Mavzu:Qon yaratuvchi va immun ximoya a’zolari.
Limfa tugunlari periferik qon yaratuvchi va immun-himoya a‟zolaridan biridir.
Limfa tugunlari limfa tomirlari bo„ylab joylashib, quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. Limfa tugunlarida T-va V- limfotsitlarning ko„payishi
va ularnig antigenga
mos ravishda ixtisoslanishi kuzatiladi. T- va V-limfotsitlarning o„zaro hamda
mikromuhit hujayralari bilan muloqotda bo„lishi ma‟lum antigenlarga qarshi spetsifik
antitelolar ishlab chiqarishga olib keladi.
2. Tugunlar oqib o„tayotgan to„qima suyuqligini yoki limfani barcha yot
antigenlardan tozalaydi.
3. Tugunlar to„qima suyuqligi uchun o„ziga xos yig„uvchi a‟zo yoki depo bo„lib
hisoblanadi.
4. Limfa tugunlarida qon orqali kelgan monotsitlarning makrofaglarga va
iterdigitirlovchi hujayralarga aylanishi ro„y beradi.
Taraqqiyoti. Limfa tugunlari limfa tomirlari yo„llarida paydo bo„ladi.
Tugun
kurtagining atrofida joylashgan mezenxima hujayralaridan tugunni o„rab turuvchi
kapsula, ichkarisiga botib kiruvchi trabekulalar va stromanisini hosil qiluvchi
retikulyar to„qima rivojlanadi. Kurtakning chekkalarida mezenxima hujayralari
birlashib qirg„oq
sinusini, ichkariga qarab yo„nalgan xujayralar esa, oraliq sinuslarni
hosil qiladi. To„rsimon stromaning bo„shliqlari 4- oydan limfotsitlar bilan to„la
boshlaydi. Embrion taraqqiyotining 6- oyiga kelib limfa tugunlari qon yaratuvchi va
immun-himoya a‟zolari sifatida shakllanadi.
Tuzilishi. Limfa tuguni loviyasimon shaklga ega bo„lib, kattaligi 0,3-1 sm
atrofida. Uning qavariq yuzasi orqali olib keluvchi limfatik
tomirlar alohida-alohida
holda tugun ichiga kiradi. Botiq yuzasi esa
tugun darvozasi deb atalib, bu erdan
arteriya kiradi va vena hamda olib ketuvchi limfatik tomirlar chiqadi.
Limfa tuguni
sirtidan zich biriktiruvchi to„qimadan iborat kapsula bilan qoplangan. Kapsuladan
tugunning ichiga o„zaro anastomozlar hosil qiluvchi trabekulalar kiradi.
Tugunda to„qroq bo„yalgan, chekka joylashgan p o „ s t l o q va ochroq
bo„yalgan m a r k a z i y m a g „ i z moddalarni ajratish mumkin. Po„stloq modda
asosan yumaloq va oval tuzilmalardan - limfatik follikulalardan iboratdir. Mag„iz
modda esa mag„iz tasmalari va ular orasida joylashgan sinuslardan tashkil topgan.
Po„stloq va mag„iz moddalar chegarasida limfotsitlar tarqoq
holda yotadigan oraliq
yoki po„stloq oldi zona (ragasogtex) farqlanadi. Asosan T- limfotsitlar joylashishi
tufayli bu soha timusga tobe yoki T- zona deb ataladi.
Po‘stloq modda. Limfoid follikullar po„stloq moddaning asosiy qismini tashkil
etadi. Ular diametri 0,5—1 mm atrofidagi yumaloq yoki oval tuzilmalardir. Har bir
2
follikulda uning tashqi (qoplovchi), o„rta (oraliq) va markaziy qismlari farklanadi.
Tashqi va oraliq qismlarda asosan mayda va o„rta limfotsitlar joylashadi. Follikulning
markaziy qismi ochroq bo„yalib, g e r m i n a t i v yoki k o „ p a y i s h m a r k a z l a r i
d e y i l a d i . Bu sohaning turli antigenlar ta‟siri ostida o„zgarishi
uning reaktiv
m a r k a z ham deb atalishiga sababdir. Follikullar tarkibiga asosan V-limfotsitlar va
ularning hosilasi hisoblangan plazmatik hujayralar kiradi. SHu tufayli follikullar suyak
ko„migiga tobe yoki V-zonaga kiritiladi. Organizmga antigenlar tushganda ko„payish
markazi kengayib, unda juda ko„p mikdorda mitoz yo„li bilan bo„linadigan hujayralar
kuzatiladi. Aksincha, organizmning nisbatan tinch holatida ko„payish markazlari
kichrayib, unda yakka bo„linayotgan limfoblastlar va ozgina makrofaglarni ko„rish
mumkin.
Po„stloq oldi zonada asosan T-limfotsitlar va IDX joylashadi. IDX T-
limfots'itlarning ko„payishi va ishchi (yoki effektor) hujayralarga differensiallanishini
ta‟minlaydi. Parakorteksning muhim xususiyatlaridan yana biri unda ko„p
miqdorda
postkapillyar venulalarning bo„lishidir. Bu venulalar baland, deyarli silindrsimon
endoteliy hu-jayralari borligi bilan ajralib turadi. Bu endoteliy orasidagi yoriqlar orqali
T- va V- limfotsitlarning tugun ichiga kirishi va undan chiqishi kuzatiladi.