foramen epiploicum
orqali qo'shiladi. Katta charvi bola hayotining 3—4-oylarigacha ko'ndalang
chambar ichak va uning tutqichidan alohida bo'lib, keyin birikadi. Ingichka
va yo'g'on ichak tutqichlari dastlab umumiy bo'lsa, keyinchalik ko'tariluvchi
va tushuvchi chambar ichak qismlarida yo'qolib ketadi.
Yangi tug'ilgan va emizikli bolalarda qorinparda bo'shlig'i katta bo'lib,
unda joylashgan a’zolar yuqori ko'tarilgan bo'ladi. Bola yura boshlaganidan
so'ng diafragma pastga tushib, ko'krak qafasi a’zolarining tez taraqqiy etishi
natijasida qorin bo'shlig'i nisbatan kichrayadi. Yangi tug'ilgan chaqaloqda
qorinparda yupqa va tiniq bo'lib, qon va limfa tomirlar ko'rinib turadi. Uning
ostida, ichaktutqichda, boylamlar va charvilarda yog' to'qimasi bo'lmaydi.
Yog' to'qimasi 2 yoshda paydo bo'lib, 7 yoshlarda uning hajmi ancha ortadi.
Katta charvi 2 yoshgacha bo'lmay, 7 yoshda ingichka ichak burmalarini old
tomonini qoplab turadi. Yangi tug'ilgan chaqaloqda ingichka ichak tutqichi
vertikal holatda bo'lib, yoshga qarab ichak tutqichning uzunligi o'zgaradi va
uning ildizi qiyshiq holatni oladi. 16—18 yoshlarda qorinparda orasidagi
bo'shlig'i, charvi, boylamlar va ichak tutqich ichidagi yog' to'qimasining
hajmi ortadi va a’zolar mustahkamlanadi.
NAFAS A’ZOLARI TIZIM I
Odam hayoti davomida kislorodga bo'lgan ehtiyojni nafas olish bilan
qondiradi.
Nafas a’zolari tizimi
(systema respiratorium)
tarkibiga tashqi havo bilan
qon o'rtasidagi gaz almashinuvini ta’minlovchi a ’zolar kiradi. Gaz almashinuvi
bu organizmning tashqi muhitdan kislorodni qabul qilib, o'zidan karbonat
angidridni tashqi muhitga chiqarishidir. Gaz almashinuvi asosan, nafas,
a’zolari bilan, juda oz qismi esa teri orqali bo'ladi. U uch bosqichdan iborat
bo'lib, nafas a’zolari tizimi uning birinchi bosqichini yoki tashqi muhitdagi
kislorodni alveolalar orqali qonga o'tishi va qondagi karbonat angidridni
alveolalarga o'tishini ta’minlaydi. Nafas a’zolari tizimi nafas yo'llari va juft
nafas a’zosi — o'pkadan iborat. Nafas yo'llari joylashishiga qarab yuqori va
pastki nafas yo'llariga bo'linadi. Yuqori nafas yo'llariga burun bo'shlig'i,
halqumning burun va og'iz qismi, pastki nafas yo'llariga hiqildoq, traxeya,
bronxlar kiradi. Nafas yo'lining ichi shilliq parda bilan qoplangan. Unda
kiprikli epiteliy, ko'p sonli shilliq bezlari bo'ladi. Nafas yo'llari orqali
o'tgan havo asosiy nafas a’zosi bo'lgan o'pkaga boradi. Bu yerda gazlar difluziyasi
yo'li bilan gaz abmashinish jarayoni sodir bo'lib havodagi kislorod qonga
o'tadi. Nafas a’zolari tizimi olinayotgan havoni tozalaydi, namlaydi, isitadi
hamda tashqi muhitdagi har xil hidlami sezadi. O'pka suyuqlik almashinuvida
katta rol o'ynaydi va tananing doimiy haroratini saqlab turishda ishtirok
etadi, chunki ular orqali suv parlari ajraladi. Bundan tashqari o'pkada juda
ko'p erkin makrofaglar bo'lib, ular himoya vazifasini bajaradi.
