(lacuna vasorum)
old tomondan chov boylami, orqa va
past tomondan taroqsimon boylam, lateral tomondan yonbosh-taroqsimon
ravoq, medial tom ondan
lig. lacunare
bilan chegaralangan. U orqali son
arteriyasi, venasi va limfa tomirlar o'tadi. Sonning oldingi yuzasida chov
boylam idan pastda son
(skarp)
uchburchagi
(trigonum fem orale)
joylashgan. Uni yuqori tomondan chov boylami, lateral tomondan tikuvchilar
mushagi, medial tomondan esa uzun yaqinlashtiruvchi mushak chegaralaydi.
Son uchburchagining uchidan yaqinlashtiruvchi (son-taqim osti yoki gunter)
kanali
(canalis adductorius)
boshlanadi. Bu kanal sonning oldingi yuzasini
taqim osti chuqurchasiga qo'shib turadi. Uning medial devorini
m. adductor
magnus,
lateral devorini
m. vastus medialis,
old tomondan yuqoridagi
mushaklar o'rtasida tortilgan fibroz qatlam —
lamina vastoadductoria
qoplab turadi.
Son kanali
(canalis femoralis)
sog' odamda bo'lmaydi, ammo tomirli
lakunani ichki burchagida son halqasi
(anulus femoralis)
bo'ladi. Uning
devorlarini old tomondan chov boylami, orqadan taroqsimon fassiya, medial
tomondan
lig. lacunare
va lateral tomondan son venasi chegaralab turadi.
Son kanalining ichki teshigi sog' odamda ichki tomondan qorin ko'ndalang
fassiyasi bilan chegaralangan bo'lib, tashqi tomonida Pirogov limfa tuguni
turadi. Qorin bo'shlig'ida bosim oshganida son chuirasi paydo bo'lishi mumkin.
Bunday holatda son halqasi son kanalining kirish teshigiga aylanadi. Bu
teshik orqali kiigan churra sonning seibar fassiyasining yuza va chuqur varaqlari
o'rtasidan o'tib oval chuqurcha sohasiga borib
hiatus saphenus
orqali teri
ostiga chiqadi. Bu teshik son kanalining chiqish teshigiga aylanadi. Son
kanalining uchta devori bo'lib, oldingi devorini sonning keng fassiyasining
yuza varag'i, orqa devorini sonning keng fassiyasining chuqur varag'i, lateral
devorini son venasi hosil qiladi.
Taqim chuqurchasi
(fossa poplitea)
romb shaklida bo'lib, tizza bo'g'imi
orqasida joylashgan. Uning yuqori burchagi lateral tomondan sonning ikki
boshli mushagi, medial tomondan yarim pay mushak bilan, pastki burchagi
boldir mushagining boshchalari bilan chegaralanadi. Taqim osti chuqurchasida
nerv, qon tomirlar, limfa tugunlari yotadi.
Taqim osti chuqurchasining pastki burchagidan taqim-boldir kanali
(canalis cruropopliteus)
boshlanadi. Bu kanal boldirning orqa guruh
mushaklarining yuza va chuqur qavatlari o'rtasida joylashib, old tomondan
orqa katta boldir mushagi, orqa tomondan kambalasimon mushak chegaralaydi.
Kanaldan orqa katta boldir arteriyasi, venasi va katta boldir nervi o'tadi.
Boldirning lateral yuzasining yuqori qismida kichik boldir suyagi bilan
kichik boldirning uzun mushagi o'rtasida ustki mushak-kichik boldir kanali
(canalis musculoperoneus superior)
joylashgan bo'lib, undan yuza
kichik boldir nervi o'tadi. Pastki mushak-kichik boldir kanaU
(canalis
musculoperoneus inferior)
boldirning o'rta qismida taqim-boldir kanalidan
lateral tomonga ajrab chiqadi. Uning oldingi devorini kichik boldir suyagining
orqa yuzasi, orqa devorini esa bosh barmoqni bukuvchi uzun mushak hosil
qiladi. Bu kanalda kichik boldir arteriyasi va venasi yotadi.
Oyoq panjasining kaft yuzasida medial va lateral kaft egatlari bo'lib,
ulardan shu nomdagi qon tomir va nervlar o'tadi.
Yangi tug'ilgan chaqaloqning oyoq mushaklari yaxshi taraqqiy etmagan
bo'ladi. Boldir mushaklarining qisqamvchi qismi uzun bo'lgani uchun, ulaming
hajmi boldirning yuqori va pastki qismlarida bir xil. Chuqur qavat mushaklari
aniq takomillashmagan bo'lib, umumiy tuzilishga ega. Oyoq mushaklari
umumiy mushak massasining 38 % ini tashkil qiladi. Son uchburchagi yangi
tug'ilgan chaqaloqda nisbatan katta va sonning 1/3 qismini egallaydi. Unda
tomirli va mushakli lakunalar nisbatan tor va vertikal joylashgan bo'ladi.
Taqim chuqurchasi yuza bo'lib, pastga tomon taqim-boldir kanaliga o'tib
ketadi. Tovonning suyak-fibroz kanallari va sinovial qinlari hosil bo'ladi.
Oyoq mushaklari 5—6 yoshgacha va balog'at yoshida tez o'sadi. Birinchi
navbatda oyoq panjasining kaft mushaklari takomillashadi.
B o 'y in m ushaklari
Bo'yin mushaklari kelib chiqishi va faoliyati turli xil bo'lgani uchun
murakkab tuzilishga va topografiyaga ega. Topografiya nuqtayi nazaridan bo'yin
mushaklari uch guruhga: yuza, o'rta qavat va chuqur qavat mushaklariga
bo'linadi.
Bo‘yinning yuza mushaklari
Bo'yinning yuza mushaklariga bo'yinning teri osti mushagi va to'sh-
o'mrov-so'rg'ichsimon mushak kiradi.
1. Bo'yinning teri osti mushagi
(m. platysma)
yupqa, yassi mushak
bo'lib, bevosita bo'yin terisi ostida yotadi. Bu mushak ko'krak fassiyasining
yuza qatlamidan boshlanadi. Yuqoriga va medial tomonga yo'nalib, pastki jag'
qiig'og'iga birikadi. Faoliyati: bo'yin terisini taranglab, yuza venalardan qon
oqishini yaxshilaydi, og'iz burchagini pastga tortadi. Innervatsiyasi:
n.facialis.
2. To'sh-o'mrov-so'ig'ichsimon mushak
(m.stemocleidomastoideus)
teri
osti mushagining ostida yotadi. To'sh suyagi dastasining oldingi yuzasi va
o'mrov suyagining to'sh uchidan ikki qism bo'lib boshlanadi. Yuqoriga va
orqa tomonga yo'nalib, chakka suyagining so'ig'ichsimon o'simtasiga va yuqorigi
ensa chizig'ining lateral qismiga birikadi. Faoliyati: bir tomonlama qisqarsa,
boshni o'sha tomonga egadi va yuzni qarama-qarshi tomonga buradi. Ikki
tomonlama qisqarsa, boshni orqaga tortadi. Innervatsiyasi:
n. accessorius.
0 ‘rta qavat mushaklari
Bu guruhga til osti suyagiga birikuvehi mushaklar kiradi. Til osti suyagiga
birikuvehi mushaklar o'z navbatida til osti suyagidan yuqorida joylashgan
m ushaklar
(mm. suprahyoidei):
ikki qorinchali, bigizsim on-til osti,
pastki jag'-til osti, engak-til osti va til osti suyagining ostidagi
(mm.
infrahyoidei):
to'sh-til osti, to'sh-qalqonsimon, qalqonsimon-til osti, kurak-
til osti mushaklariga bo'linadi.
Bu ikki guruh mushaklari til osti suyagiga turli tomonidan birikib uni
o'rta holatda ushlab turadi. Til osti suyagidan yuqoridagi mushaklar til osti
suyagini pastki jag*, kalla suyagi asosi, til va halqum bilan bog‘laydi. Til osti
suyagining ostidagi mushaklar kurak, to ‘sh suyaklari va hiqildoq tog‘yidan
boshlanib, til osti suyagiga birikadi.
Til osti suyagidan yuqorida joylashgan mushaklar
1. Ikki qorinchali mushak
(m. digastricus)
o'zaro oraliq pay bilan
birikkan oldingi va orqa qorinchalardan iborat. Orqa qorincha
(venter
posterior)
chakka suyagining so'ig'ichsimon o'ymasidan boshlanib, oldinga
va pastga yo'nalib, oraliq pay vositasida til osti suyagi tanasi va katta shoxiga
birikadi. Oraliq pay oldingi qorinchaga
(venter anterior)
davom etib,
oldinga va yuqoriga yo'naladi va pastki jag' suyagining
-fossa digastrica
siga
birikadi. Faoliyati: pastki jag' qimiriamay turganida orqa qorinchasi ikki
tomonlama qisqarsa, til osti suyagini yuqoriga va orqaga, bir tomonlama
qisqarsa, uni yuqoriga, orqaga va o'zi tomoniga tortadi. Agar til osti suyagi
qimiriamay tursa pastki jag'ni pastga tortadi. Innervatsiyasi: orqa qorinchasi
r.digastricus n.facialis,
oldingi qorinchasi
n.mylohyoideus.
2. Bigizsimon-til osti mushagi
(m.stylohyoideus)
chakka suyagining
bigizsimon o'simtasidan boshlanadi. Pastga va oldinga yo'nalib, til osti suyagi
tanasiga birikadi. Faoliyati: ikki tomonlama qisqarsa, til osti suyagini yuqoriga
va orqaga tortadi. Bir tomonlama qisqarsa, til osti suyagini yuqoriga, orqaga va
o'ziga tomonga tortadi. Innervatsiyasi:
n.facialis.
3. Pastki jag'-til osti mushagi
(m. mylohyoideus)
keng, yassi mushak.
Pastki jag' suyagining ichki yuzasidagi
linea mylohyoidea
dan boshlanadi.
O'ng va chap mushaklaming oldingi uchdan ikki qismi tolalari ko'ndalang
yo'naladi va o'rta chiziqda o'zaro birikib, pay chokini
(raphe mylohyoidea)
hosil qiladi. Orqa uchdan bir qismi tolalari yuqoridan pastga yo'nalib, til osti
suyagi tanasining oldingi yuzasiga birikadi. Pastki jag' va til osti suyagi o'rtasida
joylashgan bu mushak og'iz diafragmasini hosil qiladi. Faoliyati: jag' qimiriamay
turganida, til osti suyagini va hiqildoqni ko'taradi. Til osti suyagi qimiriamay
tuiganida, pastki jag'ni tushiradi. Innervatsiyasi:
n.mylohyoideus.
4. Engak-til osti mushagi
(m. geniohyoideus)
o'rta chiziqning ikki tomonida
jag'-til osti mushagining ustida yotadi. Engak o'simtasidan boshlanib til osti
suyagi tanasiga birikadi. Faoliyati: jag' qimiriamay tuiganida, til osti suyagini
va hiqildoqni ko'taradi. ТД osti suyagi qimiriamay tursa, pastki jag'ni tushiradi.
Innervatsiyasi: bo'yin chigali.
Til osti suyagi ostidagi mushaklar
1.
Kurak-til osti mushagi
(m. omohyoideus)
o'zaro oraliq pay bilan
bo'lingan ikki: pastki va ustki qorinchalardan iborat. Pastki qorinchasi
(venter
inferior)
kurakning yuqori chekkasini kurak o'ym asidan ichkariroqda
boshlanib yuqoriga va oldinga qiya ko'tariladi. To‘sh-o‘mrov-so‘ig‘ichsimon
mushakning orqa chekkasida oraliq payga o'tadi. Oraliq paydan boshlangan
ustki qorinchasi
(venter superior)
til osti suyagi tanasining pastki chekkasiga
birikadi. Faoliyati: til osti suyagi qimiriamay tursa, bu mushak ikki tomonlama
qisqarganida, bo'yin fassiyasini taranglaydi va bo'yinning yirik venalaridan
qon oqishini yaxshilaydi. Kurak qimiriamay turganida, bu mushak til osti
suyagini pastga va orqaga tortadi. Innervatsiyasi:
ansa cervicalis.
2. To'sh-til osti mushagi
(m. stemohyoideus)
to'sh suyagi sopining orqa
yuzasidan, o'mrov suyagining to'sh uchi va orqa to'sh o'mrov boylamidan
boshlanib, til osti suyagining pastki chekkasiga birikadi. Faoliyati: til osti
suyagini pastga tortadi. Innervatsiyasi:
ansa cervicalis.
3. To'sh-qalqonsimon mushagi
(m. sternothyroideus)
to'sh suyagi
sopining orqa yuzasidan va I qovurg'a tog'ayidan boshlanib, hiqildoq
qalqonsimon tog'ayining qiyshiq chizig'iga birikadi. Faoliyati: hiqildoqni
pastga tortadi. Innervatsiyasi:
ansa cervicalis.
4. Qalqonsimon-til osti mushagi (ra.
thyrohyoideus)
qalqonsimon tog'ay
qiyshiq chizig'idan boshlanib, til osti suyagi tanasi va katta shoxiga birikadi.
Faoliyati: til osti suyagi gimirlamay turganida qisqarsa, hiqildoqni yuqoriga
tortadi. Innervatsiyasi:
ansa cervicalis.
B o ‘yinn in g chuqur guruh m ushaklari
Bo'yinning chuqur guruh mushaklari lateral va medial guruhlaiga bo'linadi.
Lateral guruhga: umurtqa pog'onasining yon tomonida joylashgan oldingi,
o'rta va orqa narvonsimon mushaklar, medial guruhga umurtqa pog'onasining
oldida joylashgan umurtqa oldi mushaklari: bo'yinning uzun mushagi,
boshning uzun mushagi, boshning oldingi to'g'ri mushagi, boshning yon
tarafdagi to'g'ri mushagi kiradi.
Lateral guruh mushaklari
1. Oldingi narvonsimon mushak
(m.scalenus anterior)
III—IV bo'yin
umurtqalari ko'ndalang o'simtasining oldingi do'mboqchasidan boshlanib,
I qovurg'aning oldingi narvonsimon mushak bo'rtig'iga birikadi.
2. O'rta narvonsimon mushak
(m. scalenus medius)
II—VII bo'yin
um urtqalarining ko'ndalang o'sim tasidan boshlanib, I qovurg'aning
o'mrov osti arteriyasi egati orqasiga birikadi.
3. Orqa narvonsimon mushak
(m. scalenus posterior)
IV-VI bo'yin
u m u rtq a la ri k o 'n d a la n g o 's im ta s in in g o rq a d o 'm b o q c h a s id a n
boshlanib, II qovurg'aning yuqori chekkasi va tashqi yuzasiga birikadi.
Narvonsimon mushaklar I va II qovurg'alami ko'tarib, ko'krak qafasini
kengaytiradi. Qovurg'alar qimiriamay tursa, ikki tomonlama qisqarganida
umurtqa pog'onasining bo'yin qismini oldinga bukadi. Ulami bo'yin chigalining
r.muscularis
lari innervatsiya qiladi.
Medial guruh mushaklari
1. Bo'yinning uzun mushagi
(m. longus colli)
III ko'krak umurtqasidan to
I bo‘yin umurtqasigacha bo'lgan sohada umurtqa pog'onasining oldingi yon
yuzasida yotadi. Bu mushakning uchta qismi tafovut qilinadi. Vertikal qismi
yuqorigi uchta ko'krak va pastki uchta bo'yin umurtqalari tanasining oldingi
yuzasidan boshlanib, yuqoriga vertikal yo'naladi va I I —IV bo'yin
umurtqalarining tanasiga birikadi. Pastki qiyshiq qismi birinchi uchta ko'krak
umurtqalari tanasining oldingi yuzasidan boshlanadi va VI—V bo'yin umurtqalari
ko'ndalang o'simtasining oldingi do'mbochasiga birikadi. Ustki qiyshiq qismi
III—V bo'yin umurtqalari ko'ndalang o'simtasining oldingi do'mboqchasidan
boshlanib yuqoriga ko'tariladi va atlantning oldingi bo'rtig'iga birikadi. Faoliyati:
umurtqa pog'onasining bo'yin qismini oldinga bukadi. Bir tomonlama qisqarsa,
bo'yinni o 'z tomoniga bukadi. Innervatsiyasi: bo'yin chigalining r. muscularis.
2. Boshning uzun mushagi
(m. longus capitis)
III—VI bo'yin umurtqalari
ko'ndalang o'simtasining oldingi do'mboqchasidan pay dastalar bilan
boshlanib, ensa suyagining asosiy qismining pastki yuzasiga birikadi. Faoliyati:
boshni oldinga bukadi. Bir tomonlama qisqarsa, boshni o'z tomoniga bukadi.
Innervatsiyasi: bo'yin chigalining
r. muscularis.
3. Boshning oldingi to'g'ri mushagi
(m. rectus capitis anterior)
oldingi
mushakdan chuqurroq yotadi. Atlantninig oldingi ravog'idan boshlanib, ensa
suyagining asosiy qismini pastki yuzasiga, boshning uzun mushagining
orqasiga birikadi. Faoliyati: boshni oldinga bukadi. Bir tomonlama qisqarsa,
boshni o‘z tomoniga bukadi. Innervatsiyasi: bo'yin chigalining r. muscularis.
4. Boshning yon tarafdagi to'g'ri mushagi
(m. rectus capitis lateralis)
boshning oldingi to'g'ri mushagidan tashqarida yotadi. Atlantning ko'ndalang
o'simtasidan boshlanib yuqoriga yo'naladi va ensa suyagining lateral qismiga
birikadi. Faoliyati: boshni yon tomonga bukadi. Innervatsiyasi: bo'yin
chigalining r. muscularis.
I—II bo'yin umurtqalari va ensa suyagi orasidagi mushaklar ensa osti
m ushaklari
(mm. suboccipitales)
deyilib, ularga yarimqirra, uzun va
boshning tasmasimon mushaklari ostida joylashgan kallaning orqa katta va
kichik to'g'ri, ustki va pastki qiyshiq mushaklari kiradi.
1. Kallaning katta to'g'ri mushagi
(m. rectus capitis posterior major)
II
bo'yin umurtqasining qirrali o'simtasidan boshlanib, pastki ensa chizig'iga
birikadi. Faoliyati: boshni orqaga tortadi. Bir tomonlama qisqarsa, boshni o'z
tomoniga buradi.
2. Kallaning kichik to'g'ri mushagi
(m. rectus capitis minor)
atlantning
orqa bo'rtig'idan boshlanib ensa suyagiga oldingi mushakdan medialroq birikadi.
Faoliyati: boshni orqaga va yon tomonga tortadi.
3. Kallaning yuqorigi qiyshiq mushagi
(m. obliquus capitis superior)
atlantning ko'ndalang o'simtasidan boshlanib, ensa suyagining pastki ensa
chizig'i ustiga birikadi. Faoliyati: ikki tomonlama qisqarsa, boshni orqaga,
bir tomonlama qisqarsa, o'zi tomonga bukadi.
4.
Kallaning pastki qiyshiq mushagi
(m. obliquus capitis inferior) II
bo'yin umurtqasi qirrali o'simtasidan boshlanib, atlantning ko'ndalang
o'simtasiga birikadi. Faoliyati: boshni II umurtqa tishining bo'ylam a o'qi
atrofida buradi. Ensa osti mushaklarining barchasini n. suboccipitalis
innervatsiya qiladi.
B o ‘yin fassiyalari
Bo'yin sohasidagi fassiyalar turiicha bayon etiladi.
Topografiya nuqtayi nazardan VAShevkunenko bo'yinda 5 qavat fassiyani
tafovut qiladi.
1. Bo'yinning yuza fassiyasi
(fascia colli superficialis)
teri ostida
joylashgan yupqa parda bo'lib, bevosita yuzga va ko'krak sohasiga davom etadi.
Bu fassiyani ikki varag'i orasida
m. platysma
joylashadi.
2. Bo'yin xususiy fassiyasining yuza varag'i
(lamina superficialis fascia
colli propria)
yuqoridan pastki jag'ga va chakka suyagi so'rg'ichsimon o'simtasiga,
pastdan to'sh suyagi sopining tashqi yuzasi va o'mrov suyagi o'rtasida tortilgan
parda bo'lib bo'yinni o'rab turadi. Bo'yinning ikkinchi fassiyasi orqa tomondan
bo'yin umurtqalarining qirrali o'simtalari usti boylamiga va ustki ensa chizig'iga
birikkan. Old tomonda qarama-qarshi fassiya bilan birikib bo'yinning oq
chizig'ini hosil qiladi. Bo'yinning ikkinchi fassiyasi bo'yin umurtqalarining
Ko’ndalang
o'simtalariga birikib uni
oldingi
va orqa qismlaiga ajratuvchi fassial
devomi hosil qiladi. Shuning uchun bu sohalardagi yiringlijarayonlarbiridan-
biriga o'tmaydi. Bo'yinning ikkinchi fassiyasi to'sh-o'mrov so'rg'ichsimon va
trapetsiyasimon mushaklar uchun qin hosil qiladi.
3. Bo'yin xususiy fassiyasining chuqur varag'i
(lamina profundus fascia
colli propria),
asosan, til osti suyagi bilan to'sh suyagi sopining ichki
yuzasi va o'mrov suyaklari o'rtasida tortilgan. U til osti suyagidan pastda
joylashgan mushaklar uchun qin hosil qiladi. To'sh suyagi sopidan yuqoriroqda
bo'yinning II va III fassiyalari o'rtasida bo'shliq
(spatium interaponevraticum
suprastemale)
bo'lib, unda bo'yinning vena chigali joylashgan.
4.
Bo'yin ichki fassiyasi
(fascia endocervicalis)
ikki varaqdan iborat.
Uning visseral varag'i bo'yinda joylashgan har bir a’zoni alohida fassial qin
hosil qilib o'rasa, pariyetal varag'i barcha a’zolami ustidan o'raydi. Buning
natijasida ikkala varaq o'rtasida bo'shliqlar hosil bo'ladi. Kekirdak oldidagi
shunday bo'shliq —
spatium pretracheaUs
ko'krak qafasigacha davom etadi.
5. Bo'yinning umurtqa oldi fassiyasi
(fascia prevertebralis)
yuqorida ensa
suyagining asosiy qismidan boshlanib, orqa ko'ks oralig'iga o'tib ketadi. Yon
tom ondan bo'yin um urtqalarining ko'ndalang o'sim talariga birikib,
narvonsimon mushaklar uchun qin hosil qiladi.
Parij anatom ik nom enklaturasiga asosan bo'yin fassiyalari uchta
plastinkadan iborat.
1.
Yuza plastinka
(lamina superficialis)
bo'yinning ten osti mushagi orqasida
joylashib, bo'yinni har tomondan o'raydi. Yuza plastinka past tomondan o'mrov
suyagi va to‘sh sopining oldingi chekkasiga birikkan. U yuqori tomon ko‘tarilib,
to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushakka qin hosil qilib, til osti suyagiga birikadi.
Undan keyin til osti suyagidan yuqorida joylashgan mushaklar va jag‘ osti
bezini qoplab qin hosil qilgach, pastki jag‘ suyagi asosidan o‘tib, chaynov
fassiyasiga aylanadi. Yuza plastinka bo'yinning orqa tomonida trapetsiyasimon
mushakka qin hosil qilib, ensa boylamiga va yuqoridan
linea nuchae superior
et protuberatia occipitalis externa
ga birikadi.
2. Kekirdak oldi plastinkasi (lamina pretrachealis) o'mrov suyagi va
to'sh suyagi dastasining orqa yuzasi bilan til osti suyagi o'rtasida tortilgan. U
yon tomondan kurak-til osti mushagiga birikkan bo'lib bu mushak qisqargan
vaqtda taranglashib bo'yin venalaridan qon oqishini yaxshilaydi. Bu plastinka
til osti suyagidan pastda joylashgan mushaklarga qin hosil qiladi.
3. Umurtqa oldi plastinkasi (lamina prevertebralis) halqumning orqasida
joylashib, umurtqa oldi va narvonsimon mushaklar uchun qin hosil qiladi.
Bu plastinka bilan halqumning orqa devori o'rtasida yaxshi rivojlangan yog'
qatlami bor.
Bo'yin topografiyasi
Bo'yin
(cervix)
orqa yoki ensa
(regio nuchae)
va oldingi soha bo'yin
(collum)
ga bo'linadi.
Bo'yin yuqoridan pastki jag', tashqi
§
eshituv yo'li, so'rg'ichsimon o'simta;
pastdan to'sh suyagining bo'yinturuq
o'ymasi, o'mrov suyagi, akromion; orqa
tomondan trapetsiyasimon mushakning
lateral chekkasi bilan chegaralanadi.
Pastki jag' suyagi burchagi orqasi
bilan so'rg'ichsim on o'sim ta oldida
joylashgan kichik uchburchak shaklidagi
soha
Dostları ilə paylaş: |