1.1 – Topshiriq Yelkalari nisbiy uzunliklari a1, a2, a3, bo‘lgan uchta simmetrik vibrator berilgan. a qiymatlari variantlari 1.1-jadvalda keltirilgan.
1. Simmetrik vibrator va u bilan bog‘liq bo‘lgan sferik koordinatalar tizimini chizing.
2. Tokning simmetrik vibrator bo‘ylab oqishi taxminiy qonunini yozing.
3. Tokning vibratorlar bo‘ylab tarqalishi grafiklarini taxminan tasvirlang.
4. Berilgan vibratorlar uchun maydoniy koordinata tizimida Ye va N tekisliklari uchun yo‘nalganlik diagrammalarini tasvirlang.
5. Tokning simmetrik vibrator bo‘ylab taqsimlanishining o‘zgarishi ushbu vibratorning yo‘nalganlik diagrammasining qanday o‘zgarishiga olib kelishini kuzatib boring. Nima uchun simmetrik vibratorning nisbiy uzunligi > 0,5 bo‘lganda uning yo‘nalganlik diagrammasida yon bargchalar vujudga keladi?
6. Vibratorlarning taxminiy yo‘nalganlik diagrammalarini Ye tekisligida solishtiring va vibrator o‘qiga perpendikulyar yo‘nalishda qaysi vibratorning yo‘nalgan ta’sir koeffitsienti (YTK) eng katta qiymatga ega bo‘lishini ko‘rsating.
7. II.6-rasmdagi (ilovaga qarang) grafik bo‘yicha vibratorlarning YTK qiymatlarini aniqlang.
8. Nisbiy yelka uzunligi a3ga teng simmetrik vibratorning Ye tekislikdagi yo‘nalganlik diagrammasini dekart koordinatalar tizimida Δφ = 100 qadam bilan hisoblab chiqaring. Hisob natijalarini 1.2-jadval ko‘rinishidagi jadvalga kiriting.
9. Qurilgan yo‘nalganlik diagrammasiga asoslanib, uning bosh bargchasi kenligini nurlatish darajasi nol (2φ0) va yarim quvvat nurlatish (2φ0,5) da aniqlang.
10. Simmetrik vibrator yo‘nalganlik diagrammasining uning nisbiy uzunligiga bog‘liqlik qonuniyatlari haqida tegishli xulosalar shakllantiring.
1.1-jadval