0 ‘z b e k is t 0n respublikasi oliy уа 0 ‘rta m axsus ta’lim vazirligi



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/63
tarix13.04.2017
ölçüsü4,47 Mb.
#13873
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   63

(tunica  fibrosa) 

yoki  halqum  bazillar  fassiya 



(fascia 

pharyngobasilaris) 

halqumning yuqori qismida  rivojlangan.  Bu  qavat zich 

biriktiruvchi to'qim adan tuzilgan yupqa qatlam bo‘lib, shilliq osti asosining 

o'm ini  egallaydi.  U  halqumni  bosh  suyagi  asosini  tashqi  yuzasiga  tortib 

turadi.  Halqumning hiqildoq qismida esa bu qatlam bo'sh shilliq  osti asos 

(tela  submucosa) 

shaklida  bo'ladi.

Mushak  qavat 

(tunica  muscularis) 

ko'ndalang-targ'il  mushaklardan 

tuzilgan bo'lib ikki: halqumni qisuvchi va ko'taruvchi guruhlarga bo'linadi. 

Halqumning qisuvchi mushaklari uchta:

Halqumning yuqori qisuvchi mushagi 

(m.constrictor pharyngis superior) 

ponasimon suyakning qanotsimon o'simtasini medial plastinkasidan, uning 

ilmog'i bilan pastki jag'  o'rtasidagi fibroz parda, pastki jag'ning jag'-til osti 

chizig'i  va  til  ildizidan  tilning  ko'ndalang  mushagining  davomi  shaklida 

boshlanadi. Mushak tolalari orqaga va pastga yo'nalib halqumning orqa yuzasida 

qarama-qarshi mushak bilan birikib chok hosil qiladi.

Halqumning o'rta qisuvchi  mushagi 

(m.constrictor pharyngis media) 

til osti suyagining katta va kichik shoxlaridan boshlanib, yuqoriga va pastga 

yelpig'ichga o'xshab yoyilib halqumning orqa yuzasiga yo'naladi.  U qarama- 

qarshi tomondagi  mushak bilan birikib  chok hosil  qiladi.  Bu  mushakning 

yuqori chekkasi yuqori  qisuvchi  mushakning pastki qismi tolalarini yopib 

turadi.


Pastki qisuvchi mushak 

(m.constrictor pharyngis inferior) 

hiqildoqning 

qalqonsimon va uzuksimon tog'aylarining lateral yuzasidan boshlanadi. Uning 

tolalari yelpig'ichga o'xshab orqaga yoyilib,  yuqoriga,  gorizontal va pastga 

qarab  yo'naladi  va  o'rta  qisuvchi  mushakni  pastki  qismini  yopadi.  Ikki 

tomondagi mushak halqumning orqa yuzasida o'zaro birikib, halqum chokini 



(raphe pharyngis) 

hosil qilishda ishtirok etadi.

Halqumni ko'taruvchi yoki bo'ylama mushaklari ikkita:

1.  Bigizsimon-halqum   mushagi  (m. 



stylopharyngeus) 

bigizsimon 

o'simtadan boshlanib, mushak tolalari pastga va oldinga yo'naladi. Yuqorigi va 

pastki halqumni qisuvchi mushaklar o'nasidan o'tib halqum devoriga birikadi.

2. Tanglay-halqum mushagi 

(m.  palatopharyngeus) 

tanglay chodiridan 

boshlanib, halqum devoriga birikadi.

Halqum mushaklari ovqatni yutishda ishtirok etadi.  Halqum bo'shlig'iga 

ovqat luqmasi tushgan vaqtda uning bo'ylama mushaklari halqumni yuqoriga 

ko'taradi.  Halqumni qisuvchi mushaklar esa yuqoridan pastga tom on birin- 

ketin qisqarib ovqat luqmasini  qizilo'ngach tomon yo'naltiradi.

Biriktiruvchi  to'qim ali  parda 



(tunica  adventitia) 

halqumni  mushak 

qavatini tashqaridan o'rab, qo'shni a’zolardan ajratib turadi.

Halqum homila hayotining 5—

6-haftasida ichak nayining bosh qismidan 

rivojlanadi. Bu davrda bosh ichakning yon tomonlarida 4 juft jabra cho'ntaklari 

hosil bo'lib,  shu cho'ntaklam ing 

2 jufti halqum devorining hosil bo'lishida 

ishtirok etadi. Bosh ichakning markaziy qismi yassilashib birlamchi halqumga 

aylanadi.



Yangi  tug'ilgan  chaqaloqning  halqumi  nisbatan  keng  va  qisqa  bo'lib, 

uzunligi  3  sm,  kengligi  2,1—2,5  sm,  oldingi-orqa  o'lchami  1,8  sm,  shakli 

quyg'ichsimon bo'ladi.  Pastki  chegarasi 

III—IV 

bo'yin umurtqalararo disk 

sohasida qizilo'ngachga o'tib ketadi.  Devori yupqa.  Eshituv nayining halqum 

teshigi yoriq  shaklida va  ochiq,  qattiq tanglayga yaqin joylashadi.  Eshituv 

nayining bo'rtiq maydoni yaxshi rivojlanmagani uchun o'rta quloqqa infeksiya 

kirishi mumkin.  Bola 2—4 yoshlarga kirganida nay teshigi yuqoriga surilib,

12—14 yoshlarda  aylanma shaklni  oladi.  Halqumning burun  qismi bola  2 

yoshga kirganida 2 barobar kattalashadi.  Emizikli bolada yumshoq tanglay 

past,  hiqildoq  usti  tog'ayi  yuqori joylashgani  va  og'iz  bo'shlig'i  tubining 

tuzilishi ularga bir vaqtda ovqat yutish va nafas olish imkonini beradi.  Bola 

o'sishi bilan birga halqumning o'lchamlari  ham kattalashadi.  Halqumning 

qismlari  bir  xil  o'smaydi.  Erta  bolalik  davrida  bolaning  burun  bo'shlig'i 

o'sishi  munosabati  bilan  halqum gumbazining shakli  o'zgaradi.  Yuqori va 

orqa devor o'rtasida burchak hosil bo'ladi.  Halqumning burun qismi 3 yoshdan 

7 yoshgacha tez o'sadi, so'ng  12 yoshgacha o'sish sekinlashadi.  Halqumning 

tuzilishi 16 yoshda kattalamikiga o'xshab qoladi. Uning pastki chegarasi ikkinchi 

bolalik davri oxirida 

V—VI 

bo'yin umurtqalararo tog'ay sohasigacha tushadi.



Q iz ilo ‘ngach

Qizilo'ngach 



(oesophagus) 

oldindan orqaga biroz yassilangan nay bo'lib, 

ovqat luqmasini halqumdan me’daga o'tkazib beradi.  Uning uzunligi 25—30 

sm.  Qizilo'ngach 



VI—VII 

bo'yin  umurtqalari  sohasidan boshlanib, 



X —XI 

ko'krak umurtqalarining chap tomonida me’daning kirish qismiga o'tib ketadi. 

Unda uch: bo'yin, ko'krak va qorin qismlari tafovut qilinadi.

Qizilo'ngachning bo'yin  qismi 



(partes cervicalis) VII 

bo'yin umurtqasi 

sohasiga to'g'ri keladi. Uning old tomonida kekirdak, orqasida umurtqa pog'onasi, 

yon tomonlarida esa orqaga qaytuvchi hiqildoq nervi va umumiy uyqu arteriyasi 

joylashgan.

Qizilo'ngachning ko'krak qismi 



(partes thoracica) 

eng uzun qismi bo'lib, 

orqa ko'ks oralig'ida umurtqa pog'onasining oldida joylashgan. U

IX 

ko'krak 


umurtqasi sohasida biroz chapga va oldinga yo'nalib, umurtqa pog'onasidan 

uzoqlashadi. Uning ko'krak qismining old tomonida 



IV 

ko'krak umurtqasigacha 

bo'lgan sohada kekirdak joylashsa, 

IV 

ko'krak umurtqasi sohasida aorta ravog'i,



IV—V 

ko'krak  umurtqasi  sohasida  esa  chap  bosh  bronx  kesib  o'tadi. 

Qizilo'ngach ko'krak qismining pastki bo'lagi oldingi yuzasida chap,  orqa 

yuzasida esa o'ng adashgan nerv joylashadi.

Qizilo'ngachning  qorin  qismi  (partes  abdominalis)  1—3  sm  bo'lib, 

jigar chap bo'lagining orqa yuzasiga tegib turadi.

Qizilo'ngachning uchta anatomik toraymasi  bo'lib,  ularning birinchisi 

VI—VII 

bo'yin umurtqasi sohasida halqumning qizilo'ngachga o'tish joyida 



(constrictio  pharyngoesophagealis), 

ikkinchisi 



IV—V 

ko'krak  umurtqasi 

sohasida, qizilo'ngachning chap bosh bronx bilan kesishgan joyida bronxial


torayma 

(constrictio bronchialis), 

uchinchisi qizilo‘ngachning diafragmadan 

o'tgan joyida diafragmal torayma 

(constrictio phrenica).

Bundan tashqari,  qizilo'ngachda  ikkita fiziologik torayma ham  bor:  1. 

Aortal torayma qizilo'ngachning aorta bilan kesishgan joyida. 2.  Kardial torayma 

qizilgachning m e’daga o'tish joyida.

Qizilo'ngachning devori quyidagi qavatlardan iborat:

Shilliq qavat 



(tunica mucosa) 

nisbatan qalin bo'lib, unda yaxshi bilingan 

mushak  qatlami  bor.  U  ichki  tomondan  ko'p  qavatli  yassi  epiteliy  bilan 

qoplangan.  Shilliq pardada bo'ylama burmalar, a’zo bo'shlig'iga ochiladigan 

qizilo'ngachning shilliq ishlab chiqaruvchi bezlari 

(glandulae  oesophageae) 

va yakka-yakka limfoid tugunchalari bor.

Shilliq osti qavat 

(tela submucosa) 

yaxshi rivojlangan bo'lgani uchun 

shilliq  qavatda  bo'ylam a  burm alar  hosil  qiladi  va  qizilo'ngachning 

ko'ndalang  kesmasida  uning  bo'shlig'i  yulduzsimon  shaklda  ko'rinadi. 

Bo'ylama burm alar ovqat luqmasi o'tgan vaqtda tekislanib,  qizilo'ngach 

bo'shlig'i kengayadi.

Mushak qavat 

(tunica muscularis) 

ikki: tashqi bo'ylama va ichki aylanma 

qavatdan  tashkil  topgan.  Qizilo'ngachning  yuqori  qismida  mushak  qavati 

ko'ndalang-targ'il mushaklardan iborat bo'lib, o'rta qismida sekin-asta silliq 

mushak bilan almashadi.  Pastki qismi esa silliq mushak tolalaridan tuzilgan 

bo'lib, me’da devoriga davom etadi.  Bo'ylama mushak tolalarining qisqarishi 

uni kengaytirsa, halqasimon mushak tolalari toraytiradi.

Tashqi  biriktiruvchi  to'qim ali  qavat 



(tunica  adventitia) 

yumshoq 


tolali biriktiruvchi to'qimadan tashkil topgan.

Homila hayotining 4-haftasida oldingi ichakning halqumdan pastki qismi 

torayib  qizilo'ngachga  aylanadi.  Dastlab  qizilo'ngach juda  qisqa  bo'ladi, 

keyinchalik me’da pastga tushishi munosabati bilan uzayadi va m e’daga o'tish 

joyida torayadi. Taraqqiyotning boshlang'ich davrida qizilo'ngach mushaklari 

mezenximadan rivojlangan silliq mushak tolalaridan iborat bo'lsa,  halqum 

pardasi yorilganidan so'ng uning yuqori qismini mezodermadan rivojlangan 

ko'ndalang-targ'il mushaklar qoplaydi.



Rentgenoanatomiyasi. 

Qizilo'ngach orqa ko'ks oralig'ida joylashib, halqum 

bilan me’dani ulab turuvchi naydan iborat.  Bariy bilan to'latilgan qizilo'ngach 

kengligi  1,5—4  sm  bo'lgan  uzun  tasmasimon  soya  beradi.  Halqum  bilan 

qizilo'ngachning  yuqori  qismi  bariy  bilan  bir  butunday  to'ladi  va  to'g'ri 

proyeksiyada to'qmoq shaklda, yon proyeksiyada esa noto'g'ri quyg'ich shaklida 

ko'rinadi.  Ular o'rtasidagi chegara to'g'ri proyeksiyada halqumning toraygan 

joyining qizilo'ngachning to'g'ri soyasiga o'tish sohasida. Yon proyeksiyada 

kontrastlangan qizilo'ngachning soyasi umurtqa pog'onasi va kekirdakning 

havo  ustuni  o'rtasida joylashadi.  Qiya  proyeksiyada  qizilo'ngach  umurtqa 

pog'onasi bilan yurak o'rtasida yotadi. Qizilo'ngachning uchta toraymasi bor. 

Rentgenologik  ko'rinishda  toraymalar  qizilo'ngach  bo'shlig'ining  biroz 

toraygan  qismi  shaklida  ko'rinib,  doim  bir  xil  bo'lmay,  o'zgaruvchandir. 

Uchta asosiy toraymadan tashqari, me’daga o'tish joyida ham torayma ko'rinadi.



Qizilo'ngachning shilliq pardasida 2—4 parallel joylashgan bo'ylama burmalar 

rentgenogrammada bor bo‘yiga ko'rinadi.

Homila hayotining 4-haftasidan boshlab oldingi ichakning halqumdan 

pastki qismi torayib qizilo'ngachga aylanadi.  Dastlab qizilo'ngach juda qisqa 

bo'lib,  keyinchalik  m e’da  pastga  tushishi  munosabati  bilan  uzayadi. 

T a raq q iy o tn in g   b o sh la n g 'ic h   d avrlarida  q izilo 'n g ac h   m ushaklari 

mezenximadan rivojlangan silliq mushak tolalaridan iborat bo'lib, halqum 

pardasi yorilganidan so'ng uning yuqori qismini mezodermadan rivojlangan 

ko'ndalang-targ'il mushak qoplaydi.

Yangi tug'ilgan chaqaloqning qizilo'ngachi uzunligi  10—12 sm, kengligi

2  oygacha 4—9  mm  bo'lib,  anatomik toraymalari  yaxshi bilinmaydi.  2—6 

oylikbolada uning bo'shlig'i kengligi 8,5—12 mm, 

6 yoshdan so'ng  13—18 

mm bo'ladi. Yangi tug'ilgan chaqaloqda uning boshlanish joyi III—IV bo'yin 

umurtqalari o'rtasidagi tog'ay disk sohasida bo'lsa, 2 yoshda ГУ—V,  15 yoshda 

VI—VII bo'yin umurtqalari sohasiga tushadi. Uning pastki chegarasi X ko'krak 

umurtqasi sohasida bo'lib, yoshga qarab kam o'zgaradi. Bola 2 yoshga to'lguniclia 

qizilo'ngach quyg'ichsimon shaklda bo'ladi.  Bolalikning ikkinchi davrida u 

tez  o'sib  uzunligi  ikki  marta  (20—22  sm)  kattalashadi.  Yangi  tug'ilgan 

chaqaloqda qizilo'ngachning shilliq qavati nozik va silliq bo'lib, bir yoshgacha 

bezlari  yaxshi  rivojlanmaydi.  Shilliq va  shilliq  osti  qavatlar qon tomirlarga 

boy bo'lib,  2—3  yoshda shilliq  qavatida bo'ylama burmalar paydo bo'ladi. 

Ikkinchi bolalik davrida shilliq qavatda juda ko'p shoxlangan naysimon bezlar 

paydo bo'ladi. Mushak qavati yangi tug'ilgan chaqaloqda yaxshi rivojlanmagan, 

yupqa bo'ladi,  12—15 yoshgacha tez o'sadi,  so'ng aytarli o'zgarmaydi.

M e’da

Me’da 


(ventriculus seu gaster) 

hazm nayining eng kengaygan (67-rasm) 

qismi  hisoblanadi.  M e’da qorin bo'shlig'ining yuqori qismida,  diafragma va 

jigar ostida joylashadi.  Uning  3/4 qismi  chap qovurg'a osti,  1/4 qismi  qorin 

usti  sohasida  turadi.  M e’dada  oldingi  va  orqa  devor 

(paries  anterior  et 

posterior) 

tafovut qilinadi.  Devorlaming o'zaro birikishidan yuqoriga va o'ng 

tarafga  qaragan  m e’daning  kichik  egriligi 

(curvatura  ventriculi  minor), 

pastga va chap tarafga qaragan me’daning katta egriligi 



(curvatura ventriculi 

major) 

hosil bo'ladi. Kichik egrilikning pastki qismida burchak o'ymasi 



(incisura 

angularis) 

bor.  Kichik egrilikning yuqori qismida qizilo'ngachning me’daga 

o'tish teshigi 

(ostium cardiacum) 

joylashgan bo'lib, u me’daning bu teshikka 

yondosh  qismi 

(pars  cardiaca) 

deb ataladi.  Bu  qism chap tomonga gumbaz 

shaklida ko'tarilib, me’da tubini (gumbazini) 

(fundus 

yoki 


fornix) 

hosil qiladi. 

Me’daning  o'ng  toraygan  qismi  chiqish  qismi 

(pars  pylorica) 

deb  ataladi. 

Unda ikki  qism:  kengaygan chiqish g'ori 

(antrum  pyloricum) 

va tor chiqish 

kanali 

(canalis pyloricus) 

tafovut qilinadi. M e’daning o'n ikki barmoq ichakka 

o'tish yerida  chiqish teshigi 

(ostium pyloricum) 

joylashgan.  M e’daning tubi 

bilan chiqish qismi o'rtasidagi soha m e’da tanasi 

(corpus ventriculi) 

deb ataladi.



67-rasm.  A.  M e’da  (old  tomondan  ko'rinishi).  1-pars  cardiaca;  2-fundus  ventriculi;  3- 

corpus ventriculi;  4-curvatura  ventriculi  major;  5-pars  pylorica;  6-pars  desendens  duodeni; 

7-pars  superior duodeni;  8-curvatura  ventriculi  minor;  9-oesophagus.  B.  M e’daning  mnsh- 

ak  qavati.  1-stratum  circularae;  2-fibrae  obliquae;  3-pilorik  qismni  12  barmoqli  ichakka 

o'tish  joyi;  4-oesophagus.

Katta odam m e’dasining o'lchamlari zgaruvchan. Uning uzunligi bo‘sh 

holatda  18—20 sm, katta va kichik egrilik o'rtasidagi masofa (kengligi) 7—8 

sm,  o'rtacha hajmi 3  1.

Me’daning devori quyidagi qavatlardan iborat:

Shilliq  qavat 

(tunica  mucosa) 

kulrang pushti  rangli  bo'lib,  bir qavatli 

silindrsimon  epiteliy bilan  qoplangan.  Shilliq qavatning  qalinligi  0,5—2,5 

mm.  Unda  shilliq  parda  mushak  qatlami 



(lamina  muscularis  mucosae) 

borligi  va  shilliq  osti  asosi  yaxshi  rivojlangani  uchun  turli  yo'nalishdagi 

burmalar 

(plicae  gastricae) 

hosil  bo'ladi.

Burmalar  kichik  egrilik  bo'ylab  bo'ylamasiga  yo'nalib  m e’da  yo'lini 

(canalis  gastricus) 

hosil  qiladi.  Bu  yo'l  m e’daning  kirish  va  chiqish 

qismlarini  o 'zaro  bog'laydi.  M e’daning  qolgan  qismlarida  burm alar 

yulduzsimon  shaklda  bo'ladi.  Uning 



ostium  pyloricum 

sohasida burmalar 

halqa shaklida bo'lib klapanni 

(valrula pylorica) 

hosil qiladi.  Burmalaming 

ichida  uncha  katta  bo'lmagan  (

1—6mm)  me’da  maydonchalari 



(areae 

gastricae) 

ko'tarihb turadi.  Bu  maydonchalaming yuzasida ko'p  sonli  (35 

mln ga yaqin) m e’da bezlarining teshiklari ochiladigan m e’da chuqurchalari 

(foveolae gastricae) 

joylashgan.  Me’da bezlari joylashishiga qarab uch guruhga 

bo'linadi: 

1.M e’daning  kardial  qismidagi  bezlar 



(glandulae  cardiacae).

2.Me’daning tanasi va gumbaz qismidagi xususiy bezlar 



(glandulae gastricae 

propriae) 

ikki xil hujayralardan iborat. Asosiy hujayralar pepsinogen fermenti 

ishlab  chiqarsa,  qo'shim cha  hujayralar  xlorid  kislota  ishlab  chiqaradi.

3.M e’daning  chiqish  qismidagi  bezlar 



(glandulae  pyloricae). 

Bu  bezlar 

ovqatni  m e’dada  kimyoviy  parchalovchi  suyuqlik  —  m e’da  shirasi  ishlab 

chiqaradi.  M e’da shirasi ta’sirida me’dada oqsil,  qisman yog‘ parchalanadi.



Bundan tashqari, me’da shilliq pardasi qon ishlab chiqarishga ta’sir qiluvchi 

antianemik modda ham ishlab chiqaradi.

Shilliq  osti  qavat 

(tela  submucosa) 

nisbatan  qalin  va  harakatchan 

bo‘lgani  uchun  shilliq  qavat burmalar hosil  qiladi.

Mushak qavat 



(tunica muscularis, 

67-rasm B) uch qavat silliq mushakdan 

iborat:  tashqi bo'ylama qavat 

(stratum  longitudinale) 

qizilo'ngach bo'ylama 

mushak qavatining  davomi bo'lib,  ko'proq kichik va katta egriliklar bo'ylab 

joylashgan.  O'rta halqasimon qavat 



(stratum circulare) 

tashqi qavatga nisbatan 

kuchli  rivojlangan.  U  qizilo'ngach  halqasimon mushak  qavatining bevosita 

davomi bo'lib, me’daning chiqish qismida qalinlashib qisqichni 



(m. sphincter 

pylori) 

hosil qiladi.  Ichki qiyshiq tutamlar 



(fibrae obliquae) 

bo'lib, m e’daning 

kardial qismidan boshlanib, oldingi va orqa devorlarga yo'naladi.

Tashqi  seroz  qavat 



(tunica  serosa) 

qorinpardaning visseral  varag'idan 

hosil bo'lib,  me’dani hamma tomondan o'raydi. Bu parda me’da bilan qo'shni 

a’zolar  o'rtasida  boylamlar  hosil  qiladi.  Bunday  boylamlarga  jigar  bilan 

m e’da kichik egriligi o'rtasidagi jigar-me’da boylami 

(lig. hepatogastricum) 

m e’da bilan taloq o'rtasidagi me’da-taloq boylami 



(lig. gastrolienale), 

me’da 


bilan ko'ndalang chambar ichak o'rtasidagi m e’da-chambar ichak boylamlari 

(lig.  gastro-colicum) 

kiradi.


Rentgenoanatomiyasi. 

M e’daning  rentgenologik  ko'rinishi  o'ziga  xos 

xususiyatlarga ega bo'lib,  uning faoliyatiga, odam konstitutsiyasiga va jinsiga 

bog'liq ravishda o'zgarib turadi. Rentgenogrammada me’daning gumbazi tafovut 

qilinib u havo bilan to'la.  Havo pufagidan pastroqda qizilo'ngachning m e’daga 

o'tish joyi — kardiya joylashgan. Undan pastga tomon vertikal holatda me’daning 

tanasi ko'rinadi. Tananing pastki qismi bukilib, gorizontal yoki qiya ko'tarilgan 

antral yoki pilorik qismiga o'tadi. Me’daning hazm qilish va harakat faoliyatiga 

qarab,  gumbazi  va  tanasidan  hosil  bo'lgan  hazm   qopchasi 

(saccus 

digestorius), 

pilorik  qismi  va  pilorusdan  hosil  bo'lgan  chiqaruv  kanali 



(canalis  egestorius) 

tafovut  qilinadi.  Me’daning  shakli  va joylashishi  odam 

gavdasining tuzilishiga bog'liq. Uning quyidagi turlari uchraydi:

1. Qarmoq shaklidagi m e’da (80% holatda) normosteniklarda uchraydi. 

Bunday shaklli m e’da vertikal joylashib, o'ng tomonga bukiladi.  Hazm qopi 

bilan chiqaruv kanali o'rtasida yuqoriga ochilgan o'tkir burchak hosil qiladi. 

Bunday m e’daning havo pufagi yarimshar shaklida bo'ladi.

Shoxshaklidagi  m e’da  gipersteniklardauchraydi  va diafragma  yuqori 

turgani uchun yuqori va qiya joylashadi.  Havo pufagi katta bo'lmay, shaming 

bir qismi shaklida bo'ladi.  3.Uzaytirilgan qarmoq yoki paypoq shaklidagi 

m e’da asteniklarda uchraydi.  Bunday me’daning tanasi uzun bo'lib, pilorik 

qismi yuqoriga tez ko'tariladi. Havo pufagi bo'ylamasiga cho'zilgan noksimon 

shaklda bo'ladi. Me’daning shakli yoshga va jinsga ham bog'liq bo'ladi: ayollarda 

ko'pincha uzaytirilgan paypoq shaklidagi me’da uchrasa, bolalar va qariyalarda 

shox shaklidagisi  uchraydi.  Ozgina bariy m e’daning ichki yuzasini yupqa 

qatlam  bilan  qoplaganda,  uning  shilliq  pardasidagi  burmalar  ko'rinadi. 

Bunda  bariy  burm alar  oralig'ida  to'planib,  ulam ing  ko'rinishi  shilliq


pardaning  m o'tadil  holatdagi  ko‘rinishiga  mos  keladi.  Burmalar  m e’da 

gumbazi va sinusi sohasida keng (10 mm gacha) va baland bo'ladi. Me’daning 

antral qismida burmalar mushak qavat qisqargan vaqtda paydo bo'lib, kengligi 

ikki  barobar  kichik,  yo'nalishi  qisqarish  fazasiga  bog'liq bo'ladi.  Kichik 

egrilik  bo'ylab  bo'ylam a burmalar joylashgan.  T o'rt  haftalik homilaning 

ovqat hazm qilish kanali sodda tuzilgan bo'lib, m e’da va ichak nayi diafragma 

ostida yotadi va uning kengligi hamma qismida bir xil bo'ladi. Taraqqiyotning 

keyingi davrlarida me’da hosil bo'ladigan qismi boshqa qismlarga nisbatan 

kengligiga, qolgan qismlari esa bo'yiga tez o'sadi. M e’da dastlab duk shaklida 

bo'lib, so'ngra uning katta va kichik egriligi hosil bo'ladi.  Katta egriligi orqaga 

qaragan  bo'lib, 

mesenterium  dorsale 

vositasida  tananing  orqa  devoriga, 

kichik egrilik esa oldinga yo'nalib 

mesenterium ventrale 

vositasida birikkan. 

Uning yuzalari  o'ng va  chap  tomonga  qaragan.  Taraqqiyotning  ikkinchi 

oyida m e’da pastga tushib, bo'ylama o'q atrofida aylanishi natijasida uning 

chap  yuzasi  oldinga,  o'ngi  esa  orqaga  aylanib,  gorizontal  holatni  oladi. 

M e’da shilliq pardasi epiteliyi va bezlari birlamchi ichak entodermasidan, 

qolgan qavatlari esa mezenximadan rivojlanadi.

Yangi tug'ilgan chaqaloq me’dasi umurtqa pog'onasining chap tomonida 

joylashgan  bo'lib,  uning  tubi,  kirish  va  chiqish  qismlari  yaxshi  bilinmaydi. 

Unda me’da silindr, shox va qarmoq shakllarda uchraydi. Yangi tug'ilgan chaqaloq 

m e’dasi  uzunligi  5  sm,  kengligi  3  sm bo'lsa,  emizikli  davr so'ngida  uzayib 

uzunligi  9  sm,  kengligi 7  sm bo'ladi.  Yangi tug'ilgan  chaqaloq me’dasining 

hajmi  50  sm

3  bo'lsa,  10  kundan  keyin  80  sm-1,  bir  yoshda  250—300  sm3, 

10—12yoshda 1300—1500 sm3ga yetadi. Bola hayotining 4—

6-oylarida me’daning 

chiqish  qismi,  10-oyida  esa tubi bilina boshlaydi.  M e’daning  kirish  qismi 

yoshda to'liq tuzilishga ega bo'ladi. Bolalikning ikkinchi davri oxirida m e’da 



kattalamikiga o'xshash shaklni va joyni egallaydi. Yangi tug'ilgan chaqaloqda 

meda  shilliq  qavati  nisbatan  qalin  bo'lib,  burmalari  kam  va baland  bo'ladi. 

Me’daning  naysimon  bezlari  qisqa  va  teshigi  keng.  M e’da  bezlari  yaxshi 

takomillashmagani uchun bolada 2,5 yoshgacha xlorid kislota ishlab chiqarilmay, 

faqat xloridlar ajratadi. Yangi tug'ilgan chaqaloq me’dasining mushak qavati 

bo'sh,  tashqi bo'ylama qavat yupqa,  katta egrilikda ko'proq bo'ladi.  Yaxshi 

rivojlangan halqasimon qavati chiqish teshigi atrofida ko'payib qisqichni hosil 

qiladi. Bola 5 yoshga boiganida me’da devori kattalamikiga o'xshash tuzilishga ega 

bo'lib, mushak qavati  1 5 - 2 0  yoshlarda kuchayib ketadi.


Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin