xmlns:w="urn:schemas-microsoft-com:office:word"
xmlns="http://www.w3.org/TR/REC-html40">
Baliqlarning ichki tuzilishi
Baliqlarning ichki tuzilishi
Hazm qilish sistemasi og'iz bo'shlig'i, halqum, qizilo'ngach va ichakdan iborat. Halqumda uch qator tishlar joylashgan. Tishlar yordamida maydalangan oziq kalta qizilo'ngach orqali ichakka tushadi. Zog'ora baliqning oshqozoni bo'lmaydi, ichakning oldingi qismi oshqozon vazifasini bajaradi. Ichak bo'shlig'iga oshqozonosti bezining hazm qilish shirasi va jigar ishlab chiqaradigan o't suyuqlig'i ajraladi.
Nafas olish sistemasi jabralardan iborat. Baliqlar suvda erigan kislorod bilan oziqlanadi. Ular og'zi orqali yutilgan suvni jabra teshiklari orqali chiqarib turadi. Jabralar jabra ravoqlari (yoylari)dan iborat. Har bir ravoqning keyingi tomonida och qizg'ish tusli varaqlari, oldingi tomonida jabra qilchalari joylashgan . Jabra qilchalari suv bilan oqib keladigan oziqning tashqariga chiqib ketishiga yo'l qo'ymaydi. Jabra varaqlari juda mayda kapillar qon tomirlari bilan qoplangan
To'qimalarda hosil bo'ladigan moddalar almashinuvi mahsulotlari ikkita tasmasimon qo'ng'ir-qizg'ish buyraklar yordamida qondan filtrlanib, siydikni hosil qiladi. Siydik ikkita siydik yo'li orqali qovuqqa, undan anal teshigi orqasida joylashgan maxsus teshik orqali tashqariga chiqarib yuboriladi
Ayirish sistemasi
TASMASIMON BUYRAKLAR (BIR JUFT )
QOVUQ
SIYDIK YOtiboringiz uchun rahmat!
http://fayllar.org