7. Haqiqat tushunchasi. Nisbiy va mutloq haqiqatlar. Haqiqatni aniqlash mezoni. 8.
Inson sezgilari uning ongidan tashqaridagi ob`yektiv olamning inhikosini hosil qiladi. Ob`yektiv olamning mavjudligini ehtirof etish bilan uning to’g’ri inhikosining hosil bo’lishi ob`yektiv haqiqatdan iboratdir. Yoki boshqacha qilib aytganda ob`yektiv haqiqat inson va insoniyatga bog’liq bo’lmagan ob`yektiv mazmundir. Masalan, tabiat va jamiyat qonunlari ob`yektiv haqiqatdir. CHunki bu qonunlar insonga bog’liq bo’lmagan holda, undan tashqarida mavjud, bu qonunlarni inson bekor qila olamaydi, o’z ixtiyori bilan o’zgartira olmaydi. Ob`yektiv haqiqat to’g’risidagi tushunchani ob`yektiv reallik haqidagi tushuncha bilan bir deyish mumkin emas. Ob`yektiv haqiqat bizning ongimizdan tashqarida mavjud bo’lgan ob`yektiv reallikni ongimizda to’g’ri inhikosidir. Dialektik bilimlar abadiy bo’lmay ular takomillashib boradi, nisbiy haqiqatdan mutloq haqiqatga boradi deb tushuntiradi. Haqiqatdan ham olamda inson bila olamydigan narsa yo’q. SHuning uchun ham bilish jarayonining rivojlanish cheksiz u biror chegarada to’xtatish mumkin emas. Inson erishgan yangi bilim uchun zarur bosqich hisoblanadi. Demak, mutloq va nisbiy haqiqatlar dialektik munosabatda bo’ladi. Inson tafakkuri o’z tabiatiga ko’ra mutloq haqiqatni ochish imkoniyatiga ega deb, mutloq haqiqat nisbiy haqiqatlar yig’indilaridan tashkil topganligini ko’rsatadi. Har bir fan sohasida yangi kashfiyotlar mutloq haqiqatga hissa qo’shadi va bu kashfiyot nisbiy chegaraga ega, yahni kengayishi, rivojlanishi mumkin. Ilmiy bilish va uning o’ziga xos xususiyatlari
Bilish odam bolasining tug’ilishidan boshlanadi, tabiat va ijtimoiy muhitga moslashish, unga faol tahsir o’tkazish jaroyonida u takomilashib boradi. Inson bilimini, unda borliq qanday holda inhikos etganligiga qarab, oddiy (kundalik) va ilmiy bilimlarga ajratish mumkin. Oddiy ( kundalik) bilish kishilarning odatdagi o’z kundalik hayotlarida borliqdagi predmet va hodisalarni bevosita o’z sezgi ahzolari va tafakurlari orqali bilishdir. U kishilarning kundalik hayotiy tajribalari, malakalari va amaliy ishlari orqali hosil bo’ladi. Oddiy bilish hamma kishilarga xos bilishdir.Ilmiy bilish esa, oddiy ( kundalik) bilishdan farqlanib, u borliqdagi predmet va xodisalarning qonunyatlarini, ularning mohiyatini bilishdir.