5
Taloq darvozasidan taloq arteriyasi kiradi. Arteriya trabekulalar bo„ylab
tarmoqlanadi va bu tarmoqlar trabekula arteriyalari nomini oladi. So„ng trabekula
arteriyasi trabekuladan qizil pulpaga o„tadi va bu erda pulpa arteriyasi deb ataladi.
Arteriya limfatik follikulga kirish oldidan T- va V-limfotsitlar va plazmotsitlardan
iborat limfatik qin bilan o„raladi. Bu qinlarni oq pulpaning o„simtasi
deb hisoblash
mumkin. Arteriya limfatik follikulniig chekka qismidan o„tadi va markaziy arteriya
deb ataladi. Follikuldan chiqqanidan so„ng markaziy arteriya o„zaro anastomoz hosil
qilgan bir necha tarmoqchalarga bo„linadi. Bular
popuksimon yoki barmoqsimon
arteriolalardir. Popuksimon arteriolalarning distal qismlari yo„g„onlashib, ellipssimon
yoki gilzali arteriolalar nomini oladi. Bu arteriolalar endoteliysida qisqaruv
xususiyatiga ega bo„lgan
ipchalar, devorida esa retikulyar tolalar va mushak
hujayralaridan iborat mufta joylashgan. Bu muftalar vena sinuslariga qon oqib
borishini boshqarishda o„ziga xos sfinkter vazifasini bajaradi. Qapillyarlarning
venalarga o„tishi ochiq va yopiq qon aylanish yo„llari orqali bo„ladi.
Ochiq qon
aylanishda kapillyarlar bevosita pulpaning retikulyar to„qimasiga ochiladi. YOpiq qon
aylanishda esa kapillyarlar bevosita vena sinuslariga quyilib, vena sinuslaridan taloq
vena sistemasi boshlanadi.
Taloqda ko„proq yopiq qon aylanishi kuzatilib, bunda qonnint tez oqishi ro„y
beradi. Ochiq qon aylanishida esa qonning sekin
oqishi qon hujayralarining
makrofaglar bilan bo„lgan kontaktini ta‟minlaydi.
Vena sinuslari o„ziga xos tuzilishga ega; ularning diametri qon bilan
Марказий артерия
Б а р м о қ с и м о н ё к и п о п у к с и м о н
артериолалар
Эллипсимон ёки гилзали артериола
Очиқ қон
айланиш системаси
Ёпиқ қон айланиш системаси
Қизил пулпа
Трабекула венаси
Талоқ венаси
6
to„lishiga qarab 20 mkm gacha bo„ladi. Sinus devori uzunchoq hujayralar bilan
qoplangan va bular orasida hujayralararo yoriqlar yoki teshiklar bo„ladi; bu
tekishlar orqali muayyan sharoitlarda eritrotsitlar o„tishi mumkin. Sinuslar
endoteliysi atrofidagi retikulyar to„qima bilan chambarchas bog„langan bo„lib,
endoteliy hujayralari sirtdan halqa shaklidagi retikulin tolalari bilan o„ralgan.
Vena sinuslaridan qon trabekula venalariga o„tadi;
bu venalar mushaksiz
tipdagi venalardir. Ularning devori trabekulaning biriktiruvchi to„qimasiga
mahkam yopishgan endoteliy hujayralari qavatidan iborat, xolos. Trabekula
venalari esa o„zaro qo„shilib, taloq venasini hosil qiladi.
Taloq venasi organning
darvozasi sohasida tashqariga chiqadi.
Dostları ilə paylaş: