2-Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Qovurg’alar, to’sh suyagi va ko’krak kafasi,ularning yoshga doir xususiyatlari.
T o‘ sh s u ya g i (sternum, 22-rasm). Ko‘krak umurtqalari va qovurg‘alar bilan birgalikda ko‘krak qafasini (thorax) ni hosil qiladi. To‘sh suyagi uzunchoq yassi shaklda bo‘lib, o‘rta yashar odamda uchta ayrim qismlardan iborat.
22-rasm. Sternum. 1-incisura jugularis; 2-incisura clavicularis; 3-incisura costalis I; 4-angulus sterni; 5-incisura costalis II; 6-incisura costalis III; 7-incisura costalis IV; 8-incisura costalis V; 9-incisura costalis VI; 10-incisura costalis VII; 11 -processus xiphoideus; 12-соrpus sterni; 13-manubrium sterni
1) yuqori qismi – dastasi – manubrium sterni;
2) o‘rta qismi – tanasi – corpus sterni;
3) pastki qismi – xanjarsimon o‘siq – processus xiphoideus deb ataladi. Bular o‘zaro yupqa tog‘ay qatlami bilan qo‘shilgan bo‘lib, keksalik davrida suyaklanib yaxlit bitta to‘sh suyagini hosil qiladi. Dasta qismi keng va qalin bo‘lib, tepa qismida chuqurcha – incisura jugularis ko‘rinadi.
Dastaning ikki yonboshida o‘mrov suyagining to‘sh suyagiga qaragan uchining qo‘shilishi uchun o‘yma – incisurae claviculares va undan pastda I qovurg‘a tog‘ayi bilan qo‘shilishi uchun o‘yma bo‘ladi. Dasta bilan tanasi bir oz oldinga turtib qo‘shilgan joyida to‘sh burchagi (angulus sterni) ni ko‘rish mumkin. Dasta bilan tanasi oralig‘ida II–VII qovurg‘a tog‘aylari uchun o‘yma (incisurae costales) bor.
Xanjarsimon o‘siq (processus xiphoideus) to‘sh suyagining tanasidan pastki tomonda joylashgan turli uzunlik va shaklda bo‘ladi. Ayollarning to‘sh suyaklari erkaklarning to‘sh suyagiga nisbatan bir oz kaltaroq bo‘ladi.
QOVURG‘ALAR
Qovurg‘alar (costae, 23, 24-rasmlar) 12 juft ingichka yoylardan iborat bo‘lib, orqa tomondan ko‘krak umurtqalarining tanalariga yopishib turadi. Har qaysi qovurg‘a ikki qismdan iborat, qovurg‘aning orqa qismi suyak (os costale) va oldingi qismi tog‘aydan (cartilago costalis)dan tuzilgan. Yuqoridagi I–VII qovurg‘alar bevosita tog‘ay qismlari vositasida to‘sh suyagiga birikadi va chin qovurg‘a (costae verae) deb ataladi. Keyingi VIII, IX va X juft qovurg‘alar o‘zining oldingi tog‘ay qismlari bilan bevosita to‘sh suyagiga yopishmasdan, o‘zidan yuqorida joylashgan qovurg‘aning tog‘ayiga tutashadi hamda yolg‘on qovurg‘alar (costae spuriae) deb
23-rasm. Qovurg‘alar (costae).
A – birinchi qovurg‘a.
1 – caput costae I; 2 – collum costae; 3 – tuberculum costae; 4 – sulcus arteriae subclaviae; 5 – tuberculum m.scaleni anterioris; 6 – sulcus v.subclaviae
B – ikkinchi qovurg‘a.
1 – caput costae II; 2 – collum costae; 3 – tuberculum costae; 4 – tuberositas m.serrati anterioris; 5 – corpus costae.
ataladi. Qolgan XI va XII juft qovurg‘alarning tog‘aylari esa hech qayerga yopishmasdan qorin muskullarining oralarida erkin joylashgan. Shu sababli juda harakatchan bo‘ladi. Ular yetim qovurg‘alar (costae fluctuantes) deb ataladi. Qovurg‘alarning oldingi, orqa uchlari va bularning oraliq qismi, tanasi bor. Qovurg‘aning orqa uchida yo‘g‘onlashgan boshchasi (caput costae) bor. II–X qovurg‘alar boshchasi umurtqalar oraliq chuqurchalariga qo‘shilgani uchun ularning bo‘g‘im yuzalari qirra (crista capitis costae) bilan ikkita bo‘g‘im yuzasiga ajralgan. I, XI va XII qovurg‘alar boshchalarida qirra bo‘lmaydi, chunki umurtqa tanasidagi butun bo‘g‘im chuqurchalari bilan qo‘shilgan bo‘ladi. Qovurg‘a boshchasi ingichkalashgan bo‘yin (collum costae) qismiga o‘tadi. Bo‘yin qismining qovurg‘a tanasiga o‘tish chegarasida do‘mboqcha (tuberculum costae) ko‘rinadi. I–X qovurg‘alar do‘mboqchalaridagi bo‘g‘im yuzalari (facies articularis tuberculi costae) ikki qismga ajralgan bo‘lib, ularning pastki qismi umurtqalar
24-rasm. Sakkizinchi o‘ng qovurg‘a (costa VIII). Ichki yuzasi.1 – caput costae; 2 – collum costae; 3 – facies articularis capitis costae; 4 – crista capitis costae; 5 – corpus costae; 6 – sulcus costae.
ko‘ndalang o‘siqlaridagi bo‘g‘im chuqurchalariga qo‘shilib turadi. Do‘mboqchalar bo‘g‘im yuzalarining yuqori qismlariga esa boylamlar yopishadi. XI–XII qovurg‘alardagi do‘mboqchalar unchalik rivojlanmagan, bo‘g‘im yuzalari bo‘lmaydi. Qovurg‘a tanasida (corpus costae) tashqi, ichki yuzalari, tepa va pastki chekkalari bor. Birinchi qovurg‘aning, aksincha, yuqori va pastki yuzalari, ichki va tashqi chekkalari bo‘ladi. Qovurg‘a tanasi bir oz bukilib qovurg‘a burchagi (angulus costae) ni hosil qiladi. Ko‘pchilik qovurg‘alar ichki yuzasining pastki chekkasiga yaqin joyida qovurg‘a egatchasi (sulcus costae) (nerv va tomirlar uchun) joylashgan. Qovurg‘alarning shakli va uzunligi ko‘krak qafasining tuzilishiga hamda shakliga bog‘liq. Qovurg‘alarning uzunligi I dan VII qovurg‘agacha orta borib, VIII qovurg‘adan oxirgi XII qovurg‘agacha qisqarib kamayadi.
Birinchi qovurg‘a boshqa qovurg‘alardan uning yuqori yuzasida narvonsimon muskul do‘mbog‘i (tuberculum musculi scaleni anterioris) borligi bilan farq qiladi. Do‘mboq oldida o‘mrov osti vena egati – sulcus venae subclaviae, do‘mboq orqasida esa o‘mrov osti arteriya egati – sulcus arteriae subclaviae bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |