qovuig'alaiga birikuvehi mushaklari uchinchi qavatda joylashgan 

orqaning ustki va pastki tishsimon  mushagidan iborat.

1.

 Orqaning yuqorigi tishsimon mushagi 



(m. serratus posterior superior) 

rombsimon  mushaklar  oldida  yotadi.  VI—VII  bo'yin  va  I—II  ko'krak 

umurtqalarining qirrali o'simtalaridan boshlanadi. Yuqoridan pastga va lateral 

tomonga qiya yo'nalib, II—V qovuig'alaming orqa yuzasi qovurg'a burchagining 

tashqarisiga  birikadi.  Faoliyati:  qovurg'alami  ko'taradi.  Innervatsiyasi: 

n. 

intercostales.

2.  Orqaning pastki  tishsimon  mushagi  (m. 



serratus  posterior inferior) 

orqaning  serbar  mushagi  oldida  yotadi.  U  XI—XII  ko'krak,  I—II  bel 

umurtqalarining qirrali  o'simtalaridan boshlanib,  IX—XII qovurg'alaming 

orqa yuzasiga birikadi. Faoliyati: qovurg'alami pastga tushiradi. Innervatsiyasi: 



n.  intercostales.

O rqaning  chuqur  m ushaklari

Orqaning  chuqur  mushaklari  umurtqalaming  qirrali  va  ko'ndalang 

o'simtalari,  qovurg'alar burchagi o'rtasidagi egatlarda joylashib,  uch: yuza, 

o'rta  va  chuqur  qavatlami  hosil  qiladi.  Yuza  qavatda  bosh  va  bo'yinning 

qayishsimon va gavdani tiklovchi mushaklar yotadi.

1

.  Boshning qayishsimon mushagi 



(m. splenius capitis) 

ensa boylamining 

pastki  qismi,  VII  bo'yin va  yuqorigi  3 - 4 -   ko'krak umurtqalarining qirrali 

o'simtalaridan boshlanadi.  Mushak tolalari yuqoriga lateral yo'nalib,  ustki 

ensa chizig'i lateral qismiga va so'rg'ichsimon o'simtaga birikadi.  Faoliyati: 

ikki  tomonlama qisqarsa,  bosh va bo'yinni  orqaga tortadi.  Bir tomonlama 

qisqarsa,  boshni  o'z  tomoniga  tortadi.  Innervatsiyasi:  C

1H—CV1U  bo'yin 

nervlarining orqa shoxlari.

2.  Bo'yinning qayishsimon mushagi 



(m. splenius cevicis) 

III— V ko‘krak 

umurtqalarining  qirrali  o'simtasidan  boshlanib,  2—3  ta  yuqorigi  bo'yin 

umurtqalarining  ko'ndalang  o'simtasining  orqa  do'mboqehasiga  birikadi. 

Faoliyati:  ikki tomonlama qisqarsa,  umurtqa pog'onasining bo'yin qismini 

orqaga tortadi.  Bir tomonlama qisqarsa, o'z tomoniga buradi.  Innervatsiyasi: 

Cm— Сvii bo'yin nervlarining orqa shoxlari.

3.Gavdani  tiklovchi  mushak 



(m.  erector  spinae) 

orqaning  eng kuchli 

autoxton mushagi bo'lib,  umurtqa pog'onasining bor bo'yicha tortilgan.  U 

qalin,  pishiq pay vositasida  dumg'azaning  orqa  yuzasidan,  bel,  XII  va  XI



ko‘krak umurtqalarining qirrali  o'simtalaridan, yonbosh suyagi qirrasining 

orqa qismidan boshlanadi. Mushak tolalari yuqori tomonga yo‘nalib, yuqori 

bel umurtqalari sohasida uch qismga: Iateral-qovurg'alaiga birikuvehi yonbosh- 

qovurg'a,  oraliq-ko'ndalang  o‘simtalarga  birikuvehi  eng  uzun va  medial- 

qirrali o ‘simtalarga birikuvehi qirrali mushaklarga bo'linadi.

Yonbosh-qovuig'a mushagi 



(m. ffiocostalis) 

qismlarining joylashish sohasiga 

qarab  uchga  bo'linadi.  Belning  yonbosh-qovurg'a  mushagi 

(m.iliocostalis 

hnnbonnn) 

pastki oltita qovuig'aning burchagiga birikadi. Ko'kiakning yonbosh- 

qovurg'a mushagi 

(m.iliocostalis thoracis) 

pastki oltita qovuig'aning oldingi 

mushak birikkan joyidan ichkariroqda boshlanib, yuqoridagi oltita qovuig'aning 

burchagiga va VII bo'yin umurtqasining ko'ndalang o'simtasi orqa yuzasiga 

birikadi. Bo'yinning yonbosh-qovuig‘a mushagi 

(m.iliocostalis cervicis) Ш — 

VI 

qovuig'a burchagining oldingi mushak birikkan joyidan ichkarida boshlanib, 

IV—VI bo'yin umurtqasining ko'ndalang o'simtasining orqa do'mbog'iga birikadi. 

Faoliyati:  umurtqa  pog'onasini  yozadi,  qovurg'alami  pastga  tushiradi.  Bir 

tomonlama qisqarsa, umurtqa pog'onasini o'sha tomonga bukadi.  Eng uzun 

mushak 


(m.  longissimus) 

umurtqa  pog'onasini  tiklovchi  mushakning  o'rta 

qismini  tashkil  qilib,  uch  qismga  bo'linadi:  ko'krak  qafasining  eng  uzun 

mushagi 


(m. longissimus thoracis) 

pastki to'qqizta qovurg'aning burchagi va 

bo'rtig'i oralig'iga, barcha ko'krak umurtqalarining ko'ndalang o'simtasi uchiga 

birikadi. Bo'yinning eng uzun mushagi 



(m. longissimus cervicis) 

beshta yuqori 

ko'krak umurtqalarining ko'ndalang o'simtasi uchidan boshlanib, VI—II bo'yin 

umurtqasining ko'ndalang o'simtasi orqa do'mbog'iga birikadi. Boshning uzun 

mushagi 

(m.  longissimus  capitis) 

I—III  ko'krak  va  I II —VII  bo'yin 

umurtqasining ko'ndalang o'simtasidan boshlanib, chakka suyagi so'rg'ichsimon 

o'simtasining orqa yuzasiga birikadi.

Faoliyati: umurtqa pog'onasini yozadi, yon tomonga bukadi. Bosh qismi 

boshni orqaga tortib, yuzni o'z tomoniga buradi.

Qirrali  mushak 

(m.  spinalis) 

gavdani  tiklovchi  mushakning  ichki 

tomonida bo'yin va ko'krak umurtqalarining qirrali o'simtalari yonida yotadi. 

Bu  mushak ham  uch qismdan iborat.  Ko'krak qafasining qirrali  mushagi 



(m.spinalis  thoracis) 

11—I  bel  va XII,  XI  ko'krak umurtqasining  qirrali 

o'simtasidan  boshlanib,  yuqorigi  sakkizta  ko'krak  umurtqasining  qirrali 

o'simtasiga birikadi.  Bo'yinning qirrali mushagi 



(m.spinalis cervicis) 

I—II 


ko'krak,  VII  bo'yin  umurtqasi  va  ensa  boylamining  pastki  qism idan 

boshlanib,  II—IV bo'yin umurtqasining qirrali o'simtasiga birikadi. Boshning 

qirrali mushagi 

(m.spinalis capitis) 

yuqorigi ko'krak umurtqalarining qirrali 

o'sim tasidan  boshlanib,  tashqi  ensa  bo'rtig'i  sohasiga  birikadi.  Faoliyati: 

umurtqa pog'onasini yozadi.

Gavdani tiklovchi mushak qismlarini orqa miya nervlarining orqa shoxlari 

innervatsiya qiladi.

O'rta qavatda:

Ko'ndalang-qirrali  mushak 



(m.  transversospinalis) 

um urtqalam ing 

ko'ndalang va qirrali o'simtalari o'rtasidagi egatda bir necha qavat bo'lib joylashib,


bu mushak umurtqalaming ko'ndalang va qirrali o'simtalari o'rtasida yuqoriga 

qiya yo'nalgan tolalardan iborat. Uning tolalari turli uzunlikka ega bo'lib, nechta 

umurtqaning ustidan o'tishiga qarab uch guruhga bo'linadi: ko'ndalang-qirrali 

mushakning yuza joylashgan qismi yarim qirrali mushak 



(mm. semispinalis) 

4—6 ta umurtqa ustidan o'tib birikadi. Uning o'rta qavatida joylashgan ko'p 

bo'lakli mushak 

(mm. multifidi) 

2-4 ta umurtqa ustidan o'tib biriksa, chuqur 

joylashgan  burovchi  mushak 

(mm.  rotatoris) 

bitta  umurtqa  ustidan  o'tib 

keyingjsiga birikadi. Faoliyati: umurtqa pog'onasini bo'ylama o'q atrofida buradi. 

Innervatsiyasi: orqa miya nervlarining orqa shoxlari.

Chuqur qavatda:

1.  Qirrali  o'simtalararo  mushak 



(m.interspinales) 

ham   medial  egatda 

joylashgan  bo'lib,  ikki  qo'shni  umurtqaning  qirrali  o'simtalari  o'rtasidan 

tortilgan bo'ladi. Faoliyati: umurtqa pog'onasini yozadi.

2.  Ko'ndalang  o'simtalararo  mushak 

(m.  intertransversales) 

qo'shni 


umurtqalaming ko'ndalang o'simtasi o'rtasida tortilgan bo'ladi.  Faoliyati: 

umurtqa pog'onasini o'z tomoniga bukadi. Innervatsiyasi: orqa miya nervlarining 

orqa shoxlari.

Bolalarda  orqa  mushaklari,  ayniqsa,  chuqur  guruhi  yaxshi  taraqqiy 

etmagan bo'ladi.  Ulaming qisqaruvchi  qismi  payiga nisbatan katta bo'lib, 

orqa mushaklari bolalikning birinchi va balog'at davrida tez o'sadi.



Orqa  fassiyalari

Orqada uchta fassiya tafovut qilinadi:

1.Orqaning  yuza  fassiyasi,  yupqa  biriktiruvchi  to'qimali  parda  bo'lib, 

orqaning  yuza  mushaklarini  qoplaydi. 

2.Ensa  fassiyasi 

(fascia  nuchae) 

bo'yinning orqa tomonida yuza va chuqur mushaklar orasida yotadi.  Ichki 

tomondan ensa boylamiga birikib ketsa, tashqi tomondan bo'yinning yuza 

fassiyasiga  o'tib  ketadi.  З.К о’кгак-bel  fassiyasi 



(fascia  thorocolumbalis) 

orqaning chuqur mushaklari uchun qin hosil qiladi.  U ikki varaqdan iborat 

bo'lib,  yuza  varag'i  bel  umurtqalarining  ko'ndalang  o'simtasi  bilan  XII 

qovurg'a va yonbosh qirrasi o'rtasida tortilgan bo'ladi. Yuza varag'i pastda yonbosh 

qirraga, tashqi tomondan qovurg'alar burchagiga, ichki tom ondan ko'krak, 

bel va dumg'aza umurtqalarining qirrali o'simtalariga birikadi. Bu fassiya bel 

sohasida qalinlashadi.

Qol  mushaklari  va  fassiyalari

Qo'lning  erkin  va  ko'p  qirrali  harakati  uning  ko'p  sonli  mushak­

larining qisqarishi natijasida bo'ladi.  Qo'l mushaklari qo'lning faoliyatiga 

mos ravishda joylashgan bo'lib, uning nozik harakatlarini bajarishda ishtirok 

etadi.  Q o'l mushaklari  yelka kamari  mushaklari va  qo'lning erkin qismi 

mushaklariga  (53-rasm)  bo'linadi.  Uning  oldingi  o'm rov  qismi 



(pars 

clavicularis) 

tutamlari  o'm rov suyagining lateral  1/3  qismidan boshlanib



53-rasm.  Chaqaloqning  qo‘l  mushaklari  (ynza  qavati).  1-clavicula;  2-m.pectoraIis  major,

3-m.  latissimus  dorsi;  4-m.triceps  brachii;  5-m.  brachialis;  6-m.flexor  cajpi  ulnaris;  7-m. 

flexor  digitorum  superficialis;  8-m.flexor  digiti  minimi  brevis;  9-m.abductor pollicis  brevis; 

10-m.flexor  pollicis  brevis;  11-m.  flexor  carpi  radialis;  12-m.brachioradialis;  13-m.biceps 

brachii;  14-m.deltoideus.

oldinga, pastga va lateral tomonga yo'naladi. O'rta 

akrom ion  qismi 

(pars  acromialis) 

tutam lari 

akrom iondan  boshlanib,  yuqoridan  pastga 

yo'naladi. Orqa kurak qiirasi qismi 



(pars spinalis) 

tutamlari kurak qirrasidan boshlanib, pastga va 

lateral tomonga yo'naladi.  Uchala qismi tolalari 

har tomondan yelka suyagining tashqi yuzasiga 

yo'naladi va deltasimon mushak bo'rtig'iga birikadi. 

Faoliyati;  mushak  tolalari  barobar  qisqarsa, 

qo'lni tanadan uzoqlashtirib gorizontal holatgacha 

k o 'ta r a d i.  U n in g   o ld in g i  o 'm ro v   q ism i 

qisqarganida yelkani bukib, ichkariga buradi va 

ko'tarilgan  qo'lni  tushiradi.  Uning  orqa  kurak 

qismi qisqarsa, yelkani yozib tashqariga buradi, 

ko'tarilgan qo'lni tushiradi. O'rta akromion qismi 

q isq a rsa,  q o 'ln i  ta n a d a n   u z o q la s h tira d i. 

Innervatsiyasi; 



n.axi]laris.

2. 


K urak  qirrasi  ustidag i  m u shak 

(m . 

supraspinatus) 

kurakning qirra usti chuqurchasini to'ldirib turadi. Kurakning 

orqa yuzasi  qirra usti sohasi va qirra usti  fassiyasidan boshlanadi.  Mushak 

tolalari lateral tomonga yo'nalib yelka suyagi katta bo'rtig'ining ustki yuzasiga 

birikadi. Mushak tolalarining bir qismi yelka bo'g'im xaltasiga chatishib ketadi. 

Faoliyati;  yelkani  tanadan  uzoqlashtiradi,  yelka bo'g'im i xaltasini  tortadi. 

Innervatsiyasi: 

n.  suprascapularis.

3. Kurak qirrasi ostidagi mushak 



(m. infraspinatus) 

kurak orqa yuzasining 

qirra osti sohasi va shu nomli fassiyadan boshlanadi. Mushak tolalari lateral va 

yuqoriga yo’nalib yelka suyagi katta bo'rtig'ining o’rta qismiga birikadi. Faoliyati: 

yelkani tashqariga (supinatsiya) buradi. Innervatsiyasi: 

n. suprascapularis.

4. Kichik yumaloq mushak 



(m. teres minor) 

kurakning tashqi qirrasi va 

qirra osti fassiyasidan boshlanib, yelka suyagi katta bo'rtig'ining pastki yuzasiga 

birikadi. Faoliyati: yelka suyagini tashqariga (supinatsiya) buradi. Innervatsiyasi: 



n.  axillaris.

5.  Katta yumaloq mushak 



(m. teres major) 

kurakning tashqi qirrasining 

pastki  qismi  ostki  burchagi  va  qirra  osti  fassiyasidan  boshlanadi.  Mushak 

tolalari kurak suyagining lateral chekkasi bo'ylab yo'nalib yelka suyagi kichik 

bo'rtig'i qirrasiga orqaning serbar mushagi payidan pastroqda va biroz orqaroqda 

birikadi. Faoliyati: kurak qimiriamay tuiganida ko'tarilgan qo'lni pastga tushirib 

tanaga yaqinlashtiradi va ichkariga (pronatsiya) buradi. Qo'l qimiriamay tursa, 

kurakning pastki burchagini tashqariga va oldinga tortadi.  Innervatsiyasi: 



n. 

subscapularis.

6. 

Kurak osti mushagi 



(m. subscapularis) 

keng, qalin uchburchak shaklida 

bo’lib, kurakning qovurg’a yuzasini qoplab turadi.  Kurak osti chuqurchasi va 

kurakning  tashqi  qirrasidan  boshlanib,  yassi  pay  bilan  yelka suyagi  kichik 

bo'rtig'i va uning qirrasiga birikadi.  Faoliyati: yelkani ichkariga (pronatsiya) 

buradi va tanaga yaqinlashtiradi.  Innervatsiyasi: 



n. subscapularis.

Q o‘lning  erkin  qismi  mushaklari.

Yelka  mushaklari

Yelka  mushaklari  oldingi  (bukuvchi)  va  orqa  (yozuvchi)  mushaklarga 

bolinadi.  Ular o'zaro yelkaning xususiy fassiyasi qatlamlaridan hosil bo'lgan 

medial  va  lateral  mushaklararo to'siqlar vositasida  ajrab turadi.  Yelkaning 

oldingi  guruh  m ush ak lari  uchta:  yelkaning  ikki  boshli  m ushagi, 

tumshuqsimon o'simta-yelka mushagi va yelka mushagidan iborat.



1.

  Yelkaning ikki boshli mushagi 



(m.  biceps brachii)ning 

ikki:  uzun va 

kalta boshchasi bor. Uzun boshchasi 

(caput longum) 

kurak suyagining bo'g'im 

usti  bo'rtig'idan  boshlanadi.  Uning  payi  yelka  bo'g'im i  xaltasi  ichida 

bo'rtiqlararo  egatda  yotadi.  Kalta  boshchasi 



(caput  breve) 

kurakning 

tumshuqsimon o'simtasidan boshlanadi. Yelkaning o'rta qismida mushakning 

ikkala boshchasi o'zaro birikib duk shaklidagi umumiy qorincha hosil qiladi. 

Mushak payi bilak suyagi bo'rtig'iga birikadi. Faoliyati: yelkani yelka bo'g'imida 

bukadi.  Bilakni tirsak bo'g'imida bukadi va tashqariga (supinatsiya) buradi. 

Innervatsiyasi: 

n.musculocutaneus.

2.  Tumshuqsimon  o'sim ta—yelka 

m u sh a g i 

(m .  c o r o c o b r a c h ia lis ) 

tum shuqsim on  o'sim taning  uchidan 

13 

boshlanadi.  U ning  yassi  payi  yelka 



suyagining  m edial  yuzasiga,  kichik 

bo'rtiq  qirrasidan  pastroqqa  birikadi.

Faoliyati: yelkani yelka bo'g'imida bukadi 

va tanaga yaqinlashtiradi.  Innervatsiyasi: 



musculocutaneus.

3. Yelka mushagi 



(m. brachialis) 

yelka 


1  ■

 



suyagining pastki uchdan ikki qismidan

10  3 


deltasimon  mushak  bo'rtig'i  va  tirsak 

bo'g'im i  xaltasi  oralig'idan  boshlanib, 

tirsak suyagi bo'rtig'iga birikadi. Faoliyati: 

b ila k n i  tirsak   b o 'g 'im id a   bukadi.

Innervatsiyasi: 

n.  musculocutaneus.

54-rasra.  0 ‘ng  yelka  kamari  va  yelka  mushaklari.  1-m.levator  scapulae;  2-m .supras- 

pinatus;  3-spina  scapulae;  4-tuberculum  majus  humeri;  5-m.  deltoideus;  6-caput  lateralae 

m.triceps brachii;  7-caput  longum m.  triceps brachii;  8-to‘rt tomonli teshik;  9-uch tomonli 

teshik;  10-m.  teres  major;  11-m.  teres  minor;  12-m.  infraspinatus;  13-m.rhomboideus 

major;  14-m.  rhomboideus  minor.


Yelkaning orqa guruh mushaklari ikkita: ancha katta bo'lgan yelkaning 

uch boshli mushagi va tirsak mushagidan iborat.



1.

  Yelkaning  uch  boshli  mushagi 



(m.  triceps  brachii, 

43-rasm) 

kuchli rivojlangan bo'lib, yelkaning orqa yuzasini qoplaydi. U  uchta alohida 

boshcha bilan boshlanadi. Tashqi boshchasi 



(caput laterale) 

yelka suyagining 

tashqi yuzasidan va lateral mushaklararo to‘siqdan,  ichki boshchasi 

(caput 

mediate) 

yelka suyagining orqa yuzasidan,  lateral va medial  mushaklararo 

to'siqdan boshlanadi.  Uzun boshchasi 

(caput  longum) 

kurakning  bo‘g‘im 

osti bo‘rtig‘idan boshlanib mushak qorinchasini hosil qiladi. Unga yelka suyagi 

orqa yuzasining o'rta qismida tashqi va ichki boshchalar qo'shilib mushakni 

hosil qiladi.  Mushakning yassi va keng payi tirsak suyagining tirsak bo'rtig'iga 

birikadi. Faoliyati: bilakni tirsak bo'g'imida yozadi. Uzun boshi yelkani yelka 

bo'g'imida yozadi va tanaga yaqinlashtiradi. Innervatsiyasi: n. radialis.

2. Tiisak mushagi 



(m. anconeus) 

uchburchak shaklida. U yelka suyagining 

tashqi o'simtasining orqa yuzasidan boshlanib, tirsak suyagi yuqori uchining 

orqa yuzasiga birikadi. Faoliyati: bilakni tiisak bo'g'imida yozadi. Innervatsiyasi: 



n.radialis.

Bilak  mushaklari

Bilak  mushaklari  ko'p  sonli  bo'lib,  ko'p bo'g'imli 

mushaklar turkumiga kiradi,  chunki ular tirsak,  bilak- 

kaft usti va qo'l panjasi bo'g'imlariga ta ’sir etadi. Bilak 

mushaklari  faoliyat  jihatidan  ikki  guruhga:  oldingi 

(bukuvchi  va  p ro n a to rla r),  o rq a   (yozuv chi  va 

supinatorlarga)  bo'linadi.

i

Bilakning  oldingi  guruh  mushaklari

Bilakning oldingi guruh mushaklariga (55-rasm) qo'l

2  kaftini va barmoqlarini bukuvchi yettita va ikkita pronatsiya 

qiluvchi mushaklar kiradi. Bu mushaklaming ko'pchiligi 

yelka suyagi ichki o'simtasi va bilak fassiyasidan boshlanadi. 

Bilakning  oldingi  guruh  mushaklari  to 'rt  qavat  bo'lib 

joylashadi.



Birinchi  qavat mushaklari:

1. 

Bilakni ichkariga burovchi yumaloq mushak 



(m. 

pronator  teres) 

yelka  suyagining  ichki  o'simtasi  va 

yelkaning  medial mushaklararo to'sig'i,  bilak fassiyasi 

va tirsak suyagi tojsimon o'simtasidan boshlanadi. Pastga



55-rasm.  0 ‘ng  bilak  mnsbaklari  (uchunchi  qavat).  1-m.  flexor  digitorum   profundus;

2-m.  flexor carpi  ulnaris;  3-m.  opponens digiti minimi;  4-m.  opponens pollicis;  5-m.  flexor 

pollicis  brevis;  6-m.  pronator  quadratus;  7-m.  flexor  poUicis  longus;  8-m.  extensor  carpi 

radialis longus;  9-m.  supinator;  10-m. brachioradialis.



va tashqariga yo'nalib, bilak suyagi lateral yuzasining o ‘rta qismiga birikadi. 

Faoliyati: bilakni pronatsiya qiladi va uni tirsak bo‘g‘imida bukishda ishtirok 

etadi.  Innervatsiyasi: 

n.  medianus.

2. Qo‘l panjasini bilak tomonga bukuvchi mushak 



(m. flexor carpi radialis) 

yelka  suyagining  ichki  o'sim tasi,  yelka  fassiyasi  va  yelkaning  medial 

mushaklararo to‘sig‘idan boshlanadi.  Bilakning o'rta qismida uzun payga o'tib,

II  kaft suyagi asosiga birikadi. Faoliyati: kaft ustini oldinga bilak suyagi tomoniga 

bukadi.  Innervatsiyasi: 

n.  medianus.

3. Kaftning uzun mushagi 



(m. palmaris longus) 

qisqa duksimon qormchaga 

ega.  Bu  mushak  yelka  suyagining  ichki  o'simtasi,  medial  mushaklararo 

to'siqdan boshlanib uzun pay vositasida kaft aponevroziga birikadi. Ba’zan bu 

mushak bo'lmasligi mumkin.  Faoliyati: kaft aponevrozini taranglaydi va kaftni 

bukadi.  Innervatsiyasi: 



n.medianus.

4.  Qo'l  panjasini  tirsak  tomonga  bukuvchi  mushak 



(m.  flexor  carpi 

ulnaris)ning 

ikki: yelka va tirsak boshchasi bo'ladi. Yelka boshchasi 



Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin