Ovqat Hazm qilish sistemasi Odamning hazm qilish sistemasi



Yüklə 1,23 Mb.
tarix20.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#163696
Ovqat Hazm qilish sistemasi


Ovqat Hazm qilish sistemasi
Odamning hazm qilish sistemasi ozuqani parchalab, uning hujayralar tomonidan oʻzlashtira olinishini taʼminlaydi.

Hazm qilish sistemasining tarkibiy qismi.
Rasm quyidagi manzildan olingan: OpenStaxCC BY 4.0
Hazm qilish ozuqaning ogʻizga (ogʻiz boʻshligʻi) kirishi bilan boshlanadi. Ogʻizda mexanik va kimyoviy parchalanish birdek roʻy beradi. Tishlar ozuqani chaynab, parchalasa (mexanik), soʻlak suyuqligi tarkibidagi amilaza uglevodlarni parchalaydi (kimyoviy).
Ozuqa chaynalib, soʻlak orqali hoʻllangandan keyin (luqmaga aylangandan soʻng) qiziloʻngach tomon harakatlanadi. Qiziloʻngach ogʻiz boʻshligʻi bilan oshqozonni oʻzaro bogʻlash vazifasini bajaradi va bu sohada hech qanday hazm qilish jarayoni sodir boʻlmaydi.
Luqma oshqozonga tushgandan soʻng kimyoviy va mexanik taʼsirlarga uchraydi. Oshqozon devori muskullari ovqatni aralashtirib (mexanik), uning hazm qiluvchi fermentlar va oshqozon shirasi taʼsirida parchalanishini (kimyoviy) taʼminlaydi. Bu jarayonlar natijasida luqma ximusga aylanadi.
Ovqat oshqozonda bir necha soat davomida hazm boʻladi. Bu vaqt mobaynida pepsin deb ataluvchi ferment ovqat tarkibidagi oqsillarni parchalaydi.

Ovqat hazm qilish sistemasining tuzilishini tasvirlovchi rasm
Rasm quyidagi manzildan olingan: OpenStaxCC BY 4.0
Shundan soʻng ximus asosiy hazm qilish jarayonlari kechadigan ingichka ichakka oʻtadi. Jigarda hosil boʻluvchi oʻt suyuqligi oʻt pufagidan ichakka quyilib, yogʻlar parchalanishiga yordam beradi. Bunga qoʻshimcha ravishda ichak devori va oshqozon osti bezidan ajraluvchi fermentlar ham ovqat tarkibidagi moddalarni hazm qilishda ishtirok etadi.
Oziqning koʻp qismi ingichka ichakda absorbsiya qilinadi. Bu moddalar ichak devoridagi qontomirlar orqali qonga soʻrilgandan soʻng faqat hazm boʻlmaydigan moddalar va suv qoladi.
Keyin ximus yoʻgʻon ichakka oʻtadi. Bu yerda suv soʻriladi va hazm boʻlmaydigan moddalar bakteriyalar tomonidan parchalanib, muhim hayotiy moddalar sintezlanadi (K vitamini kabi). Najas deb ataluvchi konsentratsiyalashgan qoldiq toʻgʻri ichakdan oʻtib, anal teshigi orqali tashqariga chiqarib yuboriladi.
Qoʻshimcha organlar
Qoʻshimcha organlar hazm qilishda bevosita emas, balki bilvosita taʼsir koʻrsatadi. Ular quyidagilardir:

  • Soʻlak bezlari: ozuqani hoʻllab, kraxmalni kimyoviy parchalashni boshlab beradi.

  • Jigar: yogʻ parchalanishi uchun oʻt suyuqligi ishlab chiqaradi, qonni zararli moddalardan tozalaydi, absorbsiyalangan vitaminlarni qayta ishlaydi.

  • Oʻt pufagi: jigar tomonidan ishlab chiqarilgan oʻt suyuqligini oʻzida saqlaydi

  • Oshqozon osti bezi: oqsillar va uglevodlarni parchalashda yordam beruvchi oshqozon shirasini ishlab chiqaradi

Ayiruv sistemasi
Ayiruv sistemasi metabolizm jarayonida hosil boʻlgan qoldiq mahsulotlarni tashqi muhitga chiqarib yuboradi.
Ayiruv sistemasining muhim organlaridan biri jigardan pastda joylashgan loviyasimon juft buyraklardir. Buyrak qonni filtrlab, tanadagi suv muvozanatini tartibga solib turadi.
Buyraklardan tashqari ayiruv sistemasining tarkibiy qismiga quyidagilar ham kiradi:

  • ortiqcha suv va tuzlarni ter orqali ajratuvchi teri

  • karbonat angidrid gazini ajratuvchi oʻpkalar

  • qonni zararli moddalardan tozalovchi va azotli qoldiq birikmalarni siydikka aylantiruvchi jigar

Siydik ajratish yoʻli
Siydik ajratish trakti (yoʻli) ayiruv sistemasining muhim qismidir. U qondan suv va zararli moddalarni filtrlab, tashqi muhitga ajratadi.

Ayiruv sistemasi (buyraklar, siydik nayi, siydik pufagi, siydik yoʻli)
Rasm quyidagi manzildan olingan: Wikimedia, Public domain
Buyraklar oʻzidagi funksional birliklar – nefronlardan foydalanib zararli almashinuv mahsulotlarini siydik sifatida ajratadi. Keyin siydik tanadan tashqariga chiqarib yuboriladi. Bu jarayon uchta bosqichda amalga oshadi:

  1. Filtratsiya: qon nefron boʻshligʻiga kirib filtrlanadi.

  2. Reabsorbsiya: nefronlar boʻshligʻiga oʻtgan moddalarning koʻp qismi naychalar orqali qaytadan qonga soʻriladi.

  3. Ajratish: siydik buyraklardan siydik naylari orqali siydik pufagiga uzatiladi. U siydik yoʻli orqali tashqi muhitga chiqarilmaguncha shu yerda toʻplanadi.

Koʻp uchraydigan xatolar va notoʻgʻri tushunchalar

  • Hazm qilish dastlab oshqozonda boshlanmaydi. Baʼzi hazm jarayonlari oshqozonda amalga oshsa-da, hazm qilish chaynash va soʻlak tarkibidagi amilaza orqali ogʻiz boʻshligʻida boshlanadi.

  • Hazm qilish jarayonida siydik hosil boʻlmaydi. Baʼzi odamlar hazm qilish natijasida ikki mahsulot – najas va siydik hosil boʻladi deb oʻylaydi. Aksincha, siydik bu ayiruv sistemasining mahsuloti boʻlib, hazm qilishga aloqador emas.

  • Ingichka ichak yoʻgʻon ichakdan ancha uzun. Aslida 20 fut uzunlikdagi ingichka ichak yoʻgʻon ichakdan 4 marta uzun ( 5 fut)! Lekin ichaklar uzunligiga emas, balki diametriga koʻra nomlangan. Yoʻgʻon ichak diametri 3 dyuym boʻlib, ingichka ichakda bu 1 dyuymga teng.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin