(colon transversum)
o'ng chambar ichak
bukilmasidan boshlanib, ko'ndalang joylashadi. Uning uzunligi 30—83 sm
(o'rtacha 50 sm) bo'lib, chap chambar ichak burilish burchagini
(flexura
coli sinistra)
hosil qilib, pastga tushuvchi chambar ichakka o'tib ketadi.
Ko'ndalang chambar ichakning uzunligi uning boshlanish va oxirgi nuqtalari
oralig'idan uzun bo'lgani uchun, odatda, u pastga qaragan ravoq shaklida
joylashadi. Ko'ndalang chambar ichak qorinparda bilan har tomondan o'ralgan,
ichaktutqichi
(mesocolon transversum)
bor bo'lib, uning vositasida qorin
bo'shlig'i orqa devoriga birikadi. Yuqori tomondan ko'ndalang chambar ichakka
jigar, m e’da va taloq tegib tursa, past tomonda ingichka ichak qovuzloqlan,
orqasida esa o 'n ikki barmoq ichak va m e’da osti bezi yotadi. Uning oldingi
yuzasi qorin bo'shlig'ining oldingi devoriga tegib turadi.
Bola hayotining birinchi yilida ko'ndalang chambar ichakning uzunligi
26—28 sm bo'lsa, 10 yoshda 35 sm bo'ladi. Yangi tug'ilgan va emizikli
bolalarda ko'ndalang chambar ichak tutqichi qisqa bo'lgani uchun u kam
harakatli bo'lib, bu davrda uning jigar va taloq burilish burchaklari yaxshi
bilinmaydi. Bola 5 oylik bo'lgunicha uni old tom ondan jigar yopib turadi.
Ichak tutqich uzaygan sari ko'ndalang chambar ichak harakati erkin bo'ladi
va bo'yiga o'sadi.
Pastga tushuvchi chambar ichak
(colon descendens)
chap burilish
burchagidan boshlanib pastga tomon chap yonbosh chuqurchasiga tushib S-
simon ichakka o'tib ketadi. U qorin bo'shlig'ining chap yon tomonida yotadi.
Pastga tushuvchi chambar ichakning uzunligi 10—15 sm. U orqa tomondan
belning kvadrat mushagi, chap buyrakning pastki uchi va yonbosh mushagiga
tegib tursa, old tom ondan qorinning oldingi devoriga, lateral tom ondan
qorinning yon devoriga, medial tomondan ingichka ichak qovuzloqlariga
tegib turadi. Pastga tushuvchi chambar ichakni qorinparda uch tom ondan
(old va ikki yon) o'ragan.
Yangi tug'ilgan chaqaloqda tushuvchi chambar ichak uzunligi 5 sm bo'ladi.
Bola hayotining birinchi yilida uning uzunligi ikki baravar o'sib 10 sm ga
yetsa, 5 yoshda 13 sm, 10 yoshda esa 16 sm bo'ladi. Uning o'sishi bilan biiga
yo'g'on ichakning taloq burilish burchagi paydo bo'ladi.
S-simon ichak
(colon sigmoideum)
chap yonbosh chuqurchasida yotadi.
U yuqorida yonbosh suyagi qirrasi sohasidan boshlanib, dumg'aza-yonbosh
bo'g'imi sohasida to'g'ri ichakka o'tib ketadi. Sigmasimon ichakning uzunligi
15—67 sm bo'lib, odatda, ikkita qovuzloq hosil qilib joylashadi. U qorinparda
bilan har tom ondan o'ralgan. Sigmasimon ichakni ichaktutqichi bor bo'lib,
qorin bo'shlig'ining orqa devoriga birikkan. Ichaktutqichi bo'lgani uchun u
harakatchandir.
Yangi tug'ilgan chaqaloqda sigmasimon ichakning ichak tutqichi uzun
bo'lgani uchun qorin bo'shlig'ining yuqori qismida joylashadi. Uning bukilmalari
o'ng tomonda joylashgan bo'lib, goho ko'richakka tegib turadi. Yangi tug'ilgan
chaqaloqda uning uzunligi 20 sm bo'lsa, 5 yoshda 30 sm, 10 yoshda esa 38 sm
bo'ladi. 5 yoshli bolada bukilmalari kichik chanoq bo'shlig'iga kirish qismida
tursa, 7 yoshda sekin-asta bo'shliqqa tushib doimiy holatini oladi. Bu davrda
sigmasimon ichak tutqichida yog' to'qimasi paydo bo'ladi.
T o'g'ri ichak
(rectum)
hazm kanalining oxirgi qismi bo'lib, kichik
chanoq bo'shlig'ida joylashgan. U III dumg'aza umurtqasi sohasida boshlanib
oraliq sohasida orqa teshik bo'lib tugaydi. To'g'ri ichakning uzunligi katta
yoshli odamlarda o'rtacha 15—20 sm, kengligi 2,5—7,5 sm bo'lib, uning
orqasida dumg'aza va dum suyagi tuisa, old tomonida erkaklarda qovuq, prostata
bezi, uru pufakchalari va urug' olib ketuvchi nay kengaymasi, ayollarda esa
bachadon va qin joylashadi.
To'g'ri ichak odatda to'g'ri turmay sagittal sathda ikkita bukilma: dumg'aza
suyagi botiqligiga mos dumg'aza bukilmasi
(flexura sacralis)
va oraliqda
oldinga yo'nalgan oraliq bukilmasi
(flexura perinealis)
hosil qiladi. T o'g'ri
ichakning yuqorigi dumg'aza sohasida joylashgan qismi kengayib to'g'ri ichak
ampulasini
(ampulla recti)
hosil qiladi. Pastki oraliqdan o'tadigan toraygan
qismi orqa chiqaruv kanali
(canalis analis)
deb ataladi. Bu kanal pastda
tashqi teshik
(anus)
bo'lib tugaydi. To'g'ri ichakning bo'ylam a mushak
tolalari uning devorini to'liq o'rab, pastda orqa teshikni ko'taruvchi mushak
tolalari bilan chatishib ketadi. Ichki halqasimon qavati esa chiqaruv kanali
sohasida tashqi teshikning ichki (ixtiyordan tashqari) siquvchi mushagini
(m. sphincter ani interinus)
hosil qiladi. Tashqi teshikning tashqi (ixtiyoriy)
siquvchi mushagi
(m.sphincter ani externa)
bevosita teri ostida joylashib,
chanoq diafragmasi mushaklari tarkibiga kiradi. To'g'ri ichakning shilliq
qavatida qadahsimon hujayralar, ichak bezlari, yakka holdagi follikulalardan
tashqari uning ampula qismida 2-3 ta to'g'ri ichakning ko'ndalang burmalari
(plicae transversales recti)
bor. Orqa chiqaruv kanalida esa 6—10 ta bo'ylama
buimalari
(columna analis)
bo'lib, ulaming o'rtasida joylashgan orqa teshik
sinuslari
(sinus anales)
bolalarda kattalarga nisbatan yaxshi bilinadi. Ular
past tom ondan orqa teshik sohasida halqasimon to'g'ri ichak—orqa teshik
chizig'ini
(linea anorectalis)
hosil qilgan shilliq parda bo'rtm alari, orqa
teshik qopqoqlari
(valvulae anales)
bilan chegaralangan. To'g'ri ichak—orqa
teshik chizig'ining shilliq pardasi va shilliq osti asosida yaxshi rivojlangan
to ‘g‘ri ichak vena chigali
(plexus venosus rectalis)
yotadi. T o'g'ri ichak
qismlari qorinparda bilan turlicha o'raladi. Uning yuqori qismi har tomondan,
o'rta qismi uch tomondan, pastki qismi esa qorinpardadan tashqarida joylashib,
adventitsial parda bilan o'ralgan.
Yangi tug'ilgan chaqaloqning to'g'ri ichagi silindr shaklida bo'lib, uzunligi
5—6 sm, uning ampula qismi ajralmagan va bukilmalari yo'q. Yangi tug'ilgan
va emizikli bolalarda to'g'ri ichak devori yupqa, yog' to'qimasi bo'lmagani
uchun harakatchan bo'ladi. Shilliq qavati shilliq osti qavati to'qimalari bilan
bo'sh birikkani uchun ko'pincha bolalarda tashqariga chiqib ketadi. Shilliq
qavat bola bir yoshga to'lganida ancha mustahkamlanadi. Birinchi bolalik
davrida ampula qismi, 8 yoshdan so'ng esa bukilmalari paydo bo'ladi. Bu
davrda orqa teshik sinuslari va ustunlari yaxshi rivojlanadi. Balog'at davrida
to'g'ri ichak uzunligi 15—18 sm, kengligi 3,2—5,4 sm bo'ladi.
Rentgenoanatomiyasi.
Yo'g'on ichak qorin bo'shlig'ining chekkasi bo'ylab
ingichka ichak qovuzloqlarmi o'rab yotadi. Yo'g'on ichakning uzunligi 1—2
m bo'lib, rentgenologik tasvirda o'rtacha 1,15 m. Uning kengligi turli qismlarda
2 sm dan 12 sm gacha. Yo'g'on ichakning rentgenologik ko'rinishining
o'ziga xos xususiyatlaridan biri, uning ikki yon tomonida aniq chegaralangan
yarim aylana shaklidagi tekis qavariqlar va ular o'rtasidagi botiqliklar
«gaustratsiya» dir. Ulaming uchinchisi ichak soyasiga qavatlanganligi uchun
kontrastlanganda ko'rinmaydi. Yo'g'on ichakda gaustralarga mos ravishda
ko'ndalang va bo'ylama burmalar almashib joylashadi.
Ko'richak yo'g'on ichakning eng qisqa va eng keng qismi hisoblanadi.
Uning boshlanish sohasi rentgenogrammada yumaloq shaklda yopiq tugaydi.
Goho undan ingichka lenta shaklidagi uzunligi 8—10 sm chuvalchangsimon
o'simta ko'rinadi.
Ko'tariluvchi cham bar ichak qorin bo'shlig'ining o'ng tomoni bo'ylab
o'ng chambar ichak bukilmasigacha davom etadi. Uning uzunligi o'rtacha 20
sm bo'lib, gaustratsiya aniq bilinadi.
Ko'ndalang chambar ichak jigar bukilmasidan boshlanib, uzunligi 25—
30 sm bo'ladi. U tutqichi bo'lgani uchun qiya yoki maijon shaklida bukilib
joylashadi. Ko'tariluvchi va tushuvchi chambar ichak bilan biiga «M» harfini
eslatuvchi shakl hosil qiladi. Ko'ndalang chambar ichak harakatchan bo'lib,
uning joylashuvi o'zgarib turadi.
Pastga tushuvchi chambar ichak chap chambar ichak burilish burchagidan
boshlanib, uzunligi 10—15 sm. U qorin bo'shlig'ining chap chekkasi bo'ylab
chap yonbosh chuqurchasiga tushib, sigmasimon ichakka o'tadi. Unda
gaustralar nisbatan kam va ular yassi bo'ladi.
Sigmasimon ichak chap yonbosh chuqurchasi, qisman kichik chanoq
bo'shlig'ida joylashgan. Uning joylashishi va harakatchanligi ichak tutqichning
uzunligiga bog'liq bo'lib, ichak ko'pincha pastga qaragan bukilma hosil qiladi.
Uning kengligi va gaustralarining joylashishi pastga tushuvchi chambar ichakka
o'xshash.
T o‘g ‘ri ichakning uzunligi 13—16 sm bo‘lib, dum g'aza va dum
suyaklarining oldingi yuzasi bo'ylab pastga tushadi va orqa teshik bo'lib tugaydi.
Yo'nalishida u ikki: yuqorigi dumg'aza va pastki oraliq bukilmalarini hosil
qiladi. Unda gaustralar yo'q. To'g'ri ichakda 3—4 sm uzunlikdagi ampula usti
qismi, 9—12 sm uzunlikdagi ampula qismi va 2,5—4 sm uzunlikdagi anal
qismi tafovut qilinadi. Ampula qismining shilliq pardasida ko'ndalang burmalar
bo'lib, ular rentgenologik tekshiruvda ichak ko'rinishida chuqur botiqliklar
hosil qiladi. Anal qismida bo’ylama burmalar bor.
Jigar
Jigar
(hepar)
organizmdagi eng katta bez bo'lib (69-rasm), og'irligi
katta yoshdagi odamlarda o'rtacha 1500 g. Jigar hazm jarayonida, modda
almashinuvda va qon ishlab chiqarishda ishtirok etadi. Jigaming rangi qizg'ish
bo'lib, yumshoq konsistensiyaga ega U o'ng qovuig'a osti va qorin usti sohalarida
joylashgan. M o'tadil holatda jigar qovurg'a ravog'idan tashqariga chiqmaydi.
Jigarda ikki: silliq va qavariq diafragma yuzasi
(facies diaphragmatica)
oldinga
va yuqoriga qaragan bo'lib, diafragmaning pastki yuzasidagi botiqlikda yotadi.
Pastki ichki a’zolaiga qaragan yuza
(facies visceralis)
pastga va orqaga qaragan
bo'ladi. Diafragma va visseral yuzalari old tomonda o'zaro birikib, o'tkir
pastki qirrani
(margo inferior)
hosil qiladi. Diafragma va qorinning oldingi
devoridan jigaming diafragma yuzasiga sagittal sathda yo'nalgan qorinpardani
duplikaturasidan hosil bo'lgan o'roqsimon boylam
(lig._falciforme)'>(lig. falciforme)
uni
o'ng va chap bo'laklaiga
(lobus hepatis dexter et sinister)
ajratadi. Jigaming
orqa qirrasi
(margo posterior)
bo'ylab diafragmaning pastki yuzasi va qorin
b o 'sh lig 'in in g orqa devoridan boshlanib, frontal sathda y o'nalgan
qorinpardaning duplikaturasidan hosil bo'lgan tojsimon boylam
(lig.
coronarium)
birikkan. Bu boylamning o'ng
va chap chekkalari kengayib o'ng va chap
u c h b u rc h a k s im o n
b o y la m n i
( lig .
triangulare dextrum et sinistrum)
hosil
qiladi. Chap bo'lakning diafragma yuzasida
yurak botiqligi
(impressio cardiaca)
bor.
Jigaming visseral yuzasida ikkita sagittal
va bitta frontal sathda yo'nalgan egat joylashgan.
Chap sagittal egat jigaming chap bo'lagini
o'ng bo'lagidan ajratadi. U ning oldingi
69-rasm. Jigar, 12 barmoq ichak va me’da osti bezi. 1-lobus hepatis dexter; 2-lig. coro-
narium; 3-lig. triangulare sinistrum; 4-lobus hepatis sinister; 5-lig. falciforme hepatis; 6-lig.
teres hepatis; 7-ductus hepaticus communis; 8-ductus choledochus; 9-ductus pancreaticus;
10-cauda pancreatis; 11 -corpus pancre- astis; 12-flexura duodeno-jejunalis; 13-pars ascen
dens duodeni; 14-caput pancreatis; 15-pars horizontalis (inferior) duodeni; 16-pars de-
scendens duodeni; 17-pars superior duodeni; 18-ductus cysticus; 19-lig. triangulare dex-
irum; 20-vesica fellea.
qismida kindik venasining bitib ketishidan hosil bo'lgan jigaming yumaloq
boylami yorig'i
(fissura lig. tereti),
orqa qismida esa venoz boylam yorig'i
(fissura lig. venosi)
joylashadi. O'ng sagittal egat nisbatan keng bo'lib,
uning oldingi qismida o 't pufagi chuqurchasi
(fossa vesicae feOeae)
joylashsa,
orqa qismida pastki kovak vena egati
(sulcus venae cavae)
yotadi.
O 'ng va chap sagittal egatlar o'zaro ko'ndalang egat — jigar darvozasi
(porta hepatis)
vositasida qo'shiladi. Jigar darvozasidan jigarga darvoza venasi,
jigaming xususiy arteriyasi va nervlar kiradi. Jigardan esa jigar o 't yo'li va
limfa tomirlari chiqadi. Jigaming visseral yuzasida o'ng bo'lakdan kvadrat va
dumli bo'laklar ajratiladi. Kvadrat bo'lak
(lobus quadratus)
jigar darvozasi
oldida o 't pufagi chuqurchasi bilan yumaloq boylam egati o'rtasida, dumli
bo'lak
(lobus caudatus)
jigar darvozasining orqasida, pastki kovak vena va
venoz boylam egatlari o'rtasida joylashgan. Bu bo'lakning ikkita o'simtasi
bo'lib, birinchisi dumli o'simta
(processus caudatus)
o'ng bo'lakka birikkan.
Ikkinchisi so'rg'ichsim on o'simta
(processus papillaris)
oldinga yo'nalib
jigar darvozasiga tegib turadi. Jigaming visseral yuzasida ichki a ’zolaming
tegib turishidan botiqliklar hosil bo'ladi.
Uning chap bo'lagida me’da botiqligi
(impressio gastrica),
qizilo'ngach
botiqligi
(impressio oesophagea),
o'ng bo'lakda o'ng buyrak botiqligi
(impressio renalis),
undan chaproqda o'ng buyrak usti bezi botiqligi
(impressio suprarenalis),
pastki qirraga yaqinroqda chambar ichak burilish
burchagi botiqligi
(impressio colica)
joylashgan.
Jigaming a’zolaiga qaragan yuzasidan o'ng buyrakka —
lig. hepatorenale,
o 'n ikki barmoq ichakka —
lig. hepatoduodenale
va m e’daning kichik
egriligiga —
lig. hepatogastricum
yo'naladi.
Jigar tashqi tomondan seroz parda bilan (diafragmaga tegib tuigan qismi
area nuda
dan tashqari) qoplangan. Uning ostida yupqa va pishiq fibroz paida
(tunica fibrosa)
bor. Jigar darvozasida fibroz parda qon tomirlar bilan
jigar ichiga kirib uni bo'laklarga bo'ladi. Qon tomirlar va o 't naylarining
tarqalishiga qarab (Kuyno, 1957) jigarda ikkita bo'lak, 5 sektorva 8 segment
tafovut qilinadi. Jigar bo'laklarida darvoza venaning o'ng va chap tarmoqlari
tarqaladi. Jigar sektori jigar parenximasining darvoza venasining ikkinchi
tartibli tarm og'i, xususiy jigar arteriyasining shunga mos tarm og'i va sektor
o't nayi o'ragan qismidan iborat. Jigar segmenti jigaming darvoza venasining
uchinchi tartibli tarmog'i, xususiy jigar arteriyasi va o 't nayining shunga
mos tarm og'i o'ragan qismidan iborat.
Jigaming chap bo'lagida 3 sektor va 4 segment (S, — S4), o'ng bo'lagida
esa 2 sektor va 4 segment (S5 “ Sg) tafovut qilinadi.
Chap dorzal sektor jigaming I segmentiga mos kelib, dumli bo'lakni
o'z ichiga oladi.
Chap lateral sektor jigaming 2 segmentiga mos kelib chap bo'lakning
orqa qismini o'z ichiga oladi.
Chap o 'rta chiziq yon sektori jigar chap bo'lagining oldingi qismini (3
segment) va kvadrat bo'lakni (4 segment) o 'z ichiga oladi.
O'ng o'rta chiziq yon sektori jigar parenximasining chap bo'lak bilan
chegaralanuvchi qismi bo'lib, oldinda yotgan 5-segment va o'ng bo'lakni
diafragma yuzasining orqa ichki katta qismini egallagan 8-segmentni o'z
ichiga oladi.
O'ng lateral sektor jigaming o'ng bo'lagini tashqi qismi oldinda 6-
segment, orqada 7-segmentni o'z ichiga oladi.
Tuzilishi jihatidan jigar murakkab tarmoqlangan naysimon bez bo'lib,
uning chiqaruv nayi o 't yo'llaridan iborat. Jigaming tarkibiy-vazifaviy birligi
jigar bo'lakchasi
(lobulus hepatis)
dir. U prizma shaklida, kengligi 1—2,5
mm bo'lib, odam jigarida 500 mingga yaqin bo'lakcha bor. Bo'lakchalar o'rtasida
oz miqdorda biriktiruvchi to'qima bor bo'lib, uning ichida bo'lakchalararo o't
naychasi, arteriya va vena joylashgan. Jigar bo'lakchasi ikki qator gepatotsitlardan
hosil bo'lgan va radiar joylashgan jigar ustunchalaridan iborat. Bo'lakcha
markazida markaziy vena
(v. centralis)
yotadi. Jigar ustunlari o'rtasida bo'lakcha
chekkasidan markaziga qon olib boruvchi sinusoid kapillarlar bor. Sinusoid
kapillarlar bo'lakcha atrofidagi vena tomirlari bilan markaziy vena o'rtasida
bo'lgani uchun uni jigaming ajoyib venoz to'ri deb ataladi. Jigar ustunlarining
ikki qator jigar hujayralari o'rtasida o't yo'li
(ductulus biliferi)
bo'lib, bo'lak
markazida uning uchi yopiq. Bo'lakcha chekkasida esa u bo'lakchalararo o't
yo'liga
(ductuli interiobularis)
quyiladi. Ulaming o'zaro qo'shilishidan pirovard
natijada o'ng bo'lakdan o'ng jigar yo'li
(ductus hepaticus dexter),
chap
bo'lakdan chap jigar yo'li
(ductus hepaticus sinister)
hosil bo'ladi. Jigar
darvozasida ular o'zaro qo'shilib, umumiy jigar yo'lini
(ductus hepaticus
communis)
hosil qiladi.
Jigaming joylashishi.
Jigaming katta qismi o'ng qovurg'a ostida, yuqori
chegarasi o'rta o'mrov chizig'ida IV qovuig'a oralig'ida joylashadi. Bu nuqtadan
uning yuqori chegarasi o'ng tomonga va pastga yo'nalib o'rta qo'ltiq chizig'ida
X qovurg'a oralig'igacha tushib, pastki yuzasiga o'tib ketadi. Chapga tomon
yuqori chegara pastga sekin yo'nalib, o'ng to'sh yoni chizig'ida V qovurg'a
oralig'ida, oldingi o'rta chiziqda xanjarsimon o'simta asosini kesib o'tib, VIII
qovuig'a tog'ayining VII qovurg'a tog'ayiga birikkan joyda pastki chegarasiga
o'tib ketadi. Jigaming pastki chegarasi o'ng X qovurg'a oralig'idan chapga
qarab o'ng qovuig'a ravog'i bo'ylab chap VIII qovuig'a tog'ayining VII qovuig'a
tog'ayiga birikkan joyigacha boradi.
Jigar o'rta ichak boshlang'ich qismining entodermal epiteliyidan rivojlanadi.
Jigar kuitagi homila hayotining uchinchi haftasida o'rta ichak ventral devorida
bo'rtma shaklida paydo bo'lib, uni jigar ko'rfazi deyiladi. Bu bo'rtm a dastlab
umumiy bo'lib, so'ngra ikkiga: yuqorigi va pastki bo'rtmalaiga bo'linadi. Yuqori
bo'rtmadan jigar nayi va jigaming bez to'qimasi rivojlansa, pastki bo'rtmadan
o 't pufagi rivojlanadi. Umumiy bo'rtma esa keyinchalik umumiy o 't yo'liga
aylanadi. Yuqori bo'rtma juda tez o'sib, me’da ventral tutqichi ichiga o'sib kiradi
va u bilan birikkan to'siqni ikki bo'lakka bo'ladi. Pastda m e’da kichik egriligi
bilan jigar o'rtasida kichik charvi, yuqorida jigar bilan diafragma o'rtasida
o'roqsimon boylam hosil bo'ladi. Jigar kurtagi shoxlanib, jigaming bez to'qimasi
ustunlarini hosil qiladi. Bu ustunlami tuxum sarig‘i-ichak tutqich venasi
tarmoqlari o'raydi va jigar kurtagining qon tomirlari paydo bo'ladi. Homila
hayotining uchinchi oyigacha jigaming ikkala bo'lagi bir xil bo'ladi. Uchinchi
oyning oxirida uning o'ng bo'lagi kattalashib, dumli bo'lak taraqqiy eta
boshlaydi.Yangi tug'ilgan chaqaloqning jigari (70, 71-rasm) katta va qonga
to'lgan bo'lib, to'rt bo'lagi aniq ko'rinadi. U qorin bo'shlig'ining yuqori
yarmini egallab turadi. Jigaming og'irligi o'rta hisobda 135 g bo'lib, bola tanasi
og'irligining 4—4,5% ini tashkil qiladi. Jigami qoplagan qorinparda yupqa,
boylamlari bo'sh bo'lgani uchun u harakatchan bo'ladi. Chap bo'lagi o'ngiga
teng yoki katta bo'ladi, chunki homila jigarining chap bo'lagiga kislorodga va
ozuqa moddalaiga boy bo'lgan qon keladi.
Bola tug'ilganidan so'ng jigarda, ayniqsa, chap bo'lakda qon aylanish
o'zgaradi va chap bo'lak o'sishi sekinlashadi. Yangi tug'ilgan chaqaloqda
jigar to'qimasi yaxshi takomillashmagan, yumshoq va qon tomirlarga boy
bo'lib, bo'laklar o'rtasidagi chegara aniq bo'lmaydi.
Bola bir yoshga to'lganida bo'laklar o'rtasidagi chegara aniq bilinadi va 8
yoshda jigaming tuzilishi kattalamikiga o'xshash bo'ladi.
Yangi tug'ilgan chaqaloqda jigaming yuqori chegarasi o'ng o'mrov
chizig'ida V qovuig'a, chap tomonda esa VI qovuig'a sohasida joylashadi. Unda
jigaming chap bo'lagi qovurg'a ravog'ini chap o'mrov chizig'ida kesib o'tsa,
3-4 oylik bolada jigaming chap bo'lagi kichraygani sababli qovuig'a ravog'ini
<>
70-rasm. Chaqaloq jigari. Old tomoni. 1-v. umbilicalis (lig.teres hepatis); 2-vesica fellea;
3-margo inferior; 4-lobus hepatis dexter; 5-diaphragma; 6-facies diaphragmatica; 7-lig.
coronarium; 8-lobus hepatis sinister; 9-lig. falciforme hepatis.
71-rasm. Chaqaloq jigari (pastki yuzasi). 1-poita
hepatis; 2-lobus caudatus; 3-v.cava inferior; 4-im-
pressio renalis; 5-lobus hepatis dexter; 6-impressio
colica; 7-vesica fellea; 8-lobus quadiatus; 9-lig.teres
hepatis; 10-impressio duodenalis; 11-tuber omen-
tale; 12-lobus hepatis sinister; 13-processus papil
laris; 14-impressio oesophagea.
to'sh oldi chizig'ida kesib o'tadi. Yangi tug'ilgan chaqaloqda jigaming pastki
qirrasi o'ng o'rta o'mrov chizig'ida qovuig'a ravog'i ostidan 2,5—4 sm,
bolalikning birinchi davrida esa 1,5—2 sm pastda turadi. 7 yoshdan so'ng
jigaming pastki qirrasi qovuig'a ravog'ining orqasida bo'ladi. Jigaming og'irligi
bir yoshda ikki barobar ortsa, 2—3 yoshda uch, 9 yoshda 6 marta, balog'at
davrida 10 marta ortadi.
Dostları ilə paylaş: |