0-Zamonaviy kompyuterlarning arxi(6-22). docx


 Xotira modullarining quyidagi xillari mavjud



Yüklə 332,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/15
tarix22.04.2022
ölçüsü332,83 Kb.
#56099
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
1.0-Zamonaviy kompyuterlarning arxi(6-22)

6. Xotira modullarining quyidagi xillari mavjud

SIMM  (Single  Inline  Memory  Module) - ulanish  nuqtalari  bir  tomonda

joylashtirilgan  xotira  modullari  (rus  tilida - модуль памяти с односторонним

расположением выводов);

DIMM  (Dual  Inline  Memory  Module - ulanish  nuqtalari  ikki  tomonda

joylashtirilgan  xotira  modullari  (rus  tilida - модуль памяти с двухсторонним

расположением выводов).

SIMM platalarda bir tomonda joylashtirilgan ulanish nuqtalariga (kontaktlarga)

ega bo‘lib, bunday  modullarda bir taktli siklda  ma’lumotlami  uzatish tezligi 32 bitni

tashkil qiladi.

DIMM platalari esa ikki tomonda joylashgan, har birida  84 tadan, jami 168 ta

ulanish  nuqtasiga  ega.  Ushbu  xildagi  modullarda  bir  taktli  siklda  ma’lumotlami

uzatish tezligi 64 bitni tashkil qiladi, ya’ni avvalgisidan ikki barobar tezkorroq.

Dinamik  TXQ (Dynamic  RAM - DRAM). Bu  xildagi  xotirani  qurishda

triggerlar ishlatilmaydi. Dinamik TXQ tranzistorlar va juda kichik kondensatorlardan

qurilgan,  yacheykalar  to‘plamidan  iborat  bo‘ladi.  Kondensatorlar  zaryadlangan  va




16

zaryadlanmagan  holatlarda  bo‘lishi  mumkin,  bu  hol  1  va  0  ni  saqlash  imkonini

beradi.  Kondensatorda  zaryad  yo‘qolishi  mumkin  bo‘lganligi  sababli,  bu  xildagi

xotirada  ma’lumotlar  yo‘qolib  ketmasligi  uchun  har bir  bit,  vaqti-vaqti  bilan  qayta

zaryadlanib turishi kerak bo‘ladi. Dinamik TXQda bir bit axborotni saqlash uchun 1-

ta  tranzistor  va  1 ta  kondensator  kerak  bo‘ladi.  Statik  TXQda  esa  bir  bit  axborotni

saqlash  uchun  kamida  6-ta  tranzistor  kerak  bo‘ladi.  Shuning  uchun  asosiy  xotira

deyarli  har  doim  dinamik  TXQ  asosida  quriladi.  Dinamik  TXQ,  statik  TXQga

nisbatan ancha sekin ishlaydi. Dinamik TXQning bir necha xillari mavjud:

-

FPM  (Fast  Page  Mode) - tezkor  sahifalar  rejimiga  ega  dinamik  xotira  (rus

tilida - быстрый постраничный режим);

-

EDO  (Extended  Data  Output)

-

ulanish  nuqtalarining  imkoniyatlari



kengaytirilgan  dinamik  xotira

-

(rus  tilida



-

память с расширенными

возможностями вывода);

-

DRAM,  SDRAM  (Synchronous  RAM) - sinxron  dinamik  TXQlari  (rus  tilida -

синхронное динамическое ОЗУ);

-

DDR (Double Data Rate) - ma’lumotlami ikki karra tez uzata oluvchi (rus tilida

- передача данных с двойной скоростью).

Doimiy  xotira qurilmalari. Elektr  manbai  uzilganda  ham  ma’lumotlami saqlay

oladigan  xotira - doimiy  xotira qurilmasi  (DXQ) deb  ataladi (ROM - Read-Only

Memory, rus tilida - постоянное запоминающее устройство - ПЗУ). Odatda doimiy

xotira  qurilmalaridagi  axborotni  o‘zgartirish  yoki  o‘chirib  tashlash  mumkin  emas.

Ammo  hozirda  DXQni  ishlab  chiqarish  paytidagina  emas,  balki  uni  qo‘llashdan

avval, ya’ni uni ishlatish paytida ham axborotni yozish mumkin bo‘lgan va axborotni

o‘chirib yozish mumkin bo‘lgan doimiy xotira qurilmalari ham ishlab chiqilgan. Ular

quyidagicha nomlanadilar:

-

PROM  (Programmable  ROM) - programmalanadigan  doimiy  xotira  qurilmasi

(rus tilida - программирумые ПЗУ).

-

EPROM (Erasable PROM) - axborotni o‘chirish va qayta yozish mumkin bo‘lgan

programmalanadigan 

doimiy 

xotira 


qurilmasi 

(rus 


tilida

-

стираемое



программируемое ПЗУ);

-

EEPROM (Electronically EPROM) - axborotni elektron tarzda o‘chirish va yozish

mumkin  bo‘lgan  programmalanadigan  doimiy  xotira  qurilmasi  (rus  tilida -

электронно-перепрограммируемое ПЗУ);




Yüklə 332,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin