0 ‘pka
O'pka (pulmo) noto'g'ri (77-rasm) konus shaklida bo'lib, o'ng va chap
o'pka ko'krak bo'shlig'ining o'ng va chap yarmida joylashib, plevra bilan
o'ralgan. Ular o'zaro ko'ks oralig'ida joylashgan a’zolar bilan ajralgan. O'pka
past tomondan diafragmaga, old, yon va orqa tomondan ko'krak qafasi devoriga
tegib turadi. Diafragmaning o'ng gumbazi yuqoriroq turgani uchun o'ng
o'pka chapiga nisbatan qisqa va keng, yurak ko'krak bo'shlig'ining chap tomonida
turgani uchun, chap o'pka qisqa va uzun bo'ladi.
O'pkaning pastki diafragma yuzasi
(fa c ie s d iap h ragm atica)
diafragm a
gumbaziga mos bo'lib, botiq, o'pkaning
cho'qqisi
(apex pulmones)
yum aloq
bo'ladi. O'pkaning qovuig'a yuzasi
(facies
costalis)
qovuralarga mos ravishda
qavariq bo'lsa, medial yuzasi
(facies
m edialis)
orqa um urtqa qismi
(pars
vertebralis)
va oldingi ko'ks oralig'i
qismlaridan
(pars mediastinalis)
iborat
bo'lib, biroz botiqroq. O 'pka yuzalari
qirralar bilan ajralib turadi. Uning oldingi
qirrasi
(margo anterior)
qovuig'a yuzasini
medial yuzasidan ajratsa, pastki qirrasi
(margo inferior)
qovurg'a va medial
77-rasm. Opkaning old tomondan ko'rinishi. 1-trachea; 2-apex pulmonis; 3-lobus supe
rior pulmonis sinistri; 4-bronchus principalis sinister; 5-fissuraoblique; 6-incisuracardiaca;
7-lobus inferior pulm onis sinistri; 8-margo inferior; 9-lobus inferior pulm onis dextri;
10-fissura obliqua; 11-lobus medius pulmonis dextri; 12-fissura horizontalis; 13-lobus supe
rior pulnonis dextri.
yuzalarini diafragma yuzasidan ajratadi. Qovurg'a yuzasi orqa tomonda o'tmas
orqa qirra hosil qilib, medial yuzasiga o'tib ketadi.
Chap o'pkaning oldingi qirrasida yurak o'ymasi
(incisura cardiaca)
bo'lib, uni past tom ondan chap o'pka tilchasi
(lingula pulmonis sinistri)
chegaralab turadi.
Har bir o'pka uning ichiga chuqur botib kirgan yoriqlar vositasida
bo'laklarga bo'linadi. O'ng o'pka ikkita: gorizontal yoriq
(fissura horizontalis)
va qiyshiq yoriq
(fissura obliqua)
vositasida uchta: yuqori, o'rta va pastki
bo'laklarga
(lobus superior, media et inferior)
bo'linadi. Chap o'pka esa
bitta qiyshiq yoriq
(fissura obliqua)
vositasida ikki: yuqori va pastki bo'laklarga
(lobus superior et inferior)
bo'linadi.
H ar bir o'pkaning medial yuzasida o'pka darvozasi
(bilus pulmonis)
bor.
Undan o'pkaga bosh bronx, o'pka arteriyasi, nervlar kiradi va o'pka venasi,
limfa tomirlari chiqadi. Bulaming hammasi o'pka ildizini
(radix pulmonis)
hosil qiladi. O'ng o'pka darvozasi chapiga nisbatan qisqa va keng. Unda bosh
bronx boshqa hosilalaiga nisbatan yuqori joylashadi. Uning ostida o'pka arteriyasi
va undan pastroqda o'pka venasi yotadi. Chap o'pkada o'pka arteriyasi eng
yuqorida, undan pastroqda bosh bronx va uning ostida o'pka venasi yotadi.
O'pka cho'qqisi old tomonda o'mrov suyagidan 2 sm, I qovurg'adan 3—
4 sm yuqorida turadi. Orqada esa VII bo'yin umurtqasining qirrali o'simtasi
sohasida turadi.
O'ng o'pkaning oldingi chegarasi VI qovuig'a tog'ayi sohasida pastki chegaraga
o'tib ketadi. Uning pastki chegarasi o'rta o'mrov chizig'ida VI qovuig'a, oldingi
qo'ltiq osti chizig'ida VII qovurg'a, o'rta qo'ltiq osti chizig'ida VIII qovuig'a,
orqa qo'ltiq osti chizig'ida IX qovuig'a, kurak chizig'ida X qovuig'a va umurtqa
yoni chizig'ida XI qovurg'a sohasida joylashgan.
Chap o'pkaning oldingi chegarasi IV qovurg'a tog'ayi sohasida chapga
burilib, IV qovuig'a tog'ayining pastki chekkasi bo'ylab to'sh yoni chizig'igacha
boradi. Undan pastga qayrilib, V qovuig'a tog'ayini kesib o'tadi. VI qovuig'a
tog'ayiga yetganida chap o'pkaning oldingi chegarasi pastki chegarasiga o'tib
ketadi. Chap o'pkaning pastki chegarasi o'ng o'pkanikidan biroz pastroq
o'tadi. O'ng o'pka chapiga nisbatan keng va qisqa bo'lgani uchun ulaming
oldingi va pastki chegaralari bir-biridan farq qiladi.
O'pka rentgenogrammada ko'krak qafasi fonida yorishish maydoni
ko'rinishida bo'lib, bir-biridan umurtqa pog'onasi, to'sh suyagi, yurak va
yirik qon tomirlaming quyuq soyasi bilan ajrab turadi. Bu soya o'pka
maydonining medial chegarasini hosil qiladi. O'pka to'qimasi havo bilan
to'lgan ko'p sonli alveola pufakchalaridan iborat. Rentgen nurlari o'pka
to'qimasidan oson o'tib, o'pka maydonining yorqin tasvirini beradi. Bu
forming tarkibi o'ziga xos. Unda o'pka to'qimasini hosil qiluvchi ayrim
uzunlikdagi tizim-chalar kabi radial yo'nalgan qon va limfa tomirlar soyasidan
tashkil topadi. O'pka qon tomirlarining shoxlanishi quyuq soya beruvchi
yirik o'pka arteriyasi va venasi joylashgan o'pka ildizidan boshlanadi. Qon
tomirlar diametri sekin-asta ko'krak qafasining lateral chekkasiga qarab kamayib
boradi va bu yerda o'pka rasmi ingichka va nozik bo‘ladi. Medial tomonda
tizimcha shaklidagi soyalardan tashqari limfa tugunlarining yumaloq zich
hosilalar ko‘rinishdagi soyasi ham ko'rinadi. O'ng tomonda ildiz soyasi
katta, chunki chap tomonda u yurak bilan yopilgan bo'ladi.
Yon proyeksiyada o'ng va chap o'pkalar bir-biriga qavatlanadi va oldindan
to'sh suyagi, orqadan umurtqa pog'onasi bilan chegaralangan yagona yorug'
maydonini hosil qiladi.
Yangi tug'ilgan chaqaloq o'pkasi ko'krak qafasiga nisbatan katta. U noto'g'ri
shaklga ega bo'lib, yuqori bo'laklari kichik, pastkisi esa katta bo'ladi. O'ng
o'pkaning yuqori va o'rta bo'laklari bir xil. O'pkaning tashqi yuzasi silliq.
Ikkala o'pkaning o'rtacha og'irligi 57 g, hajmi 67 sm3, nafas olish yuzasi 6
m2. Yangi tug'ilgan chaqaloq o'pkasining uchi birinchi qovurg'a sohasida
turadi. O 'ng va chap o'pkaning pastki chegarasi esa kattalamikiga nisbatan
bitta qovurg'a yuqori turadi. Bu davrda o'pka parenximasi yaxshi rivojlanmagan
bo'ladi. Bo'laklarda mushakli bronxiolalar bo'lmaydi. Atsinuslar yaxshi
takomillashmagan bo'lib, ular tarkibiga 1 -3 tartibdagi nafas bronxiolalari
kiradi. O'pka atsinuslari esa uncha ko'p bo'lmagan (24 mln) o'pka alveolalaridan
iborat. Bola tug'ilgan vaqtdan to 7—8 yoshgacha o'pkada ikki xil: bronx
daraxtining takomillashuvi va alveolalar sonining ko'payish jarayoni ketadi.
Bola hayotining birinchi yilida hamda undan keyin atsinus yangi alveola
yo'llari va bor yo'llaming devorida yangi o'pka alveolalari hosil bo'lishi
hisobiga o'sadi. Yangi alveola yo'llari hosil bo'lishi 7—9 yoshlarda, o'pka
alveolalari esa 12—15 yoshlarda tugallanadi. Alveolalaming o'lcham i bola
tug'ilganidan 7 yoshgacha bir xil, 12 yoshda ulaming o'lcham lari yangi
tug'ilgan chaqaloqlarga nisbatan 2 marta, kattalarda esa 3 marta kattalashadi.
Bola tug'ilgan vaqtdan 4 oylik bo'lgunicha o'pka alveolalarining soni 4 marta,
uch yoshda 12 marta, 11 yoshda esa 20 marta ko'payadi. O'pka parenximasining
tuzilishi 15-25 yoshlarda tugallanadi. O'pka cho'qqisi yangi tug'ilgan chaqaloqda
I qovurg'a sohasida bo'lsa, 20-25 yoshlarda undan 3—4 sm yuqori turadi.
Uning pastki chegarasi ham asta-sekin pastga tushadi.
Plevra
O'pkani o'ragan seroz parda plevra
(pleura)
deb ataladi. Plevra ikki:
visseral va pariyetal varaqdan iborat. Visseral (o'pkani o'ragan) plevra
(pleura
vesceralis yoki pulmonalis)
o'pka to'qim asiga zich yopishib uni har
tom ondan o'raydi va bo'laklar o'rtasidagi yoriqlarga ham kiradi. O'pkani
hamma tomondan o'ragan visseral plevra o'pka ildizi sohasida pariyetal plevraga
o'tib ketadi. O'pka ildizidan pastda visseral plevra pastga tom on yo'nalib,
diafragmaga birikadigan o'pka boylamini
(lig. pulmonale)
hosil qiladi.
Pariyetal plevra
(pleura parietalis)
o'zining tashqi yuzasi bilan ko'krak
qafasi devorlariga yopishsa, ichki yuzasi visseral plevraga qaragan. Plevraning
ichki yuzasi mezoteliy bilan qoplangan. Pariyetal va visseral varaqlar
o'rtasidagi yoriqsimon plevra bo'shlig'ida
(cavitas pleuralis)
oz miqdorda
seroz suyuqligi bo‘ladi. Bu suyuqlikni visseral plevra ishlab chiqarsa, pariyetal
plevra so‘rib turadi, shuning uchun uning miqdori m o'tadil holatda bir xil
bo‘ladi. Pariyetal plevra bir butun yopiq qopcha shaklida bo'lib, joylashishiga
qarab uch: qovurg'a, diafragma va ko'ks oralig'i qismlariga ajratiladi. Uning
qovurg'a qismi
(pleura costalis)
qovurg'alami va qovurg'a oralig'ini ichki
tomondan qoplaydi. Uning ostida ko'krak ichki fassiyasi joylashgan bo'lib,
plevra cho'qqisi sohasida yaxshi rivojlangan. Diafragma qismi
(pleura
diaphragmatica)
diafragmaning ustki yuzasini qoplab turadi. Mediastinal
plevra
(pleura mediastinalis)
to'sh suyagining orqa yuzasidan umurtqa
pog'onasining yon tomoniga tortilgan. Yuqorida qovurg'a plevrasining
mediastinal plevraga o'tgan joyida plevra gumbazi
(cupula pleurae)
hosil
bo'ladi. Pastda qovurg'a plevrasining diafragmal va mediastinal qismlariga
o'tgan joyida plevra sinuslari hosil bo'ladi. Eng katta qovurg'a-diafragma
sinusi
(recessus costodiapbragmaticus)
plevraning qovurg'a va diafragma
qismlari o'rtasida joylashgan. Mediastinal plevra bilan diafragma qismi o'rtasida
uncha katta bo'lmagan diafragma-mediastinal sinus
(recessus phrenico-
mediastinalis),
qovurg'a plevrasining mediastinal plevraga o'tgan yerida
qovurg'a-mediastinal sinus
(recessus costomediastinalis)
hosil bo'ladi.