Nafas olish jarayoni quyidagicha kechadi: nafas olgan vaqtda ko'krak qafasi
bo'shlig'i, diafiagma va qovuig'alami ko'taruvchi mushaklaming qisqarishi natijasida
kengayadi. O'pka esa elastik devorii ichi bo'sh a’zo sifatida ko'krak qafasi devori
orqasidan kengayadi va havoni so'rib oladi. Alveolalarda gaz almashganidan keyin
ko'krak qafasi devori nafas chiqarish harakatini bajarib o'z holiga qaytadi va
o'pkadagi havo siqib chiqariladi Nafas olg^nda va chiqaiganda o'pka o'zini qoplagan
visseral plevra vositasida ko'krak qafasini qoplagan pariyetal plevra ustida sirpanadi.
Nafas a’zolari devori tog'aylardan tuzilgan. Shuning uchun ulaming bo'shlig'i
har doim ochiq bo'lib, ulardan havo bemalol o'tadi.
Nafas a’zolarining taraqqiyoti
Tashqi burun va burun bo'shlig'i taraqqiyoti kalla suyaklari va hidlov
a ’zosi taraqqiyoti bilan bog'liq.
Pastki nafas yo'li homila hayotining 3-haftasida oldingi ichak ventral
devorining o'simtasi shaklida paydo bo'ladi. Bu kurtak bo'ylama egatga o'xshash
bo'lib, sekin-asta nay shaklini oladi. Keyinchalik bu naychadan hiqildoq va
kekirdak hosil bo'ladi. Uning yopiq tugagan distal uchi ikkita pufakchaga
ajrab o'pka kurtagini hosil qiladi. Bu pufakchalar kekirdak asosidan uzoqlashadi
va bronxlar hosil bo'ladi. Taraqqiyotning boshlang'ich davrida birlamchi
hiqildoq, kekirdak, bronx va o'pka pufakchalarining devori entoderma
hujayralaridan tuzilgan bo'lib, keyinchalik ularga mezenxima elementlari
qo'shiladi. Entodermadan nafas yo'li va o'pka alveolalarini qoplagan epiteliy
va bezlar epiteliyasi hosil bo'ladi. Mezenximadan esa nafas yo'lini hosil
qiluvchi boshqa to'qim alar paydo bo'ladi. Homila hayotining birinchi oyi
oxirida hiqildoq kurtagi mezemrimaning juft kengaymasi shaklida paydo bo'ladi.
Hiqildoq tog'aylari 2—3 jabra ravoqlaridan rivojlanadi. Eng awal uzuksimon
tpg'ay, so'ng cho'michsimon, ponasimon, shoxsimon, boshqalardan kechroq
qalqonsim on tog'ay paydo bo'ladi. Hiqildoq mushaklari 3—4 jabra
ravoqlarining oldingi uchidan taraqqiy etadi.
Traxeya taraqqiyotning dastlabki davrida epiteliy nayidan iborat bo'lib,
uning atrofida mezenxima quyuqlashadi. Homila hayotining 8-9-haftasida traxeya
tog'aylari va mushaklari hosil bo'ladi. Dastlab uning bo'shlig'i silindr shaklida
bo'ladi.
O'pka murakkab alveolar bezlaiga o'xshab rivojlanadi. Ikkala o'pka kurtaklari
bir xil bo'lmaydi. O'ng o'pka kurtagi chapiga nisbatan katta bo'ladi. Homila
hayotining 5-haitasida har bir kurtakda bo'lajak o'pka bo'laklanga mos shaisimon
bo'itmalar hosil bo'ladi. Ular o'ng o'pka kurtagida uchta, chap o'pkada ikkita
bo'ladi. Bu bo'rtmalar, o'z navbatida, har bir o'pkada 10 tadan segmentar
bronxlar bo'rtmalarini hosil qiladi. Shunday qilib 2—4 oylik homilada bronx
daraxti paydo bo'ladi. 4 oydan 6 oygacha bo'lgan davrda bronxiolalar, 6 oydan
9 oygacha esa alveola yo'llaii va alveola qopchalari paydo bo'ladi. O'pka asosi
homila hayotining 6-haftasida ko'krak bo'shlig'iga tushadi. Bu davrda birlamchi
tana bo'shlig'i (celom) ikkita plevra va bitta perikard bo'shlig'iga bo'lingan va
diafiagma vositasida qorin bo'shlig'idan ajragan bo'ladi. Splanxnoplevradan visseral
plevra, somatoplevradan esa pariyetal plevra hosil bo'ladi.
Burun
Burun sohasi tashqi burun va burun bo'shlig'idan iborat.
Tashqi burunda (nasus extern os) burun ildizi, orqasi, uchi va qanotlari
tafovut qilinadi. Burun ildizi (radix nasi) yuzning yuqori qismida joylashib
peshonadan o'yma bilan ajrab turadi. Tashqi burunning yon tomonlari o'zaro
o 'rta chiziqda birikib burun orqasini (dorsum nasi) hosil qiladi. Yon
tomonlam ing pastki qismi esa burun qanotlarini (alae nasi) hosil qilsa,
burun orqasi past tom onda burun uchiga (apex nasi) o'tadi. Burun
qanotlarining pastki chekkalari burunga kirish teshigini (nares) chegaralab
turadi. Tashqi burun asosini burun suyagi, yuqori jag' suyagining burun
o'simtasi va bir nechta gialin tog'aylar hosil qiladi. Burunning yon devorini
hosil qiluvchi uchburchak shaklidagi lateral tog'ayi (cartOago nasi lateralis)
bevosita burun suyagi ostida joylashib, burunning yon devorini hosil qilishda
qatnashadi. Burun qanotini hosil qiluvchi juft burun qanotining katta tog'ayi
(cartilage alaris nasi major)
burun bo'shlig'iga kirish teshigini old va yon
tomondan chegaralab turadi. 2—3 ta burun qanotining kichik tog'aylari
(cartilagines alares minores)
oldingi tog'ay bilan noksimon teshik o'rtasida
yotadi. Goho bir nechta turli kattalikdagi burunning qo'shimcha tog'aylari
(cartilagines nasales accessoriae)
ham uchraydi. Burun to'sig'i tog'ayi
(cartilago septi nasi)
toq to'rtburchak shaklida bo'lib, burun to'sig'ining
oldingi qismini hosil qiladi. Burun to'sig'i tog'ayi yuqori va orqa tomondan
g'alvirsimon suyakning perpendikular plastinkasi bilan, past va orqa tomondan
dimog' suyagi va oldingi burun o'simtasi bilan birikadi.
Tashqi burun yangi tug'ilgan chaqaloqda qisqa, yassi va keng bo'lib, ildizi
tor, orqasi va uchi yaxshi bilinmaydi. Burun qanotlari kichik, tog'aylari qoldiq
holatida bo'ladi. Burun teshiklari oval shaklida bo'lib, gorizontal joylashgan.
Burun teshigining oldingi qirrasi ko'pincha oldinga va yuqoriga qaragan bo'ladi,
bu qirra burun ustining o'sishi bilan pastga tushib, burun uchini hosil qiladi.
Bola 5 yoshga borganida burun teshigi yumaloq shaklni oladi. 10—14 yoshda
peshona bilan chegarada egarsimon chuqurlik paydo bo'ladi.
Burun bo'shlig'i
(cavitas nasi)
old tomondan burun teshigi vositasida
yuzga, orqa tomondan xoanalar orqali halqumning burun qismiga ochiladi.
Burun bo'shlig'ini burun to'sig'i
(septum nasi)
ikki bo'lakka ajratib turadi.
Burun to'sig'ini oldingi qismi parda
(pars membranacea)
va tog'ay
(pars
cartilaginea),
orqa qismi esa suyakdan
(pars ossea)
iborat. Parda va tog'ay
qismlari burun to'sig'ining harakatchan qismini
(pars mobilis septi nasi)
hosil qiladi. Burun bo'shlig'ining har bir yarmida yuqoridan burun qanotining
katta tog'ayi ustki chekkasi bilan chegaralangan burun dahlizi
(vestibulum
nasi)
ajratiladi. U ich tomondan teri bilan qoplangan bo'lib yog', ter
bezlari va tuklari bo'ladi.
Burun bo'shlig'i burun chig'anoqlari (72-rasm) yordamida burun yo'llariga
bo'linadi. Burunda yuqori, o'rta va pastki burun chig'anoqlari
(concha nasales
superior, media et inferior)
tafovut qilinadi. Ulaming o'rtasida yuqori, o'rta
va pastki burun yo'llari joylashadi. Yuqori burun yo'li
(meatus nasi superior)
burunning yuqori va o 'rta chig'anoqlari o'rtasida, o'rta burun yo'li
(meatus
nasi media)
o'rta va pastki burun chig'anoqlari o'rtasida, pastki burun yo'li
(meatus nasi inferior)
pastki buran chig'anog'i bilan burun bo'shlig'ining
pastki devori o'rtasida joylashgan. Burun to'sig'i va chig'anoqlarining medial
yuzalari o'rtasida ingichka vertikal yo'nalgan yoriq shaklidagi umumiy burun
yo'li
(meatus nasi communis)
joylashgan. Bu yo'l burun-halqum yo'liga
(meatus nasopharyngeus)
davom etadi. Buran yo'llarmi qoplagan shilliq
pardakiprikli epiteliy bilan qoplangan bo'lib, kiprikchalar havo tarkibidagi
changni ushlab qoladi. Shilliq pardadagi shilliq bezlari ishlab chiqargan
shilliq suyuqlik havo yo'llariga kirgan changni qamrab oladi. Burun
bo'shlig'ining shilliq osti asosida ko'p qon tomirlar bo'lib o 'rta va pastki
burun chig'anoqlari sohasida g'ovaksimon vena chigallarini hosil qiladi. U
72-rasm. Випш bo‘shlig‘i-
ning tashqi devori. 1-sinus
frontalis; 2-concha nasalis
media; 3-concha nasalis su
perior; 4-concha nasalis in
ferior; 5-sinus sphenoidalis;
6-ostium pharyngeum tu-
bae auditivae.
shilliq pardaga m a’lum bir harorat berib, o'tayotgan havoni ihtib beradi.
Burun bo'shlig'ining shilliq pardasi burun yon bo'shliqlari, ko‘z yoshi
qopi, halqumning burun qismi va yumshoq tanglay shilliq pardasiga birikib
ketadi. U burun bo‘shlig‘i suyak usti va tog'ay usti pardasi bilan zich birikkan.
Burun bo'shlig'i atrofidagi suyaklarda havo saqlovchi bo'shliqlar yoki
burunning yon bo'shliqlari bo'lib, ular burun yo'llariga ochiladi. Yuqori
burun yo'liga ponasimon suyak bo'shlig'i va g'alvirsimon suyakning orqa
katakchalari, o'rta burun yo'liga yuqori jag' suyagi bo'shlig'i, peshona suyagi
bo'shlig'i, g'alvirsimon suyakning o'rta va oldingi katakchalari, pastki burun
yo'liga burun-ko'z yoshi kanali ochiladi.
Burun bo'shlig'i shilliq pardasida ikki: hidlov
(regio olfactoria)
va nafas
sohasi
(regio respiratoria)
tafovut qilinadi. Hidlov sohasiga yuqori burun,
qisman o 'rta burun chig'anoqlarini va burun to'sig'ining yuqori qismini
qoplagan shilliq parda kirib, unda hid bilish hujayralari joylashgan. Burun
bo'shlig'i shilliq pardasining qolgan qismi nafas qismini hosil qiladi.
Burun bo'shlig'i yangi tug'ilgan chaqaloqda past (17,5 m m) va tor,
chig'anoqlari gorizontal joylashgan bo'lib, chekkalari qalinlashgan bo'ladi.
Yuqori burun yo'li bo'lmaydi, o'rta va pastki burun yo'li yaxshi rivojlanmagan
bo'ladi. Burun chig'anoqlari burun to'sig'iga yetib bormagani uchun umumiy
burun yo'li hosil bo'ladi va u orqali chaqaloq nafas oladi. Burun to'sig'i va
xoanalar past bo'ladi. Burunning qo'shim cha bo'shliqlari yaxshi taraqqiy
etmagan bo'ladi. Yangi tug'ilgan chaqaloqda burun chig'anog'i to'rtta: pastki,
o'rta, yuqori va eng yuqori. Pastki burun chig'anog'i burun bo'shlig'i tubiga
tegib turgani uchun pastki burun yo'li bo'lmaydi. Bu yo'l bola hayotining
ikkinchi yilida asta-sekin kattalashadi va balog'at yoshida o'z shaklini oladi.
Bola 6 oylik bo'lganida o'rta burun yo'li hosil bo'ladi. Yuqori burun yo'li
yangi tug'ilgan chaqaloqda faqat 30% holatda uchraydi. Bu yo'l ikki yoshdan
keyin sekin o'sib uncha katta bo'lmaydi. Bola hayotining 7 yoshigacha
chig'anoqlar, burun yo'llari va burun bo'shlig'i uzunasiga va balandligiga
asta-sekin o'sadi. 10 yoshda burun bo'shlig'i 1,5 marta, 20 yoshda 2 marta
kattalashadi. Bola 6 oylik bo'lganida burun bo'shlig'ining balandligi 22 mm
gacha o'sadi. Burun shilliq pardasi yangi tug'ilgan chaqaloqda yupqa bo'lib,
qon tomirlarga boy bo'lgani bilan havo bilan uchrashadigan joylarda g'ovak
tana shaklidagi qon tom ir chigallari bo'lmaydi. Shuning uchun shilliq
parda yallig'langanda shishib nafas olish qiyinlashadi. Bola 9 yoshga to'lganida
burun bo'shlig'i shilliq pardasi g'ovak to'qimalarga boy, nafas olish sohasi
shilliq pardasini qoplagan epiteliy kattalamikiga nisbatan yupqa bo'ladi.
Epiteliy osti limfoid to'qim a bo'lmay u 7-oylarda paydo bo'ladi. Hid bilish
sohasi shilliq qavati tez o'zgarib, unda 7-oylarda hid bilish piyozchalari
yaxshi rivojlanadi.
Burunning qo'shimcha bo'shliqlaridan yangi tug'ilgan chaqaloqda faqat
biroz rivojlangan yuqori jag' suyagi bo'shlig'i bo'ladi. Bola tug'ilganidan
keyin bu bo'shliq sezilarli o'sib, 8—9 yoshlarda suyak tanasini egallaydi.
Uning teshigi 2 yoshda oval shaklida bo'lsa, 7 yoshda yumaloq bo'ladi. Peshona
suyagi bo'shlig'i 2 yoshdan boshlab taraqqiy etib, taraqqiyoti 11—12 yoshlarda
tugaydi. Ponasimon suyak bo'shlig'i taraqqiyoti 3—4 yoshlarda boshlanib,
12—15 yoshlarda tugaydi. G'alvirsimon suyak katakchalari yangi tug'ilgan
chaqaloqda kurtak shaklida bo'lib, ulaming taraqqiyoti bola hayotining birinchi
yilida tez kechib, 14 yoshlarda kattalamikiga o'xshash bo'ladi.
Hiqildoq
Hiqildoq
(larynx)
murakkab tuzilgan a’zo (73, 74-rasm) bo'lib, nafas
olishda, pastki nafas yo'llarini himoya qilishda va tovush
hosil qilishda ishtirok etadi. Hiqildoq bo'yinning oldingi
sohasi o 'rta sid a joylashib , hiqildoq b o 'rtig 'in i
(prominentia laryngea)
hosil qiladi. Bu b o 'rtiq
erkaklarda kuchli rivojlangan. Hiqildoq yuqorida til osti
suyagiga birikkan bo'lib, pastda kekirdakka davom etadi.
Hiqildoqni old tomondan bo'yinning til osti suyagining
ostida joylashgan mushaklar yopib tursa, yon tomonda
bo'yinning tom irli-nervli dastasi va qalqonsimon
!
bezning yon bo'laklari, orqasidan esa halqumning
1
hiqildoq qismi joylashadi. Katta yoshdagi odamlarda
hiqildoqning yuqori chegarasi IV, pastkisi esa VI—VII
bo'yin umurtqalari o'rtasida joylashgan. Ayollarda
hiqildoq biroz yuqoriroq joylashadi. Erkaklarda hiqildoq
73-rasm.Hiqildoqiiing tog'ay va boylamlari. Yon tomondan ko'rinishi. 1 -cartiiago triti-
cea; 2-lig. thyrohyoideum laterale; 3-comu superius; 4-cartilago comiculata; 5-cartilago
arytenoidea; 6-processus muscularis; 7-processus vocalis; 8-com u inferius; 9-cartilago cri-
coidea; 10-lig.cricothyroideum; U -conus elasticus; 12-lig.vocale; 13-lig. thyroepiglotticum;
14-petiolus epiglottidis; 15-lig. thyrohyoideum medianum; 16-os hyoideum.
74-rasm. Hiqildoq tog'aylari, bo‘g‘im va boylamlari. A. Old tomoni: 1-os hyoideum;
2-caitilago triticea; 3-comu superius (cartilago thyroidea); 4-lam. sinistra (cartilago thyroi-
dea); 5-comu unferius (cartilago thyroidea); б-arcus cartilaginis cricoideae; 7-cartilagtnestra-
cheales; 8-ligg. annularia; 9-articulatio cricothyroidea; 10-lig. cricothyroideum; 11-incisura
thyroidea superior; 12-membrana thyrohyoidea; 13-lig. thyrohyoideum medianum; 14-lig.
thyrohyoideum laterale; B. Orqa tomoni: 1-epiglottis; 2-com u majus (os hyoideum);
3-cartilago triticea; 4-cornu superius cartilago thyroidea; 5-lam. dextra (cartilago thyroidea);
6-cartilago arytenoidea; 7-articulatio cricoarytenoidea dextra; 8-articulatio cricothyroidea
dextra; 9-cartilagines tracheales; 10-paries membranaceus (trachea); 11-lam. cartilaginis
cricoideae; 12-articulatio cricothyroidea sinistra; 13-comu inferius (cartilago thyroidea);
14-articulatio cricoarytenoidea sinistra; 15-processus muscularis (cartilago arytenoidea);
16-processus vocalis (cartilago arytenoidea); 17-lig. thyroepiglotticum; 18-cartilago com ic-
ulata; 19-lig. thyrohyoideum laterale; 20-membrana thyrohyoidea.
ayollaiga nisbatan katta bo'ladi. Hiqildoq harakatchan bo'lib, ovqat yutganda
va tovush hosil bo'lganida vertikal yo'naiishda harakat qiladi.
H iq ild o qn in g q a ttiq asosini ju ft (c h o ‘m ichsim on , shoxsim on,
ponasimon) va toq (qalqonsimon, uzuksimon, hiqildoq usti) tog'aylari
(73-rasm), shuningdek, ular o'rtasidagi bo'g'im lar hosil qiladi.
Qalqonsimon tog'ay
(cartilago thyroidea)
toq gialin tog'ay bo'lib, bir-
biri bilan erkaklarda 90°, ayollarda 120° burchak hosil qilib birikkan ikkita
o'ng va chap to'rtburchakli plastinkadan
(lamina dextra et sinistra)
iborat.
Tog'ayning oldingi qismida yaxshi bilinadigan ustki qalqonsimon o ’yma
(incisura thyroidea superior)
va biroz bilinadigan pastki qalqonsimon o'yma
(incisura thyroidea inferior)
bo'ladi. Plastinkaning orqa chekkasida uzun
ustki shoxsimon o'simta
(cornu superius)
va qisqa pastki shoxsimon osimta
(cornu inferius)
joylashgan. Pastki shoxsimon o'simtaning medial yuzasida
uzuksimon tog'ay bilan birikadigan bo'g'im yuzasi bor. Ikkala plastinkaning
tashqi yuzasida qiyshiq chiziq
(linea obliqua)
joylashgan bo'lib, to'sh-
qalqonsimon va qalqonsimon-til osti mushaklari birikadi.
Uzuksimon tog'ay
(cartilago cricoidea)
toq gialin tog'ay bo'lib, uzuk
shaklida, oldinga qaragan yoysimon qismi
(arcus)
va orqaga qaragan to'rtburchak
plastinkadan
(lamina cartilaginis cricoideae)
iborat. Uzuksimon tog'ayda ikki
juft bo'g'im yuzasi bo'lib, uning bir jufti
(facies articularis arytenoidea)
plastinkaning ustki chekkasi burchaklarida joylashib, o 'n g va chap
cho'michsimon tog'aylar bilan birikadi. Ikkinchi jufti
(facies articularis
thyroidea)
tog'ay yoyini plastinkaga o'tgan joyida bo'lib, qalqonsimon tog'ayning
pastki shoxsimon o'simtasi bilan bo'g'im hosil qiladi.
Hiqildoq usti tog'ayi
(cartilago epiglottica)
toq elastik tog'ay bo'lib,
baig shaklida bo'ladi. U hiqildoqqa kirish teshigi ustida old tomonda joylashgan.
Uning toraygan bandi
(petiolus epiglottidis)
qalqonsimon tog'ayning
ichki yuzasiga birikkan, qavariq oldingi yuzasi til ildiziga, orqa botiq yuzasi
hiqildoq bo'shlig'iga qaragan bo'ladi.
C ho'm ichsim on tog'ay
(cartilago arytenoidea)
juft gialin tog'ay
bo'lib, piramidasimon ko'rinishga ega. Uning uchburchak shaklidagi asosi
(basis)
pastga qaragan bo'lib, uzuksimon tog'ay bo'g'im yuzasi bilan
harakatchan bo'g'im hosil qiladi.
Cho'm ichsim on tog'ay uchi
(apex)
o'tkir va biroz orqaga egilgan.
Cho'm ichsimon tog'ay asosidan oldinga qarab ovoz boylami birikadigan
o'sim ta
(processus vocalis),
lateral tomonga qarab mushak birikadigan
o'sim ta
(processus muscularis)
chiqqan. Cho'michsimon tog'ayni uchta:
oldingi lateral, medial va orqa yuzasi tafovut qilinadi. Oldingi lateral yuzasi
(facies anterolateralis)
keng bo'lib, uning pastki qismida tovush o'simtasi
orqasida joylashgan uzunchoq chuqurchaga ovoz mushagi birikadi. Medial
yuzasi
(facies medialis)
uncha katta bo'lmay, qarama-qaishi tog'ayga qaragan.
Orqa yuzasi
(facies posterior)
oldinga bukilgan bo'ladi.
Shoxsimon tog'ay
(cartilago corniculata)
juft kichkina, konussimon
elastik tog'ay bo'lib, cho'michsimon tog'ayning uchida cho'michsimon-
hiqildoq usti burmasi ichida joylashgan.
Ponasimon tog'ay
Dostları ilə paylaş: |