0 ‘z b e k is t 0n respublikasi oliy уа 0 ‘rta m axsus ta’lim vazirligi



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/63
tarix13.04.2017
ölçüsü4,47 Mb.
#13873
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   63

(foramen  trilaterum) 

medial  tomonda joylashib,  uning devorlarini: 

yuqoridan kurak osti  mushagining pastki  chekkasi,  pastdan katta yumaloq 

mushak,  lateral tomondan yelka uch boshli mushagining uzun boshi  hosil 

qiladi.  Undan 

(a.  cercumflexa  scapulae) 

o'tadi.


T o 'rt  tom onli  teshik 

(foramen  quadralaterum) 

lateral  tom onda 

joylashib uning devorlarini: lateral tomondan yelka suyagi, medial tomondan 

yelka  uch  boshli  mushagining  uzun  boshi,  yuqori  tomondan  kurak  osti 

mushagining pastki  chekkasi,  past  tomondan  katta yumaloq  mushak hosil 

qiladi.  Undan 



(a.  circumflexa  humeri  posterior  va  n.  axillaris) 

o'tadi.


Yelka  suyagidagi  bilak  nervi  egati 

(sulcus  n.  radialis) 

yelkaning  uch 

boshli mushagi bilan qoplanib, bilak nervi kanali yoki yelka-mushak kanaliga 

(canalis  bumeromuscularis) 

aylanadi.  Undan  bilak  nervi,  yelkaning 

chuqur arteriyasi va venasi o'tadi.

Yelkaning old sohasida yelka ikki boshli  mushagining yon tomonlarida 

lateral va medial egatlar 

(sulcus biceptalis lateralis 

et 


medialis) 

joylashgan. 

Ichki egat yaxslii bilinib,  unda yelka arteriyasi, venasi va nervlar yotadi.

Tirsak chuqurchasi 



(fossa cubitalis) 

tubini va  yuqori chegarasini yelka 

mushagi, lateral tomondan yelka-bilak mushagi, medial tomondan yumaloq 

pronator chegaralagan.  Bu yerdan yirik qon tomir va nervlar o'tadi.

Bilakning old sohasida uchta egat tafovut qilinadi:

1.  Medial  tirsak  egati 



(sulcus  ulnaris) 

lateral  tomondan  barmoqlami 

bukuvchi  yuza  mushak,  medial  tomondan  qo'l  panjasini  tirsak  tomonga 

bukuvchi  mushak bilan chegaralangan.  Bu egatda tirsak nervi, arteriyasi va 

venasi yotadi.

2.  Lateral  bilak  egati 



(sulcus  radialis) 

lateral  tomondan  yelka-bilak 

mushagi, medial tomondan esa qo'l panjasini bilak tomonga bukuvchi mushak 

bilan chegaralanadi.  Unda bilak nervi, arteriyasi va venasi o'tadi.

3.  O'rta  egat 

(sulcus  medianus) 

lateral  tomondan  qo'l  panjasini  bilak 

tomonga bukuvchi mushak,  medial tomondan barmoqlami bukuvchi yuza 

mushak bilan chegaralangan bo'lib,  unda oraliq nerv yotadi.



Oyoq  mushaklari

Oyoq mushaklari qo'ldagi kabi chanoq kamari va oyoqning erkin qismi: 

son, boldir va oyoq panjasi mushaklariga bo'linadi.

Chanoq  mushaklari

Chanoq  mushaklariga  chanoq  suyaklaridan  boshlanib  son  suyagiga 

birikuvehi mushaklar kiradi.  Ular chanoq-son bo'g'imiga ta’sir qilib,  uning 

uch  o'q  atrofidagi  harakatini  ta’minlaydi  va  birikish  sohasiga  qarab  ikki:



57-  rasm.Chanoq  va  son  mushaklari  (old  tonioni).  1-m.  psoas  major;  2-m.  piriformis;

3-lig.  inguinale;  4-m.  lacuna vasorum;  5-m.  pectineus;  6-m.  adductor longus;  7-m.  gracilis; 

8-m.  vastus medialis;  9-lig.  patellae;  10-tendo  m.  recti  femoris;  11-tractus iliotibialis;  12-m. 

vastus  lateralis;  13-m.  tensor fasciae  latae;  14-m.  sartorius;  15-m.  iliacus.

chanoqning ichki yuzasidagi  (57-rasm)  va chanoqning 

tashqi yuzasidagi mushaklarga bo'linadi.



Chanoqning  ichki  yuzasidagi  mushaklar

Chanoqning ichki yuzasidagi mushaklarga yonbosh- 

bel va kichik bel  mushaklari  kiradi.

.Yonbosh-bel mushagi 



(m. iliopsoas) 

turli sohadan 

boshlanuvchi ikki: katta bel va yonbosh mushagidan iborat.

Katta  bel  mushagi 



(m.psoas  major) 

duksimon shaklda 

bo'lib,  XII  ko'krak  va  barcha  bel  umurtqalarining 

ko'ndalang  o'simtalari  va  tanasining  lateral  yuzasidan 

boshlanadi.  U  umurtqalaming  ko'ndalang  o'simtalari 

oldidan umurtqa tanasi bo'ylab pastga tushadi. Yonbosh 

mushagi 

(m.  iliacus) 

yassi bolib yonbosh chuqurchasida 

yotadi. Yonbosh chuqurchasini yuqori uchdan ikki qismi

yonbosh  qirrasining  ichki  labi,  oldingi  dum g'aza- 

yonbosh boylamidan boshlanib, katta bel mushagi bilan 

qo'shiladi. Yonbosh-bel mushagi chov boylami orqasidan 

mushakli lakuna 

(lacuna musculorum) 

orqali son sohasiga 

chiqadi va son suyagining kichik ko'stiga birikadi. Faoliyati: 

sonni chanoq-son bo'g'imida bukadi, agar oyoq qimiriamay tursa, umurtqa 

pog'onasini oldinga bukadi.  Innervatsiyasi: 

plexus lumbalis (rr.muscularis).

2. 


Kichik bel mushagi 

(m. psoas minor) 

(40% holatda uchramaydi) XII 

ko'krak  va  I  bel  umurtqalarining  yon  yuzasidan,  umurtqalararo  diskdan 

boshlanadi.  U katta bel mushagining oldingi yuzasida joylashadi va uzun pay 

vositasida yonbosh fassiyasiga birikadi. Faoliyati: yonbosh fassiyasini taranglaydi. 

Innervatsiyasi: 



plexus  lumbalis  (rr.muscularis).

Chanoqning  tashqi  yuzasidagi  mushaklar

Chanoqning tashqi  yuzasidagi  mushaklari yuza va chuqur qavat bo'lib 

joylashadi. Yuza mushaklarga dumba sohasi va chanoqning lateral yuzasida 

joylashgan katta, o'rta va kichik dumba mushaklari kiradi.

1. 

Katta dumba mushagi 



(m.  gluteus maximus) 

odamning tik holatda 

yurishi  m unosabati  bilan  kuchli  rivojlangan  mushakdir.  U   yonbosh 

suyagining  tashqi  yuzasidagi  orqa  dumba  chizig'i,  dum g'aza  va  dum 

suyaklarining  orqa  yuzasi  va 

lig.  sacrotuberale 

dan  boshlanadi.  Mushak 

tolalari pastga va lateral tomonga qiyshiq yo'nalib,  son suyagining dumba 

bo'rtig'iga birikadi. Faoliyati: sonni chanoq-son bo'g'imida yozadi va tashqariga



buradi. Oyoqlar qimiriamay tursa, engashgan tanani orqaga tortib to'g'rilaydi. 

Innervatsiyasi: 



n.gluteus inferior.

2.  O 'rta dumba mushagi 



(m. gluteus medius) 

yonbosh suyagining tashqi 

yuzasidagi oldingi va orqa dumba chiziqlari oralig‘idan boshlanadi. Mushak 

tolalari pastga tomon yo'nalib, qalin pay vositasida son suyagi katta ko'stini 

uchiga va tashqi yuzasiga birikadi.

3.  Kichik dumba mushagi 



(m.  gluteus minimus) 

o‘rta dumba mushagi 

ostida yotadi.  Bu mushak oldingi va pastki dumba chiziqlari o‘rtasidan, katta 

o‘tirg‘ich o ‘ymasi  chekkasidan  boshlanadi.  Mushak tolalari  pastga  tomon 

yo‘nalib, son suyagi katta ko‘stining oldingi lateral yuzasiga birikadi. Faoliyati: 

o'rta va kichik dumba mushaklari sonni uzoqlashtiradi va qisman ichkariga 

buradi. Oyoqlar qimiriamay turganida, chanoqni va tanani tik holatda tutadi. 

Innervatsiyasi: 



n.gluteus superior.

4.  Keng fassiyani taranglovchi mushak 



(m.  tensor fascia latae) 

oldingi 


yuqori  yonbosh o'simtasidan va yonbosh  qirrasining unga yaqin  qismidan 

boshlanadi.  Mushak somiing keng fassiyasini yuza va chuqur varag'i o'rtasida 

joylashib pastga yo'naladi.  Sonning yuqori va o'rta uchdan bir qismi oralig'ida 

keng fassiyaning yonbosh-boldir traktiga o'tib katta boldir suyagining tashqi 

do'ngsimon o'simtasiga birikadi. Faoliyati: yonbosh-boldir traktini taranglaydi, 

sonni bukadi.  Innervatsiyasi: 



n.gluteus superior.

5.  Noksimon  mushak 



(m.  piriformis) 

dumg'aza  suyagining  chanoq 

yuzasidan dumg'aza chanoq teshiklarining lateral tomonidan boshlanadi. U 

katta  o'tirg'ich  teshigidan  o'tib,  son  suyagi  katta  ko'sti  uchining  medial 

yuzasiga birikadi.  Bu mushak katta o'tiig'ich teshigini butunlay to'ldirmaydi. 

Uning ustki va pastki tomonlarida qon tomir va nervlar o'tishi uchun teshiklar 

qoladi.  Faoliyati: sonni tashqariga buradi va uzoqlashtiradi.  Innervatsiyasi: 

plexus sacralis.

6.  Ichki yopqich mushak 

(m. obturatorius internus) 

yopqich teshikning 

chekkasidan  va  yopqich  pardaning  ichki  yuzasidan,  o'tirg'ich  suyagining 

chanoq yuzasidan boshlanadi.  U kichik chanoq bo'shlig'idan kichik o'tirg'ch 

teshigi orqali chiqib, son suyagi katta ko'sti chuqurchasiga birikadi. Bu mushak 

bilan birga kichik o'tirg'ich teshigi orqali yuqori va pastki egizak mushaklar 

ham o'tadi.

7.  Yuqori egizak mushak 



(m.  gemellus superior) 

o'tirgich o'simtasidan 

boshlanadi.

8.  Pastki egizak mushak 



(m. gemellus inferior) 

esa o'tirgich bo'rtig'idan 

boshlanadi.  Ikkala  egizak  mushaklar  ichki  yopqich  mushakning  ustki  va 

pastki tomonidan yo'nalib, kichik o'tiig'ich teshigi orqali chanoq bo'shiig'idan 

chiqadi  va  son suyagi  katta  ko'sti  chuqurchasiga  birikadi.  Faoliyati:  ichki 

yopqich,  yuqori  va  pastki  egizak  mushaklar  sonni  tashqariga  buradi. 

Innervatsiyasi: plexus sacralis.

9.  Sonning kvadrat mushagi 



(m.  quadratus femoris) 

yassi,  to'rtburchak 

shaklidagi mushak.  Otirg'ich bo'rtig'ining tashqi chekkasi yuqori qismidan


boshlanib,  ko'stlararo  qirraning  yuqori  qismiga  birikadi.  Faoliyati:  sonni 

tashqariga buradi.  Innervatsiyasi: n.ischiadicus.

10. 

Tashqi  yopqich  mushak  (ra. 



obturatorius  externus) 

uchburchak 

shaklida  bo'lib,  qov  suyagining  tashqi  yuzasi,  o'tirg'ich  suyagi  shoxi  va 

yopqich pardaning medial uchdan ikki qismidan boshlanadi.  Mushak tolalari 

orqaga,  yuqoriga va  lateral yo'nalib  son  suyagi  katta  ko'sti  chuqurchasiga 

birikadi.  Faoliyati: sonni tashqariga buradi. Innervatsiyasi: 



n.obturatorius.

S on   mushaklari

Son mushaklari tik holatda yurishni va tanani vertikal holatda turishini 

ta’minlab, uzun suyak richaglarini harakatga keltiradi.  Shu sababli ular uzun 

bo'lib,  katta  massali,  bir  nechta  boshli  (ikki  boshli,  to'rt  boshli)  va  bitta 

payli  mushaklami hosil  qiladi.  Son mushaklari son suyagini har tomondan 

o'rab,  chanoq-son  va tizza bo'g'imlariga ta’sir  ko'rsatadi.  Son  mushaklari 

faoliyatiga qarab uch:  oldingi  (yozuvchi),  orqa (bukuvchi) va ichki-medial 

(yaqinlashtiruvchi)  guruhlarga  bo'linadi.  Birinchi  ikki  guruh  mushaklari 

chanoq-son  va tizza bo'g'imlariga ta ’sir qilib,  ulami frontal  o 'q  atrofidagi 

harakatini ta’minlaydi.  Medial guiuh mushaklari esa chanoq-son bo'g'imini 

sagittal o'q atrofidagi harakatida ishtirok etadi.

S on n in g  oldingi  guruh  m ushaklari

1.  Tikuvchilar  mushagi 



(m.  sartorius, 

57-rasm)  yonbosh  suyagining 

oldingi ustki o'simtasidan boshlanadi. Bu mushak odamning eng uzun mushagi 

hisoblanib,  sonning oldingi yuzasida yuqoridan  pastga va medial tomonga 

yo'naladi va katta boldir suyagi bo'rtig'iga birikadi. Birikkan joyda tikuvchilar 

mushagi payi  nozik va  yarimpay mushaklar payi  bilan  chatishib  yuza g'oz 

panjasi deb ataluvchi uchburchak shakldagi pay qatlamini hosil qiladi. Faoliyati: 

sonni va boldimi bukadi, sonni tashqariga burish va uzoqlashtirishda ishtirok 

etadi.  Innervatsiyasi: 

n.  femoralis.

2.  Sonning  to'rt  boshli  mushagi 



(m.  quadriseps  femoris) 

odamdagi 

eng  katta  mushak  bo'lib,  to'rtta  boshchasi  bor.  Uning  har  bir boshchasi 

alohida-alohida boshlanib, son suyagini har tomondan o'rab turadi. Sonning 

distal uchdan birida mushakning to'rtta boshchasi umumiy payni hosil qilib, 

katta boldir suyagi bo'rtig'iga birikadi.

a)  Sonning  to'g'ri  mushagi 

(m.rectus  femoris) 

yonbosh  suyagining 

oldingi pastki o'simtasi va sirka kosachasining ustki sohasidan boshlanadi.  U 

pastga tomon chanoq-son bo'g'imining oldidan o'tadi. Uning payi tizza qopqog'i 

asosiga birikadi.

b) Lateral keng mushak 



(m. vastus lateralis) 

to'rtta boshning ichida eng 

kattasi.  Ko'stlararo chiziq, katta ko'stning pastki qismi,  dumba bo'rtig'i va 

lateral mushaklararo to'siqdan boshlanadi.  Sonning to'g'ri mushagi payiga, 

tizza  qopqog'ining yuqori lateral qismiga va katta boldir suyagi bo'rtig'iga


birikadi.  Mushak payining bir qismi tizza qopqog'ini ushlab turuvchi lateral 

boylamga davom etadi.

d)  Medial  keng  mushak 

(m.  vastus  medialis) 

ko'stlararo  chiziqning 

pastki yarmi,  son suyagi g‘adir-budir chizig‘ining medial labi va medial 

mushaklararo  to'siqdan  boshlanadi.  Tizza  qopqog'i  asosining  yuqori 

chekkasiga va katta boldir suyagi medial bo'rtig'i oldingi yuzasiga birikadi. 

Bu  mushak payi tizza qopqog'ini ushlab turuvchi medial boylamni hosil 

qilishda ishtirok etadi.

e)  Oraliqdagi  keng  mushak 



(m.  vastus  intennedius) 

son  suyagining 

oldingi  va  lateral  yuzasini  yuqori  uchdan  ikki  qismi,  son  suyagi  g'adir- 

budir chizig'i lateral labining pastki qismi va lateral mushaklararo to'siqdan 

boshlanadi. Tizza qopqog'i asosiga birikib, sonning to'g'ri, lateral va medial 

keng  mushaklari  payi  bilan  sonning  to 'rt  boshli  mushagining  umumiy 

payini hosil qiladi.  Faoliyati: tizza bo'g'imida boldimi yozadi. Sonning to'g'ri 

mushagi chanoq-son bo'g'imida sonni bukadi.  Innervatsiyasi: n.femoralis.

3.Tizza  bo'g'imi  mushagi 

(m.  articularis  genus) 

sonning  to 'rt  boshli 

mushagi payi ostida yotadi. Qisqarganida tizza bo'g'im ini yozishda ishtirok 

etadi va bo'g'im  xaltasini taranglaydi.



Sonning  orqa  guruh  mushaklari

Sonning  orqa yuzasida  sonning  ikki boshli,  yarim  pay va  yarim parda 

mushaklari  joylashgan.  Yuqori  tomonda  ulaming  uchalasini  o'tirg'ich 

bo'rtig'idan boshlangan joyda katta dumba mushagi yopib turadi. Pastda yarim 

pay  va  yarim  parda  mushaklar  medial  tomonda  joylashib,  taqim   osti 

chuqurchasini medial tomondan chegaralaydi.  Ikki boshli mushak esa lateral 

tomonda joylashib, taqim osti chuqurchasini lateral tomondan chegaralaydi.

1.  Sonning ikki  boshli  mushagi 



(m.  biceps  femoris)ning 

uzun va  kalta 

boshchasi bo'lib, uning uzun boshchasi 

(caput longum) 

o'tirg'ich bo'rtig'ining 

yuqori medial yuzasi va dumg'aza-bo'rtiq boylamidan, kalta boshchasi 

(caput 

breve) 

son suyagi g'adir-budir chizig'ining lateral labi, lateral mushaklararo 

to'siqdan boshlanadi.  Sonning pastki uchdan bir sohasida mushakning ikkala 

boshchasi  o'zaro  birikib  umumiy  payni  hosil  qiladi.  Umumiy  pay  pastga 

tizza bo'g'imining orqa lateral tomoniga yo'nalib,  kichik boldir suyagining 

boshi va katta boldir suyagi lateral bo'rtig'ining tashqi yuzasiga birikadi. Faoliyati: 

sonni yozadi, boldimi fi/

7a bog'imida bukadi va tashqariga buradi. Innervatsiyasi: 

uzun boshi 

n.tibialis, 

kalta boshi 



n.peroneus communis.

2. Yarimpay mushak 



(m. semitendinosus) 

o'tirg'ich bo'rtig'idan boshlanadi. 

Sonning o'rta qismida uzun payga o'tib pastga tizza bo'g'imining orqa medial 

tomoniga yo'naladi va katta boldir suyagining yuqori qismining medial yuzasiga 

birikadi.  Faoliyati:  sonni yozadi,  boldimi  tizza  bo'g'imida bukib  ichkariga 

buradi. Innervatsiyasi: 



n.tibialis.

3.  Yarimparda  mushak 



(m.  semimembranosus) 

o'tirg'ich  bo'rtig'idan 

uzun yassi pay parda shaklida boshlanadi. Pay parda pastga yo'nalib, sonning


o'rtasida mushak qorinchasiga o'tadi. Mushak tizza bo'g'im i sohasida yassi 

payga aylanadi.  U uchta tutamga bo'linib chuqur g'oz panjasini hosil qiladi va 

katta boldir  suyagining  medial bo'rtig'ining orqa  lateral  yuzasiga birikadi. 

Tutamlaming bittasi pastga yo'nalib katta boldiming yonlama boylamiga birikadi. 

Ikkinchisi pastga va lateral yo'nalib taqim mushagi fassiyasida va katta boldir 

suyagining kambalasimon mushak chizig'ida tugaydi.  Uchinchi eng kuchli 

tutami taqimning qiyshiq boylamiga aylanadi. Faoliyati: sonni yozadi, boldimi 

bukadi va ichkariga buradi.  Innervatsiyasi: 



n.tibialis.

S o n n in g   m edial  guruh  m ushaklari

Sonning  medial  yuzasida  bir  sonni  ikkinchi  songa  yaqinlashtiruvchi: 

nozik, taroqsimon, uzun, kalta va katta yaqinlashtiruvchi mushaklar joylashgan. 

Bu mushaklar o'tirg'ich va qov suyaklarining tashqi yuzasidan boshlanadi. 

Ulaming boshlanish joyi qov bo'rtig'idan to o'tirg'ich bo'rtig'igacha bo'lgan 

katta sohani egallaydi. Ular son suyagining g'adir-budir chizig'ini bor bo'yiga 

birikadi.

1.  Nozik  mushak 



(m.  gracilis) 

qov  simfizi  va  qov  suyagining  pastki 

shoxidan boshlanib,  sonning medial yuzasi bo'ylab yuza joylashadi.  Uning 

payi katta boldir suyagi yuqori qismining medial yuzasiga birikib, yuza g'oz 

panjasini hosil qilishda ishtirok etadi. Faoliyati: sonni yaqinlashtiradi, boldimi 

bukadi va ichkariga buradi. Innervatsiyasi: 



n.obturatorius.

2.  Taroqsimon  mushak 



(m.  pectencus) 

kalta,  yassi  mushak.  Qov 

suyagining  qirrasi  va  ustki  shoxidan  boshlanib,  son  suyagini  taroqsimon 

chizig'iga birikadi.  Faoliyati: sonni yaqinlashtiradi va bukadi. Innervatsiyasi: 



n.obturatorius,  n.ischiadicus.

3.

  Uzun  yaqinlashtiruvchi  mushak 



(m.  adductor  longus) 

uchburchak 

shaklida  bo'lib,  oldingi  mushakdan  pastda  va  medialroq joylashadi.  Qov 

suyagining ustki shoxini tashqi yuzasidan qalin pay bilan boshlanadi.  Pastga 

va lateral yo'nalib yupqa keng pay bilan son suyagi g'adir-budir chizig'ining 

ichki  labiga  birikadi.  Faoliyati:  sonni  yaqinlashtiradi  va  ichkariga  buradi. 

Innervatsiyasi: 

n.obturatorius.

4.  Kalta yaqinlashtiruvchi mushak 



(m.  adductor brevis). 

Uchburchak 

shaklli qalin mushak. Qov suyagi tanasining tashqi yuzasi va pastki shoxidan 

boshlanadi.  Pastga va lateral tomonga yo'nalib ancha kengayadi va qisqa pay 

vositasida  son  suyagi  g'adir-budir  chizig'ining  yuqori  qismiga  oirikadi. 

Faoliyati:  sonni yaqinlashtiradi va bukishda ishtirok etadi.  Innervatsiyasi: 



n.obturatorius.

5. Katta yaqinlashtiruvchi mushak 



(m. adductor magnus) 

medial guruhdagi 

eng katta, qalin va uchburchak shakldagi mushak. O'tiig'ich bo'rtig'i, o'tirg'ich 

va  qov  suyaklarining  pastki  shoxidan  boshlanib,  son  suyagining  g'adir- 

budir  chizig'ining  ichki  labining  bor  bo'yiga  birikadi.  Faoliyati:  sonni 

yaqinlashtiradi  va  yozishda  ishtirok  etadi.  Innervatsiyasi: 



n.obturatorius, 

n.ischiadicus.

Boldir mushaklari tizza, oshiq-boldir va oyoq panjasi bo'g'imlariga ta’sir 

qilib, tanani vertikal holatda tutishga va yerda yurishga moslashgan. Shuning 

uchun ular boldir-oshiq bo'g'imi va  oyoq panjasi bo'g'imlarini frontal o'q 

atrofida haiakatga keltirish uchun ko'proq oldingi va orqa tomonlarida joylashgan. 

Oyoq panjasining sagittal  o'q  atrofidagi  harakati  lateral  guruh  mushaklari 

ta’siri ostida bo'ladi. Boldir mushaklari bo'ylama yo'nalishga ega bo'lib ba’zilari 

oyoq panjasining kaft oldi suyaklari va kaft suyaklarining asosiga, boshqalari 

esa  barm oq  falangalariga birikadi.  Boldir  mushaklarining  go'shtdor qismi 

proksimal, paylari esa distal joylashgani uchun boldir konus shaklida boladi. 

Boldir mushaklari: oldingi, orqa va lateral guruhga bo'linadi.



Boldirning  oldingi  guruh  mushaklari

1. 


Oldingi  katta  boldir  mushagi 

(m.  tibialis  anterior, 

58-rasm) 

boldirning  oldingi  yuzasida  joylashadi.  Katta  boldir  suyagining  tashqi 

do'ngsim on  o'sim tasi,  tanasining  tashqi  yuzasining  yuqori  qismi  va 

suyaklararo pardadan boshlanadi.  Mushak pastga tomon yo'nalib boldirning 

pastki qismida uzun payga aylanadi.  Uning payi oshiq-boldir bo'g'imi oldida 

ustki va pastki yozuvchi pay tutqichlari  ostidan o'tadi.  Oyoq panjasining 

medial  chekkasini  aylanib  o'tgach  medial  ponasimon 

suyakning kaft yuzasiga va I kaft suyagi asosiga birikadi. 

Faoliyati:  oyoq  panjasini  yozib,  m edial  chekkasini 

ko'taradi va tashqariga buradi.

2. 


Barmoqlami yozuvchi uzun mushak 

(m.  extensor 

digitorum  longus) 

katta  b o ldir  suyagining  tashqi 

do'ngsimon  o'simtasi,  kichik  boldir  suyagi  tanasining 

oldingi yuzasi va suyaklararo pardaning yuqori qismidan 

boshlanadi.  Oyoq panjasi tomon yo'nalib, ustki va pastki 

yozuvchi  pay  tutqichlar  ostidan  o'tgach,  oshiq-boldir 

bo'g'imi sohasida to'rtta payga bo'linadi.  Har bir pay II—V 

barmoqlaming o'rta va distal falangalarining asosiga birikadi. 

Mushakning  pastki  qismidan  ajrab  chiqqan  kichkina 

mushak  dastasi  uchinchi  kichik  boldir  mushagi  (m. 



peroneus tertius) 

nomi bilan V kaft suyagi asosiga birikadi. 

Faoliyati:  II—V  barmoqlami  kaft-barmoq  bo'g'im ida, 

shuningdek oyoq panjasini oshiq-boldir bo'g'imida yozadi 

va tashqi chetini ko'taradi.

58-rasm.Boldir  va  oyoq  panjasi  mushaklari.  1-tendo  m.  sartonus;  2-tibia;  3-m.  gastrocne­

mius;  4-m.  soleus;  5-m.  tibialis  anterior;  6-tendo  m.  extensoris  hallucis  longi;  7-tendo  m. 

extensoris  digitorum  longi;  8-retinaculum  mm.  extensorum  inferius;  9-m.  peroneus  brevis; 

10-m.peroneus  longus;  11 -lig.  patellae;  12-tractus  iliotibialis.



3.Bosh barmoqni yozuvchi uzun mushak 

(m.  extensor hallicis longus) 

yuqoridagi ikkita mushakni o'rtasida yotadi.

Kichik boldir suyagining oldingi yuzasining o‘rta qismidan va suyaklararo 

pardadan boshlanadi.  Mushak payi ustki va pastki yozuvchi pay tutqichlar 

ostidan o ‘tib, bosh barmoqning distal falangasiga birikadi. Mushak payining 

ayrim dastalari bosh barmoqning proksimal falangasiga ham birikadi.  Faoliyati: 

bosh barmoqni yozadi va oyoq  panjasini oshiq-boldir bo'g'imida bukishda 

ishtirok etadi.  Boldirning oldingi guruh mushaklarini 



Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin