1. Qon yaratuvchi va immun himoya sistemasiga umumiy tavsifi. Markaziy a’zolari: qizil suyak ko‘migi, timus



Yüklə 225,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix12.05.2023
ölçüsü225,56 Kb.
#112121
  1   2   3


1. Qon yaratuvchi va immun himoya sistemasiga umumiy tavsifi. 
 
Markaziy a’zolari: qizil suyak ko‘migi, timus.  
Periferik a’zolari: limfa tugunlari, taloq, hazm sistemasi va nafas yo‘llaridagi 
limfoid follikullar. 
Tuzilishidagi umumiyliklar: stromasi retikulyar to‘qimadan tuzilgan, timusda 
esa epitelial to‘qima. 
Markaziy a’zolarda – limfotsitlar antigenga bog‘liq bo‘lmagan holda ko‘payadi 
va ixtisoslashadi, periferik a’zolarda esa T- va V-limfotsitlar antigenga bog‘liq 
ravishda ixtisoslashadi. 
Qon yaratuvchi a’zolarning asosiy vazifalari: qon hujayralarining ko‘payishi va 
rivojlanishi, qonning vaqtinchalik deposi, qonning yoki limfaning tozalanishi, 
immunologik. 
2. Markaziy qon yaratuvchi a’zolarning taraqqiyot manbai.  
Qizil suyak ko‘migi – rivojlanishning 2 – oylarida mezenximadan, umrov 
suyagida; 12-14 xaftasida qon tomirlari va gemopoetik hujayralarning hosil 
bo‘lishi. 
Timus – rivojlanishning 1 – oylari oxirida, 3-4 juft jabra cho‘ntaklaridan -
epiteliysi, biriktiruvchi to‘qima va qon tomirlari – mezenximadan, 11-12 – 
xaftalarda T – limfotsitlarning differensirovkasi. 
3. Embrional davrdagi qon yaratilishi. 
1) Sariqlik qopchasi – rivojlanishning 2-3 xaftasida dastlabki qon o‘zak 
hujayralari va qon tomirlari hosil buladi va 3-oylar oxirigacha davom etadi. 
Eritrotsitlar hosil bo‘lishi – intravaskulyar, donador leykotsitlar –
ekstravaskulyar. 
2) Jigar – rivojlanishning 5 – xaftasidan tug‘ulgungacha, ektravaskulyar – 
mielopoez (eritrotsitlar, monotsitlar, granulotsitlar, trombotsitlar). 
3) Taloq – rivojlanishning 7-8 xaftasidan boshlanadi, ekstravaskulyar – mielo va 
limfopoez, 5 – oydan so‘ng mielopoez to‘xtaydi, limfotsitopoez davom etadi. 
4) Timus – rivojlanishning 11-12 xaftasidan tug‘ilgandan so‘ng 25-30 yil davom 
etadi, asosan T- limfotsitopoez. 
5) Limfa tugunlari – rivojlanishning 9-10 xaftalarida qon o‘zak hujayralari hosil 
bo‘ladi – eritropoez, granulotsitopoez, trombotsitopoez tez tugaydi va 16-
xaftasidan – limfotsitopoez davom etadi. 
6) Qizil suyak ko‘migi – rivojlanishning 12-13 xaftasidan – qon yaratilishi 
boshlanadi, 6 – oylardan boshlab asosiy qon yaratuvchi a’zo (mielopoez, 
limfotsitopoez) 

Yüklə 225,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin