001-guruh topshiriqlari 1-topshiriq: Elektromagnit tebranish konturi Topshiriq rejasi: 1. Elektromagnit tebranish konturining ta’rifi.
2. Elektromagnit konturining potensial va kinetik energiyalari konturning qaysi qismida joylashadilar.
3. Tebranish konturining tebranish davri va chastotasi.
4. Tebranish konturida zaryadning, tok kuchining va kuchlanishning erkin garmonik tebranishlari ifodalari.
5. Ochiq tebranish konturi.
6. Radio to‘lqinlarini uzatish va qabul qilishda tebranish konturining ishlash prinsipi.
7. Xulosa;
8. Foydalanilgan adabiyotlar.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. Q.P.Abduraxmanov, V.S.Xamidov, N.A.Axmedova. FIZIKA. Darslik. Toshkent. 2018 y. 2. Douglas C. Giancoli. Physics. Principles with Applicathions. January 17, 2004 USA ISBN-13^ 978-0-321-62592-2. 3. Абдурахманов К.П., Тигай О.Э., Хамидов В.С. Физикадан мультимедиа лекциялар тўплами. Ўқув қўлланма. 2013 й. Pdf + диск + СНМ. 4. Internet sahifalari.
Nazariy qismi bo‘yicha mustaqil topshiriqlar bahosining taqsimlanishi – jami 9 ball:
mustaqil ishning talab darajasida rasmiylashtirilganligi (titul varag‘i, mavzu rejasi, xulosa va adabiyotlar to‘g‘ri keltirilganligi, mustaqil ish shaxsan talaba tomonidan tayyorlanganligi) - 1 ball;
mavzuning dolzarbligi, maqsadi, vazifalari va amaliy ahamiyati yoritilganligi, topshiriqda asosiy tushunchalar, qonuniyatlar uzviy ketma-ketlikda, ifodalar va birliklar to‘g‘ri keltirilgan holda yozilganligi - 6 ball;
mavzuni yoritishda yangi xorijiy adabiyotlardan, internet ma’lumotlaridan, axborot kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanganligi, grafiklar, diagrammalar, rasmlar, animatsiyalar orqali tushuntirilganligi – 1,5 ball;
mavzu bo‘yich to‘g‘ri xulosalar chiqarilganligi – 0,5 ball.
Topshirish muddati: 2023 yil, 28 - oktyabr.
Eslatma: Talabalar topshiriqni o‘zlari mustaqil o‘zlashtirishlari va tayorlashlari zarur, bir-biridan ko‘chirishlari kuzatilganda ko‘chirgan va ko‘chirishga imkon beruvchilar baholanmaydi.