Mavzu: Qon yaratuvchi va immun ximoya a’zolari. Limfa tugunlari



Yüklə 330,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix12.05.2023
ölçüsü330,46 Kb.
#112129
1   2   3   4   5
PEYER PILAKCHALARI (PP) 
Hazm sistemasining limfatik apparati periferik immun-himoya va qon 
yaratuvchi sistemaning bir qismi hisoblanadi va unga quyidagi tuzilmalar: Pirogov 
limfo-epitelial halqasi, solitar (yakka-yakka joylashgan) limfatik follikulalar, Peyer 
pilakchalari 
(guruh-guruh 
bo„lib 
joylashgan 
limfatik 
follikulalar), 
chuvalchangsimon o„simta va diffuz limfoid to„qima kiradi. 
Peyer pilakchalar (PP) ingichka ichak devorining shilliq qavatida uchraydi. 
Odamda PP ning umumiy soni 100-300 tagacha bo„ladi. 12-16 yoshli 
o„smirlarning bitta PP sining maydoni 72 mm
2
ga, umumiy maydoni esa o„rta 
hisobda 62,5 sm
2
ga teng. PP ning tarkibiga kiruvchi limfatik follikulalarning soni 
esa bu davrda 5-900 bo„lishi mumkin. PP umumiy soni vaqt o„tishi bilan kamayib 
boradi va ularning o„rnida biriktiruvchi to„qima hosil bo„ladi. 
PP embironal taraqqiyotning 14-15 haftalarida hosil bo„la boshlaydi, ammo 
o„zining to„la rivojiga postnatal davrda, timus limfotsitlarining migratsiyasidan 
so„ng kuzatiladi. Bundan tashqari, PP larning takomili uchun ichakda normal 
mikrofloraning bo„lishi g„oyatda muhimdir. 
Tuzilishi. PP da Quyidagi zonalar farqlanadi: limfatik follikulalar, 
germinativ markaz, gumbaz qismi va follikulalar orasidagi timusga bog„liq 
zonalardir. PP ning limfatik to„qimasini 100% deb olsak, germinativ markaz, 
follikulalar va follikulalararo zona 30% ni, gumbaz qismi esa 10% ni tashkil qiladi. 
Gumbaz qismi follikulni yuqoridan o„ragan bo„lib, ichak bo„shlig„iga bo„rtib 
chiqadi. PP joylashgan sohadagi ichakning shilliq qavatida vorsinkalar va kriptalar 
bo„lmaydi. Bu joyning epiteliysida jiyakli, kam ixtisoslashgan jiyaksiz va ba‟zan 
qadahsimon va endokrin hujayralar uchraydi. Bundan tashqari, gumbaz qismi 
epiteliysida M-hujayralar va “tukli” (neyroepitelial) hujayralar ham uchraydi. 
M-hujayralar baland prizmatik shaklga ega bo„lib, ularning apikal qismida 
glikokaliks yo„q. Mikrovorsinkalar deyarli uchramasdan, ularning o„rniga har hil 
burmalar va mayda o„siqlar mavjud. Terminal to„r yaxshi rivojlanmagan. YAdro 



ustki qismida silliq endoplazmatik to„rning naylari va pufakchalari, mayda 
mitoxondriyalar va tonofibrillalar ko„plab bo„lib, hujayraning bazal qismida 
joylashgan. Ba‟zan bu hujayralar sitoplazmasida multivezikulyar tanachalar ham 
uchraydi. Hozirda M-hujayralarning o„zidan makromolekulalar, reoviruslarni va 
bakteriyalarni o„tkazish xususiyatiga ega ekanligi aniqlangan. 
PP ni qoplab turuvchi epitelii limfotsitlar bilan infiltratsiyalangan. 
Intraepitelial limfotsitlarning soni 100 ta epitelial hujayraga 10-40 tagacha etishi 
mumkin. Ularning aksariyatini T- limfotsitlarning xelper va supressor turlari tashkil 
etadi. Bu hujayralarning epiteliy yuzasiga chiqishi sababi, ichakdagi antigenlar 
bilan dastlabki kontakt hosil qilishdir. 
Limfatik follikulalar me‟da-ichak V-limfotsitlarning hosil qiluvchi 
manbadir.Ularda asosan immunoglobulinning E turini hosil qiluvchi plazmatik 
hujayralar xosil bo„ladi. 
Limfatik follikulalar konussimon yoki ellipsimon shaklga ega. YOsh bolalar 
va o„smirlarda germinativ markaz tutuvchi follikulalarning soni ko„proqdir. 
Germinativ markazda retikulyar to„qima orasida limfoblastlar, makrofaglar bo„ladi. 
YOnma-yon joylashgan follikulalar o„zaro biriktiruvchi to„qima orqali ajralgan. 
Ushbu zona follikulalararo zona deb nomlanadi. U timusga to‟be zona hisoblanib, 
o„zida T-limfotsitlar, makrofaglar, plazmatik hujayralar, retikulyar hujayralar, 
eozinogfil granulotsitlar tutadi.
SHunday qilib, PP ga antitelo hosil qiluvchi hujayralarning ma‟nbasi 
hisobladi. Ichak bo„shlig„iga tushgan antigenlarning dastlabki retsepsiyachini, 
gumoral va mahalliy immunitetni induksiyasini, limfotsitlarning reproduksiyasi va 
kooperatsiyasini amalga oshiruvchi tuzilma sifatida qaraladi 
 

Yüklə 330,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin