O't pufagi
O 't pufagi
(vesica fellea seu biliaris)
o 't to'planadigan (69-rasm) a’zo.
U jigaming vistseral yuzasidagi o'z nomidagi chuqurchada joylashib noksimon
shaklga ega. O 't pufagida uch qism: tubi, tanasi va bo'yinchasi tafovut qilinadi.
Uning kengaygan uchi o't pufagining tubi
(fundus vesicae felleae)
jigaming
oldingi qirrasidan biroz chiqib turadi. O 't pufagining tubi orqa tomonga
uning katta qismi tanasiga
(corpus vesicae feDeae)
o'tadi. Tanasi jigar darvozasi
tomon yo'nalib o 't pufagining toraygan bo'ynini
(collum vesicae felleae)
hosil qiladi. O 't pufagi bo'yni pufak nayiga
(ductus cysticus)
davom etadi.
O 't pufagining sig'imi 40—50 sm3, uzunligi 8—12 sm, kengligi 4—5 sm ga
teng. Uning devori quyidagi qavatlardan iborat: ichki shilliq qavatda
(tunica
mucosa)
burmalar
(plicae mucosae)
va shilliq bezlari bo'ladi. O 't pufagi
bo'yni va nayi sohasida burama burmalar
(plicae spiralis)
hosil qiladi. Mushak
qavat
(tunica muscularis)
halqasimon va biroz qiyshiq yo'nalgan silliq mushak
tolalaridan iborat. Uning ustida yupqa seroz osti qavat
(tunica subserosa)
bor.
Seroz qavat
(tunica serosa)
uning erkin turgan yuzasini qoplaydi. Seroz
parda yo'q sohalar adventitsial qavat bilan qoplangan.
Umumiy jigar nayining o't pufagi nayi bilan qo'shilishidan hosil bo'lgan
umumiy o 't yo'li
(ductus choledochus)
jigar, o 'n ikki barm oq ichak
boylami varaqlari o'rtasida umumiy jigar arteriyasi va darvoza venasi bilan
birga yotadi. U pastga tomon yo'nalib o 'n ikki barmoq ichakning tushuvchi
qismidagi katta so'rg'ichga m e’da osti bezi nayi bilan qo'shilib umumiy nay
hosil qilgan holda ochiladi.
y
Bulaming qo'shilgan yerida jigar-m e’da osti kengaymasi
(ampulla
hepatopancreatica),
quyish joyida esa qisqich
(in.sphincter ampullae)
hosil
bo'ladi. Umumiy o 't yo'lida m e’da osti bezi nayi bilan qo'shilishidan oldin
umumiy o 't yo'Uni qisuvchi mushak
(m.sphincter ductus choledochi)
bor.
U jigar va o 't pufagidan kelayotgan o'tni o 'n ikki barmoq ichakka o'tishini
boshqarib turadi. Bu qisqich yopiq vaqtda o 't umumiy o 't yo'lidan pufak
nayi orqali o't pufagiga yig'iladi. Ichak bo'shlig'iga ovqat o'tgan vaqtda qisqich
ochilib, o 't ichakka o'tadi.
Yangi tug'ilgan chaqaloq o 't pufagi jigar to'qimasida chuqur joylashib,
silindr yoki duksimon shaklga ega. Uning uzunligi 3 sm. Bola hayotining 1—
3-oylarida o 't pufagining shakli cho'zilib, 6—7 oylik bolada noksimon shaklni
oladi va 2 yoshda jigar qirrasiga yetadi. Erta bolalik davri oxirida o 't pufagi
oldingi qo'ltiq osti chizig'i bo'ylab qovuig'a ravog'i ostida joylashadi. 13—14
yoshlarda uning tuzilishi va joylashishi kattalamikiga o'xshab qoladi. 0 ‘t
pufagining hajmi 3 oylik bolalarda 3,2 sm3, 3 yoshda 8,5 sm3, 9 yoshda 33,6
sm3 bo'ladi. 0 4 pufagi nayi uzunligi yangi tug'ilgan chaqaloqda umumiy o 't
nayidan uzun bo'lib, 2—18 mm ni tashkil qiladi. U ch oylik bolalarda оЧ
pufagi devorining hamma qavatlari paydo bo'ladi.
M e’da osti bezi
Me’da osti bezi (pancreas) hazm bezlari ichida kattaligi jihatidan ikkinchi
o'rinda turadi. U cho'zinchoq kulrang pushti rangli a ’zo bo'lib, m e’daning
orqasida I—II bel umurtqalari sohasida ko'ndalang yotadi. Uning uzunligi
14—18 sm, kengligi 3— 9 sm, qalinligi 2—3 sm, og'irligi katta yoshdagi
odamlarda o'rtacha 80 g bo'ladi. Me’da osti bezi faoliyat jihatidan aralash,
tuzilishi jihatidan murakkab alveolar-naysimon bez hisoblanadi. Uni tashqi
tom ondan yupqa biriktiruvchi to'qim ali kapsula qoplagan bo'lib, undan
bez bo'lakchalari ko'rinib turadi. Qorinparda uni old va qism an pastki
yuzalarini qoplaydi. Me’da osti bezining uch: boshchasi, tanasi va dumsimon
qismi tafovut qilinadi. M e’da osti bezining boshchasi (capot pancreatis)
yassi shaklda bo'lib, I—III bel umurtqalari sohasida o 'n ikki barmoq
ichakning botiq yuzasiga birikib turadi. U orqa yuzasi bilan pastki kovak
venaning ustida yotsa, oldingi yuzasini ko'ndalang-cham bar ichak kesib
o'tadi. Boshchasida ilmoqsimon o'simtasi (processus incinatus) bor. Boshini
tana bilan chegarasining pastki chekkasida esa me’da osti bezi o'ymasi (inrisani
pancreatis) joylashgan.
M e’da osti bezining tanasi (corpus pancreatis) uch qirrali shaklda bo'lib,
I bel umurtqasining oldida o'ngdan chapga qarab yo'nalib, taloq darvozasigacha
boruvchi bezning toraygan dumsimon qismiga o'tib ketadi. M e’da osti be’zi
tanasida oldingi, orqa va pastki yuzalar tafovut qilinadi. Uning oldingi yuzasi
(facies_anterior)'>(facies anterior) m e’daning orqa devoriga qaragan bo'lib, charvi xaltasiga
qaragan charvi bo'rtig'i (tuber omentale) bor. Orqa yuzasi (facies posterior)
umurtqa pog'onasiga, pastki kovak venaga, aortaga va qorin chigaliga tegib
turadi. Bu yuzadan taloq arteriyasi va venasi o'tadi. Pastki yuzasi (facies
inferior) oldinga va pastga qaragan bo'lib ko'ndalang chambar ichak tutqichidan
pastda yotadi. Oldingi yuza orqa yuzadan ustki qirra (margo superior), oldingi
yuza pastki yuzadan oldingi qiira (margo anterior) va pastki yuza orqa yuzadan
pastki qirra (margo inferior) vositasida ajralib turadi.
Me’da osti bezining dumsimon qismi (cauda pancreatis) chapga va yuqoriga
taloq darvozasiga yo'nalgan bo'ladi. Uning orqasida chap buyrak usti bezi va
chap buyrakning yuqori uchi yotadi.
M e’da osti bezi aralash bez bo'lib, uning tashqi sekretsiya qismini me’da
osti bezi bo'lakchalari tashkil qiladi. Bo'lakchalaming naychalari qo'shilishidan
hosil bo'lgan m e’da osti bezining chiqaruv nayi (ductus pancreaticos),
uning dumsimon qismi sohasidan boshlanib, bezning tanasi va boshida
chapdan o'ngga qarab o'tib umumiy o 't yo'li bilan qo'shiladi va o 'n ikki
barmoq ichakning katta so‘ig‘ichiga ochiladi. Me’da osti bezi nayining ochilish
sohasida qisuvchi mushak
(m.sphincter ductus pancreatici)
joylashgan. Me’da
osti bezining boshi sohasida hosil bo'lgan qo'shim cha naycha
(ductus
pancreaticus
accessorius) o‘n ikki barmoq ichakning kichik so‘ig‘ichiga ochiladi.
Me’da osti bezining tashqi sekretsiya qismi tarkibida tripsin, lipaza,
maltaza, laktaza va amilaza fermentlari bo'lgan shira ishlab chiqaradi. Uning
shirasi o'n ikki barmoq ichakda ovqat hazm qilish jarayonida ishtirok etadi.
M e’da osti bezining ichki sekretsiya qismi bir millionga yaqin pankreatik
(Langergans) orolchalardan (insulae pancreaticae) iborat. U lar bez
bo'lakchalari orasida joylashadi (ichki sekretsiya bezlari bo'limiga qaralsin).
M e’da osti bezi ham o'rta ichak entodermasidan rivojlanadi. Homila
hayotining 4-haftasida jigar ko'rfazi yonida ikkita ventral va dorsal me’da osti
bezi kurtaklari paydo bo'ladi. O 'n ikki barmoq ichak bir tekis o'smagani
uchun ventral bo'rtm a orqa tomonga aylanadi va m e’daning orqa tutqichi
ichiga o'sib kirib, seroz pardaning ikki varag'i o'rtasida o'sadi. Dorsal va
ventral kurtaklar shoxlanib murakkab tarmoqlangan bezga aylanadi va bir-
biri bilan qo'shilib m e’da osti bezini hosil qiladi. Dorsal bo'rtm adan bez
boshchasining yuqori qismi, tanasi va dumsimon qismi rivojlanadi. Tana va
dumsimon qismida joylashgan dorsal kurtak nayi bosh qismida ventral kurtak
nayi bilan qo'shilib bezning asosiy nayini hosil qiladi. Ko'pincha dorsal
kurtak nayi bezining boshcha qismida o'sishdan orqada qoladi va m e’da osti
bezining qo'shimcha nayiga aylanadi.
Yangi tug'ilgan chaqaloqda me’da osti bezi juda kichkina bo'lib, og'irligi
2—3 g, uzunligi 4—6 sm, kengligi 1—2 sm, qalinligi 0,35-0,65 sm bo'ladi.
Ularda m e’da osti bezi bir oz yuqoriroq — XII ko'krak umurtqasi sohasida
joylashadi. Qorinparda orqa yog' to'qimasi bo'lmagani sababli u harakatchan
bo'ladi. Yangi tug'ilgan chaqaloqning me’da osti bezi yaxshi takomillashmagan
bo'lib, biriktiruvchi to'qimasi ko'p, bez to'qimasi kam bo'ladi. Uning katta
qismini boshi tashkil qilib, tana va dumsimon qismlari yaxshi bilinmaydi.
Bez yuzasi silliq bo'ladi. Bola hayotining birinchi ikki oyida m e’da osti bezi
sekin o'sadi, keyinchalik tezlashib, bir yoshda 10 g, 3 yoshda 20 g bo'ladi.
Keyingi davrlarda bezning o'sishi sekinlashib, 10 yoshda og'irligi 30—35 g
ga yetadi. Balog'at davrida 14 yoshgacha bezning o'sishi tezlashib, tuzilishi
murakkablashadi. Bezning og'irligi 65—90 g ga yetadi. Yosh bolalarda bez
kapsulasi yupqa va nozik bo'lib, tolali to'qim adan tuzilgan. Ularda bezning
bo'lak naychalari diametri asosiy nayga nisbatan keng bo'lib, shira oqishi
yaxshi bo'ladi.
Qorinparda
Qorinparda
(peritoneum)
qorin bo'shlig'i devorini va uning ichida joylashgan
a’zolami qoplagan seroz pardadir. U ikki: qorin bo'shlig'i devorini qoplagan
pariyetal qorinparda
(peritoneum parietale)
va ichki a’zolami o'ragan visseral
qorinpardadan
(peritoneum viscerale)
iborat. Bu ikki varaq bir-birining uzluksiz
davomi bo'lib erkaklarda tashqi muhit bilan aloqasi bo'lmagan (ayollarda
bachadon nayining qorin teshigi orqali tashqi muhit bilan qo'shiluvchi)
qorinparda bo'shlig'ini
(cavitas peritonei)
hosil qiladi. Bu bo'shliq pariyetal va
visseral qorinpardaning o'rtasida tor yoriq shaklida joylashadi. Uning ichida
qorinparda yuzasini namlab, a’zolaming erkin harakatini ta’minlab turuvchi
oz miqdordagi seroz suyuqlik bo'ladi. Qorinpardaning umumiy sathi 1,71 m2
ga teng bo'lib, ust tomondan mezoteliy hujayralari bilan qoplangan. Qorinparda
bilan qorin devori o'rtasida tarkibida yog' to'qimasi bo'lgan qorinparda osti
qatlami
(tela subserosa)
bor. Uning qalinligi hamma yerda bir xil emas.
Diafragma sohasida bu qatlam bo'lmay, qorinning orqa devorida yaxshi rivojlanib
buyrak, buyrak usti bezi va boshqa a’zolami o'rab turadi. Qorinparda qorin
bo'shlig'i devoridan a’zolaiga yoki a’zolardan a’zolaiga o'tish joylarida burmalar,
boylamlar, chuqurchalar va tutqichlar hosil qiladi.
Qorinning oldingi devorini qoplagan pariyetal qorinparda yuqoriga
diafragmaning pastki yuzasiga o'tadi. Diafragmaning pastki yuzasidan qorinparda
jigaming o'roqsimon boylami
(lig. falciforme hepatis),
tojsimon boylam
(lig. coronarium),
o'ng va chap uchburchaksimon boylamlami
(ligg.
triangularia dextrum et sinistrum)
hosil qilib jigarga o'tadi. Qorinparda old
tomondan jigaming o'tkir qirrasini, orqa tomondan orqa qirrasini aylanib
o'tib, uning visseral yuzasini qoplaydi. O'ng bolakdan qorinparda o'ng
buyrakning yuqori uchiga jigar-buyrak boylamini
(lig. hepatorenale)
hosil
qilib o'tadi. Jigar darvozasidan esa qorinpardaning ikki varag'i — duplikaturasi
(bittasi darvozaga jigaming pastki yuzasini old tomonidan, ikkinchisi orqa
qismidan) m e’daning kichik egriligiga jigar-me’da boylamini
(lig. hepato-
gastricum)
va o 'n ikki barmoq ichakning yuqori qismiga jigar-o'n ikki barmoq
ichak boylamini
(lig. hepatoduodenale)
hosil qilib o'tadi. Bu ikkala boylam
bir-birining davomi bo'lib, birgalikda kichik charvi
(omentum minus)
deb
ataladi. Me’daning kichik egriligida jigar-me’da boylami yana ikki varaqqa ajralib
uning oldingi va orqa devorini qoplab me’daning katta egriligida ular yana
birikadi. So'ngra ko'ndalang-chambar ichak va ingichka ichak qovuzloqlari oldidan
pastga tushib katta charvining
(omentum majus)
oldingi qatlamini hosil qiladi.
Uning m e’da katta egriligi bilan ko'ndalang chambar ichak o'rtasidagi qismi
me’da-chambar ichak boylami
(lig. gastrocolicum)
deb ataladi. Katta charvining
oldingi qatlami m a’lum sohada orqaga qayrilib, uning orqa qatlamini hosil
qiladi. Ko'ndalang chambar ichakka yetib boigach, katta charvining orqa qatlami
ko'ndalang chambar ichakning charvi tasmasi va uning tutqichiga birikadi.
Ko'ndalang chambar ichakning tutqichidan yuqorida bu qatlamlar pariyetal
qorinpardaga o'tib, m e’da osti bezini old tomondan qoplaydi va qorin
bo'shljg'ining orqa devoriga o'tib ketadi. Katta charvining oldingi va orqa qatlamlari
o'rtasida yog' kletchatkasi bo'ladi.
Qorinpardaning me’da katta egriligidan chiqqan ikki varag'i chapga taloq
darvozasiga yo'nalib m e’da-taloq boylamini
(lig. gastrolienale),
m e’daning
kardial qismi bilan diafragma o'rtasida m e’da-diafragma boylamini
(lig.
gastrophrenicum)
hosil qiladi.
Qorinning oldingi devorini qoplagan pariyetal qorinparda kindik bilan
qov simfizi o'rtasida 5 ta burma: toq o'rta kindik burmasi
(plica umbilicalis
mediana),
juft medial va lateral kindik burmalarini
(plicae umbilicales
mediates et laterales)
hosil qiladi. O'rta kindik burmasida homilada
qovuqning uchidan kindikkacha boruvchi bitib ketgan siydik yo'li
(urachus)
yotadi. Medial kindik burmasida bitib ketgan kindik arteriyasi, lateral burmada
esa pastki qorin usti arteriyasi joylashadi. Qovuq ustida o'rta kindik burmasining
yon tomonlarida o'ng va chap qovuq usti chuqurchalari, medial va lateral
burmalar o'rtasida medial chov chuqurchalari joylashadi. Lateral burmadan
tashqarida lateral chov chuqurchasi bo'lib, unga chov kanalining chuqur
teshigi to'g'ri keladi.
Qorinning old devorini qoplagan qorinparda yon tomonga yo'nalib,
o'ng tomondan qorinning orqa devoriga o'tib, ko'richak va chuvalchangsimon
o'simtani hamm a tomondan o'rab uning tutqichini
(mesoappendix)
hosil
qiladi. Qorinparda ko'tariluvchi chambar ichakni old va ikki yon tomondan
o'rab, o'ng buyrakning pastki qismining oldingi yuzasidan o'tadi. So'ngra
ichki tomonga yo'nalib, belning kvadrat mushagi va siydik yo'lining oldidan
o'tib, ingichka ichak tutqichi ildizi
(radix mesenteri)
oldida tutqichning
o'ng varag'iga aylanadi. Tutqich ildizida uning chap varag'i qorin devorining
orqa tomonini qoplagan qorinpardaga o'tadi. Ingichka ichak tutqichi yuqoridan
pastga, chapdan o'ngga II bel umurtqasi sohasidan dumg'aza-yonbosh
bo'g'imigacha qiya joylashgan. Uning uzunligi 15—18 sm, tutqichning erkin
qismi ildizgabaravarlashish uchun 18—20 ta qovuzloq hosil qiladi. Tutqichning
ikki varag'i o'rtasidan qon, limfa tomirlar va nervlar o'tadi. So'ngra qorinparda
chapga tomon chap buyrak pastki qismining oldingi yuzasidan o'tib, pastga
tushuvchi chambar ichakni uch: old va ikki yon tomondan qoplaydi. Uning
pastki qismi sigmasimon ichakni hamma tomondan o'rab uning tutqichini
(mesocolon sigmoideum)
hosil qiladi. Keyin qorinparda qorinning yon
devoridan oldingi devoriga buriladi.
Qorinning orqa devoridan pastga yo'nalgan qorinparda to'g'ri ichak yuqori
qismini o'rab qolmay, uning o'rta qismini va siydik-tanosil a’zolarini ham
qisman o'raydi. Erkaldarda to'g'ri ichakni oldingi yuzasini o'ragan qorinparda
to'g'ri ichak-qovuq chuquriigi
(excavatio rectovesicalis)ni
hosil qilib, qovuqning
orqa, keyin ustki yuzasidan o'tib qorinning oldingi devorini qoplagan
qorinpardaga davom etadi. Ayollarda qorinparda to'g'ri ichakning oldingi yuzasidan
qinning yuqori qismi orqa devoriga, undan yuqoriga ko'tarilib, bachadon
orqasidan, so'ngra oldidan qovuqqa o'tadi. Bunda to'g'ri ichak bilan bachadon
o'rtasida to'g'ri ichak-bachadon chuquriigi
(excavatio rectouterina),
bachadon
bilan qovuq o'rtasida esa
excavatio vesicouterina
hosil bo'ladi.
Qorinparda bo'shlig'i shartli ravishda ikki: yuqori va ostki qavatga bo'linadi.
Yuqori qavat yuqori tomondan diafragma bilan, pastdan ko'ndalang chambar
ichak va uning tutqichi bilan chegaralanadi. Yuqori qavatda m e’da, jigar, o 't
pufagi, taloq va o'n ikki barmoq ichakning yuqori qismi hamda me’da osti bezi
joylashadi. Qorinparda bo'shlig'ining yuqori qavati uchta qopchaga bo'linadi.
Jigar qopchasi
(bursa hepatica)
o‘roqsimon boylamdan o'ng tomonda
joylashib, unda jigaming o'ng bo'lagi joylashadi. Bu qopchani yuqoridan
diafragma, oldindan va yon tomondan qorin devori chegaralaydi.
M e’da oldi qopchasi
(bursa pregastrica)
m e’da oldida joylashib,
yuqoridan diafragma, o'ng tom ondan o'roqsim on boylam, oldindan
qorinning oldingi devori bilan chegaralangan. Unda jigaming chap bo'lagi
va taloq joylashadi.
Charvi qopchasi
(bursa omentalis)
me’da va kichik charvi orqasida yotadi.
Uni yuqori tomondan jigaming dumli bo'lagi, pastdan ko'ndalang chambar
ichak tutqichi va uning chap bo'lagi, oldindan m e’daning orqa devori,
kichik charvi, m e’da-chambar ichak va me’da-taloq boylamlari, orqadan
chap buyrak usti bezi, chap buyrak, m e’da osti bezining oldingi yuzasi,
pastki kovak vena va aortani qoplagan pariyetal qorinparda chegaralaydi. Chap
tomondan charvi qopchasi taloq daivozasigacha borib taloq chuquriigi
(recessus lienalis)ni
hosil qiladi. Charvi qopchasi o'ng devoridagi 2—3 sm
kattalikdagi charvi (Vinslov) teshigi va dahlizi
(foramen et vestibulum bursae
omentalis)
vositasida jigar qopchasi bilan qo'shilib turadi. Bu teshik yuqoridan
jigaming dumli bo'lagi, pastdan o'n ikki barmoq ichakning yuqori qismi,
oldindan kichik charvi va orqadan pastki kovak venani qoplagan pariyetal
qorinparda bilan chegaralanadi.
Qorinparda bo'shlig'ining ostki qavati ko'ndalang chambar ichak va uning
tutqichidan pastda joylashib, kichik chanoq bo'shlig'iga o'tib ketadi. Bu qavatda
ingichka va yo'g'on ichak, siydik va tanosil a’zolari joylashadi. Qorinning
o'ng yon devori bilan chambar ichakning ko'tariluvchi qismi o'rtasida o'ng
yon kanal
(canalis lateralis dexter),
chap yon devori bilan chambar
ichakning tushuvchi qismi o'rtasida chap yon kanal
(canalis lateralis
sinister)
joylashadi. Qiya yo'nalgan ingichka ichak tutqichi ostki qavatni
Ikkita o'ng va chap bo'shliqqa ajratadi. Ingichka ichak tutqichining yuqorisidagi
o'ng bo'shliqni—
sinus mesentericus dexter,
ichak tutqichning ostidagi
chap bo'shliqni —
sinus mesentericus sinister
deb ataladi.
Qorin bo'shlig'ining orqa devorini qoplagan pariyetal qorinparda qorin
devoridan a’zolaiga va a’zolardan a’zolaiga o'tganida burmalar yoki chuquriiklar
hosil qiladi. O'ng tomondan o'n ikki barmoq och ichak burilish burchagi va
chap tom ondan yuqori o'n ikki barmoq boylam o'rtasida uncha katta
bo'lmagan yuqori va ostki o'n ikki barmoq chuqurliklari
(recessus duodenalis
superior et recessus duodenalis inferior)
bor.
Yonbosh ichakning ko'richakka o'tish joyida qorinparda yonbosh ichakning
oxiigi qismining yuqorisida hamda pastida yuqori hamda pastki iliosekal
chuqurlik
(recussus iliocaecales superior et inferior)
hosil qiladi.
Sigmasimon ichak tutqichining chanoq devoriga birikkan joyida uncha katta
bo'lmagan sigmasimonaro chuqurlik
(recessus intersigmoideus)
hosil bo'ladi.
Qorinparda qorin bo'shlig'i a ’zolarini turlicha o'raydi. Agar qorinparda
a’zolami har tom ondan o'rasa, ulami intraperitoneal a’zolar deb ataladi.
B unday a ’zolarga: m e ’da, och va y o n bo sh ich ak , k o 'ric h a k va
chuvalchangsimon o'simta, o‘n ikki barmoq ichakning boshlang'ich qismi,
ko'ndalang chambar ichak, sigmasimon ichak, to 'g 'ri ichakning yuqori
qismi, taloq va bachadon kiradi.
Agar qorinparda a’zolami uch tomondan o'rasa, ulami mezoperitoneal
a’zolar deb ataladi. Bunday a’zolarga: ko'tariluvchi va tushuvchi chambar
ichak, jigar, to'g'ri ichakning o'rta qismi va to'lgan holatdagi qovuq kiradi.
Qorinparda a’zolami bir tomondan o'rasa, bunday a’zolami ekstraperitoneal
a’zolar deb ataiadi. Ulaiga: me’da osti bezi, o'n ikki barmoq ichakning pastga
tushuvchi qismi, to'g'ri ichakning oxiigi qismi, buyrak, buyrak usti bezi va
siydik yo'li kiradi.
Qorinpardaning taraqqiyoti ancha murakkab. Birlamchi ichak nayi dastlab
qorin bo'shlig'ining orqa devoriga dorsal ichak tutqichi vositasida birikadi.
Bundan tashqari, uning yuqori m e’da va o 'n ikki barmoq ichak qismida
ventral ichak tutqich bo'lib, u m e’da va o 'n ikki barmoq ichakdan jigarga,
jigardan esa diafragmaga va qorinning oldingi devoriga o'tadi. Dorsal tutqichning
me’da bilan qorin bo'shlig'i orqa devori o'rtasidagi qismi mesogastrium deb
ataiadi. Me’da burilganidan so'ng mesogastrium uzayib ikkiga bukiladi va pastga
qarab burma shaklida osilib turadi. Varaqlar orasidagi bo'shliq katta charvi
bo'shlig'ini, varaqlar esa katta charvini hosil qiladi. Me’da joylashishi o'zgarishi
bilan biiga qorinpardaning bir qismi qolgan qismidan kichik charvi va me’da
vositasida ajrab qoladi. Ular o'zaro kichik teshik —
Dostları ilə paylaş: |