04-guruh talabasi Karimova Nilufar 6-Mavzu. Bilish nazariyasi: asosiy muammolari va yo‘nalishlari -o’quv topshiriq


In’ikos tushunchasi va uning shakllari



Yüklə 46 Kb.
səhifə4/8
tarix02.01.2022
ölçüsü46 Kb.
#36509
1   2   3   4   5   6   7   8
Falsafa 5 Kholturaev

4. In’ikos tushunchasi va uning shakllari

Tashqi dunyoning bu inhikos shakllari bir-biri bilan organik aloqada bo’lib, alohida-alohida uchramaydi. Sezgi tashqi dunyo narsa va xodisalarini bilishning birinchi qadamidir. Sezgini dastlabki bilishning manbai deb hisoblagan Farobiy buyumning aks etishi yoki inhikosi o’sha buyumning o’ziga muvofiq kelsa, sezgi haqiqiy bo’ladi deydi. Inson miyasida hosil bo’ladigan tasavvur va fikr tashqi dunyo predmetlarining sezgi orqali tahsiri natijasida yuzaga kelishi mumkin. Biz sezgilarimiz yordamida narsa va xodisalarni bilib olamiz va idrok qilamiz, ularning xossalarini, o’xshashliklarni, farqlarini egallaymiz. Masalan, ko’rish bilan predmetning kattakichikligi, rangi va shaklini, tana sezgisi orqali qattiq-yumshoqligini, eshitish orqali ohang, kuch yoki tempini va boshqa ahzolar vositasi bilan ob`yektiv mavjud. Predmetlarning xilma-xilligini bilamiz. Sezgi idrok uchun asos bo’ladi. Idrok sezgidan farq qilib predmetning butun obrazini beradi. Bu predmetning turli xossalarini qayta ishlab, ularni birlashtiradi. Demak, idrok deganda turli sezgi ahzolari bergan mahlumotlar asosida miyada tashqi qo’zg’atuvchining bir butun obrazi hosil bo’lishi tushuniladi va idrok tashqi dunyo predmetining ob`yektiv to’g’ri inhikosini beradi. Bu inhikosning to’g’ri ekanligini amaliyotda isbotlanadi. Inson o’zining amaliy faoliyatida o’zi idrok qilayotgan predmet bilan odamning o’zida shu predmet to’g’risida hosil bo’lgan sezgi va idrokning o’xshashligini belgilaydi.


Yüklə 46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin