0 ‘z b e k is t 0n respublikasi oliy уа 0 ‘rta m axsus ta’lim vazirligi


H azm   a ’zolari  devorining  tu zilishi



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/63
tarix13.04.2017
ölçüsü4,47 Mb.
#13873
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   63

H azm   a ’zolari  devorining  tu zilishi

Hazm  nayining  devori  umumiy  tuzilishga  ega  bo'lgani  bilan,  har  bir 

a’zoda uning vazifasiga qarab ayrim xususiyatlarga ega.  Hazm a ’zolari ichki 

tomonidan shilliq qavat bilan qoplangan bo'lib, u shilliq osti qavat vositasida 

mushak qavatdan ajrab turadi.

Shilliq  qavati 



(tunica  mucosa) 

pushti  rangda  bo'lib,  cho'ziiuvchan, 

qalinligi  1—1,5  mm.  Uning  yuzasi  shilliq  bezlari  ishlab  chiqargan  shilliq 

bilan  qoplangan.  Shilliq  parda  ustidan  epiteliy  bilan  qoplangan  bo'lib,  u 

tashqi muhit hamda hazm a’zolari devori o'rtasida to'siq vazifasini bajaradi. 

Bundan tashqari,  bu  epiteliydan  hazm tizimi bezlari  taraqqiy etadi.  Shilliq 

qavat  yuzasida  burm alar,  vorsinkalar  b o 'lib ,  ular  a ’zolar  yuzasini 

kattalashtiradi va ozuqa moddalaming so'rilishida ishtirok etadi.

Shilliq  osti  qavati 

(tela  submucosa) 

biriktiruvchi  to'qim adan  tuzilgan 

bo'lib,  unda  qon  va  limfa  tomirlar,  nervlar,  bezlar  va  limfoid  follikulalar 

joylashgan.  Shilliq  osti  asosi  yordamida  shilliq  qavat  harakatchan  bo'lib, 

burmalar hosil  qiladi.  U yo'q joylarda shilliq qavat mushak qavatga birikib 

burmalar  hosil  qilmaydi.

Mushak  qavat 

(tunica  muscularis) 

shilliq  osti  qavatning  tashqarisida 

joylashadi.  U  hazm  nayining boshlang'ich  qismi  (og'iz bo'hlig'i,  halqum, 

qizilo'ngachning yuqori uchdan biri va oxirida (orqa chiqaruv teshigi tashqi 

sfinkteri)  ko'ndalang-targ'il  mushak,  qolgan  qismlarida  silliq  mushak


tolalaridan iborat. Silliq mushak tolalari ikki xil yo‘nalishda: ichki halqasimon 

va tashqi bo'ylama qavat bo'lib joylashadi.  Mushaklaming qisqarishi ovqat 

moddalami mexanik maydalash va harakatlanishini ta’minlaydi.

Seroz qavat 



(tunica serosa) 

qorinpardaning visseral varag'i bo'lib,  qorin 

bo'shlig'i a’zolarini tashqi tomondan o'rab turadi.  Hazm nayining qorinparda 

bilan o'ralmagan qismlari  (halqum,  qizilo'ngach va to'g'ri ichakning pastki 

qismi  biriktiruvchi  to'qimali  parda 

(tunica  adventitia) 

bilan  qoplangan.



Hazm  a ’zolari  bezlari

Bezlar 


(glandulae) 

epiteliy hujayralari, biriktiruvchi to'qima, qon tomirlar 

va nervlardan tashkil topgan bo'lib, organizmning hamma qismida uchraydi. 

Bezlar tuzilishi,  katta-kichikligi  hamda ajratadigan suyuqligi tarkibiga ko'ra 

turli  xil  bo'ladi.  Hazm  a’zolarining  bezlari  ichak  nayi  shilliq  pardasining 

epiteliy hujayralaridan taraqqiy etadi.  Epiteliy  hujayralari m a’lum sohalarda 

zo'r berib o'sishi natijasida bo'rtma, qopcha shaklida bezlar paydo bo'ladi.  Bu 

bezlar o'zi ishlab chiqargan suyuqligini naycha 



(tubuli) 

orqali a’zo bo'shlig'iga 

chiqarsa — tashqi sekret bezlari deyiladi. Tashqi sekret bezlari ikki xil: sodda va 

murakkab tuzilishga ega bo'ladi. Sodda bezlar bez alveolalari va sekret ajratuvchi 

naychadan iborat bo'ladi. Sodda bezlar turkumiga og'iz bo'shlig'i mayda bezlari

halqum, qizilo'ngach, m e’da va ichak bezlari kiradi. Ular ikki xil ko'rinishda: 

sodda naysimon va sodda tarmoqlangan shaklda uchraydi.

1.  Sodda  naysimon  bezlaming  bir  uchi  biriktiruvchi  to'qim ada  yopiq 

holatda tugaydi,  ikkinchi  uchi  epiteliy  yuzasiga  ochiladi.  Bunday bezlarga 

ichak va me’da tubi bezlari kiradi.

2.  Sodda  tarmoqlangan  bezlaming  yopiq  uchi  bir  nechta  ikkilamchi 

naychalar hosil qiladi.  Bunday bezlarga me’daning pilorik bezlari va o'n  ikki 

barmoq ichak bezlari kiradi.

Murakkab  tuzilgan  bezlar  alohida bo'lakchalardan 



(lobuli) 

iborat.  Bu 

boiakcha naychalari bir-biriga  qo'shilib,  umumiy naychani  hosil  qiladi va 

bez shu naycha orqali o'z suyuqligini ajratadi.  Murakkab bezlarga me’da osti 

bezi,  quloq oldi, jag'  osti  va til  osti bezlari  kiradi.

Agarda  taraqqiyot  davrida  bez  to'qimasi  o'zi  taraqqiy etgan  epiteliydan 

ajrab,  chiqaruv  nayi  yo'qolib  ketsa,  ichki  sekret  bezlari  paydo  bo'ladi.  Bu 

bezlar  suyuqligini  (gormon)  qonga  yoki  limfaga  quyadi.  Bunday  bezlarga 

qalqonsimon,  qalqonsimon orqa,  gipofiz,  epifiz vabuyrakusti bezlari kiradi.

Aralash  bezlar  (m e’da  osti  bezi  va jinsiy  bezlar)  ikki  xil  sekret  ishlab 

chiqaradi.

Hazm  a’zolarining  taraqqiyoti

Ovqat hazm qilish kanali pushtda birlamchi ichak nayi shaklida bo'lib, 

homilada u og'iz bo'shlig'i, halqum, qizilo'ngach, me’da va ichaklaiga bo'linadi. 

Hazm   tizimi  homila  hayotining  4-oyidan  faoliyat  ko'rsata  boshlaydi.  Bu



davrda  homila  ichagida  bargrang  mekoniy bo'lib,  uning  tarkibiga  epiteliy 

hujayralari,  shilliq,  o 't hamda homila yutgan amnion suyuqligi  tarkibidagi 

moddalar bo'ladi.  Homila  davrining  so'ngida  hazm  tizimi  yangi  tug'ilgan 

chaqaloqning hayotiy vazifalarini bajarish qobiliyatiga ega bo'ladi.



Birlamchi  ichak  nayining  boshlang‘ich  qismidan  rivojlanuvchi  a’zolar

Hazm tizimining oldingi uchi ektodermadan taraqqiy etadi. Bosh miyaning 

oldingi qismi tez o'sishi natijasida peshona bo'rtig'i, uning ostida esa botiqlik 

—  og'iz  ko'rfazi  hosil  bo'ladi.  Og'iz  ko'rfazi  chuqurlashib  entodermadan 

hosil bo'lgan  birlamchi  ichak nayining oldingi uchiga yaqinlashadi va  uni 

qoplagan  ektoderma birlamchi  ichak  entodermasi  bilan  qo'shilib  epitelial 

halqum pardasini 

(membrana pharyngea) 

hosil qiladi.  Homila hayotining 3- 

haftasida  bu  parda  so'rilib,  og'iz  ko'rfazi  birlamchi  ichak bo'shlig'i  bilan 

qo'shiladi.  Og'iz ko'rfazi  yon  va  past  tomondan 



visseral  ravoq  hosilalari 

bilan  chegaralangan.  Bu  ravoqning  yuqori jag'  o'simtasidan:  yuqori jag', 

tanglay, yuqori  labning tashqi  qismi,  lunj, burun bo'shlig'ining yon devori 

hosil bo'ladi. Juft pastki jag'  o'simtasining birikishidan esa pastki jag', pastki 

lab,  og'iz  bo'shlig'ining  tubi  hosil  bo'ladi.  Yuqori jag'  o'simtalari  orasiga 

peshona bo'rtig'ining o'rta burun o'simtasi kiradi va undan qattiq tanglayning 

keskich qismi va yuqori labning o'rta qismi  hosil bo'ladi. Agar shu o'simta 

yuqori jag'  o'simtalari  bilan birikmasa,  yuqori  lablar birikmay,  quyon  lab 

(labium  leporinum), 

yuqori jag'  o'simtasining tanglay plastinkasi birikmay 

qolsa,  bo'ri  og'iz 

(palatum  fissum) 

hosil  bo'ladi.



O g‘iz  bo'shlig'i

Og'iz bo'shlig'i 



(cavitas oris, 

grekcha—


stoma) 

hazm a’zolari tizimining 

boshlang'ich  qismi.  Og'iz bo'shlig'i  pastdan  og'iz  diafragmasi 

(diaphragma 

oris), 

yuqoridan  qattiq  va  yumshoq  tanglay,  yon  tomondan  lunjlar,  old 

tomondan lablar bilan chegaralansa,  orqada tomoq teshigi 

(fauces) 

vositasida 

halqum  bilan  qo'shiladi.  Tishlar  va  jag'laming  alveolar  o'simtalari  og'iz 

bo'shlig'ini ikki: og'iz dahlizi va xususiy og'iz bo'shlig'iga ajratadi.

Og'iz  dahlizi 

(vestibulum  oris) 

tashqi  tomondan  lablar  va  lunj  bilan, 

ichki tomondan esa tishlar va milk bilan chegaralanadi.  Og'iz dahliziga kirish 

og'iz tirqishi 



(rima  oris) 

lablar bilan  chegaralanadi.

Yangi tug'ilgan chaqaloqda tishlar bo'lmagani hamda jag'laming alveolar 

o'simtasi yaxshi rivojlanmagani uchun og'iz bo'shlig'i kichik bo'lib, og'iz dahlizi 

lablar, lunjlar va milk qirralari o'rtasida joylashgan tor yorig'dan iborat.

Milk 


(gingiva) 

yuqori va pastki jag'laming alveolar o'simtasini qoplagan 

shilliq parda.  U juda qalin va pishiq bo'lib, tish bo'ynini o'rab oladi va suyak 

usti pardaga mustahkam birikadi.

Yangi  tug'ilgan  chaqaloq  milkini  qoplagan  shilliq  parda  qalinlashgan 

bo'lib, bo'lajak tishlar o'm ida bo'rtiqchalar bo'ladi.



Ustki va pastki labning 

(labium superius et inferius) 

asosini og‘iz tirqishi 

atrofidagi  aylana  mushak  tashkil  qiladi.  Uni  tashqi  tomondan  teri 

(pars 

cutanea), 

ichki tomondan shilliq parda 



(pars  mucosa) 

qoplagan.  Ulaming 

o'rtasida oraliq qism 

(pars intermedia) 

joylashgan.  Lablaming shilliq pardasi 

milkka davom etib, o ‘rta chiziqda ustki va pastki lab yuganchasini 

(frenulum 

labii superioris et inferioris) 

hosil qiladi. Yuqori lab yuganchasi biroz yaxshi 

rivojlangan.  Uning  terisi  markazida  tikka  yo'nalgan  keng  egat 

(philtrum) 

bo'lib,  yuqori  lab  bo'rtiqchasigacha 



(tuberculum  labii  superioris) 

davom 


etadi.  Ustki va pastki  lablar og'iz tirqishini chegaralab, ikki tomonda o'zaro 

birikib  lablar  bitishmasini 



(commissura  labiorum) 

hosil  qiladi.  Ustki  lab 

lunjdan burun  lab egati 

(sulcus  nasolabialis) 

vositasida ajralib tursa,  pastki 

lab  engakdan ko'ndalang yo'nalgan  engak lab  egati 

(sulcus  mentolabialis) 

bilan ajrab turadi.  Erkaklarda ustki lab terisida mo'ylov 



(mustax), 

pastki lab 

terisi, engak va bo'yin sohasida soqol 

(papus yoki barba) 

bo'ladi.


Lablaming shilliq osti asosida ko'p sonli lab bezlari 

(glandulae labiates) 

bo'lib, ulaming chiqaruv naylari shilliq parda yuzasiga ochiladi.

Yangi  tug'ilgan  chaqaloq  labi  qalin,  shilliq pardasi  yupqa,  so'rg'ichlar 

bilan qoplangan.  Labning ichki yuzasida ko'ndalang bolishlar bor.  Ustki lab 

o'rtasida  balandligi  4  mm,  kengligi  7  mm  bo'lgan  tepacha  bo'lib,  labni 

qolgan qismidan egat bilan ajratib turadi. Pastki labda esa shunga mos chuqurcha 

bo'ladi.  Emizikli bola  lablarida  so'ruvchi  mushaklar bo'ladi.  Og'iz tirqishi 

atrofidagi aylana mushak yaxshi taraqqiy etgan.

Lunj 

(buccae) 

og'iz  bo'shlig'ini  o'ng  va  chap  tomondan  chegaralab 

turadi.  Uning ichida lunj mushagi 

(m.buccinator) 

joylashib, ichki tomondan 

shilliq parda, tashqi tomondan teri bilan qoplangan. Teri bilan lunj mushagi 

o'rtasida lunjning yog' tanachasi 



(corpus adiposum buccae) 

joylashgan bo'lib, 

u bolalarda yaxshi rivojlangan. Emizikli davrda yog' tanachasi og'iz bo'shlig'i 

devorining qalinlashuviga olib keladi va emish vaqtida og'iz bo'shlig'iga atmosfera 

bosimi  ta’sirini  kamaytiradi.  Lunjning  shilliq  pardasiga  uning  shilliq  osti 

asosida joylashgan lunj bezlarining 



(glandulae buccales) 

chiqaruv naychalari 

ochiladi.  Lunj  shilliq pardasiga  II  ustki katta jag'  tishi  sohasida  quloq oldi 

bezining  chiqaruv  nayi  ochiladi.



Xususiy  og'iz  bo‘shlig‘i

Xususiy  og'iz bo'shlig'i 



(cavitas  oris  propria) 

og'iz  yopiq  holatida  til 

bilan to'lib turadi.  Uni tashqi tomondan yuqori va pastki jag' tishlarining til 

yuzasi  ham da  milk,  yuqori  tom ondan  tanglay,  past  tom ondan  og'iz 

diafragmasini hosil  qiluvchi  mushaklar chegaralab turadi.

Tanglay

Tanglay 


(palatum) 

og'iz bo'shlig'ining yuqori devorini hosil qilib,  ikki 

qismdan: qattiq va yumshoq tanglaydan iborat.


Qattiq tanglay 

(palatum  osseum seu palatum  durum) 

tanglayni  oldingi 

uchdan ikki qismini tashkil qiladi.  U yuqori jag‘ suyagi tanglay o'simtasi va 

tanglay suyagi gorizontal plastinkasidan hosil bo'lgan.  Uni qoplagan shilliq 

parda och pushti rangda bo'lib,  o'rtasida chok 

(raphe palatini) 

joylashgan. 

Undan ikki tomonga qarab ko'ndalang tanglay burmalari 

(plicae palatinea 

transversa) 

yo'naladi.

Yumshoq tanglay 

(palatum molle) 

qattiq tanglayni orqasida joylashib, 

tanglayni  uchdan  bir  qismini  tashkil  qiladi.  U  qattiq  tanglayni  orqasiga 

birikkan.  Uning asosini serbar biriktiruvchi to'qim a 



(aponeurosis palatina) 

va  unga  yopishgan  mushaklar tashkil  qilib,  ust  va  past  tom ondan  shilliq 

parda bilan qoplangan.  Uni qoplagan shilliq parda bevosita qattiq tanglayga 

davom etadi. Yumshoq tanglayning oldingi qismi gorizontal joylashsa, orqa 

qismi  osilib  tanglay  chodirini 

(velum  palatinum) 

hosil  qiladi.  Yumshoq 

tanglayning orqa chekkasi erkin chekka hosil qilib tugaydi.  Uning o'rtasida 

tilcha 


(uvula  palatina) 

bor.  Tanglay  chodirini  yon  chekkalaridan  ikkita 

yoy: oldingi tanglay-til yoyi 

(arcus palatoglossus) 

til ildiziga qarab yo'nalsa, 

orqadagi tanglay-yutqin yoyi 

(arcus  palataphryngeus) 

pastga,  yutqinning 

yon devoriga yo'naladi. Oldingi va orqa yoylar o'rtasida uchburchak shaklidagi 

murtak chuqurchasi 



(fossa tonsillaris) 

bo'lib, unda tanglay murtagi 



(tonsilla 

palatina) 

joylashgan. Yumshoq tanglay tarkibiga (62-rasm) beshta ko'ndalang 

targ'il mushak kiradi:

1 .Tanglay-til  mushagi 



(m.palatoglossus) 

juft,  til  ildizining  lateral 

qismidan boshlanadi. Yuqoriga tanglay-til yoyini hosil qilib ko'tarilib yumshoq

tanglay  aponevroziga  birikadi.  Bu  mushak 

qisqarganida tanglay chodiri pastga tushadi va 

tomoq teshigi torayadi.

2.  T a n g la y -h a lq u m   m u sh ag i  (m . 

palatopharyngeus) 

juft,  uchburchak shaklida. 

Uning keng qismi halqumning orqa devoridan 

boshlanib, yuqoriga ko'tariladi va shu nomdagi 

yoyni hosil qilib tanglay aponevroziga birikadi. 

U qisqarganida tanglay chodiri pastga tushadi va 

tomoq teshigi torayadi.

3. Tilcha mushagi 



(m.uvulae) 

juft, tanglay 

aponevrozidan  boshlanib,  orqa  tom onga 

yo'naladi va tilcha shilliq pardasiga birikib ketadi. 

Qisqarganida tilcha ko'tariladi va qisqaradi.

4.  Tanglay  chodirini  ko'taruvchi  mushak 



(m.  levator  veli  palatini) 

juft,  chakka  suyagi 

piramidasining  pastki  yuzasidan  va  eshituv 

nayining tog'ay qismidan boshlanadi. U vertikal



62-rasm.  Yumshoq  tanglay  mushaklari.  1-m.tensor  veli  palatini;  2-m.  levator  veli  palati­

ni;  3-hamilus pterygoideus;  4-m.palatoglossus;  5-m.  uvulae;  6-m.  palatopharyngeus.



yo'nalib, tanglay aponevroziga birikadi. Qisqarganida tanglay chodirini ko'taradi. 

Tanglayning yuqoridagi  to'rtta mushagini  IX va X juft bosh  miya nervlari 

shoxlaridan hosil bo'lgan 

plexus pharyngeus 

innervatsiya qiladi.

5. 

Tanglay chodirini taranglovchi mushak 



(m. tensor veli palatini) 

juft, 


uchburchak shaklida bo'lib, ponasimon suyak o'simtasidan va eshituv nayining 

tog'ay qismidan boshlanadi. Mushak payi qanotsimon o'simta ilmog'ini aylanib, 

ichkariga yo'naladi va tanglay aponevroziga birikadi.  Qisqarganida tanglay 

chodirini taranglaydi.  Bu mushakni uch shoxli nerv III shoxining n.tensoris 

veli palatini shoxi innervatsiya qiladi.

Qattiq tanglay yangi tug'ilgan chaqaloqda keng va yassi bo'lib, gumbazi 

yaxshi bilinmagan.  Uni qoplagan shilliq parda suyak usti parda bilan yaxshi 

birikkan, burmalari  kam rivojlangan va bezlari kam bo'ladi.

Yangi tug'ilgan chaqaloqda yumshoq tanglay mushaklari yaxshi rivojlangan 

bo'lib, gorizontal joylashgan bo'ladi. Tanglay orqa tomonda tilcha bilan tugasa, 

yon tomonda tomoqning yon devoriga o'tib ketadi. Tanglay chodiri halqumning 

orqa devoriga tegmaydi,  shuning uchun bola  emgan vaqtida  ham bemalol 

nafas  oladi.  Emizikli  va  erta  bolalik  davrida  tishlar  chiqishi  bilan  birga, 

jag'laming alveolar o'simtalari va og'iz bo'shlig'i kattalashadi.  Qattiq tanglay 

gumbazi ko'tariladi.

T ish lar

Tishlar 


(dentes) 

ovqat  hazm  qilishda  ishtirok  etib  qolmay,  odamda 

so'z  bo'g'inlarini  hosil  qilishda  ham  qatnashadi.  UlaT  yuqori  va  pastki 

jag'ning  tish  katakchalarida  milklaming  yuqorigi  chekkasida joylashadi. 

Tishlar kimyoviy tarkibi va fizik xususiyatlari jihatidan suyaklarga o'xshaydi 

va ulardan  kelib  chiqishi bilan farq  qiladi.  Tish uch  qismdan:  toji, bo'yni 

va ildizidan iborat.

Tish  toji 



(corona  dentes) 

tishning  og'iz  bo'shlig'ida  ko'rinib  turgan 

qismi bo'lib, to'rtta yuzasi bor. Tilga qaragan yuzasi 

(facies lingualis), 

og'iz 


dahliziga qaragan yuzasi 

(facies vestibularis) 

kurak tishlarda lablarga qaragan 



(facies labialis), 

kichik va katta oziq tishlarda lunjga qaragan 



(facies buccalis) 

bo'ladi.  Tishlaming  o'zaro  yondosh yuzasi 



(facies  contactus) 

va  chaynov 

yuzasi 

(facies  occlusalis) 

tafovut  qilinadi.

Tish  bo'yni 

(collum  dentis) 

tish  toji  bilan  ildizi  o'rtasidagi  toraygan 

qismi.  Uni atrofldan milkning shilliq pardasi o'rab turadi.

Tish ildizi 



(radix dentis) 

bittadan uchtagacha bo'lib, tish katakchalarida 

joylashgan.  U ildiz uchi 

(apex radicis) 

bo'lib tugaydi. Tish toji ichidagi tish 

bo'shlig'i 

(cavitas dentis) 

ildizga kanal 



(canalis radicis dentis) 

bo'lib davom 

etadi.  Bu kanal ildiz uchida ildiz uchi teshigi 

(foramina apicis dentis) 

bo'lib 


ochiladi.  U  orqali kirgan qon tomir va nervlar tish pulpasini 

(pulpa dentis) 

hosil  qiladi.

Tish pulpasi joylashgan joyiga qarab toj qismi ichidagi 

(pulpa coronalis) 

va ildiz ichidagiga 



(pulpa radicialis) 

bo'linadi.



Tishning  moddasi  dentindan 

(dentinum) 

iborat  bo‘lib,  tish  toji  tashqi 

tomondan emal 

(enamalum), 

ildizi esa sement 



(cementum) 

bilan qoplangan.

Odamda tish ikki marta chiqadi.  Sut tishlari 

(dentes decidui) 

bola 5—7 

oylik boiganida paydo bo‘la boshlaydi va 2—2,5 yoshlarda ulaming soni 20 

taga yetadi.  Bola 5—7 yosh bo'lganida sut tishlari tusha boshlaydi va ulaming 

o ‘miga doimiy tishlar 

(dentes pennanentes) 

chiqa boshlaydi.  Katta odamda 

doimiy tishlar 32  ta  bo'ladi.  Yuqori va pastki jag'ning har bir tomonida 

tadan tish joylashgan.  O 'rta chiziqdan lateral tomonga qarab: 2 ta kesuvchi 



(kurak),  1 ta qoziq, 2 ta kichik oziq va 3 ta katta oziq tishlar tafovut qilinadi. 

Tishlaming joylashish  tartibi  tish  formulasini  hosil  qiladi.

Doimiy tishlaming  joylashish  tartibi  (formulasi)  quyidagicha:

3.2.1.2  :  2.1.2.3

3.2.1.2.:  2.1.2.3

Tish toji va ildizining tuzilishiga qarab (63-rasm) to 'rt turga ajratiladi:

1.  Kesuvchi  (kurak)  tishlar 

(dentes  incisivi) 

jag'ning  bir  tomonida 

ikkitadan bo'lib, joylashishiga qarab tashqi va ichki kurak tishlar deb ataladi. 

Tish toji iskanaga o'xshash, og'iz dahliziga qaragan yuzasi biroz ko'tarilgan, 

til yuzasi botiq bo'lib, bo'yni sohasida tish bo'rtig'i 

(tuberculum dentis) 

bor. 


Chaynov  yuzasi  o'tkir  kesuvchi  chekka 

(margo  incisalis) 

bilan  tugaydi. 

Yuqori kurak tishlaming toji pastkisiga nisbatan sezilarli katta bo'ladi. Kurak 

tishni ildizi bitta konus shaklida,  pastkisiniki  yon  tomondan  siqilgan.

Sut kurak tishlarining tashqi ko'rinishi doimiy kurak tishlarga o'xshaydi. 

U ning  o'lcham lari  kichik,  toji  kuraksimon  va  kesuvchi  chekkasida 

tishchalari bor.

2.  Qoziq tishlar 



(dentes  canini) 

jag'ning bir tomonida bittadan  bo'lib, 

toji  o'tkir uchli konus shaklida.  Ildizi uzun, yon tomondan siqilgan va yon 

tomonlarida bo'ylama egati bor. Ildiz uchi biroz lateral tomonga og'gan. Yuqorigi 

qoziq tishlar pastkisidan keng toji va  uzun  ildizi bilan farq qiladi.

Sut  qoziq  tishlari  doimiy  qoziq  tishlarga  o'xshaydi.  Ulaming  ildizi 

yumaloqlangan va birinchi kichik oziq tishga yo'nalgan.

3. Kichik oziq tishlar 



(dentes premolaris) 

jag'ning bir tomonida ikkitadan

bo'lib  qoziq  tishlaming  orqasida 

joylashadi.  Tish  tojining  chaynov 

yuzasi to'rtburchak shaklida bo'lib, 

sagittal egat bilan ikkita do'mboqqa 

ajragan. Tashqi vestibular do'mbog'i 

ichki til do'mbog'iga nisbatan katta. 

Pastki  kichik oziq tishlaming ildizi 

bitta konus shaklida. Yuqorigi kichik 

oziq  tishlam ing  ildizi  goho  ayri 

shaklida bo'ladi. Yuqori kichik oziq

„   .  . 

,  .  tishning ildizi oldindan orqaga biroz



63-rasm.Doimiy 

tishlar.  O'ng  tomon  (til  . . .  

r r . 

. . .  

.

yuzasi).  1-dentes  incisivi;  2-dens  caninus;  s iQ ilg ^ n . 

Uning  oldingi  va  orqa

3-dentes  premolars;  4-dentes  molares. 

yuzalarida bo'ylama egati bor.



Katta oziq tishlar 

(dentes mollaris) 

jag'ning bir tomonida uchtadan.  Ular 

kichik oziq  tishlaming  orqasida joylashib,  toji  kubsimon shaklda.  Chaynov 

yuzasi ikkita egat vositasida ikkita lunj va ikkita til bo'rtig'iga ajragan. Yuqori jag‘ 

tishlarining ildizi uchta: ikkita lunj  ildizining uchi orqaga yo'nalgan.  Bitta til 

ildizining uchi qattiq tanglayga qaragan.  Pastki katta oziq tishlar yuqoridagiga 

nisbatan katta. Ulaming chaynov yuzasi ikkita egat vositasida to'rtta bo'rtiqqa 

bolinadi. Ulaming ikkitasi dahliz chekkasida, ikkitasi til chekkasida joylashgan. 

Pastki katta oziq tishlaming ildizi esa ikkita (oldingi va orqa) bo'lib, oldindan 

orqaga qarab siqilgan.  Katta oziq tishlarining uchinchisi ancha kech (18—25 

yoshda)  chiqadi va aql tishi 


Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin