1 – Amaliy Elektrostatik maydonlarni hisoblash. Maksvell formulasi tadbiqi bo‘yicha masalalar yechish. Metodik ko‘rsatmalar



Yüklə 62,83 Kb.
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü62,83 Kb.
#202082
  1   2   3
1-amaliy


1 – Amaliy
Elektrostatik maydonlarni hisoblash. Maksvell formulasi tadbiqi bo‘yicha masalalar yechish.


Metodik ko‘rsatmalar

Masalani yechishga kirishishdan avval [3, §§2.1, 2.2] yoki [4, §§ 3.1, 3.2], [5, §§ 2.1-2.4] larni o‘qib chiqmok darkor.


Simmetrik vibrator simli antennalar turiga kiradi. “Simmetrik vibrator” deb atalishi uning konstruksiyasining simmetrik ekanligidan darak beradi. U – xajm va shakllari bir xil bo‘lgan ikki vibrator yelkalaridan iborat. Shuni ta’kidlash lozimki, antenna nurlatayotgan elektromagnit to‘lqinlar energiyasini fazoda taqsimlanishini matematik ifoda orqali, yoki bo‘lmasa, yo‘nalganlik diagrammasi grafigi shaklida qayd etish mumkin.
Adabiyotlarning yuqorida keltirilgan bandlarini o‘rganish jarayonida quyidagiga alohida e’tibor bering – simmetrik vibratorning yo‘nalganlik tavsifi bevosita tokning vibrator yuzasi bo‘ylab taqsimlanishiga bog‘liq. Taqsimlanish esa, o‘z navbatida, vibratorning nisbiy uzunligiga bog‘liqdir. Amaliy muxandislikda tokning vibrator bo‘ylab sinusoidal qonun bo‘yicha oqishi taxmini yo‘lga qo‘yilgan. Bu taxmin orqali, umuman olganda, yetarli darajada aniq hisoblashlar olib borish mumkin.
Adabiyotlarning kerakli bandlarini o‘rganib chiqish natijasida talaba, simmetrik vibratorning nisbiy uzunligi o‘zgarishi bilan uning yo‘nalganlik diagrammasining o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganishi va ushbu yo‘nalganlik diagrammalarini tasvirlashni bilishi lozim.


Nazorat savollari

1. Simmetrik vibrator deb nimaga aytiladi?


2. Tok simmetrik vibrator bo‘ylab qaysi qonuniyat bo‘yicha taqsimlanadi?
3. Gers dipoli deb nimaga aytiladi? Qanday vibrator elementar vibrator deb ataladi?
4. Antennaning yo‘nalganlik tavsifi, yo‘nalganlik diagrammasiga ta’rif bering. Yo‘nalganlik diagrammasining bosh bargchasi kengligi qanday aniqlanadi?
5. Antennaning yo‘nalgan ta’sir koeffitsienti nima? Yo‘naltirilmagan antennaning yo‘nalgan ta’sir koeffitsienti nechaga teng?



Yüklə 62,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin