0 ‘z b e k is t 0n respublikasi oliy уа 0 ‘rta m axsus ta’lim vazirligi



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/63
tarix13.04.2017
ölçüsü4,47 Mb.
#13873
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   63

n. peroneus 

profundus 

innervatsiya qiladi.

Boldirning  orqa  guruh  mushaklari

Boldirning  orqa  guruh  mushaklari  ikki:  yuza  va  chuqur  qavat  bo'lib 

joylashadi. Yuza qavatda kuchli rivojlangan boldirning uch boshli  mushagi 

bo'lib, u boldirda o'ziga xos yumaloqlikni hosil qiladi.

1.  Uch  boshli  mushak 

(m.triseps  surae) 

ikki:  yuza joylashgan  boldir 

mushagi  va  kambalasimon  mushakdan  iborat.  1. Boldir  mushagi 

(m. 

gastrocnemius) 

ikki bo'g'imli mushak bo'lib, tizza va oshiq-boldir bo'g'imlariga 

ta’sir qiladi.  Uning ikkita boshchasi bor.  Medial boshchasi 

(caput mediale) 

son  suyagining  ichki  do'ngsimon  o'simtasidan,  lateral  boshchasi 



(caput 

laterale) 

esa son suyagining tashqi do'ngsimon o'simtasi ustidan boshlanadi. 

Boldirning  o'rtasida ikkala boshchasi qalin yassi  payga o'tib pastga tomon 

torayadi va kambalasimon  mushak payi bilan qo'shilib, tovon  (axil)  payini 

hosil qiladi va tovon suyagi do'ngligiga birikadi.

2.  Kambalasimon  mushak 



(m.  soleus) 

boldir  mushagining  oldida 

joylashgan  qalin yassi  mushak.  U  katta boldir suyagining  orqa  yuzasidagi 

linea  m.  solei 

dan  boshlanib,  yassi  pay  bilan  boldir 

mushagi payiga qo'shiladi. Faoliyati: boldirning uch boshli 

mushagi qisqarganida boldimi va oyoq panjasini bukadi.

Innervatsiyasi: 

n.tibialis. 

8

3. Kaft mushagi 



(m. plantarius) 

kichkina qorinchali, 

uzun payli  mushak bo'lib  har doim  uchramaydi.  Son 

suyagining  tashqi  do'ngsim on  o'sim tasining  orqa 

yuzasidan  boshlanadi.  Uning  uzun  payi  boldir  va 

kambalasimon mushaklar orasidan o'tib, ulaming paylari 

bilan birga tovon suyagi do'ngligiga birikadi.  Faoliyati: 

tizza  bo'g'im i  xaltasini  taranglaydi,  boldir  va  oyoq 



panjasini bukishda ishtirok etadi. Innervatsiyasi: 



n.tibialis.

Chuqur qavat yuza qavatdan (59-rasm) boldirning 

chuqur  fassiyasi  bilan  ajralgan  bo'lib  to'rtta:  taqim

59-rasm.Boldir  va  oyoq  panjasi  mushaklari  (lateral  tomoni).  1-m .extensor  digitorum 

longus;  2-m.  extensor  digitorum  brevis;  3-maUeolus  lateralis;  4-m.  peroneus  brevis;  5-m. 

peroneus longus;  6-m.  soleus;  7-m. gastrocnemius;  8-m. biceps femoris.


osti, barmoqlami va bosh barmoqni bukuvchi uzun hamda orqa katta boldir 

mushaklari joylashgan.



4.

 Taqim osti mushagi 



(m. popliteus) 

taqim osti chuqurchasining tubida 

yotadi.  Qalin pay bilan son suyagi tashqi do'ngsimon o'simtasining tashqi 

yuzasidan boshlanadi.  U tizza bo'g'imining orqa yuzasiga tegib turadi va katta 

boldir suyagining orqa yuzasiga kambalasimon mushak chizig'i ustiga birikadi. 

Faoliyati: tizzani bukadi va ichkariga buradi. Tizza bo'g'imi xaltasini taranglaydi. 

Innervatsiyasi: 

n.tibialis.

5.  Barmoqlami  bukuvchi  uzun  mushak 



(m.  flexor  digitorum  longus) 

katta  boldir  suyagi  orqa  yuzasining  kambalasimon  mushak  chizig'idan 

pastroqdan,  boldir  fassiyasi  va  boldirning  orqa  suyaklararo  to'sig'idan 

boshlanadi.  Uning payi pastga yo'nalib, ichki to'piqning orqasidan bukuvchi 

pay tutqichlar,  so'ngra 

sustentaculum  tali 

ostidan  o'tganidan  so'ng to'rtta 

payga bo'linib II—V barmoqlaming distal falangalariga birikadi.  Faoliyati: 

II—V barmoqlaming distal falangalarini bukadi, shuningdek, oyoq panjasini 

bukib tashqariga buradi.  Innervatsiyasi: 

n.tibialis.

6.  Bosh  barmoqni  bukuvchi  uzun  mushak 



(m.  flexor  hallicis  longus) 

kichik  boldir  suyagi  tanasining  pastki  uchdan  ikki  qismidan,  suyaklararo 

pardadan  boshlanadi.  Uning  payi  bukuvchi  pay  tutqichlar  ostidan,  ichki 

to'piq orqasidan,  oshiq suyak orqa o'simtasi va 



sustentaculum  tali 

ostidagi 

o'z  nomidagi  egatdan  o'tib,  bosh  barmoqning  distal  falangasiga  birikadi. 

Faoliyati:  oyoq panjasi bosh barmog'ini bukadi, oyoq panjasini bukishda va 

yaqinlashtirishda,  oyoq  gumbazini  m ustahkam lashda  ishtirok  etadi. 

Innervatsiyasi: 



n.tibialis.

7. Orqa katta boldir mushagi 



(m. tibialis posterior) 

boldirning orqa yuzasida 

chuqur yotadi.  Kichik boldir suyagi tanasining orqa yuzasidan,  katta boldir 

suyagi  tashqi  do'ngsimon  o'simtasining  pastki  yuzasi,  tanasining  yuqorigi 

uchdan  ikki  qismi  va  suyaklararo  pardadan  boshlanadi.  Uning  kuchli  payi 

bukuvchi pay tutqichlar va ichki to'piqning orqasidan oyoq kafti ostiga o'tadi 

va qayiqsimon suyak bo'rtig'iga,  uchta ponasimon suyaklar,  shuningdek IV 

kaft suyagi asosiga birikadi. Faoliyati: oyoq panjasini bukadi, ichki chekkasini 

ko'taradi, yaqinlashtiradi va supinatsiya qiladi. Innervatsiyasi: 

n.tibialis.

Boldirning  lateral  guruh  mushaklari

Boldirning lateral yuzasida kichik boldirning uzun va kalta mushaklari 

oldingi va orqa mushaklararo to'siqlar o'rtasida joylashgan.

1. 


Kichik boldirning uzun mushagi 

(m. peroneus longus) 

yuza joylashgan. 

Kichik  boldir  suyagi  boshchasi  va  tanasining  lateral  yuzasidan  boshlanadi. 

Mushak payi oshiq-boldir bo'g'imi sohasida tashqi to'siqni orqasidan ustki va 

pastki kichik boldir mushaklari pay tutqichi ostidan o'tadi.  Oyoq panjasining 

ostida qiya yo'nalib I—II kaft suyaklari asosiga va medial ponasimon suyakka 

birikadi.  Faoliyati:  oyoq panjasining lateral chetini ko'tarib,  medial  chetini 

pastga tortadi pronatsiya qiladi. Innervatsiyasi: 



n.peroneus superficialis.

2. 

Kichik boldirning  kalta mushagi 



(m.  peroneus  brevis) 

kichik boldir 

suyagi  lateral  yuzasining  pastki  uchdan  ikki  qismidan  va  boldirning 

mushaklararo to‘sig‘idan boshlanadi.  Mushak payi tashqi to'piqning orqasidan 

ustki va pastki kichik boldir mushaklari pay tutqichlari ostidan o‘tib V kaft 

suyagi asosiga birikadi. Faoliyati: oyoq panjasining lateral chetini ko'taradi, 

medial chetini pastga tushiradi.  Innervatsiyasi: 

n.peroneus superficialis.

O yoq  panjasining  m ushaklari

Oyoq panjasi mushaklari oyoq panjasi suyaklari sohasida boshlanadi va 

birikadi.  Ular oyoq panjasining ustki  (dorsal) yuzasida joylashgan yozuvchi 

va ostki (kaft) yuzasida joylashgan bukuvchi guruhlarga bo'linadi.



Oyoq  panjasining  ustki  (d orsal)  mushaklari

1.  Barmoqlami yozuvchi  kalta mushak 



(m.  extensor digitorum brevis) 

tovon  suyagining  oldingi  yuqori  va  lateral yuzasidan boshlanadi.  U  uchta 

payga bo'linib,  11—IV barmoqlarga yetib boradi va barmoqlami yozuvchi 

uzun  mushak  paylarining  lateral  tomoniga  qo'shilib,  ular  bilan  birga 

barmoqlaming o'rta  va distal falangalariga birikadi.  Faoliyati:  barmoqlami 

yozuvchi uzun mushak payi bilan birga barmoqlami yozishda ishtirok etadi. 

Innervatsiyasi:  n.peroneus profundus.

2.  Bosh barmoqni yozuvchi kalta mushak 



(m.  extensor hallicis brevis) 

oldingi mushakning medial tomonida yotadi. Tovon suyagining oldingi ustki 

yuzasidan boshlanadi.  Medial va  old tomonga yo'nalib,  bosh barmoqning 

proksimal falangasiga birikadi.  Faoliyati:  bosh barmoqni yozishda ishtirok 

etadi.  Innervatsiyasi: 

n.peroneus profundus.

Oyoq  panjasining  ostk i  (k aft)  mushaklari

Oyoq  panjasining ostki  (kaft)  tomonidagi  mushaklar ham  qo'l  kaftiga 

o'xshab uch: medial, lateral va o'rta guruhga bo'linadi.  Qo'l kaftidan farqli 

ravishda  oyoq  kafti  tomonda  14  ta  mushak  bor.  Shundan  medial  guruh 

mushaklari uchta, lateral guruhda ikkita mushak bor. O'rta guruh mushaklariga 

chuvalchangsimon, suyaklararo mushaklardan tashqari barmoqlami bukuvchi 

kalta va oyoq kaftining kvadrat mushagi ham kiradi.

Oyoq  k aftining  medial  guruh  m ushaklari

Medial  guruh  mushaklariga  bosh  barmoq  tomonda joylashgan  bosh 

barmoqni uzoqlashtiruvchi mushak, bosh barmoqni bukuvchi kalta mushak 

va bosh barmoqni yaqinlashtiruvchi mushak kiradi.



1. 

Bosh barmoqni uzoqlashtiruvchi mushak 



(m. abductor hallicis) 

tovon 


suyagi  do'ngligining  medial  o'simtasi,  pastki bukuvchi  pay tutqich va  kaft

aponevrozidan  boshlanadi.  U  oyoq  panjasining  medial  chekkasi  bo'ylab 

yo'nalib, bosh barmoq proksimal falangasi asosining medial tomoniga birikadi. 

Faoliyati:  bosh  barmoqni  boshqa  barmoqlardan  uzoqlashtiradi  va  medial 

tomonga tortadi.  Innervatsiyasi: n.plantaris medialis.

2.  Bosh  barmoqni  bukuvchi  kalta  mushak 

(m.  flexor  hallicis  brevis) 

kubsimon  suyak  kaft  yuzasining  medial  tomoni,  ponasimon  suyaklaming 

kaft yuzasi va kaft boylamidan boshlanadi.  U ikki qismga bo'linadi:  lateral 

qismi bosh barmoq proksimal falangasi asosiga biriksa, medial qismi I kaft- 

barmoq bo'g'im i sohasidagi sesamasimon suyakka birikadi.  Faoliyati: bosh 

barmoqni bukadi.  Innervatsiyasi: lateral qismini 



n.plantaris lateralis, medial 

qismini  n.  plantaris  medialis.

3.  Bosh barmoqni yaqinlashtiruvchi mushakning 



(m.  adductor hallicis) 

ikki:  qiyshiq  va  ko'ndalang  boshchasi  bor.  Qiyshiq  boshchasi 



(caput 

obliquum) 

kubsimon,  lateral ponasimon,  II,  III  va  IV kaft suyaklarining 

asosidan boshlanib, medial va oldinga tomon yo'naladi. Ko'ndalang boshchasi 

(caput transversum) 

III—V kaft-barmoq bo'g'imlari xaltasidan boshlanadi. 

Ikkala  boshchaning  paylari  o'zaro  qo'shilib  bosh  barm oq  proksimal 

falangasining asosiga va lateral sesamasimon suyakka birikadi.  Faoliyati: bosh 

barmoqni boshqa barmoqlarga yaqinlashtiradi.  Innervatsiyasi: 

n.plantaris 

lateralis.

O yoq  kaftining  lateral  guruh  mushaklari

Oyoq  kaftin in g   lateral  guruh  m ushaklariga  kichik  b a rm o q n i 

uzoqlashtiruvchi va bukuvchi kalta mushaklar kiradi.

1. Kichik barmoqni uzoqlashtiruvchi mushak 



(m. abductor digiti minimi) 

tovon suyagi do'ng'ligining kaft yuzasidan, V kaft suyagi bo'rtig'idan, oyoq 

kafti aponevrozidan boshlanadi. Mushak payi oyoq kaftining lateral chekkasi 

bo'ylab yo'nalib kichik barmoq proksimal falangasi asosining lateral tomoniga 

birikadi. Faoliyati: kichik barmoqni uzoqlashtiradi va bukadi.

2.  Kichik barmoqni bukuvchi qisqa mushak 



(m.  flexor digiti minimi) 

kaft suyagining kaft yuzasining medial tomonidan va kaftning uzun boylamidan 



boshlanadi. Mushak payi kichik barmoqning proksimal falangasi asosiga birikadi. 

Faoliyati:  kichik barmoqni bukadi.  Lateral guruh mushaklami 



n.plantaris 

lateralis 

innervatsiya qiladi.



O 'rta  guruh  mushaklari

1. 


Barmoqlami bukuvchi kalta mushak 

(m. flexor digitorum brevis) 

kaft 


aponevrozi  ostida  yotadi.  Tovon  suyagi  do'ngligining  kaft  yuzasi  oldingi 

qismidan va oyoq kafti aponevrozidan boshlanadi. Mushak qorinchasi to'rtta 

payga bo'linadi. Bu paylar И—V barmoqlaming proksimal falangasi sohasida 

ikki  dastaga  bo'linib,  II—V  barmoqlaming  o'rta  falangasiga  birikadi.  Bu 

mushakning paylari oralig'ida barmoqlami bukuvchi uzun mushak payi o'tadi.


Faoliyati:  II—V barmoqlami  bukadi  va oyoq gumbazini  mustahkamlaydi. 

Innervatsiyasi: 



n.plantaris  medialis.

2. Oyoq kaftining kvadrat mushagi 



(m.quadratus 

plantae)ning ikkita lateral 

va  medial  boshchasi  bor.  Lateral  boshchasi 

(caput  laterale) 

tovon  suyagi 

pastki  yuzasining  tashqi  tomonidan  va  kaftning  uzun  boylamining  lateral 

chekkasidan boshlanadi. Medial boshchasi 



(caput mediale) 

tovon suyagi pastki 

yuzasini medial tomonidan va kaftning uzun boylamining medial chekkasidan 

boshlanadi.  Ikkala boshchasi o ‘zaro birikib, oyoq kafti o'rtasida barmoqlami 

bukuvchi uzun mushak payining tashqi tomoniga birikadi. Faoliyati barmoqlami 

bukishda ishtirok etadi.  Innervatsiyasi: 



n. plantaris lateralis.

3.  Chuvalchangsimon  mushaklar 



(m.  lumbricales) 

to'rtta  duksimon 

mushakdan iborat. Lateral joylashgan uchtasi barmoqlami bukuvchi uzun mushak 

payini bir-biriga qaragan yuzalaridan, medial joylashgan to'rtinchisi esa yonidagi 

payning  medial  yuzasidan  boshlanadi.  Chuvalchangsimon  mushaklar payi 

II—V barmoqlar proksimal falangasining medial tomoniga birikadi. Faoliyati:

II—V barmoqlaming proksimal falangalarini bukadi va ulami bosh  barmoq 

tomonga tortadi.  Innervatsiyasi: nn. plantaris lateralis et medialis.

4. Suyaklararo mushaklar 

(mm. interossei) 

kaft suyaklari orasida joylashgan 

bo'lib, qo'l kaftidan farqli  II barmoq atrofida to'plangan.  Ular ikki guruhga 

bo'linadi.  Kaft sohasidagi  suyaklararo  mushaklar 



(m.  interossei plantares) 

uchta bo'lib,  oyoq kafti suyaklari oralig'ining kaft osti tomonida III—V kaft 

suyaklarining  asosidan  va  tanasining  ichki  yuzasidan  boshlanib,  III—V 

barmoqlar proksimal falangasining medial yuzasiga birikadi. Faoliyati: III—

V  barmoqlami  II  barmoqqa  yaqinlashtiradi  va  shu  barmoqlar  proksimal 

falangasini bukadi.  Kaftning  ustki yuzasidagi  suyaklararo  mushaklar 



(mm. 

interossei  dorsales) 

to'rtta  bo'lib,  kaft  suyaklari  o'rtasida  ust  tomonda 

joylashgan.  Ulaming  har  biri  yonma-yon  turgan  kaft  suyaklarining  bir- 

biriga qaragan yuzalaridan boshlanadi. Birinchi siiyaklararo mushak II barmoq 

proksimal  falangasi  asosining  ichki  tomoniga,  qolgan  uchtasi  esa  II—IV 

barmoqlar proksimal falanagasi asosining tashqi tomoniga birikadi. Faoliyati: 

I mushak II barmoqni medial tomonga, qolgan uchtasi esa II—IV barmoqlami 

lateral tomonga tortadi. Innervatsiyasi: n. plantaris lateralis.



Oyoq  fassiyalari

Yonbosh-bel mushagini qoplagan yonbosh fassiyasi 



(fascia iliaca) 

pastga 


tomon yo'nalib lateral tomonda chov boylamiga yopishsa,  medial tomonda 

yonbosh-qov tepaligiga birikib 



arcus  iliopecteneus 

ni hosil qiladi.  Bu ravoq 

chov  boylami  osti  sohasini  mushakli  va  tomirli  lakunalaiga  ajratadi.  Chov 

boylamidan pastda yonbosh fassiyasi sonning keng fassiyasiga o'tib ketadi.

Sonning keng fassiyasi 

(fascia lata) 

qalin pay tuzilishiga ega bo'lib son 

mushaklarini  har  tomondan  o'rab  turadi.  Sonning  yuqori  uchdan  birida 

keng  fassiya  ikki qatlamdan  iborat.  Uning yuza qatlami yuqori tomondan 

chov  boylamiga  birikkan  bo'lib,  son  qon  tomirlarining  oldidan  o'tib  son


venasining yon tomonida o ‘roqsimon chekka 

(margo falciformis) 

hosil qilib 

tugaydi. 

Margo falciformis 

oval teshik 



hiatus saphenus 

ni o'rab ikki shoxdan 

iborat.  Uning pastki  shoxi  ustidan oyoqning katta teri osti venasi o‘tib son 

venasiga quyiladi. Yuqori shoxi esa chov boylamiga birikib ketadi.  Oval teshik 

to 'r shaklida tuzilgan ilma-teshik fassiya 

(fascia cribrosa) 

bilan qoplangan. 

Sonning keng fassiyasi son mushaklarini o‘rab ulami bir-biridan ajratuvchi 

qatlamlar hosil qilib son suyagiga birikadi. Lateral mushaklararo to‘siq 



(septum 

intermusculare  laterale) 

son suyagi g'adir-budir chizig'ining lateral  labiga 

birikib oldingi guruh mushaklami orqa guruhdan ajratadi.  Medial mushaklararo 

to'siq 


(septum intermusculare mediate) 

son suyagi g'adir-budir chizig'ining 

medial labiga birikib, oldingi guruh mushaklarini medial guruh mushaklaridan 

ajratadi.  Bundan tashqari sonning keng fassiyasi keng fassiyani taranglovchi 

va  tikuvchilar  mushagi  chekkasida  ikki  qatlamga  bo'linib  ular  uchun  qin 

hosil  qiladi.  Sonning lateral yuzasida juda qalinlashib yonbosh-katta boldir 

traktini 

(tractus iliotibialis) 

hosil qilib katta boldir suyagi tashqi do'ngsimon 

o'simtasiga birikadi. Bu trakt katta dumba mushagi va keng fassiyani taranglovchi 

mushak payi vazifasini bajaradi.  Uning vositasida katta dumba mushagi tizza 

bo'g'imiga bukuvchi va tashqariga burovchi ta’sir ko'rsatadi.  Sonning keng 

fassiyasi  tizza  bo'g'imining  old  va  yon  tomonidan  o'tib  boldir  fassiyasiga 

davom etadi.  Orqa tomondan esa taqim osti chuqurini qoplagan taqim osti 

fassiyasiga o'tib ketadi.

Boldir  fassiyasi 

(fascia  cruris) 

boldimi  o'rab,  katta  boldir  suyagining 

oldingi va  medial  qirralariga  birikib oldingi va  orqa  mushaklararo to'siqni 

hosil  qiladi.  Oldingi  mushaklararo  to'siq 



(septum  intermusculare  anterius 

cruris) 

boldirning oldingi guruh mushaklarini lateral guruhdan ajratsa, orqa 

mushaklararo to'siq 

(septum intermusculare posterius cruris) 

lateral va orqa 

guruh mushaklari o'rtasida yotadi.

Boldirning orqa yuzasida fassiya ikki:  yuza va  chuqur varaqdan  iborat 

bo'ladi.  Yuza varaq boldirning uch boshli mushagini  o'rasa,  chuqur varaq 

chuqur guruh mushaklarini o'rab boldir suyaklariga birikadi.

Boldir fassiyasi ichki va tashqi to'piqlaming asosi sohasida boldir suyaklari 

o'rtasidan  ko'ndalang  tortilgan  fibroz  tolalar  dastasi  hisobiga  qalinlashib 

boldirning  oldingi  guruh  mushaklari  payi  ustidan  o'tuvchi  ustki  yozuvchi 

pay  tutqichni 



(retinaculum  mm.  extensorum  superius) 

hosil  qiladi. 

Pastki  yozuvchi  paytutqich 

(retinaculum  mm.  extensorum  inferius) 

oshiq-boldir bo'g'imi sohasida joylashib Y shaklida bo'ladi. U tovon suyagining 

lateral  chekkasidan  boshlanib  ikki  oyoqchaga  bo'linadi.  Ustki  oyoqchasi 

yozuvchi  mushaklar  payi  ustidan  o'tib  ichki  to'piqning  oldingi  yuzasiga 

birikadi.  Pastki  oyoqchasi  esa  oyoq  kaftining  medial  chekkasiga  yo'nalib, 

qayiqsimon va ichki ponasimon suyaklarga birikadi.  Pastki pay tutqiclming 

ichki yuzasidan oyoq kafti suyaklariga to'siqlar chiqib, to'rtta fibroz kanalni 

hosil qiladi.  Ulaming medial tomondagisidan oldingi katta boldir mushagi 

payi qini,  o'rtadagisidan bosh barmoqni yozuvchi  uzun mushak payi  qini, 

lateral tomondagisidan barmoqlami yozuvchi uzun mushak payi qini o'tadi.



Yuza joylashgan  to'rtinchi  fibroz  kanaldan  esa  oyoq  kafti  usti  arteriyasi, 

venasi hamda chuqur kichik boldir nervi o'tadi.

Ichki  to'piqning  orqasida  fassiya  qalinlashib  bukuvchi  pay  tutqich 

(retinaculum  mm.  flexorum) 

hosil  qiladi.  U  ichki  to'p iq  bilan  tovon 

suyagi ortasida tortilgan bo'lib, ostida uchta suyak-fibroz va bitta fibroz kanal 

hosil bo'ladi.  Ichki to'piqning orqasidagi birinchi kanaldan orqa katta boldir 

mushagining  pay  qini,  uning  orqasidagi  ikkinchi  kanaldan  barmoqlami 

bukuvchi uzun mushak pay qini va orqadagi uchinchi kanaldan bosh barmoqni 

bukuvchi  uzun  mushak  pay  qini  o'tadi,  yuza joylashgan  to'rtinchi  fibroz 

kanaldan orqa katta boldir arteriyasi, venasi va katta boldir nervi o'tadi.

Oshiq-boldir  bo'g'imi  sohasida  tashqi  to'piqning  orqasida  ustki  kichik 

boldir  mushaklari  pay  tutqichi 



(retinaculum  mm.  peroneorum  superius) 

bo'lib,  u  tashqi to'piq bilan tovon suyagi  o'rtasida  tortilgan.  Uning  ostidan 

kichik  boldir  mushaklarining  umumiy  pay  qini  o'tadi.  Pastroqda  tovon 

suyagining  lateral  yuzasida  joylashgan  pastki  kichik  boldir  pay  tutqichi 



(retinaculum mm.  peroneorum inferius) 

ostida kichik boldir mushaklarining 

umumiy pay qini ikkiga bo'linadi. Qisqa kichik boldir mushak pay qini pastki 

tutqich  ostidan  chiqqan joyda tugasa,  uzun  kichik boldir  mushagi pay qini 

oyoq kafti ostiga yo'naladi. Uzun kichik boldir mushagi payi kubsimon suyak 

egatidan to birikkan joyigacha alohida pay qin bilan o'ralgan.

Oyoq  kafti  usti  fassiyasi 

(fascia  dorsalis  pedis) 

yaxshi  rivojlanmagan 

bo'lib, uning chuqur qatlami suyaklararo mushaklami qoplab kaft suyaklari 

suyak pardasiga yopishib  ketadi.  Uning yuza va chuqur qatlamlari  orasida 

barmoqlami yozuvchi uzun va qisqa mushaklar payi, qon tomirlar va nervlar 

yotadi.  Oyoq  kafti  osti  aponevrozi 



(aponeurosis  plantaris) 

qalin  fibroz 

plastinka shaklida barmoqlarga yetib borib, ulaming fibroz qinlariga birikadi.

Oyoq topografiyasi

Oyoq mushaklari,  fassiyalari va suyaklari  o'rtasida turli teshik,  chuqur, 

kanal va egatlar bo'lib,  ularda qon va limfa tomirlar,  nervlar yotadi.  Katta 

o'tirg'ich  teshigidan  o'tgan  noksimon  mushak  uni  ikki:  noksimon  usti 



(foram en  suprapiriform is) 

va  noksim on  osti  teshiklarga 



(foram en 

infrapiriformis) 

ajratadi.  Bu teshiklar orqali chanoq bo'shlig'idan oyoqning 

erkin qismiga boruvchi qon tomir va nervlar o'tadi.

Chov boylami bilan yonbosh suyagi o'rtasidagi soha 



arcus iliopecteneus 

vositasida ikki: lateral joylashgan mushakli lakuna va medial joylashgan tomirli 

lakunaga ajraladi.

Mushakli  lakuna 



(lacuna  musculorum) 

oldindan  va  yuqoridan  chov 

boylami,  orqadan  yonbosh  suyagi,  medial  tom ondan 

arcus  iliopecteneus 

bilan chegaralangan.  Undan yonbosh-bel mushagi va son nervi o'tadi.

Tomirli lakuna 


Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin