Ichaklar taraqqiyoti
Homila hayotining birinchi oyi oxirida birlamchi ichak nayi m e’dadan
to kloakagacha cho'zilgan bo'lib, ikkita: ventral va dorsal tutqichlari bo'ladi.
Taraqqiyotning erta davrida oldingi tutqich yo'qolib ketadi. 5-haftada ichak
tez o'sib uzayadi va oldinga qarab turtib chiqqan qovuzloq hosil qiladi. Ichak
qovuzlog'ida tushuvchi va ko'tariluvchi tizzalari tafovut qilinadi. Qovuzloqning
uchiga uni kindik bilan bog'lovchi tuxum sarig'i nayi ochiladi. Tez orada bu
nay atrofiyaga uchraydi va ichakning tana oldingi devori bilan aloqasi yo‘qoladi.
Agar bu nay yo'qolmasa, bu yerda umrbo‘yi ko‘r o'simta
(diverticulum)
anomaliya sifatida saqlanib qoladi va Mekkel diverticuli deyiladi. Me’da aylangan
vaqtda ko'tariluvchi tizzaning boshlanish joyida kichkina bo'rtm a, bo'lajak
ko'richak paydo bo'ladi. Pastga tushuvchi tizzaning boshlang'ich qismidan
o 'n ikki barmoq ichak, qolgan qismidan esa ingichka ichak rivojlanadi.
Taraqqiyotning keyingi davrida tushuvchi tizzaning tez o'sishi natijasida ingichka
ichak qovuzloqlari hosil bo'ladi. Birlamchi ko'richak o'ng tomonga jigar
ostiga suriladi, tushuvchi va ko'tariluvchi tizzalar tutqichlari o'zaro kesishadi.
Keyingi bosqichlarda qovuzloqning ko'tariluvchi tizzasi o'sib, ko'richak pastga
tushadi va chambar ichak qismlari paydo bo'ladi. Ichak nayining orqa qismidan
tushuvchi chambar ichak, S-simon ichak va to'g'ri ichak rivojlanadi.
Ingichka ichak
Ingichka ichak
(intestinum tenue)
hazm nayining eng uzun qismi bo'lib,
m e’da bilan yo'g'on ichakning (me’daning chiqish qismi bilan ileosekal
qopqoq) o'rtasida yotadi. Uning uzunligi tirik odamda 2,2 m dan 4,4 m
gacha, murdada esa 5—6 m, ko'ndalang o'lchami boshlanish joyida 4,7 sm
bo'lsa, oxirida 2,5—2,7 sm bo'ladi. Ingichka ichakda so'lak va m e’da shirasi
ta’sirida maydalangan ovqat bo'tqasi ichak shirasi, me’da osti bezi shirasi va
o't ta’sirida parchalanadi. Bu yerda parchalangan ozuqa moddalar qon va limfa
tomirlariga so'riladi. Ingichka ichakda uch qism: o'n ikki barmoq ichak, och
ichak va yonbosh ichak tafovut qilinadi. Och va yonbosh ichakda ichak tutqichi
bo'lgani uchun ingichka ichakning tutqichli qismi deyiladi.
O 'n ikki barmoq ichak
(duodenum)
ingichka ichakning boshlang'ich
qismi bo'lib, uning uzunligi tirik odamda 17—21 sm, murdada 25—30 sm,
ko'proq taqa, kamroq halqa shaklida bo'ladi. O 'n ikki barmoq ichak qorin
bo'shlig'ining orqa devorida I—III bel umurtqalari sohasida m e’da osti bezi
boshini o'ragan holatda joylashadi. Unda to'rt: yuqori, pastga tushuvchi,
gorizontal va ko'tariluvchi qismlari tafovut qilinadi.
Yuqori qismi
(pars superior)
m e’daning chiqish qismidan boshlanib,
uzunligi 4—5 sm bo'lib, o'ng tomonga yo'naladi. U XII ko'krak yoki I bel
umurtqasining o'ng tomonida m e’daning chiqish qismidan boshlanadi.
O'ngga, biroz orqaga va yuqori tomonga yo'nalib, o'n ikki barmoq ichakning
yoqori burilish burchagini
(flexura duodeni superior)
hosil qilib pastga
tushuvchi qismiga o'tadi.
Pastga tushuvchi qismining
(pars desendens)
uzunligi 8—10 sm bo'ladi.
I bel umurtqasi sohasida boshlanib, pastga tomon tushadi. I ll bel umurtqasi
sohasida chapga burilib, o'n ikki barmoq ichakning pastki burilish burchagini
(flexura duodeni inferior)
hosil qilib, gorizontal qismiga o'tadi.
Gorizontal qismi
(pars horizontalis)
pastki o 'n ikki barm oq ichak
burilish burchagidan chapga tomon yo'nalib, III bel umurtqasi tanasi sohasida
yuqoriga ko'tarilib, ko'tariluvchi qismiga davom etadi.
Ko'tariluvchi qismi
(pars ascendens)
II bel umurtqasi tanasining chap
chekkasi sohasida o‘n ikki barmoq-och ichak burilish burchagi
(flexura
duodenojejunalis)
hosil qilib, och ichakka o'tib ketadi.
0
‘n ikki barmoq ichakni qorin parda boshlanish va oxirgi qismlari har
tomondan rasa, qolgan qismlari qorinparda orqasida yotadi. 0 ‘n ikki barmoq
ichakning shilliq pardasida halqa shaklidagi burmalar
(plicae circularis)
hamda pastga tushuvchi qismining medial devorida joylashgan bo‘ylama burma
(plica longitudinalis duodeni)
bor. Bu burmaning pastki qismidagi o‘n
ikki barmoq ichakning katta so'rg'ichiga
(papilla duodeni major)
umumiy
o‘t yo'li va me’da osti bezi nayi, undan yuqoriroqda joylashgan kichik so'ig'ichga
(papilla duodeni minor)
me’da osti bezining qo'shimcha nayi ochiladi. Bundan
tashqari, o 'n ikki barmoq ichak bo'shlig'iga uning shilliq osti asosida joylashgan
xususiy bezlari
(glandulae duodenales)
ham ochiladi.
Rentgenoanatomiyasi.
O 'n ikki barmoq ichak m e’daning bevosita
davomidir. Uning shakli o'zgaruvchan bo'lib, 60% holatda taqasimon, 25%
holatda halqa shaklida, 15% holatda U shaklida uchraydi. Odamda o 'n ikki
barm oq ichakning uzunligi va kengligi uning tonusiga bog'liq bo'lib,
rentgenologik ko'rinishda uzunligi 9-30 sm, kengligi 1,5-4 sin bo'ladi. O 'n
ikki barmoq ichak to'rt qismdan iborat. Uning I bel umurtqasi sohasida
joylashgan yuqori qismi ampula (piyozcha) va ampuladan keyingi yuqori
gorizontal qismdan iborat. Rentgenologik ko'rinishda o'n ikki barmoq ichakning
piyozchasi uchburchak shaklida soya beradi. Uchburchakning asosi m e’daning
chiqish qismiga qaragan bo'lib, undan torayma bilan ajragan bo'ladi. Uchi
esa o 'n ikki barmoq ichak shilliq pardasining birinchi halqasimon burmasi
sohasiga to'g'ri keladi. Piyozcha yuqori va past tomondan yumaloq bo'rtmalar
shaklidagi cho'ntaklar hosil qilib tugaydi. O 'n ikki barmoq ichak rentgen
ko'rinishi uning shilliq pardasi burmalariga bog'liq. Piyozcha sohasida burmalar
bo'lmagani uchun uning ko'rinishi tekis, ichakning boshqa qismlarida esa
ko'ndalang burmalar kontrast massaning burmalararo oraliqqa oqishi hisobiga
tishli ko'rinish hosil qiladi.
Yangi tug'ilgan chaqaloq o'n ikki barmoq ichagi halqa yoki П shaklida
bo'lib, uzunligi 7,5—10 sm bo'ladi. Boshlanish joyi va oxiri I bel umurtqasi
sohasida joylashgan. Besh oylik bolada o'n ikki barmoq ichakning yuqori
qismi XII ko'krak umurtqasi sohasida joylashgan. Unda pastga tushuvchi va
ko'tariluvchi qismlari paydo bo'ladi. Bola hayotining birinchi yilida o 'n ikki
barmoq ichakda to'rt: yuqori, pastga tushuvchi, gorizontal va ko'tariluvchi
qismlari tafovut qilinadi. Bolalarda u harakatchan bo'lib tez o'sishi 5 yoshgacha
davom etadi, keyinchalik sekinlashadi. Bola 7 yoshga to'lganida pastga tushuvchi
qismi II bel umurtqasigacha, 12 yoshda undan pastroqqa tushib joylashishi
kattalamikiga o'xshab qoladi. Yangi tug'ilgan chaqaloq o'n ikki barmoq ichagi
bezlari uncha katta bo'lmay, nisbatan kam shoxlangan bo'ladi. Bola hayotining
birinchi yilida bu bezlar tez o'sadi.
Ingichka ichakning tutqichli qismi o 'n ikki barmoq ichakning davomi
bo'lib, ko'ndalang chambar ichak va uning tutqichidan pastda, old tomondan
katta charvi bilan yopilgan, 14—16 qovuzloq hosil qilib joylashadi. Uning 2 /
5 qismi och ichakka, 3/5 qismi yonbosh ichakka to ‘g‘ri keladi. Bu ikki
bo'lim o'rtasida aniq chegara yo‘q.
Och ichak
(jejunum)
o ‘n ikki barmoq ichakning bevosita davomi
bo'lib, qorin bo'shlig'ining chap yuqori qismida yotadi. Uning qovuzloqlari
gorizontal joylashgan.
Yonbosh ichak (ilium) qorin bo'shlig'ining o'ng pastki qismini egallab,
o'ng yonbosh chuqurchasida ko'richakka o'tib ketadi. Uning qovuzloqlari
vertikal joylashgan.
Ingichka ichakning devori quyidagi tuzilishga ega:
Shilliq qavat
(tunica mucosa)
pushti rangda bo'lib, unda 650 taga yaqin,
balandligi 8 mm gacha bo'lgan halqasimon burmalar
(plicae circularis)
bor.
Burmalaming balandligi och ichakdan yonbosh ichakka qarab kamayib
boradi. Ingichka ichakning shilliq pardasi bir qavat silindrsimon epiteliy
bilan qoplangan. Shilliq pardada ko'p sonli (4 mln) uzunligi 0,2—1,2 mm
bo'lgan ichak vorsinkalari
(villi intestinales)
bo'lib, unga duxobaga o'xshash
ko'rinish beradi. Vorsinkalar va burmalar hisobiga shilliq qavatning ovqat
so'ruvchi yuzasi 24 marta kattalashadi. Vorsinkalaming yuzasi 4—5 m 2
maydonni tashkil qilib, odam terisi yuzasidan 2—3 marta katta. Voisinkalaming
miqdori och ichakda ko'proq bo'lib, ular bu sohada ingichka va uzunroq
bo'ladi. Ularning markazida limfa sinusi, uning atrofida qon tomirlar
joylashgan. Vorsinkaga arteriola kirib, kapillarga bo'linadi va undan venulla
chiqadi. Ingichka ichak shilliq pardasini qoplagan epiteliy hujayralari o'rtasida
ko'p sonli shilliq ishlab chiqaruvchi qadahsimon hujayralar uchraydi. Ovqat
bo'tqasidan yog'lar limfa tomirlaiga, oqsil, uglevodlar vena tomirlariga so'riladi.
Vorsinkalar oralig'iga ichak bezlarining
(glandulae intestinales)
nayi
ochiladi. Ingichka ichak shilliq qavatida ko'p sonli (15.000 ga yaqin) yakka
holdagi limfatik folUkulalar
(folliculi lymphatici solitarii)
va limfatik
fo llik u la la r to 'p la m i (2 0 —30 ta)
(fo llicu li lym p hatici a g re g a ti)
joylashgan. Limfatik follikulalar to'plami cho'zinchoq shaklda, uzunligi 2—
3 sm, kengligi 0,8—1 sm bo'lib, ichak tutqichiga qarama-qarshi tomonda
joylashadi. Ingichka ichakning shilliq qavatida xususiy mushak qatlami
(lamina
m uscullaris m u cosae)
bo'ladi.
Shilliq osti qavat
(tela submucosa)
nisbatan qalin, yumshoq tolali
biriktiruvchi to'qim adan tashkil topgan bo'lib, qon va limfa tomirlar, nervlar
joylashgan.
M ushak qavat
(tunica muscularis)
ikki: tashqi bo'ylam a
(stratum
longitudinale)
va ichki halqasimon
(stratum circulare)
qavatlardan iborat.
Halqasimon qavati bo'ylamaga nisbatan yaxshi rivojlangan. Yonbosh ichakni
ko'richakka o'tish joyida halqasimon qavat qalinlashgan.
Seroz qavat
(tunica serosa)
qorin pardaning visseral varag'idan hosil
bo'lib, ingichka ichak devorini hamma tomondan o'rab ichak tutqich hosil
qiladi. Seroz pardaning ichak tutqich hosil qiladigan yuzasida uning ikki
varag'i o'rtasidan ichakka qon, limfa tomirlar va nervlar kiradi. Bu pardaning
ostida seroz osti qavati
(tunica subserosa)
bo'lib, mushak qavatni seroz
qavatdan ajratib turadi.
Rentgenoanatomiyasi.
Och ichakning boshlanish joyi o ‘n ikki barmoq
och ichak burilish burchagiga to‘g‘ri kelib, undan birinchi qovuzloq chap
tomonga yo'naladi. Och ichak qorin bo'shlig'ining o'rta chap qismida joylashib,
yuqori qovuzloqlari gorizontal, pastkilari esa vertikal yo'nalishda bo'ladi.
Yonbosh ichak qorin bo'shlig'ining pastki o'ng qismida joylashgan. Uning
boshlang'ich qovuzloqlari vertikal yo'nalib, pastki qismi kichik chanoqda
qovuzloqlar to'plami shaklida bo'ladi. Ingichka ichak rentgenogrammada 1—2
sm kenglikdagi ingichka tasma shaklida ko'rinadi. Ingichka ichak shilliq pardasi
ko'rinishi asosini kerkrin halqasimon burmalari hosil qiladi. Ular och
ichakning boshlang'ich qismida ko'p joylashib, yonbosh ichakka tomon
kamayib boradi. Burmalaming balandligi och ichakda 2—3 mm, yonbosh
ichakda 1—2 mm. Rentgenogrammada ichak bo'shlig'i mayda tishsimon
chekkaga ega bo'lib, och ichakda yaqqol ko'rinishga ega, chunki undan bariy
nisbatan tez o'tadi. Agar bariy bilan biroz to'latilsa, ko'ndalang burmalar
ingichka ichak bo'shlig'ining bor bo'yiga ko'rinadi.
Yangi tug'ilgan chaqaloqning ingichka ichagi uzunligi 150—300 sm
bo'lib, och ichak qovuzloqlari gorizontal, yonbosh ichakniki esa vertikal
holatda joylashgan. Ularda ichak uzunligining tana uzunligiga nisbati 8,3:1
bo'lsa, bir yoshda 6:1, katta odamda 5,4:1 bo'ladi.
O'g'il bolalarning ichagi qiz bolalamikiga nisbatan uzun bo'ladi. Ingichka
ichakning kengligi bir yoshda 16 mm, 3 yoshda 2,3 sm. Yosh bolalarda
ingichka ichak devori shilliq qavati yupqa, qon tomirlarga boy bo'lib,
burmalari, vorsinkalari va bezlari yaxshi taraqqiy etmagan bo'ladi. Yangi
tug'ilgan chaqaloqning ingichka ichagi shilliq qavatida halqasimon burmalar
och ichakning boshlang'ich qismida bo'lib, keyinchalik boshqa qismlarda
ko'plab paydo bo'ladi. Ichak bezlari kattalamikiga nisbatan yirik bo'lib, bir
yoshga borib soni ko'payadi. Mushak qavati, ayniqsa, bo'ylama qavati kam
taraqqiy etgan bo'ladi. Emizikli davrda ingichka ichak qovuzloqlari qorin
devoriga tegib turadi. Ikki yoshdan so'ng o'sayotgan katta charvi uni old
tomonidan qoplasa, 7 yoshda uni qorin devoridan butunlay ajratadi.
Yo‘g‘on ichak
Yo'g'on ichak
(intcstinum crassum)
ingichka ichakning bevosita davomi
bo'lib, orqa chiqaruv teshigi bilan tugaydi. Yo'g'on ichak qorin va chanoq
bo'shlig'ida joylashib, uzunligi 1 — 1,5 m, kengligi 5—8 sm, oxirgi qismida
4 sm ga yaqin. Yo'g'on ichak uch qism: ko'richak (chuvalchangsimon o'simta
bilan), cham bar ichak va to'g'ri ichakdan iborat. Cham bar ichak, o'z
navbatida to'rt: ko'tariluvchi, ko'ndalang, tushuvchi va sigmasimon ichakka
bo'linadi. Y o'g'on ichak ingichka ichakdan joylashishi, shakli va tuzilishi
bilan farq qiladi. Y o'g'on ichak o'zining kul rangi bilan pushti rangli
ingichka ichakdan farq qiladi.
Uning tuzilishidagi asosiy farqlari quyidagilar:
1. Y o'g'on ichakning bo'ylama mushak qavati tashqi yuzasida kengligi 1
sm bo'lgan uchta tasma hosil qiladi. Tasmalar chuvalchangsimon o'simta
asosida o'zaro qo'shilgan holatda boshlanadi va to'g'ri ichakda tugaydi. Ulaming
bittasi ko'richak, ko'tariluvchi va tushuvchi chambar ichakning oldingi
erkin yuzasi (ko'ndalang chambar ichakni pastki yuzasida) bo'ylab yo'nalgan
bo'lib, erkin tasma
(tenia libera)
deyiladi. Ikkinchisi ko'ndalang chambar
ichakning tutqichi birikkan joy bo'ylab yo'nalgan tutqich tasmasi
(tenia
mesocolica),
uchinchisi esa ko'ndalang chambar ichakning old tomonida
katta charvi birikkan joyda joylashib charvi tasmasi
(tenia omentalis)
deyiladi.
2. Yo'g'on ichakning tashqi yuzasi tekis bo'lmay, mushak tasmalari o'rtasida
tashqariga bo'rtib chiqqan pufaksimon kengaymalar
(haustrae coli)
bor. Ular
mushak tasmalari va ichak qismlari uzunligining mos kelmasligidan hosil
bo'ladi. Gaustralar bir-biridan ko'ndalang egatlar vositasida ajralib turadi. Bu
egatlar ichak bo'shlig'iga qavarib, yarimoysimon burmalar hosil qiladi.
3. Yo'g'on ichakning tashqi yuzasida erkin va charvi tasmalari bo'ylab
uzunligi 4—5 sm bo'lgan yog‘ o'simtalari
(appendicis epiploicae)
bor.
4. Yo'g'on ichakning kengligi ingichka ichakka qaraganda ikki marta katta.
Y o'g'on ichak devori qavatlarining tuzilishi ham o'ziga xos bo'ladi:
Shilliq qavat
(tunica mucosa)
yaxshi rivojlangan, silindrsimon epiteliy
bilan qoplangan, vorsinkalari bo'lmaydi. Unda yarimoysimon burmalar
(plicae semilunaris coli)
bo'lib, ular uch qator mushak tasmalari o'rtasida,
gaustralar oralig'ida joylashadi. Shilliq qavatda xususiy mushak tutamlari
(lamina muscullaris mucose),
yakka holdagi follikulalar
(folliculi lymphatici
solitari),
yo'g'on ichak bezlari
(glandulae intestinales)
va qadahsimon
hujayralar ko'p.
Shilliqosti qavat
(tela submucosa)
yaxshi rivojlangan bo'lib, shilliq
pardada burmalar hosil bo'lishida uning ahamiyati katta.
Mushak qavat
(tunica muscularis)
ikki qavatdan iborat. Bo'ylama qavat
(stratum longitudinalis)
uchta tasma shaklida joylashgan bo'lib, halqasimon
qavat
(stratum circulare)
yarimoysimon burmalar ostida biroz qalinlashadi.
Seroz osti tana
(tela subserosa)
yo'g'on ichakning qorin parda bilan
o'ralgan qismida uchraydi. U mushak qavatni seroz qavatdan ajratib turadi.
Seroz qavat
(tunica serosa)
yo'g'on ichakning hamma qismini bir xil
o'ramaydi.
Yangi tug'ilgan chaqaloq yo'g'on ichagining uzunligi o'rta hisobda 63 sm.
Uning mushak tasmalari yaxshi taraqqiy etmagan bo'lib, pufaksimon
kengaymalari va yog' o'simtalari bo'lmaydi. Yo'g'on ichakning pufaksimon
kengaymalari bola 6 oylik bo'lganida, yog' o'simtalari esa ikki yoshda paydo
bo'ladi. Y o'g'on ichakning uzunligi 1 yoshda 83 sm, 10 yoshda 118 sm ga
yetadi. 6—7 yoshlarda yo'g'on ichakning mushak tasmalari, pufaksimon
kengaymalari va yog' o'simtalari to'liq shakllanib bo'ladi.
Katta yoshdagi odamda ko'richakning joylashishi turlicha bo'ladi. U
yonbosh suyagi oldingi yuqorigi o'simtasidan tepada yoki kichik chanoq
bo‘shlig‘ida joylashishi mumkin. Ko‘richakning
orqa medial yuzasida mushak tasmalari o'zaro
birikkan joydan chuvalchangsimon o'simta
(appendix vermiformis)
boshlanadi. Uning
uzunligi 2—20 sm, kengligi 0,5—1 sm. U
qorinparda bilan hamma tomondan o'ralib
tutqich
(m esoappendex)
hosil qiladi. Bu
o'simtaning joylashishi ko'richakning holati
va uzunligiga bog'liq. Asosan u o'ng yonbosh
chuqurchasida, ba’zan yuqori, pastroqda yoki
ko'richakning orqasida bo'lishi mumkin.
Uning shilliq pardasida juda ko'p limfoid
follikullalar to'plam i
(folliculi lymphatici
aggregate appendices vermiformis)
joylashgan.
Yonbosh ichakni ko'richakka o'tish joyida
yaxshi taraqqiy etgan burma shaklidagi qopqoq
(valva ileocaecalis)
bor. U quyg'ich shaklida
bo'lib, tor qismi ko'richak bo'shlig'iga qaragani
uchun ovqat massasini bir tomonga qarab
o'tkazadi. Ileosekal qopqoqdan biroz pastroqda ko'richakning ichki yuzasida
chuvalchangsimon o'simta tirqishi
ostium appendices vermiformis)
joylashgan.
Chuvalchangsimon o'simta tirqishi atrofida shilliq parda burmasi shaklidagi
qopqoq bor.
Yangi tug'ilgan chaqaloq ko'richagi qisqa va keng, konussimon shaklga
ega bo'lib, uzunligi 1,5 sm, kengligi 1,7 sm bo'ladi. 7 yoshda uning shakli
kattalamikiga o'xshab qoladi. Chaqaloqning ko'richagi yonbosh suyagi
qanotidan yuqoriroq joylashgan bo'lib, 14 yoshda u o'n g yonbosh
chuqurchasiga tushadi.
Yangi tug'ilgan chaqaloqda chuvalchangsimon o'simta uzunligi 2—8 sm.
Uning bo'shlig'i nisbatan keng bo'lib, ochiq teshik orqali ko'richak bilan
qo'shilib turadi. Emizikli davrda o'simtaga kirish yerida burma paydo bo'lib,
undan qopqoq rivojlanadi. Bu davrda chuvalchangsimon o'simta uzunligi o'rta
hisobda 6 sm bo'lsa, 10 yoshda 9 sm, 20 yoshda esa 20 sm ga yetadi. Emizikli
davrda chuvalchangsimon o'simta shilliq pardasida juda ko'p limfoid follikula
to'plami bo'lib, bolalikning ikkinchi davrida ulaming taraqqiyoti yuqori
darajaga yetadi.
Yangi tug'ilgan chaqaloqda ileosekal teshik aylana yoki uchburchak shaklida
ochiq bo'ladi. Bir yoshdan keyin u yorig'simon shakl oladi. Ileosekal qopqoq
bolalarda uncha katta bo'lmagan burma ko'rinishiga ega va kam rivojlangan
bo'ladi, shuning uchun ularda ovqat moddalari ko'richakdan yonbosh ichakka
qaytib o'tishi mumkin.
Ko'tariluvchi chambar ichak
(colon ascendens)
ko'richakning yuqori
tomonga davomi bo'lib, qorin bo'shlig'ining o'ng yon tomonida yotadi. Uning
uzunligi 15—20 sm. Jigaming o'ng bo'lagi visseral yuzasiga borganida u
68-rasm. Ko'richak chuvalchang-
simon o'simta bilan. 1-ostium ile-
ocaecale; 2-valva ileocaecalis;
3-colon ascendens; 4-ileum; 5-os
tium appendices verm iform is;
6-appendix vermiformis; 7-caecum.
chapga burilib o‘ng chambar ichak burilish burchagini
(flexura coli dextra)
hosil qilib, ko'ndalang chambar ichakka o'tib ketadi. U orqa tom ondan
belning kvadrat va qorinning ko'ndalang mushagi, o'ng buyrakning oldingi
yuzasiga, lateral tom ondan qorin bo'shlig'ining o'ng devoriga, medial
tomondan katta bel mushagi va yonbosh ichak qovuzloqlariga, old tomondan
qorinning oldingi devoriga tegib turadi. Qorinparda bilan old va ikki yon
tomonidan o'ralgan.
Yangi tug'ilgan chaqaloqda u yaxshi taraqqiy etmagan bo'lib, uzunligi 7
sm. Emizikli davrda u o'ziga xos bukilmalar hosil qiladi. Yangi tug'ilgan
chaqaloqda jigar uni old tomonidan yopib tursa, 4 oylik bolada uning yuqori
uchiga tegib turadi. 7 yoshli bolada ko'tariluvchi chambar ichakning old
tomonidan katta charvi qoplaydi. Emizikli davrda ko'tariluvchi chambar ichak
tez o'sib uzunligi 9,6 sm, 10 yoshda esa 13 sm, balog'at yoshida tuzilishi
kattalamikiga o'xshash bo'ladi.
Ko'ndalang chambar ichak
Dostları ilə paylaş: |