Plevra gumbazi o'ng va chap tomonda I qovuig'a bo'ynigacha, orqa tomonda
VII bo'yin umurtqasining qirrali o'simtasigacha boradi. Old tomonda I
qovurg'adan 3—4 sm yuqori tursa, o'mrov suyagidan 1—2 sm yuqori turadi.
O 'ng va chap plevraning oldingi chegarasi bir xil emas. O 'ng tomonda
oldingi chegara plevra gumbazidan to'sh-o'm rov bo'g'imi orqasidan pastga
to'sh suyagi tanasining orqasida o'rta chiziqdan chaproq yo'naladi. VI qovuig'a
tog'ayining to'sh suyagiga birikkan sohada pastki chegarasi lateral va pastga
yo'nalib, o'rta o'mrov chizig'ida VII qovurg'ani, oldingi qo'ltiq osti chizig'ida
VIII qovurg'ani, o'rta qo'ltiq osti chizig'ida IX qovurg'ani, kurak chizig'ida
XI qovurgani kesib o'tib, umurtqa pog'onasiga keladi va qovurganing XII
bo'yni sohasida plevraning pastki chegarasi orqa chegarasiga o'tib ketadi.
Chap pariyetal plevraning oldingi chegarasi uning gumbazidan chap
to'sh-o'mrov bo'g'imi orqasidan to'shning chap chekkasiga yaqinroqda pastga
tomon yo'nalib, IV qovuig'a tog'ayigacha tushadi. Pastga va lateral yo'nalib,
to'shning chap chekkasini kesib o'tib, VI qovuig'a tog'ayigacha tushadi va
pastki chegarasiga o'tib ketadi. Chap qovuig'a plevrasining pastki chegarasi
o'ngiga nisbatan biroz pastroq joylashadi. Orqada XII qovurg'a sohasida orqa
chegarasiga o'tib ketadi. Plevraning orqa chegarasi uning cho'qqisidan pastga
umurtqa pog'onasi bo'ylab XII qovuig'a boshchasigacha tushadi.
O'pkani qoplagan visseral plevra yangi tug'ilgan chaqaloqda juda yupqa
bo'lib, uning ostidagi o'pka bo'laklari yaxshi bilinadi. Plevra 7 yoshgacha
rivojlanadi va takomillashadi. 7 yoshda uning tuzilishi kattalamikiga o'xshash
bo'ladi Plevra cho'qqisi emizikli bolalarda I qovurg'adan biroz yuqori joylashadi.
Erta bolalik davrida plevra cho'qqisi ko'krak qafasidan yuqoriga chiqadi. Bolalarda
yog' kletchatkasi kam bo'lgani uchun pariyetal plevra ko'krak ichki fassiyasi
bilan yaxshi birikmagan va harakatchan bo'ladi.
Ko'ks oralig'i
(mediastinum)
deb ikkita mediastinal plevra o'rtasida
joylashgan a’zolar majmuyiga aytiladi. Ko'ks oralig'i old tomondan to'sh
suyagi, orqadan umurtqa pog'onasining ko'krak qismi, yon tomondan o'ng
va chap mediastinal plevra, pastdan diafragma, yuqoridan ko'krak qafasining
ustki aperturasi bilan chegaralanadi. Ko'ks oralig'i oldingi va orqa qismlarga
bo'linib, ular o'rtasidagi chegara ikkala o'pka ildizi orqasidan frontal sathda
o'tkazilgan chiziqdan iborat.
Oldingi ko'ks oralig'ida
(mediastinum anterior)
yurak va perikard,
ayrisimon bez, ko'tariluvchi aorta, yuqori kovak vena va uning ildizlari,
o'pka venalari, kekirdak va bronxlar, diafragma nervi, limfa tugunlari bo'ladi.
Orqa ko'ks oralig'ida
(mediastinum posterior)
qizilo'ngach, ko'krak
aortasi, ko'krak limfa yo'li, limfa tugunlari, pastki kovak vena, toq va yarim
toq venalar, adashgan nerv va ichki a’zo nervlari yotadi.
Hoziigi vaqtda ko'ks oralig'i ikkiga: yuqori va pastki qismlaiga bo'linadi.
Ular o'rtasida chegara qilib, to'sh sopini tanasiga birikkan joy bilan IV—V
ko'krak umurtqalariaro togay o'rtasida o'tkazilgan shartli sath olinadi. Yuqori
ko'ks oralig'ida
(mediastinum superior)
ayrisimon bez, o 'ng va chap
yelka-bosh venalari, yuqori kovak vena, aorta ravog'i va uning tarmoqlari,
traxeya, qizilo'ngach, o'ng va chap simpatik poya, adashgan va diafragma
nervlari joylashadi.
Pastki ko'ks oralig'i
(mediastinum inferior),
o'z navbatida, uch: oldingi,
o'rta va orqa qismlaiga bo'linadi.
Oldingi ko'ks oralig'i
(mediastinum anterior)
to 'sh siyagi tanasi
bilan perikardning oldingi devori o'rtasida yotadi. Unda ko'krak ichki qon
tomirlari, to'sh yoni,oldingi ko'ks oralig'i, perikard oldi limfa tugunlari
joylashadi.
O 'rta ko'ks oralig'ida
(mediastinum medium)
perikard, yurak, yurak
qon tomirlar, bosh bronx, diafragma nervi, traxeya bronxial limfa tugunlari
joylashadi.
Orqa ko'ks oralig'i
(mediastinum posterior)
perikard bilan umurtqa
pog'onasi o'rtasida yotadi. Unda pastga tushuvchi aorta, toq va yarim toq
venalar, qizilo'ngach, adashgan nervlar, ko'krak limfa yo'li, o'ng va chap
simpatik poya, limfa tugunlari joylashadi.
Yangi tug'ilgan chaqaloqda diafragma yuqori joylashib, plevra qopchalari
bir-biridan uzoq turgani uchun ko'ks oralig'i ancha keng va qisqa bo'lib,
ko'krak bo'shlig'ining yarmini, bir oylik bolada esa 1/3 qismini egallaydi.
Uning oldingi qismi keng, orqasi tor bo'ladi. Diafragma cho'qqisi pastga
tushishi natijasida ko'ks oralig'i uzayib torayadi va 3 yoshda kattalamikiga
o'xshash shaklni oladi.
SIYDIK YA TANOSIL APPARATI
Odamda siydik va tanosil apparat
(apparatus urogenitaIis)ning
tuzilishi
va vazifasi xilma-xil, lekin rivojlanish nuqtayi nazaridan bir-biriga bog'liq
ikki: siydik ajratish va tanosil a’zolari tizimini o'z ichiga oladi.
Siydik ajratish a’zolari
(organa urinaria)
qondan siydik ajratuvchi
(buyrak), siydikni buyrakdan olib ketuvchi (buyrak kosachalari, buyrak
jomi, siydik yo'li), siydikni to'plovchi (qovuq) va organizmdan chiqarib
yuboruvchi (siydik chiqarish nayi) dan iborat.
Siydik ajratish a’zolarining rivojlanishi
Buyrak mezodermadan rivojlanib uch davmi o'taydi:
1. Bosh (boshlang'ich) buyrak
(pronephros)
pastki bo'yin va yuqori
ko'krak segmentlari nefrotomlaridan homila hayotining 3-haftasida paydo
bo'lib, tepadan pastga tom on qator joylashgan (5—8) naychadan iborat.
H ar qaysi naycha lateral uchi bilan bir-biriga tutashib,
pronephros
ning
umumiy nayini hosil qiladi. Bu nay pastga tom on o'sib, birlamchi ichak
nayining pastki uchiga qo'shiladi. Naychalaming medial uchlari biroz
kengayib tanani ikkilam-chi bo'shlig'iga ochiladi. Ikkilamchi bo'shliqning
ichki devori yaqinida har qaysi naycha qarshisiga arteriya keladi. U mayda
tar-moqlarga bo'linib, chigal hosil qiladi va suyuqlik qondan naychalarga
so'riladi. Bosh buyrak juda qisqa vaqt (40—50 soat) ichida navbatdagi davrga
- mesonephros
ga o'tadi.
2. Birlamchi buyrak (Volf tanasi)
(mesonephros)
homila hayotining
uchinchi haftasi oxirida ko'krak va bel segmentlari nefrotomlaridan rivojlanadi
va 25—30 ta buralma naychalardan iborat bo'ladi. Birlamchi buyrak naychalari
berk uchi kengayib kapsula hosil qiladi. Bu kapsulaga tomirli chigal o'sib
kirib, buyrak tanachasi hosil bo'ladi. Naychaning ikkinchi uchi boshlang'ich
buyrak nayiga qo'shiladi va mezonefros (volf) nayi
(ductus mesonephricus)
nomini oladi. Birlamchi buyrak homila hayotining ikkinchi oyi oxirida o'z
vazifasini ado etib, uchinchi davrdagi doimiy buyrak paydo bo'ladi. Volf
nayi saqlanib qoladi va tanosil a ’zolar taraqqiyotida ishtirok etadi.
3. Doimiy buyrak
(metanephros)
homila hayotining 2-oyi oxirida ikki
xil manbadan: metonefrogen to'qimadan va mezonefros nayining siydik
nayi o'simtasining proksimal uchidan alohida-alohida rivojlanadi. Siydik nayi
o'simtasi yuqori tomonga-metanefrosga qarab o'sadi va uchi kengayib, buyrak
jomini hosil qiladi. Buyrak jom i ikkiga bo'linib katta kosachalami, ular, o'z
navbatida shoxlanib, kichik kosachalami va ularga qo'shilgan buyrak
naychalarini hosil qiladi. Bulaming hammasi metonefrogen to'qim a bilan
o ‘raladi. Bu to'qimadan buyrak naychalari
(nefron naychalari)
hosil bo'ladi.
Homila hayotining 3-oyida doimiy buyrak birlamchi buyrak o'm ini oladi.
Doimiy buyrakning taraqqiyoti bola tug'ilganidan so'ng tugallanadi.
Siydik yo'li mezonefral nayning o'simtasidan hosil bo'ladi. Bu o'simtaning
kaudal uchi mezonefral naydan ajrab, qovuqning mezonefral nayining kaudal
qismidan hosil bo'ladigan sohasiga ochiladi.
Qovuq homila hayotining 7-haftasida kloaka, allantois va mezonefral
naylaming kaudal qismining o'zgarishidan hosil bo'ladi. Homila hayotining
2
-oyida qovuq tubi va uchburchagi allantoisni pastki qismi bilan mezonefral
naylaming quyadigan qismlaridan, tanasi esa allantoisning o'rta qismidan
hosil bo'ladi. Allantoisning pastki qismi esa siydik chiqarish nayiga aylanadi.
Siydik ajratish a’zolari taraqqiyotida ham turli xil o'zgarishlar uchrab
turadi. Bular buyraklar miqdorining o'zgarishi, buyraklar joylashishining
o'zgarishiga bo'linadi. Ba’zan buyraklar uchta bo'ladi. Bunda qo'chimcha buyrak
doimiy buyraklardan birining ostida yoki ikki buyrak o'rtasida, umurtqalar
tanasining oldida joylashgan bo'ladi. Ba’zida esa ikki buyrak o'm ida bitta
kattalashgan buyrak hosil bo'lishi mumkin.
Buyraklar joylashishining o'zgarishi
(distopiya)
ham bir necha holatda
bo'lishi mumkin. Buyrak pastki bel umurtqasi, yonbosh chuqurchasi va
chanoq bo'shlig'ida ham joylashishi mumkin. Bu hollar bir tomonlama
yoki ikki tomonda uchrashi mumkin. Agar ikkala buyrak past joylashgan
bo'lsa, ulaming uchlari o'zaro qo'shilib, taqasimon buyrak hosil bo'ladi.
Qov simfizi sohasida suyaklar o'zaro birikmay qolsa, qovuq old tomondan
ochiq qolishi mumkin
(ectopia vesicae).
Bu anomaliya ko'pincha siydik
chiqaruv nayining bitmasligi
(hypospadia penis)
bilan birga uchraydi.
Buyrak
Buyrak
(ren,
grekcha
nephros)
siydik ajratib chiqaruvchi juft a’zo.
U
loviyasimon shaklga ega bo'lib, katta yoshdagi odamlarda uzunligi 10—12
sm, kengligi 5—6 sm, qalinligi 4 sm, og'irligi 120—200 g bo'ladi. Buyrak
to 'q qizil rangli bo'lib, oldingi yuzasi
(facies anterior)
qavariq, orqa yuzasi
(facies posterior)
yassiroq bo'lib, yuqori uchi
(extremitas superior),
pastki
uchi
(extremitas inferior),
qavariq lateral qirrasi
(margo lateralis),
botiq
medial qirrasi
(margo medialis)
tafovut qilinadi. Medial qirrasining o'rtasida
oldingi va orqa yuzalari bilan chegaralangan botiqlik, buyrak darvozasi
(hi!us
renalis)
joylashgan. Bu yerdan buyrak ichiga arteriya va nervlar kiradi, undan
esa siydik yo'li, vena va limfa tomirlari chiqadi. Buyrak darvozasi ichkariga
botib kirgan buyrak bo'shlig'iga
(sinus renalis)
o'tib ketadi.
Buyrak bel sohasida umurtqa pog'onasining ikki yon tomonida qorin
bo'shlig'ining orqa devorida qorin pardaning orqasida joylashgan. Buyraklaming
yuqori uchlari bir-biriga yaqin joylashsa, pastki uchlari uzoqroq turadi. Chap
buyrak o'ngiga nisbatan yuqoriroq turadi. Chap buyrakning yuqori uchi XI
ko'krak umurtqasining o'rtasida, pastki uchi III bel umurtqasining yuqori
chekkasi sohasida turadi. O lng buyrakning yuqori uchi XI ko‘krak
umurtqasining pastki chekkasi sohasida, pastki uchi esa III bel umurtqa
tanasining o‘rta sohasida turadi. XII qovuig'a chap buyrakning orqa yuzasining
o‘rtasidan, o'ng buyrakning esa yuqori uchidan kesib o'tadi.
Buyrakning orqa yuzasi pardalari bilan diafragmaga, belning kvadrat
mushagi, qorinning ko'ndalang mushagi va katta bel mushagiga tegib turadi.
Uning yuqori uchida buyrak usti bezi joylashgan. Buyrakning oldingi yuzasi
qorinparda bilan qoplangan bo'lib, ichki a’zolaiga tegib turadi. O'ng buyrakning
oldingi yuzasini yuqori uchdan ikki qismiga jigar tegib tursa, pastki uchdan
biriga o'ng yo'g'on ichak burilish burchagi, uning medial chekkasiga o 'n
ikki barmoq ichakning tushuvchi qismi tegib turadi. Chap buyrakni oldingi
yuzasini yuqori uchdan biriga m e’da, o'rta qismiga m e’da osti bezi, pastki
qismiga och ichak qovuzloqlari tegib turadi. Uning lateral chekkasi taloqqa va
chap chambar ichak burilish burchagiga tegib turadi.
Buyrakni kesib ko'rganimizda (78-rasm) u ikki xil moddadan: tashqi
0,4—0,7 sm qalinlikdagi po'stloq va 2—2,5 sm qalinlikdagi mag'iz moddadan
iborat. Buyrakning po'stloq moddasi
Dostları ilə paylaş: |