4
qilinadi. Taloqning oq va qizil pulpalari asosini retikulyar
hujayralar va retikulin
tolalardan iborat retikulyar to„qima tashkil qiladi. Organning beshdan bir qismini
tashkil etuvchi
oq pulpa limfatik follikulalardan iborat. Organ kesib ko„rilganda oq
pulpa tarqoq joylashgan, och kulrang, yumaloq tanachalar shaklida ko„rinadi.
Ularning morfologik tuzilishi limfa tugunlarining po„stloq
moddasida-gi
follikullarga o„xshydi. Bu erda yirik limfotsitlar va limfoblastlar joylashib,
ularning ko„pchiligi mitoz bo„linishning turli bosqichida bo„ladi. Limfatik
follikulning chekka qismida arteriya
joylashadi.
Oq pulpaning shu ekssentrik
joylashgan, lekin markaziy arteriya deb ataluvchi tomirining atrofi (periarterial
zona) taloq limfatik follikulining timusga tobe qismi hisoblanadi va bu erda T-
limfotsitlar, makrofaglar va IDX joylashadi.
Taloqning ok pulpasida kuyidagi zonalar ajratiladi:
1) kupayish markazi;
2) periarterial zona;
3) yopqich (mantiy) zona;
4) qirg„oq zona.
Ko„payish markazi va yopqich (mantiy)
zona asosan V-limfotsitlardan, V-
limfoblastlardan, plazmotsitlardan, makrofaglardan iborat. Bu zonalar V-zonalar
bo„lib, bu erda V-limfotsitlar uchun mikromuhit hosil qiluvchi FDX joylashadi.
Qirgoq zona qizil pulpa bilan chegaradosh bo„lib, unda T- va V- limfotsitlar va
yakka makrofaglar uchraydi. Qirgoq zonani qirg„oq sinusoidal tomirlari o„rab
turadi.
Qizil pulpa taloqning
asosiy qismini tashkil etib, retikulyar to„qima va unda
joylashgan qon hujayralaridan iborat. Qizil pulpa sinusoid tipdagi qon tomirlarga
juda boydir. Qizil pulpaning sinusoidlar orasida joylashgan qismi
pulpar yoki
taloq
tasmalari deb ataladi. Bu tasmalarda V-limfotsitlar va ulardan hosil bo„lgan
plazmotsitlar uchraydi.
Qizil pulpaning retikulyar stromasida monotsitlardan hosil bo„lgan fagoaitoz
qiluvchi hujayralar — makrofaglar (splenotsitlar) va eritrotsitlar juda ko„p bo„ladi.
Dostları ilə paylaş: