Mavzu: Qon yaratuvchi va immun ximoya a’zolari. Limfa tugunlari


Limfa tuguni limfoid follikulasi



Yüklə 330,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix12.05.2023
ölçüsü330,46 Kb.
#112129
1   2   3   4   5
Limfa tuguni limfoid follikulasi 
Mag‘iz modda. Follikullardan va po„stloq oldi zonadan tugunning mag„iz 
moddasiga qarab m a g „ i z t a s m a l a r yo„naladi. Bu tasmalar retikulyar to„qima 
to„rlari orasida yotgan V-limfotsitlar, plazmatik hujayralar va makrofaglardan tashkil 
topgan bo„ladi. Ularning orasida V- limfotsitlar uchun mikromuhit yaratuvchi dendritli 
hujayralar ham uchraydi. Mag„iz tasmalarda asosan V-limfotsitlar va ulardan hosil 
bo„lgan plazmotsitlar bo„lishi tufayli tasmalar suyak ko„migiga tobe yoki V- zona deb 
hisoblanadi. Tasmalar orasida magiz sinuslari joylashgan. 
LIMFA TUGUNI (mag‘iz moddasi). 
 Tugundagi limfa harakati. Tugunga limfa olib keluvchi tomirlar dastlab c h e k k a
yoki k a p s u l a osti s i n u s l a r i g a quyiladi. Bu sinuslar tugun kapsulasi va 
follikullar orasida joylashgan. Ularning tashqi devorini hosil qiluvchi endoteliy 
hujayralari bazal membranada yotib, tuzilishi jihatdan limfa tomirlarining 
endoteliy hujayralaridan deyarli farqlanmaydi. Sinuslarning follikullarni qoplab 
turuvchi ichki devorida esa endoteliyga o„xshash yassilashgan retikulyar hujayralar 
bo„lib, ularning orasida yoriqlar ko„rinadi, lekin bazal membrana bu erda 
bo„lmaydi. Endoteliy hujayralari orasidagi yoriqlar orqali tugunda hosil bo„lgan 
yangi limfotsitlar limfaga tushishi yoki aksincha, limfa suyuqligidan tugunga 
o„tishi mumkin. Limfa chekka sinuslardan oraliq sinuslarga yoki follikullar va 
trabekulalar orasida joylashgan sinuslarga o„tadi. Ulardan limfa suyuqligi mag„iz 
moddaga o„tib, bu erdagi mag„iz tasmalar va trabekulalar orasidagi mag„iz 
sinuslarga quyiladi. Mag„iz sinuslaridan limfa suyuqligi darvoza sohasida joylashgan 



markaziy sinusga yig„iladi va tugunning darvozasidan olib ketuvchi limfa tomiri 
orqali chiqib ketadi. 
Tugundan o„tish davomida limfa suyuqligi yot antigenlardan tozalanadi, yangi 
limfotsitlar va antitelolar bilan boyitiladi. Limfa tugunlarining o„zida yot 
zarrachalar va o„sma hujayralarini tutib qolish xususiyati ularni turli kasalliklarda 
o„zgarishga olib keladi. 

Yüklə 330,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin